Onomastika
Onomastika
(yun. onomastike — nomlash, nom qoʻyish sanʼati) — tilshunoslikning har qanday
atoqli nomlarni, ularning paydo boʻlish va oʻzgarish tarixini oʻrganuvchi boʻlimi, shuningdek,
barcha atoqli nomlar yigʻindisi. Ayrim tadqiqotlarda "O." termini antroponimika maʼnosida ham
qoʻllangan. O. mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va oʻrganishni maqsad qilib qoʻyadi.
O. atoqli nomlarni olgan obʼyektlarning toifalariga muvofiq quyidagi boʻlimlardan iborat:
antroponimika — kishilarning atoqli nomlarini; toponimika — geografik obʼyektlarning atokli
nomlarini; te -onimika — turli diniy tasavvurlar boʻyicha xudolar, maʼbudlar, diniy-afsonaviy shaxs
va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika — hayvonlarga qoʻyilgan (shartli) atoqli nomlarni;
kosmonimika — fazoviy boʻshliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarlarning ilmiy
muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika — ayrim osmon jismlari (planeta va
yulduzlar)ning nomlarini oʻrganadi. O.ning yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha boʻlimlari bor.
O. atokli nomlarni realionimlar (avval yoki hozir mavjud boʻlgan obʼyektlarning nomlari) va
mifonimlar (xayoliy-toʻqima obʼyektlarning nomlari)ga boʻladi.
Atoqli nomlarning lisoniy xususiyatlariga qarab O. adabiy va dialektal, odatdagi (amaliy) va
poetik, zamona-viy va tarixiy, nazariy va amaliy turlarga boʻlinadi.
Nazariy O. til va nutkdagi, adabiy va dialektal sohalardagi atoqli nomlarning paydo boʻlishi,
nominatsiya (nomlash) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil oʻzgarishlari, nutqda
qoʻllanishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda tarkibiy tuzilishini oʻrganadi. Badiiy
matnlardagi atokli nomlarni (poetik O.) tadqiq etish alohida muammo hisoblanadi. O.,
shuningdek, tilshunoslikning qiyosiytarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik haritalashtirish va
boshqa usullarini qoʻllagan holda, atokli nomlarning fonetik, morfologik, soʻz yasalishi, semantik,
etimologik va boshqa jihatlarini oʻrganadi.
Amaliy O. xorijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi va transliteratsiyasi, anʼanaviy
(talaffuz va yozilishiga koʻra), tarjima kilinadigan va qilinmaydigan nomlarni aniqlash, "begona"
nomlarni oʻz tilda kanday yozish boʻyicha yoʻriqnomalar tayyorlash, xorijiy tillardan oʻzlashgan
nomlardan yangi soʻzlar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni oʻzgartirish masalalari bilan
shugullanadi.
O. tarix, etn., arxeologiya, genealogiya, geraldika, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, geogr.,
astronomiya, geol., demografiya kabi fanlar bilan oʻzaro aloqadordir.
Abduvahob Madvaliyev.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Onoma
stika&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
title=Onomastika&oldid=2387011
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |