8. G‘alatilik. 1951 yilda ajoyib xususiyatga ega bo„lgan zarralar kashf etildi. Bu zarralarni boshqa odatdagi zarralardan farqlash uchun (S) g„alatilik kvant soni kiritildi. Buzarralar g’alatiligi shundaki, ular kuchli o’zaro ta’sir orqali yuz beruvchi jarayonlarga xos vaqtlarda (~10-23s) hosil bo’ladi, lekin hosil bo’lgan zarralar nisbatan katta yashash vaqtiga ega (10-8-10-10s). Reaksiyada energetik jihatdan mumkin bo’lsada, yolg’iz g’alati zarra tug’ilmaydi,
g’alatilikka ega bo’lgan zarralar bilan birgalikda vujudga keladi.
G’alatilikning saqlanish qonuni kuchli va elektromagnit o’zaro ta‟sirlarda o„rinli bo’lib,kuchsiz o’zaro ta‟sirda buziladi. G’alatilik additiv kattalik, yani murakkab sistemaning g’alatiligi uni tashkil etuvchilari g’alatiliklarining arifmetik yig’indisiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |