Yuksak insonparvarlik, uyg’oq xotiralar kuychisi: Zulfiya. E’zozxon Zufarova Bag’dod tumani 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi



Download 41,75 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi41,75 Kb.
#96068
Bog'liq
zulfiya bo'yicha maqola


Yuksak insonparvarlik, uyg’oq xotiralar kuychisi: Zulfiya.

E’zozxon Zufarova Bag’dod tumani 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Shoirlar xalqning elchilari, ular qalbi daryo kishilar. Ularni daryoga bejiz qiyoslashmaydi. Daryolar o’tgan joyda hayot gurkiraydi deyishadi, balki daryolarning o’tmishi cho’qqidagi qorlarga borib taqalishidan, kelajagi esa dengiz ekanligidan bois shu xulosaga kelingandir. Ma’lumki, dengiz butun bir o'lkaga suv va nur beradi, unga mo'tadil iqlim, husn va latofat bag'ishlaydi. Huddi shu kabi xalq xarakteri, nodir fazilatlari, tuyg’ulari, kechinmalari, orzu-yu armonlari yozuvchi, shoirlar tomonidan kelajakka yetkazilishi sir emas, albatta. Yillar, asrlar silsilasida o’z davrinig hayotini satrlariga sig’dirib kelajak avlodga yetkazib bera olishdek salohiyatni esa Olloh hammagayam beravermaydi.

O’zbek she’riyatining ko’rki, adabiyotining yirik namoyondasi shoira Zulfiyaxonim esa yuqorida ta’kidlaganimiz olloh yuqtirgan iste’dod, salohiyat sohibasidir.

Zulfiya ijodining yuragini, taftini, ruhini belgilab beruvchi omil undagi yuksak insonparvarlikdir. Zotan Zulfiya she’riyatida ayol qalbining titroqlari, azobli zirqirashlari, hissiyot hovurlari, ishq uchqunining alangaga aylanashi-yu, onalik mas’ulyatining mashaqqati-yu quvonchli to’lqinlaridan tortib, nadomatli xo’rsiniqlarigacha mohirlik bilan tasvirlanishi teran va qaynoq hissiyot uyg’otishi she’rlarining yashovchanligini oshirayotgan bo’lsa, ne ajab. Zulfiya ijodi mavzulari ham o’ziga xoslik va o’zgachaliklarga ega. Uning xilma-xil mavzularda yaratilgan she’rlari kitobxonlar yuragiga kirib bora olgan , ularning e’tiborini qozongan. Shoira ijodiga nazar tashlash mobaynida manan boy, ruhan tetik, hayotbaxsh va mardonalikni tuyadi kishi. Shoiraning o’z ta’biri bilan aytadigan bo’lsak:

Ne yozsam tub- tubdan hayotga doir,

Insoniy qalbimning tebranishi ul.

Darxaqiqat, Zulfiya she’riyatining ohanglarida hayot zarblarining aks sadosi seziladi.

Uning tinchlik haqidagi, inson ruhiyatini g'ajib tashlay oladigan hijron to'g'risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she'rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onalarga, barcha ma'shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo'lgan she'riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg'ularining porloq yulduzi charaqlab turadi.

Garchi Zulfiya she’riyatida janr hilma-hilligi, mavzular rang-barangligi jilvalanib tursa-da, ularda ishq, sevgi, vafo, sadoqat va eng muhimi mehr ufurib turganini o’quvchi his qilmay qolmaydi. Ijodida “hijron”, “taqdirdosh”, “yuragimga yaqin kishilar”, “xotira”, “kelajak”motivlari keng o’rin egallaydi. “Xotira” motivi yetakchi desak also yanglishmaymiz. Xotiralar turli yo’sinda nomoyon bo’lishi bilan ham ajralib turadi. Mana bu she’rida:

Dilchi, dilim unutib bo’lmas

Ishq qo’shig’i yozilgan kitob.

Satrlarga so’ngsiz ishq va ana shu ishqning boisi bo’lgan insonning porloq xotirasi nomoyon bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Zulfiya ayol, ona, xususan, rafiqa sifatida ham o’ziga tirikligidayoq haykal qo’ya olgan tom ma’noda o’zbek ayoli edi. Zulfiya ilk she’riyatga oshnolikni onasidan olgan bo’lsa, oliygoh va shoirlar davrasi, keyinchalik esa serqirra ijodkor Hamid Olimjon bilan kechgan hayoti hamda hayot xotirasi shoirani Zulfiyaxonim sifatida nom qozonishiga bois bo’lib xizmat qildi. O’z ta’biri bilan aytadigan bo’lsak diliga ishq kitobi bo’lib yozildi.

Quyida ana shu ishq kitobini varaqlashni lozim topdik:

Kechagina borliq edi moviy qor,

Sevgidayin kun taftidan eridi.

Esda:


Bir yosh, qor bahordan serviqor,

Tanimizda ming bir oftob bor edi.

She’r “Onam bog’i” deb ataladi. She’rdan sezilyaptiki, she’r yozilgan paytda Zulfiya anchayin ko’tarinki kayfiyatda bo’lgan va hatto qorni ham moviy tusda ko’radi. Moviy qorni erita olgan esa kun tafti ammo bilamizki, qishki quyoshda ilig’lik kam. Yoshlik qoru bahordan kuchliroq, chunki yoshlikka jo’shqinlik xosdir.

Onam bog’i orzusimon turfa rang,

Loqayd, bachki bezaklarga edi yot.

Bor mavjudot raqibi-la qilib jang

O’stirdi bog’, o’g’il va qiz zurriyot.

Bog’, daraxtlar ko’p har birida o’zgachalik turfalik. Nega turfalik? Ahir bo’g’dagi daraxtlar mavsumiy tarzdagina turfa libos kiyadiku?! Shoira onasining bog’i turfa, unga loqaydlik, yolg’on yotligini, bu bog’ aslida, onasining umri ekanligiga ishora qiladi.

Onam!

Sizning umr hayot mayli-la



Mening jism-u jahonimga aylandi

Necha ajdod kechgan bog’dan yo’l oldi

U yo’llarda Siz-u mendan yo’qdir iz!

Sizni Men-u,

Meni onalik oldi,

Ayol zoti ketmas hayotdan izsiz…

Zulfiya onam bo’g’i deya xotira satri bilan umrining, umuman olganda barcha ayollar umrining sarhisobini berishga intiladi. Ajdodlar bog’idan qolgan yo’lda na onamdan, na mendan iz yo’q deydi-yu, keyin ana shu fikriga zid tarzda onalik meros, farzand bog’ toki farzandlar bor ekan onalarning bog’i yashnayveradi degan xulosani beradi. Shoira she’rlaridagi ulug’lagan tuyg’u sadoqat va tinchlik ekan yana bir bor biz sadoqat yani shoiraning onasiga farzandlik sadoqati va sog’inchi aks etgan misralar bilan tanishamiz:

Bugun men tug’ilgan kunim,

Meni tuqqan onam, siz qayda?

Bedor o’tib bormoqda tunim,

Bir og’riq bir qon ,jonda,paydo.

Lirik qahramon qalbidagi onalik hissi bir dam butun olamni qarab oladi, va onalikning naqadar mas’uliyat ekanligini e’tirof etishga chog’lanadi:

Tug’ilganman qaysi soatda,

Qancha muddat siz egansiz dard?

Qiz tug’ilish dardi odatda,

Bo’lgan ekan sizda Beshavqat.

Ha, u hayolan o’z dardini onasi dardidek his etadi, ayni damda uning baxtli kuni Tug’ilgan kuni onasi yonida emasligidan o’ksinadi:

Bugun mening tug’ilgan kunim,

To’lgoqdagi dardingiz ko’zda.

Kursi quchub kurashasiz jim,

Qotma jussa goh o’t, goh muzda.

Shoiraning o’y-kechinmalari sog’inchi uni bolalik xotiralariga chorlaydi, mehribon onasining suratini chizib berishga urinadi va ardoqlab satrlarini shunday davom ettiradi:

Besh bolangiz darcha ortida,

Joningizni ko’rib o’tirgan.

Mening otam qo’shni otida

Kim qaylarda doya qidirgan?

Zulfiyaxonim farzandlarning kenjasi bo’lgan shu bois ham u mehribon onasiga suyukli va qadrli edi.Ona bo’lishdek baxt qanchalar mas’uliyatli va sharafli bo’lsa, farzandlik baxti va sadoqatini ham shoira shunday his qiladi.Shoira o’z zamonasining ham jasoratli ham sevimli onasi maqomiga erishdi, onasi unga o’qib bergan g’azallarga monand she’rlarni yoza oldi. Qalbiga ijod zavqini solgan Onasiga o’zining ijodi zavqi bilan farzandlik sadoqati namoyon etgani bu haqiqat.

Zulfiyaning xotira asosiga qurilgan she’rlarida xotirlashga turtki bergan omillarni o’rganish maqsadida to’plamlarga nazar tashlarkanmiz Zulfiya she’rlarida o’tgan kunini eslashga konkret bir narsa asos bo’ladi. Ular yo she’r mashqi, do’stlar davrasi, hayotiy quvonchu tashvishlar yoxud bahorning kelishi, o’riklarning gullashi-yu, bulbullarning sayrashi… Yana shunday bir o’rinlar borki, ularda Hamid Olimjonning she’ri yoki qaysidir satrlari uni eslatadi, o’ylatadi va kezi kelganda unga javob yozishga-da majbur etadi.



O’zbek adabiyotining zabardast tanqidchilaridan biri hisoblangan Umarali Normatov Zulfiya she’riyati haqida so’z yuritganlarida ta’kidlaganlaridek: “She’rga aylangan xotiraning bitta siri bor: She’rga aylangan xotiralar so’nmaydi, sinmaydi, vaqtning shiddatli ayovsiz tegirmonida yanchilib ketmaydi. She’rga aylangan xotiralar aslanadi…”

Zulfiya she’rlari ham xotiralar og’ushida, hijronlar alangasida yaratilganligi sababidan ham abadiyatga oshno tutingandek, nazarimda. Qayerdadir o’qigandim: odam qanday bo’lsa she’r ham shunday. Zulfiya 30-yillar qo’liga qalam olib she’riyatga kirganidan umri poyoniga qadar mudom xotira bilan yashadi, ijod qildi va aytish joizki o’zidan yaxshi, so’nmas xotira qoldirishga ham erishdi
Download 41,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish