Kuyish
Kuyish
(tibbiyotda) — yuqori harorat, kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, ogʻir metallarning
tuzlari va boshqalar), elektr toki va radioaktiv nurlar taʼ-sirida toʻqimalarning shikastlanishi.
Shunga koʻra, termik K., kimyoviy moddalar va nurlar taʼsirida K. farq qilinadi. Turmush va ishlab
chiqarishda yuqori temperatura taʼsirida K., yaʼni termik K. koʻp uchraydi.
Toʻqimalarning zararlanishiga qarab K. ning 4 darajasi farqlanadi: I dara j a da — teri qizarib, bir oz
shi-shadi, 4—5 kundan soʻng tuzala boshlaydi. II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sargʻish,
suyuqlik bilan toʻla pufakchalar paydo boʻladi, ular yorilganda terining yuza qanati ochilib,
bezillab turadi. Yaraga infeksiya tush-masa, 10—15 kunda chandiqsiz tuzaladi. III darajada —
terining hamma qanati oʻladi (teri usti qorayib keta-di — nekroz). IV darajada — teri va teri osti
toʻqimalari (pay, muskullar va hatto suyaklar) kuyib koʻmirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda
sekin tuzaladi, koʻpincha oʻsha joyda chu-qur chandiqlar paydo boʻladi. Ayniqsa, kishi yuzidagi
chandiqlar husnni bu-zadi. Boʻyin va boʻgʻim atrofidagi chan-diklar (ogʻir turlari) ular harakatini
cheklab qoʻyishi mumkin (qarang
Kontraktura
).
K.ning ogʻir-yengilligi faqat K. darajasiga qarab emas, balki qancha joy kuyganligiga, yaʼni
shikastlangan kishining butun gavda yuzasiga qarab (% hisobida) aniqlanadi.
K.da beriladigan birinchi yordam tutayotgan, yongan yoki kimyoviy moddalartoʻkilgan kiyimni
yechib yoki qirqib olish, kuygan joyga aseptik bogʻlov qoʻyishdan iborat. I darajali K.da kuygan
joyga 79° li spirt, arak,, odekolon, margansovkaning nimrang erit-masi surtiladi. Gavdaning koʻp
qismi kuyganda bemorni tezlik bilan davolash muassasasiga olib borish kerak. Birinchi yordam
koʻrsatishda kuygan joydagi pufakchalarni yorish, har xil malhamlar qoʻyish, xususan, siydik
bogʻlash yaramaydi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Tibbiyotga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?t
itle=Kuyish&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Kuyish&oldid=2376112
"
dan olindi
Manbalar
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |