Narkoz
Narkoz (yun. narkosis — karaxtlik) —
sunʼiy yoʻl bilan (baʼzi kimyoviy moddalar
va boshqa omillar taʼsirida) hosil
qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda
kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy
harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay
yoki qisman yoʻqoladi. Tibbiyotda xirurgik
operatsiya vaqtida ogʻriqsizlantirish
(anesteziya) maqsadida qoʻllanadi.
Amerikalik xirurg Uorren birinchi bor efir
N.i bilan operatsiya qilgan (1846).
Dastlab N. uchun faqat efir va
xloroformszm foydalanib ke-lingan. Kime
fanining rivojlanishi tufayli N. xrlatini
paydo qiladigan turli xil moddalar kashf
etildi.
N.ni vujudga keltiradigan narkotik
moddalarning bemor organizmiga
yuborilish usuliga qarab ingalyasion
(nafas yoʻllari orqali), noingalyasion
(nafas yoʻllaridan boshqa yoʻllar bilan) va
kombinatsiyey N. (narkotik moddalar ikki
va undan koʻp usul bilan yubo-rilganda)
farq qilinadi. Ingalyasion N.da efir,
flyuotan, siklopropan va boshqa
moddalarning bugʻi xidlatiladi, bunda
maxsus apparatlardan foydalaniladi.
Narkotik moddalarni kislorod bilan
aralashtirib yuborish nafas yoʻllarini har
xil asoratlardan saqlaydi. Venaga yuborib
paydo qilinadigan N.da, asosan, uyqu
dorilari — barbiturat kislota hosilalari
ishlatiladi. Bu usulning afzalligi shundaki,
bemor tez uxlab qolib, hech nimani
sezmaydi. Suyak ichiga, toʻgʻri ichakka,
teri ostiga, muskul orasiga qilinadigan N.
kamdan-kam qoʻllanadi.
Koʻpincha vena N.i bilan ingalyasion N.
birgalikda amalga oshiriladi. Bunda N.
berish narkotik moddalarni venaga
yuborishdan boshlanadi, bemor uxlab
qolgach, ingalyasion N. berishga oʻtiladi.
N. vaqtida nafasni vaqtincha toʻxtatib
turadigan dori-darmonlar va nafas olishni
bajaradigan maxsus N. apparatlarining
qoʻllanilishi N. berayotgan vrach —
narkotizator (aneste-ziolog)ga bemor
organizmining barcha funksiyalarini idora
etish imkoni-yatini beradi. Shu tufayli
oʻpka, yurak, yirik tomirlar va bosh miyani
bema-lol operatsiya qilish mumkin. Turli
kimyoviy moddalar yuborib paydo
qilinadigan N.dan tashqari maxsus
koʻrsatma bilan elektronarkoz
qoʻllanadi.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Manbalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Narkoz&oldid=2056593
"
dan olindi
Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |