Yunon – Baqtriya davlati madaniyati va san’ati


Yunon-Baqtriya madaniyati



Download 1,85 Mb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#309588
1   2   3   4
Bog'liq
Yunon – Baqtriya davlati madaniyati va san’ati (2) (1)

Yunon-Baqtriya madaniyati

  • Yunon-Baqtriya davlatida yunonlar va mahaliy madaniyatlarning sintezi qisqa vaqtda o`zining ijobiy natijalarini berdi, shaharlar soni tez suratda o`sdi, dehqonchilik, chorvachilik, ayniqsa hunarmandchilik rivojlandi. Markaziy Osiyo mintaqasi Buyuk ipak yo`li bo`ylab o`tgan xalqaro savdoning markazi sifatida o`ta muhim o`rin tutadi. Diodotdan Galpokigacha bo`lga yunon-Baqtriya podsholari davrida yuksak badiiy saviyada oltin, kumush va misdan tayyorlangan turli qiymatdagi tangalar (draxma, obol, dixalka, xalka) zarb etildi. Tovar-pul munosabatlarini o`sishida Baqtriya shohlarining o`z pullarini zarb qilishi xalqaro savdoning rivojiga ijobiy ta`sir qilish bilan birga, yuksak badiiy darajasi bilan ham ajralib turadi.
  • Yunon-Baqtriyada yunon va mahalliy baqtr madaniyatining aralashuvi natijasida ellin madaniyati vujudga kelgan. Haykaltaroshlik, rassomchilik, naqqoshlik kabi tasviriy san`at ham rivoj topgan. Yunon-Baqtriyada hindlarning buddizm, zardushtiylik va yunonlarning ko`p xudolik dinlari aralashib ketgan edi. Yunon-Baqtriya davlati 130–140 yil yashadi. Lekin u yerda yashagan xalqlar yuksak madaniyat yaratib qo`shni xalqlar madaniyatiga barakali ta`sir ko`rsatgan. Bu madaniyatning rivojida O`rta Osiyo, xususan o`zbek xalqi bobokalonlarining ham katta xizmati bor.
  • Yunon-Baqtriya o`sha zamonning quldorlik davlatlaridan biri bo`lgan. Yunon-Baqtriya davlati tepasida podsho turgan. Podsholik taxti otadan o`g`ilga meros bo`lib o`tgan. Podsholikmulklari viloyatlargabo`linib, uni viloyat hokimlari – gipparxlar boshqarganlar. Gipparxlar esa to`g`ridan-to`g`ri podshohlarga itoat etganlar. Podsholikning Yunon-Baqtriya qismida urug`i Hindistondan keltirilgan paxtaham ekilgan. Ehtimol ipak qurti ham boqilgandir.Podsholikda qo`y, echki, qoramol, ot, tuya, qo`tos, o`rgatilgan fil, it va parranda boqqanlar. Yunon-Baqtriya otlari va tuyalari juda mashhur bo`lgan.
  • Boshqa joylarga qaraganda Yunon-Baqtriyada shaharlar ko`p bo`lgan. Shuning uchun qadimgi tarixchilar Pompey va Apolloderlar Yunon-Baqtriyani «ming shaharlar mamlakati», deb bejiz aytishmagan. Eng yirik shaharlar Baqtra, Termiz, Yevkratideya, Demetriya, Aleksandriya va boshqalar bo`lgan. Bu shaharlarlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan. Yunon-Baqtriyada savdo-sotiq ham juda rivojlangan edi. Yunon-Baqtriya slpmoldan janubga, sharqdan g`arbga o`tadigan karvon yo`lining qoq o`rtasida joylashgani savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon bergan. Yunbn-Baqtriya savdogarlari va podsholari Hindiston, Xitoy, Parfiya davlatlari, Oks va Yaksart bo`yi xalqlari bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar olib borganlar. Yunon-Baqtriya podsholari savdoda qo`llaniladigan oltin va kumush tangalar chiqarganlar. Yunon-Baqtriya madaniyatining ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Buni biz miloddan avvalgi X–V mingyilliklarga mansub Zarautsoy suratlari misolida ko`ramiz.
  • Yunon Baqtrya Osiyodagi eng yirik davlatlaridan biri bo`lgan. U ravnaq topgan vaqtda Turonning sharqiy, janubi-sharqiy viloyatlari, g`arbiy Xitoy, Baqtriya va Hindistonning katta qismini egallagan edi. Podsholik yerlarining katta-katta maydonlari tog`lardan iborat. Hind, Oks, Gang, Braxmaputra va Jamna daryolarining bo`ylari tekisliklardan iborat bo`lgan. Bu o`lka hayvonot, o`simliklar, yer osti va usti qazilma ashyolariga juda boy edi. O`lkaning boy tabiiy sharoiti bu yerda qadimdan odamlarning yashashlari uchun imkon bergan. Bu o`lkada ilk tosh asridan beri aholi yashab keladi. Podsholik katta maydonni egallagani uchun unda – hind, tohar, sug`d, baqtra, yunon, usun va boshqa qabila va elatlar yashaganlar.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish