Yuldashev Muhammadyusuf



Download 19,38 Kb.
Sana31.10.2022
Hajmi19,38 Kb.
#858763

120-20 Yuldashev Muhammadyusuf
__________________________________________________________
Телекоммуникация корхоналарининг маркетинг муҳитини ёритинг
Telekomunikatsiya - signal, belgi, matn, tasvir, ovoz va boshqa turdagi axborotlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash tizimlari majmui. Simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Bir yoki bir necha turdagi, jumladan, telefon, telegraf, faksimil axborotlar va boshqa hujjatli xabarlarni, kompyuterlararo axborotlar almashinuvi, televizion va radiodasturlarni uzatishga moʻljallangan Telekomunikatsiyalar texnika vositalari toʻplami Telekomunikatsiya tarmogʻi deb ataladi
Hozirgi kunga kelib telekomunikatsiya aloqa kompaniyalari rivojlanib bormoqda. O’zbekiston hududida bizga ma’lum bo’lgan aloqa kompaniyalari Beeline, Uzmobile, UMS, Ucell va hozirda yangi kirib kelgan Humans aloqa kompaniyalari hisoblanadi. Barcha vositalar korxonalar, kompaniyalar avvalambor insonlarni ehtiyojlarini qondirish uchun yaratiladi. Shuningdek kompaniya yoki korxonalar ochilishidan oldin bozorni tahlilini, insonlarni ehtiyojini o’rganishadi. Ushbu faoliyat marketing hisoblanadi. Yuqorida keltirib o’tgan aloqa kompaniyalari ham o’zlarini marketing strategiyalariga ega. Ulardan men Beeline va Humans aloqa kompaniyalarining marketing strategiyasi bo’yicha tahlilini keltirib o’taman.
Barchamizga ma’lum bo’lganidek Beelini aloqa kompaniyasi O’zbekiston hududida 2006-yil 12-sentabrdan buyon xizmat ko’rsatib kelmoqda. Shuningdek o’zining katta qamrovli foydalanuvchilariga ega hisoblanadi. Beeline kompaniyasi dastlab reklama marketingidan foydalangan va hozirgi davrgacha davom etib kelmoqda. Reklamadan maqsad Beeline o’zining yangidan-yangi xizmatlarini taklif qiladi. Beeline kompaniyasi qo’llab-quvvatlovchi, sinxromarketing va rivojlanish marketingidan ham faol foydalanadi. Sinxron marketingdan foydalanishda Beeline xizmatlarini avtomatlashtirishga o’tgan va o’zining 2013-yil “Beeline Uzbekistan” ilovasini ommaga tatbiq etgan. Ushbu ilova orqali mijozlar online holda balanslarini ko’rishlari yangi paketlarni sotib olish imkoniyatiga ega. Shuningdek hozirgi vaqtga kelib ushbu ilovadan foydalangan holda Beeline o’z mijozlarni bepul paketlar orqali ham rag’batlantirmoqda. Ushbu ilova orqali Beeline rivojlanish marketingidan ham unumli foydalanadi. Mijozlar bilan online muloqot qilish, mijozlarni fikrlarini o’rganish ularni ehtiyojlarini qondirish uchun o’zining yangidan yangi xizmatlarini joriy etmoqda. Shuningdek hozirda Beeline haftaning juma kunida o’zining “Juma Takliflari” bo’limini ham qo’shgan. Ushbu bo’limda juma kunida aloqa paketlari boshqa kundagi narxlarga nisbatan arzonroq va har bir juma uchun alohida yangi takliflar berib boriladi. Ushbu bo’limni sinxromarketingga misol qilishimiz ham mumkin ya’ni aynan ushbu kunda takliflar mijozlar uchun manfaatli bo’ladi shuningdek xizmat ko’rsatish hajmi ham qolgan kunlarga nisbatan oshadi.
Beeline hozirgi kunda o’zining yangi tariflarini joriy etgan ulardan “Konstruktor” tarifi alohida ajralib turadi. Ushbu tarifda foydalanuvchi o’zi uchun kerak bo’lgan miqdorda paketlarni sotib oladi. (Paketlar – daqiqa, sms va internet trafiklari). Shuningdek kompaniya inovatsion strategiya bo’yicha bosqichma bosqich harakatlanmoqda, kundan-kungaa yangidan-yangi takliflar va xizmatlarni taklif etmoqda. Ulardan Beeline VISA, BeelineTV, Beepul, Beeline Music va Beeline Pressalarni misol qilib keltirsak bo’ladi.
Beeline ning hozirgi kunda 7 mlndan ortiq faol foydalanuvchilariga ega.
Humans kompaniyasi O’zbekiston hududiga 2020-yilda kirib kelgan va kompaniya o’zining marketing strategiyalaridan faol ravishda foydalangan. Kompaniya O’zbekistonga birinchilardan bo’lib konstruktor xizmatini, sim kartani alishtirmasdan yangi raqamni qo’lga kiritish, VISA va raqam balansini umumlashtirish va yangi inovatsiyalarni O’zbekistonga olib kirdi. Ushbu kompaniya mamlakatga faoliyatini to’liq boshlashdan oldin foydalanuvchilarga bonuslar va keshbeklar taqdim qilishdi, ushbu bonuslarni foydalanuvchilar do’stlari bilan bo’lishgan holda ikki barobar oshirishi mumkin edi va ularni xizmat aloqalariga yoki chegirmalarga alishtirishi mumkin. Kompaniyaning marketing strategiyasi juda ham ajoyib edi, ya’ni kompaniya foydalanuvchilarga bonuslar taqdim etish orqali yangi mijozlarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo’lgan edi. Ko’pchilikni qiziqtirgan takliflardan yana bir bu Humans VISA edi. Ushbu VISA orqali foydalanuvchilar online haridlarni amalga oshira olar edi. Bu vaqtga qadar VISA kartani olish uchun banklarga borib navbatda turib sotib olinar edi shuningdek bank visa kartasida minimum hisobda 30$ deposit saqlanishi kerak edi. Humans kompaniyasi esa bunga yechim topgan holda, foydalanuvchilarni ortiqcha vaqt sarflamasliklariga va tez fursatda VISA hamda raqam egasi bo’lishiga yordam berdi. Ushbu o’ziga xos strategiyasi orqali Humans qisqa muddatda ya’ni 2022-yil 30-iyunga qadar o’zining 2 mln ortiq faol foydalanuvchilariga erishdi. Humans kompaniyasi sinxromarketingdan ham faol foydalandi. Bunda kompaniya o’zining konstruktori bilan ajralib turadi. Konstruktor orqali foydalanuvchilar kerakli bo’lgan vaqtga qadar (3 kun, 10 kun, 30 kun) paketlarni yoqtirishi mumkin edi. Daqiqa yoki internet trafiklari sotib olgan taqdirda mijozlarni rag’batlantirish maqsadida telegram messenjerini cheklanmagan miqdorda foydalanishi mumkin. Shuning har bir ilova uchun alohida xizmatlarni yoqtirib ma’lum bir muddatga qadar cheksiz ravishda foydalanishi mumkin. Ushbu ilovalar xizmati sotib olinganda internet trafiklari sarflanmaydi.
Agarda ikkala aloqa operatorlarini solishtiradigan bo’lsak ikkalasining ham o’ziga hos avzalliklari mavjud. Quyida men kompaniyalarning bir-birlariga nisbatan kuchli tomonlarini keltirib o’tmoqchiman.

Xizmatlar

Beeline

Humans

VISA

-

+

Xizmatlar

+

-

Bonuslar

+

+

Foydalanuvchilar soni

7 mln

2 mln

Aloqa sifati

+

-

Aloqa sifati(metro)

-

+

Restart

+

-

Chegirmalar

+

-

Mahsulot xaridi

+

+

Keshbek

Beep

Aloqa uchun keshbek

Internet tezligi

-

-

Narx

+

+


Download 19,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish