2). raqamli hisoblash mashinalaridan foydalaniladi. Analog mashinalarida analogiya (о‘xshashlik) prinsipidan foydalaniladi; bu prinsip asosida fizik tabiati turlicha bо‘lgan hodisalarga tegishli matematik modellarning izomorfizmi yotadi. Misol tariqasida quyidagi hodisalarni ifodalovchi differensial tenglamalarni keltiramiz:
suyuqliqdagi ishqalish (Nyutonning ishqalanish qonuni)
issiqlik uzatilishi (Furye qonuni)
modda almashinuvi (Fik qonuni)
elektr uzatilish (Om qonuni)
Kо‘rinib turibdiki, bu tenglamalarning barchasiga tegishli gradiyentlar: tezlik
Agar boshqacha о‘lchov bilan hisoblash imkonini beradigan tegishli koeffitsiyentlar kiritilsa, har qanday hodisani elektr uzatilishidagi kabi modellash mumkin. Bunday analogiyalar prinsipi bitta muayyan misolni yechish natijasida о‘xshash matematik tenglamalar bilan ifodalanadigan butun bir sinfga tegishli obyektlarning xossalari haqida axborot olish imkonini beradi.
Analog mashinalari bajariladigan EHMlar turlari:
1).fizik modellash bajariladigan EHMlar;
2).matematik modellash bajariladigan EHMlarga bо‘linadilar.
Ular tegishlicha model-analoglar va strukturali analog hisoblash mashinalari deyiladi. Ikki turdagi analog mashinalarining о‘ziga xos tomonlari 11.1-rasmda aks ettirilgan. Keltirilgan11.1- “a” rasmda issiqlik sxemasi va uning gidravlik hamda elektr model-analoglari kо‘rsatilgan. Bu modellarni о‘zaro taqqoslash shuni kо‘rsatadiki, harorat “T” ning analogi bо‘lib gidravlik modelda gidravlik siquv “N” va elektr modelda esa - kuchlanish “U”xizmat qiladi.
Termik qarshilik = S/ ning analogi bо‘lib gidravlik qarshilik Rgva rezistorning elektr qarshiligi Re xizmat qiladi. Shuningdek, issqliq sig‘imi ST ning analogi suyuqlik joylashgan idish kesimining yuzasi S va elektr modelida esa - kondensator sig‘imi bо‘ladi.
Ushbu 11.1- “b” rasmda haroratning sterjen (metall tayokcha) bо‘ylab statsionar taqsimlanishi haqidagi masalaning strukturali sxemasi keltirilgan. Bu yerda xar bir integrator shunday ishlaydiki, uning kirish qismiga ixtiyoriy fizik о‘zgaruvchi berilganda uning chiqish qismida kirish kattaligining mustaqil о‘zgaruvchi vaqt bо‘yicha integralidan iborat bо‘lgan fizik kattalik hosil qilinadi.
11.1-rasm. EHM analoglarida tekshirish uchun a) model - analog va b) tarkibiy sxema.
Keltirilgan 11.1-“b” rasmdagi sxema x=o; t=t1; dt/dx=c; chegaraviy shartlarda olingan quyidagi tenglamani yechish imkonini beradi:
bunda: - issiqlik berish koeffitsiyenti (sterjendan muhitga); r, f-sterjenning perimetri va kesim yuzasi; - issiqlik о‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti.
Model-analog mashinalari kо‘prok, ixtisoslashtirilgan bо‘ladilar; ularning tuzilishi tadqiq qilinadigan fizik sistemalarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Strukturali analog EHMlari universalrok, bо‘ladi.