4-Laboratoriya ishi
UGLERODLI PO‘LATLARNI YUMSHATILGAN XOLATDA
MIKROSTRUKTURA ANALIZI
Mikrostruktura analizi aloxida tayyorlangan metall namunalarni mikroskop yordamida ichki
tuzilishini tekshiradigan usuldir. Mikroskop ostida metallarning ichki tuzilishini ko‘rinishiga mikrostruktura deyiladi.
Texnika temirining va uglerodli po‘latning muvozanat xolatdagi mikrostrukturasi. Texnika temirining va uglerodli po‘latning muvozanat xolatdagi mikrostrukturasi, temir sementit holat diagrammasining chap tomonidagi pastki qismi bilan xarakterlanadi. Tarkibida 0,02% gacha S bo‘lgan qotishmalar texnika temiri deb ataladi; 0,02 dan 0,83 gacha. S-evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat, tarkibida 0,83% S bo‘lgan qotishmalar evtektoidli va tarkibida 0,83% dan 2,14% gacha S bo‘lgan evtektoiddan keyingi po‘latlar deyiladi.
Texnika temirining mikrostrukturasi. Uglerodning α - temirda (ferritda) erishi o‘zgaruvchandir. Temperaturaning pasayishi bilan uglerodningα - temirda erishi kamayadi. Agar 727°S temirda 0,02% S erisa uy temperaturasida esa 0,006% S temir qotishmasi uglerodning α -
temirdagi qattiq eritmasi strukturasiga, yani ferrit strukturasiga egadir.
Texnika temiri
Evtektoidgacha va evtektoidli po‘latlarning mikrostrukturasi evtektoidgacha bo‘lgan
po‘latlarning (0,8% S gacha) mikrostrukturasi ferrit va perlitdan iborat. Evtektoid po‘latning (0,8% S) mikrostrukturasi faqat perlitdan iborat. Ferritning mikrostrukturasi 29-rasmda berilgan. evtektoidgacha bo‘lgan po‘latning mikrostrukturasidagi ikkinchi struktura tashkil etuvchi- perlitning nima ekanligini ko‘rib chiqaylik.
Perlit-evtektoid-austenitning parchalanishida xosil bo‘ladigan ferrit va sementitning mexanik aralashmasidir. Tarkibida 0,8% S li po‘lat namunaga reaktiv ta’sir ettirilganda u perlomutr rangiga kirishadi, shuning uchun bu struktura perlit deb atalgan. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat strukturasida perlit va ferritning miqdori, uning tarkibidagi bog‘liq. Po‘lat tarkibidagi uglerod ko‘paygan sari strukturada ferrit kamayib, perlitning miqdori ko‘payib boradi. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latning mikrostrukturasidan uglerodning taxminiy miqdorini aniqlash mumkin, buning uchun ferrit va perlitni (%) xisobida qancha yuzani egallaganligini aniqlash kifoyadir.
Ferritda uglerodning erishi juda ham kam bo‘lganligi uchun evtotektoidgacha bo‘lgan po‘latdagi hamma uglerod perlit tarkibida deb hisoblash mumkin.
Faraz qilaylik masalan: 30 % yuzasi ferrit, 70 % yuzani perlit egallagan bo‘lsin. Bunday po‘latda uglerodning miqdori
Demak taxminan 55 markali (Stal 55)
Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latning mikrostrukturasi
Evtektoidli po‘latning mikrostrukturasi
Evtektoiddan keyingi po‘latning mikrostrukturasi
Tarkibida uglerod 0,8% dan 2,14% gacha bo‘lgan uglerodli po‘latlarga evtektoiddan keyingi po‘latlar deyiladi va mikrostrukturasi perlit hamda ikkilamchi sementitdan iboratdir. Ikkilamchi sementit austenitdan sekin Asm temperaturadan Ar1 temperaturagacha (ES va RK chiziqlarda) sovish natijasida ajralib chiqadi. Sekin asta sovish natijasida ikkilamchi sementit to‘rsimon shaklda atsetenit donalarining chegaralarida ajralib chiqadi. Temperatura Ar1 ga etganda eca atsetenitning o‘zi perlitga aylanadi. Sekin asta sovish natijasida evtektoiddan keyingi po‘lat perlit va to‘rsimon sementit strukturasiga egadir
Evtektoiddan keyingi po‘latning mikrostrukturasi
Oq to‘r bu ikkilamchi sementit; to‘r ichida plastinasimon donalar perlitning tuzilishidir. Evtektoiddan keyingi po‘latda uglerodning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa sementit turlarining qalinligi shunchalik oshib boradi.
Evtektoiddan keyingi po‘latdagi uglerod miqdorini quyidagi formuladan aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |