III Yangi mavzuni tushuntirish
O`quvchilar bugun Aziz Abdurazzoqnng «Bahor keldi» she`ri bilan tanishamiz. Taniqli shoir, nosir va tarjimon Aziz Abdurazzoq 1928 yili Toshkent shahri Shayxontoxur daxasi Zanjirlik maxallasida tavallud topgan. Otasi Abdurazzoq Abdushukur o`g`li serg`ayrat va mehnatkash odam edi. U kishi yozda dexqonchilik, qishda savdogarlik bilan kun kechirib, besh o`g`il, ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazganlar. Aziz Abdurazzoq to`liqsiz o`rta maktabni bitirib, keyinchalik Moskvadagi M.Gor'kiy nomli adabiyot institutida taxsil oldi. Ijodiy faoliyati davomida turli gazeta va jurnallar taxririyatida, Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslaxatchi vazifasida ishladi. Shoirning ijodi 50- yillardan boshlangan bo`lib, birinchi she'riy to`plami 1959 yili «Do`stlarimga» nomi bilan chop etilgan. Shundan so`ng «Yana bahor»(1961), «Mavj» (1965), «Bodom gulladi» (1965), «Lirika» (1970), «Aziz odamlar» (1975), «Sho`x yomg`ir» (1977), «Qalb nuri» (1978) kabi to`plamlari nashr etildi.»Qalb nuri « to`plami shoirning ellik yillligi munosabati bilan saylanma tarzida e'lon qilingan.
«Aqliy hujum» usulida savol-javob o`tkaziladi
-O`lkamizda bahor fasli qaysi oydan boshlanadi?
-Bahor faslida tabiat qanday libos kiyadi?
-Shoirlarimiz bahorni qandau so`zlar bilan ta`riflaydilar?
Shoir qarimaydi, deydilar. Bu haq gap. U she'ri bilan hamda avlodga tengdosh bo`ladi, hatto navaralariga ham she'rlari bilan, tetik, hayratli , aqilli she'rlari bilan o`rnak bo`ladi. She'rning hamisha shabnamday musaffo bo`lishini, tonglarda ko`zlarni quvontirishini istayman. Balki men tizgan satrlar buloqday mo`l-ko`l emasdir. Lekin mana shu shabnamlarni jo`shqin daryoning zarralari sifatida qabul etgaysiz. Axir :»Topgan gul, topmagan bir bog` piyoz keltirur», deydilar-ku...Bular ham mening topganlarim. Bahtiyorligim shundaki, o`zim topganman deydilar.
Bugungi darsimizda tabiat olamiga sayohat qilib, «Bahor keldi» matni bilan tanishamiz.
Qishdan keyyin bahor keladi Quyosh kun sayin qizdira boahlaydi . Tunlar qisqarib, kunlar uzaya boshlaydi Tabiat quyosh taftidan ilib, uyqudan yug`onadi Qorlar erib daryolar muzlardan halos bo`ladi. Bahor faslida kunlar isiy boshlaydi. Issiq o`lkalardan qushlar uchib kela boshlaydi. Daraxtlar uyqudan uyg`onib, yam-yashil libosga burkanadi. Bahor faslida tansiq taom doshqozonlarda sumalak pishiriladi va xalq sayli Navro`z bayrami respublikamiz miqyosida nishonlanadi Matn o`qilib, mazmuniga mos lavhalar ko`rsatiladi.
-Aziz bolajonlar, hozir namoyish etilgan lavhalarga mos ma`lumotlar darsligimizda ham berilgan. Keling tekshirib ko`ramiz .
O`qituvchi matnni o`qiydi O`quvchilar kuzatib boradilar
-Bolajonlar matnda qanday notanish so`zlarga duch keldingiz?
Lug`at ishi:
Otlanaylik-tayyorlanaylik
Qadrdon-tanish, birodar
O`qituvchi she`r mazmunini tushuntirib beradi
Dam olish daqiqasi.
Zanjir o`yini musiqa ostida harakatli mashqlar bajariladi
Tumshug`i uzun laylak,
Ajab unga ne kerak?
Bo`yni ham uzun rosa:
Atrofni ko`rar maza!
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Darslik bilan ishlash
O`quvchilar she`r matnini navbat bilan o`qiydilar. So`ng darslikda berilgan savollarga javob beradilar
She`r qaysi fasl haqida ekan?
-Bahor faslida tabiatda qanday o`zgrishlar bo`ladi?
-Dalada qanday uymushlar bajariladi?
Kubiklar o`yini
Kun g`amini sahar ye
Yil g`amini bahor ye
Maqoldagi so`zlar bo`g`inlarga bo`linib, kubik tomonlariga joylashtiriladi.
Kubiklar tagiga so`zlar yozish uchun katakchalar chiziladi. Katakchaga mos bo`g`in joylashtiriladi.
Test topshiriqlari:
1 Bahor fasliga qaysi oylar kiradi?
A) Dekabr, yanvar, fevral
B) Mart, aprel, may
D) Iyun, iyul, avgust
2 O`lkamizda bahor fasli qaysi oydan boshlanadi?
A) May
B) Aprel
D) Mart
3 Bahor faslida qanday tansiq taom pishiriladi?
A) Sumalak
B) Palov
D) Manti
Test topshiriqlarini hatijalari tekshirilib, a`lo natijaga erishgan guruhlar, hamkorlikda o`qitishdan samarali foydalanganliklari aytilib, namuna qilib ko`rsatiladi
VI Darsga yakun yasash va baholash
Savollar:
-Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi:
-Bugungi darsimizda nimalarni bilib oldingiz?
-Bahor fasli haqida qahday ma`lumotlarni bilib oldingiz?
O`quvchilar javoblari umumlashtirilib, dars hulosalanadi
O`quvchilar darsdagi ishtipoki va faollligiga ko`ra baholanadi
VII Uyga vazifa berish.
Bahor keldi she`rini ifodali o`qish, bahor fasli haqidagi maqol yod olish
Do'stlaringiz bilan baham: |