Sintaksis
Sintaksis (yun. syntaxis — tuzilma, tartib,
birikma) — 1) nutq birliklarini
shakllantirishning muayyan tillar uchun
xos boʻlgan vositalari majmui; 2)
grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari
va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma
gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi,
soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi,
maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda
vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi.
"Sintaksis" termini soʻz birikmalari va
gaplarni hamda ularning tilda
qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik
qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham
ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida
S. juda katta ahamiyatga ega, chunki
uning tarkibiga bevosita kishilarning
muomalamulokrt jarayonini amalga
oshirishga yordam beruvchi sodda gap
va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi.
Sodda gap muayyan voqeahodisani,
qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi
aloqamunosabatni, ran boʻlagi esa
voqeahodisa unsurlarining vazifalarini
ifodalaydi.
S. morfologiya bilan chambarchas
bogʻliqdir. S.da, xuddi morfologiyada
boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik
hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi
jihatidan emas, balki soʻz shakllarining
soʻz birikmasi va gaplarni tuzishdagi
ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz
birikmalari va gaplar tilning asosiy
sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz
ichki xususiyatlariga egadir.
Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi S.ning
asosiy birliklaridir. Bularga keyingi
paytlarda abzats, period, matn kabi
birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi
tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari —
moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv
yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil
soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran
tarkibidagina amal qiladi. Gap S.ning
markaziy birligidir. U struktursemantik
qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida
oʻrganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan
aloqa tufayli yuzaga keladigan
histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap
bir mustaqil soʻzdan
("qorongʻilashmoqda", "jimjitlik"),
aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan
hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar,
shuningdek, analitik tillarning
xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida
gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari
sifatida yordamchi soʻzlar — koʻmakchilar
va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni
va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof
analitik tillarda gapdagi suzlarning
bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi
soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf
tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi
bajaradi.
Hozirgi S.da mavhum grammatik
struktura sifatida gap tushunchasi
hamda mazkur strukturaning nutqda aniq
voqealanishi vositalari sifatida ifoda
tushunchasi farqlanadi; shunga muvofik,
ravishda gap nazariyasi va ifoda
nazariyasi ham chegaralanadi. Gap Si
doirasiga uni shakllantirishning usul va
vositalari, ifoda Si doirasiga esa gapning
aktual boʻlinishi vositalari hamda uning
maʼno strukturasi muammolari kiritiladi.
S.da, shuningdek, gap boʻlaklari ham
oʻrganiladi. Ular bosh (ega, kesim) va
ikkinchi darajali boʻlaklar (toʻldiruvchi,
aniqlovchi, hol)dan iborat. Keyingi
paytlarda kesim gapning asosi ekanligi,
undalma, kirish soʻz va kiritmalarga
gapning uchinchi darajali boʻlaklari
maqomini berish masalalari ham
koʻtarilmoqda.
"S." termini, garchi ayni hozirgi maʼnoda
boʻlmasada, dastlab mil. av. 3-asrda
Yunonistonda stoiklar tomonidan
qoʻllangan. S.ning ilk prinsiplarini yunon
grammatisti Apolloniy Diskol morfologik
negizda, xususan, soʻz turkumlari Si
tarzida asoslagan. S. tarixi yevropa va rus
tilshunosliklarida boʻlganidek turkiy
tillarda (oʻzbek tilida) ham oʻziga xos
rivojlanish bosqichlarini oʻtgan. Qomusiy
alloma Mahmud Koshgʻariyning 11-asrda
"Javoxir unnahvi fi lugotitturk" ("Turkiy
tillar sintaksisi kridalari") asarini
yaratganligi buning yaqqol isbotidir. 20-
asrda oʻzbek tili sintaksisiga, qisman,
sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi
nazariy tadqiqotlar maʼlum darajada taʼsir
oʻtkazgan. Oʻtgan asrda oʻzbek tili
sintaksisi sohasida Fitrat, Ayub Gʻulomov,
F. Abdullayev; Gʻ. Abdurahmonov, M.
Asqarova, A. Nurmonov, N. Mahmudov va
boshqa jiddiy tadqiqotlar olib bordilar.
Ad:. Oʻzbek tili grammatikasi, 2j., T., 1975;
Mahmudov N., Nurmonov A., Oʻzbek
tilining nazariy fammatikasi. Sintaksis, T.,
1995.
Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla
Mirzayev.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |