QUDDUZ 379-BET
Quddus, Iyerusalim (arabcha: القُدس al-Quds, ivritcha: יְרוּשָׁלַיִם Iyerushalaim, osuriylarning mix yozuvlarida Ursalimmu; qadimgi Misr yozuvlarida Shalam, Oʻrta Osiyoda Quddusi Sharif nomi bilan maʼlum) — falastin shahari.[1] Oʻlik dengizning gʻarbidagi chala choʻlli yassitogʻlikda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yoʻllari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojtangan. Quddus — musulmon, yahudiy va xristianlarda "muqaddas shahar" hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |