Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


  III - BOB. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/197
Sana28.06.2022
Hajmi2,17 Mb.
#712752
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   197
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish (1)

 


49 
III - BOB. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY
KORXONALARNI TASHKIL ETISH 
3.1. O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy ravnaqida kichik biznes va 
xususiy korxonalarning o‘rni 
Strategik jihatdan olganda, biz ko‘p yoqlama iqtisodiyotni vujudga keltirish 
vazifasini o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bunda ustuvorlik, asosan, xususiy mulkka va 
kichik biznesga beriladi. 
Kichik biznes - jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni 
mo‘’tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta tadbirkorlar sinfining paydo bo‘lishi 
demakdir. 
Xalqimiz tarixiga nazar tashlasak, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati 
O‘zbekistonda ham o‘zining ancha boy tarixiga ega. XXI asrning boshlarida va 
undan ancha ilgarigi davrlarda tadbirkorlik bilan biznes, bu faoliyat garchi shu 
so‘zlar bilan ifodalanmagan bo‘lsa ham, ancha keng rusum bo‘lgan va asosan bo-
zorlarda hamda karvonsaroylarda olib borilar ediki, buning yorqin misoli “Buyuk 
ipak yo‘li”dir. Lekin u zamonlardagi tadbirkorlik tabiati va ko‘lamlari jihati-
dangina emas, balki tashkil etilishining usul amallari, vositalari jihatidan ham 
boshqacha bo‘lgan. Tadbirkorlarning o‘zlari ko‘ngli keng, oldi-sotdi ishlari va 
boshqa muomalalarda juda halol qolaversa, o‘z ustilariga olgan majburiyatlarini 
muddatida bajaradigan, bajarganda ham, o‘rinlatib bajaradigan kishilar bo‘lgan. 
Biroq zamon o‘zgardi, zamon bilan birga jamiyat ham o‘zgardi. 
Zamonlar va jamiyatlar o‘zgarib borar ekan, o‘z navbatida iqtisodiyot ham bir 
shakldan boshqa bir shaklga o‘tib boraveradi. Bugungi mustaqillik davri 
iqtisodiyotining bir shakldan boshqa bir shaklga o‘tish jarayoni kichik biznes va 
xususiy korxonalarning taraqqiy ettirilishi bilan bog‘liqdir. Ta’kidlash lozimki, 
aynan katta mablag‘ talab etilmaydigan va resurslarning o‘sish tezligini 
kafolatlovchi kichik biznes va xususiy korxonalar iqtisodiyotdagi qayta qurishlar, 
tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha 
sarf-xarajatlarsiz yechishga, ichki bozorni moliyaviy resurslar cheklangan 
bo‘lishiga qaramay iste’mol mollari bilan to‘ldirishga qodirligini jahon 
mamlakatlari tajribasi ko‘rsatib turibdi. Kichik biznes va xususiy korxonalar 
qayerda, xoh shahar, xoh qishloq joylarida tashkil etilishidan qat’iy nazar taraqqiy 
etishi jihatidan ko‘plab ustuvorliklarga ega, ya’ni: 

o‘rta sinfning vujudga keltirilishi jamiyatda siyosiy-ijtimoiy barqarorlikni 
kafolatlashi; 

turli ijtimoiy guruhlar: ishchilar, dehqonlar, ziyolilar daromadlarining 
nomutanosibligini silliqlab turuvchanlik roli kuchliligi; 

iqtisodiy faol, aqliy va jismoniy qobiliyatli shaxslarda ko‘nikma hosil qildirish 
bilan jamiyat taraqqiyotiga asos yaratilishi; 

kam mablag‘ sarflab, yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi; 

zamonaviy texnologiyani, texnikani va xo‘jalikning tashkiliy yo‘nalishlarini 
ishlab chiqishda va joriy etishda tez harakat qilinishi; 


50 

iqtisodiy raqobat muhitini yaratishda faol, resurslarni tejab-tergab, samaraliroq 
foydalanishda omilkorligi; 

kichik va o‘rta biznes yalpi ichki mahsulotning o‘sishida va aholini ish bilan 
bandligini ta’minlashda muhim o‘rin egallashi; 

kichik biznes va xususiy korxonalar monopol birlashmalarga bevosita aloqasi 
bo‘lmay, o‘zlari mustaqil faoliyat yuritib, qonun doirasida harakat qilishi; 

kichik biznes va xususiy korxonalar qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi, 
tadbirkor o‘zi boshliq, o‘zi hisobchi, o‘zi ishchi, kassir bo‘lishi; 

kichik biznes va xususiy korxonalarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda 
tabiiy-ekologik muhofazaga jiddiy e’tibor berilishi; 

kichik biznes va xususiy korxonalar faoliyatida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar assortimenti lozim bo‘lgan vaqtda tez yangilanishi. 
Dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, rivojlangan mamlakatlarda 
ham, dastavval kichik biznes va xususiy korxonalarning iqtisodiyotda tutgan 
o‘rniga alohida ahamiyat berilganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Respublikamizda ham dunyo va rivojlangan mamlakatlar tajribasini 
o‘rganish asnosida kichik biznes va xususiy korxonalarni rivojlantirishga katta 
e’tibor berila boshlandi. 
O‘zbekistonda kichik biznes rivojlanishining boshlang‘ich bosqichi 
xususiyatlari o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari bilan belgilanadi. Xususan, o‘tish 
davrida kichik biznes korxonalari faoliyatida qisqa muddatli operatsiyalar strategik 
maqsadlarga nisbatan ustivor o‘ringa ega bo‘lgan. Buning eng asosiy sababi 
shundan iboratki, o‘tish davrida makroiqtisodiy beqarorlikning mavjudligi va 
raqobat muhitining rivojlanmaganligi tufayli muomala sohasidagi qisqa muddatli 
operatsiyalar yirik miqdorda foyda olishni ta’minlaydi. Shu munosabat bilan kichik 
va o‘rta korxonalar rivojlanishining boshlang‘ich davrida ular faoliyatida iqtisodiy 
omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’mol tovarlari va xizmatlarining 
to‘yinmagan bozori yuqori foyda asosida biznes yuritish imkonini beradi. O‘tish 
davrining boshlang‘ich bosqichidagi tarkibiy nomutanosibliklar esa, resurslarni 
qayta taqsimlashda katta miqdorda foyda olishga imkoniyat yaratadi.
Kichik tadbirkorlik korxonalari boshqa shakllarga nisbatan bozor 
sharoitlariga tezroq va yaxshiroq moslashadi. Shu sababli, inflyatsiyaning yuqori 
darajasiga qaramasdan aynan ana shu soha yuqori sur’atda rivojlanadi. 
Ayni vaqtda iqtisodiyotning davlat sektorida band bo‘lganlar soni sezilarli 
darajada qisqardi. Xususiylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham mehnat, 
moddiy va moliyaviy resurslarning nodavlat sektori foydasiga qayta taqsimlan-
ishini ta’minladi. 
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikning shakllanish jarayoniga 
narxlarning erkinlashtirilishi bevosita ta’sir ko‘rsatdi. U real sektor va transaktsiya-
larga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan sektorlar daromadlari o‘rtasidagi tafovut-
larning oshishiga olib keldi. Shu sababli, ayniqsa, vositachilik, savdo va xizmat 
ko‘rsatish sohalarida kichik va o‘rta korxonalar yuqori sur’atlarda rivojlandi.
Import sohasidagi tadbirkorlik iste’mol bozorini to‘yintirishga qaratildi. 
Islohotlarning boshlang‘ich davrida investitsion tovarlar importi qisqardi. Chetdan 


51 
keltirilgan iste’mol tovarlarini yuqori foyda bilan sotish imkoniyati kichik tad-
birkorlar qatlami - «chelnok»larning vujudga kelishiga olib keldi.
Kichik va o‘rta korxonalar rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1996 yiln-
ing oxiri va 1999 yilni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, unda kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi birmuncha sekin-
lashdi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida birinchi bosqichga nisbatan ten-
densiyaning vujudga kelishi quyidagi holatlar bilan bog‘liq: 

iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida davlatning investitsion faoliyati 
oshdi, bu esa moliyaviy resurslarning davlat sektori foydasiga qayta taqsimlani-
shiga olib keldi;

kichik korxonalar uchun vositachilik faoliyatidan olinadigan daromadlar dara-
jasi sezilarli darajada qisqardi. Bunga bir tomondan makroiqtisodiyot sohasida 
qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ikkinchi tomondan, 1996 yilning kuzidan boshlab, 
importni davlat tomonidan tartibga solishning kuchayganligi ta’sir ko‘rsatdi; 

faol investitsion siyosat yuritilar ekan, davlat, eng avvalo, alohida tarmoqlar va 
ishlab chiqarish turlarini qo‘llab- quvvatlay boshlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida, 
ilm-fan va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va 
xususiy korxonalar soni ham nisbiy miqdorda kamaygan. Shunga qaramasdan, 
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va xususiy 
korxonalar soni sezilarli darajada saqlanib qolgan. 
Bu sohaning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun jozibadorligi unga 
sarflangan xarajatlarni qoplanish muddatining qisqaligi va nisbatan barqaror 
iste’mol talabining mavjudligi bilan tushuntiriladi. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish