Milliy glabbalashiuv” yagona yo‘ldir!
Aslida ma’naviyat nadir?! Nima uchun bu shnchalar muxum?! Chunki ma’naviyat barcha yahshiliklarning debochasidir. Bu ilohiy bir mujdadir! Ma’naviyat qalb ochiqligi, vijdon sofligi, rux shaffofligidir. Umuminsoniy boylik, bashariy me’ros, yuksaklik ko‘zgusidir ma’naviyat. Insonni ulug‘lovchi, kamolotga eltuvchi bir yo‘lakdir ma’naviyat. Bugungi glaballashgan zamonda milliy qadrat masalasi juda muhim. Agar biz yoshlarimizga “Milliy glaballashuv” terminini singdira olsak, bu buyuk o‘zgarishlarga, yuksalishlarga debocha bo‘ladi. Ma’naviyatli, milliy qarashlarga ega va zamonaviy bilimlar egasi bo‘lgan yoshlar bizning buyuk maqsadimiz uchinchi renessans asoschilari bo‘lishlari xaqiqatga va reallikka yaqindir. Dunyo o‘zgarmoqda. Muamolar glaballashmoqda. Raqamlashish jarayoni aqil bovar qilmas darajaga yetmoqda. Bizning ilimsizligimiz bilan bu muamolarga daxildorligimiz kamayib qolmaydi. Biz bilgandek bo‘lmaydi dunyo. Biz ham yoshlarimizni zamonaviy texnalagik bilimlar bilan qurollantirmoqdamiza. Ularni ilmiy salohiyatini yuksaltirmoqdamiz. Bu yahshi! Lekin, yoshlarimizni raqamlashgan manqurtlar qilib qo‘ymaslik uchun ma’naviyat masalasi muxum. Qadiryat, o‘zlik, milliylik masalasi muxum. Dunyoga yangi bilimlar bilan, zamonaviy qarashlar bilan bo‘y cho‘zayotgan yoshlarimiz shuuri yo hayot yo mamot masalasidir. Biz o‘tmishi vuqorli, buguni yorug‘, kelajagi nurli millatmiz! Biz dunyoni uyg‘otgan, ilimni aziz sanagan, iymonni naqish singari qalbiga joylagan millatmiz! Dunyoga dars bergan ustoz millatmiz biz! Sharqni uyg‘otgan va g‘arbnida uyg‘onishga undagan millatmiz biz! Ilim quyoshi Sharq atalmish bizning o‘lkalarda boshqacha nur sochgani yodimizda. “ Albatta inson husrondadir”(103-sura 2-oyat). Biz ham xalq o‘laroq xatolarga moyil bo‘ldik. Tarqoqlik qildik, o‘zbilarlik qildik, ulamo va ustozlar so‘ziga kirmadik. So‘ngida esa yengildik. Nada jangda yengkldik, nada tuproqlarimizni boy berdik, asliyatda biz ilimni, o‘zlikni, dinni boy berdik. Natijasi esa achinarli va ayanchli bo‘ldi. Eng buyuk ne’mat atalmish vaqt bobida, ilimda orqada qoldik, zotan, birinchilar biz edik.
Munavvarqorining bir so‘zi bor: “Tarixni yarat!”. Biz, bugungi yoshlar qadim tariximizga andoza olaroq buyuk tarix yarata olamiz! Buning uchun yetarlicha bilim va sharoitga egamiz. Qanchalar qiyin mashaqqatlar oldimizda turgan bo‘lsa ham, yengib o‘tishga matonatimiz yetadi. Bu yozganlarim Vatanim bo‘lmish O‘zbekiston kelajagiga mening hissamdir. Birlashmoq yutmoqlikdir! Birlashaylik aziz do‘stlarim! Nurli kelajak uchun birlashaylik! Buyuk O‘zbekiston qanotlari olaroq birlashaylik! Uyg‘onaylik! Uyg‘otmoq uchun uyg‘onaylik! Men ishonaman, bugungi islohotlar boy chozish onlari yaqin! Renessansning bir bo‘lagi o‘laroq qalamim ila kurash boshladim. Siz aziz do‘stlarimdan ham kuchingiz boricha, madoringiz yetguncha intiling! Yorug‘ kunlar yaqindir!
Do'stlaringiz bilan baham: |