Yozuvchi tog‘ay murodning hayoti va ijodini muammoli ta’lim asosida o‘rganish reja



Download 81,21 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi81,21 Kb.
#12345
YOZUVCHI TOG‘AY MURODNING HAYOTI VA IJODINI MUAMMOLI TA’LIM ASOSIDA O‘RGANISH
REJA:


  1. Tog‘ay Murod ijodining milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni. Muammoli ta’lim texnologiyasining ahamiyati.




  1. Tog‘ay Murod asarlarida ma’naviy-axloqiy muammolar talqini.



  1. Tog‘ay Murod asarlarini muammoli ta’lim asosida o‘rganish.



  1. Tog‘ay Murod ijodining milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni. Muammoli ta’lim texnologiyasining ahamiyati.

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda ajdodlarimiz merosidan ular yaratgan eng yaxshi urf-odatlardan voz kechmaslik aksincha, ularni davom ettirish va boyitishga alohida e’tibor berilayotgani bejiz emas. Prezidentimiz ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida maxsus to‘xtalib, quyidagilarni e’tirof etgan edi: «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksaklikka da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman».1

Demak, yuksak ma’naviyat uchun kurash, unga erishishda hajvning o‘rni, ahamiyati beqiyos darajada ulkandir. Shu jihatdan hajv ijtimoiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida, yetakchi pafos turi sifatida adabiyot va san’atda o‘z o‘rniga ega. Bir so‘z bilan aytganda, istiqlol davri adabiyotida insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti, shaxsning hozirgi hayot va jamiyatdagi o‘rni o‘rni muammosini ifodalashga bo‘lgan e’tibor birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Mamlakatimizning ma’naviy hayotida kun tartibida turgan mazkur vazifani bajarishda iste’dodli adiblar zimmasiga shubhasiz katta mas’uliyat tushadi. Istiqlol davri adabiyotining ma’naviy axloqiy sohasidagi tinimsiz izlanishlari hozirgi paytda o‘z samarasini bermoqda. Bu narsalarni iste’dodli adib bir qancha hikoyalar, qissa va romanlar muallifi Tog‘ay Murod ijodidan kuzatish mumkin.

Adabiyotimizning hozirgi taraqqiyot bosqichining o‘ziga xosligi shundaki, unda falsafiy va axloqiy-ma’naviy izlanishlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. Bunday ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni badiiy ta’sirchan ifodalash faqat odamlarning ruhiy ehtiyojmandligi tufayligina emas, balki adabiyotning ham ma’naviy ehtiyoji tarzida ro‘y bermoqda desak yanglishmaymiz. Tog‘ay Murod ijodiy izlanishlarining rang-barang hayotiy materiallar asosida ruyobga chiqqanligi ayniqsa quvonchlidir. Chunki: «Yozuvchi hayotiy voqealarni tasvirlar, xarakterlar yaratar ekan, u o‘z fantaziyasining bandasi bo‘lib qola olmaydi. Yozuvchi istagidan ustun turadigan qalamining yo‘nalishini belgilab beradigan ma’lum kuchlar borki, san’atkor ular bilan hisoblashmasdan iloji yo‘q. Shulardan biri hayot mantiqidir»2.

Badiiy ijod qaysi janri bo‘lmasin faqat salmoqdor fikr, mustaqil qarashni taqozo etadi. Ijodkor o‘zini ruhan erkin his etgan taqdirdagina chinakam asar maydonga keladi. Istiqlol ijodkorlarni sho‘ro davrida mudom taqiq qilib turadigan son-sanoqsiz ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan ruhiy kishonlardan ozod etdi. Birgina moddiloncha falsafaga asoslangan, barcha birdek amal qilishi lozim bo‘lgan soata ijodiy metodning qat’iyan rad etilishining o‘zi ijodkor uchun benazir saodat va mislsiz imkoniyat. Lekin aytish kerakki o‘sha davrdi yashab o‘sha davr illatlarini nozik psixologik tahlillar orqali ifoda qilgan ijodkorlar ham bo‘ldi. Ijodkor shaxs birinchi navbatda uni o‘zligidan ayirgan mustabid tuzumni, ijtimoiy voqelikni ko‘ngil prizmasidan o‘tkazadi. Buning natijasida anglash jarayoni kechadi.

Bu jarayon ijodkor ongiga yuz berajak evrilishlarga olib keladi. Adabiy jarayonda yuz beradigan silsila - bir vaqtda muayyan bir mavzu yuzasidan adabiyotda mavjud janrlarda bir guruh ijodkorlarning asar yaratishlari natijasida yuzaga keladi. T.Murodning yuqorida qayd etilgan romanlari va boshqada qissalarida mazmunan yaqin o‘tmishdagi xalq taqdiri-kechmishi badiiy talqinga jalb etilar ekan, voqelikni yozuvchi qanday tafakkur etsa, badiiy ijod shunday munosabat natijasida yuzaga keladi.

Muammoli ta‘lim texnologiyasi haqida. Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin olish uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o‘zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish zarur.

Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo‘ydi. Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta’lim texnologiyasi yetakchi o‘rinni egallaydi.

Muammoli ta’lim - bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va o‘quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta’lim va o‘qitishning ilgari ma’lum bo‘lgan usullarini qo‘llash qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta’lim ko‘proq o‘quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e’tiqodining shakllanishini ta’minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda muammoli ta’lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta’lim bo‘lib qoladi.

Didaktikada muammoli o‘qitish yangi yo‘nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi. A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o‘qitish qonuniyatlarini chuqur o‘rgandilar.

An’anaviy didaktika butun e’tiborni o‘qituvchi faoliyatiga qaratgan edi va ta’lim jarayoni deganda asosan o‘qitish jarayonini ko‘zda tutgan edi. O‘qitish jarayoni yetarli o‘rganilmas edi, ko‘pincha o‘quvchilarning reproduktiv faoliyati bayon qilinar edi, xolos. Hozirgi zamon didaktikasi o‘quvchilarning mustaqil - o‘quv - bilish faoliyatiga e’tiborni kuchaytirdi.

Muammoli ta’lim nazariyasi o‘quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik - pedagogik yo‘llari va usullarini tushuntiradi. Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o‘quvchi faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o‘quv jarayonini qayta qurish g‘oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko‘rish asosida muammoli ta’limning asosiy g‘oyasi aniqlanadi: muammoli ta’limda bilimning deyarli katta qismi o‘quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o‘quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.

Ma’lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim ko rsatikichi - yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar ta’lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so‘zning zamonaviy ma’nosida rivojlanuvchi ta’lim deb hisoblash mumkin.

Rivojlanuvchi ta’lim deb, ya’ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan shunday ta’limni hisoblash mumkinki, unda o‘qituvchi fikr yuuritishning qonuniy rivojlanishni bilimga tayangan holda, maxsus pedagogik vositalar yordamida o‘z o‘quvchilarini fan asoslarini o‘rganish jarayonida fikirlash qobilyati va bilish ehtiyojini shakillantirishga oid maqsadga yo‘naltirilgan ish olib boradi. Bunda ta’lim, fikrimizcha, muammoli ta’lim hisoblanadi. Muammoli ta’lim yo‘li bilan faollashtirishning maqsadi favqulodda, betartib ravishda vujudga keladigan fikirlash operatsiyalariga o‘rgatish emas, balki (o‘quvchilarni tushunchalarning o‘zlashtirish darajasini oshirish) nostereotip masalalarni hal qilish uchun aqliy harakat tizimiga o‘rgatishdir. Bu faollik shundan iboratki, bunda o‘quvchi faktik materiallarini tahlil qilib, qiyoslab, sintez qilib, umumlashtirib, konkretlashtirib, undan o‘ziga yangi axborot oladi.

Boshqacha qilib aytganda, bu ilgari o‘zlashtirilgan hamda avvalgi bilimni yangicha qo‘llash yordamida bilimni kengaytirish chuqurlashtirish demakdir. Avvalgi bilimlarni yangicha qo‘llashni kitob ham, o‘qituvchi ham o‘rgata olmaydi. Bu mavjud tegishli vaziyatda o‘quvchi tomonidan izlanishi va topilishi lozim. O‘quvchilar tomonidan ijodiy aqliy harakatlar tizimini asta-sekin o‘rganilishi ko‘nikma va malakalarning yig‘ilishiga, bundan harakatlar tajribasi esa aqliy faoliyat sifatining o‘zgarishiga, odatda, ilmiy, tanqidiy, dialektik deb ataladigan maxsus tipdagi fikrlashni yaratishga olib keladi.

O‘qitish jarayoniga muammoli o‘qitish texnologiyasini qo‘llash uchun o‘qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish:
1. O‘quv dasturi bo‘yicha mavzularni muammoli dars shaklida o‘tish mumkinligini;

2. Mavzu matnidagi masalalar bo‘yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish;

3. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish yo‘llarini belgilash zarur.

Muammoli ta’lim - bu o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy usuli bo‘lib, insonning bilish va amaliy faoliyatini boshqarvchi muayyan shaxsiy sub’yektiv yo‘llanma sifatida tushuniladi.

Dunyoqarashni shakllantirish - bu birinchi navbatda shaxsning intellektual - faolligini shakllantirishdir. Ilmiy dunyoqarashni samarali shakllantirishning ikkita muhim sharti mavjud:

1) O‘quvchilarning tushunchalar tizimini o‘zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyati.

2) Insonning his-tuyg‘usi va emotsiyasiga ta’sir etish, uning bilimini e’tiqodga aylantirish.

O‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabati xarakteriga ko‘ra muammoli ta’limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin:

a) Muammoli ta'lim darajalari b)O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati

c)Mustaqil bo‘lmagan (odatdagi) faollik darajasi d)O‘qituvchi tushuntirganini o‘quvchi tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat.

Mustaqil faollik darajasi reproduktiv - izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan o‘quvchining o‘zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo‘llanadi, konstruksiyaaydi, o‘rtacha murakkablikdagi masalalarni yechadi, o‘qituvchining ko‘magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.

Ijodiy faollik darajasi ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o‘ylab topishni, o‘quv muammolarini yechishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarishni o‘rganishda juda muhim.


Muammoli ta’limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki o‘quvchi tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta'minlaydigan, bilimlarni ijodiy o‘zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko‘maklashadigan hamda e’tiqodni tarkib toptiradigan ta’limning bir turi deb qarash lozim.

Muammoli ta’lim hamma o‘quvchilar bopmi? Amalda deyarli hamma uchun tushunarli. Biroq muammolilik saviyasi va mustaqil bilish darajasi o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, ularning muammoli ta'lim texnologiyasi bilan o‘qitilganlik darajasiga qarab farqlanadi.

Muammoli ta’lim - o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko‘nikma va malkalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘lib, muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq:
1. O‘quv materialini muammolashtirish;

2. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish;

3. Ta’lim jarayonini o‘yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish;

4. O‘qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o‘quvchilarga bayon etish.
Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob'yekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko‘nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi.

Muammoli vaziyatlarni hal etishda o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo‘naltiradi.

Muammoli vaziyatlardan o‘quv jarayonining barcha bosqichlarda: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.

Muammoli darslarda o‘qituvchining faoliyati, avvalo mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish, o‘quvchilar oldiga o‘quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo‘yish, darsda mazkur o‘quv muammolaridan samarali foydalanishga erishish, o‘quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi.

O‘quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy, mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va ulosa chiqarishdan iborat bo‘ladi.
Muammoli dars strukturasi.

Struktura - bu butun predmet, xodisa, jarayon tomonlari, qismlari, elementlarining mustahkam, nisbatan barqaror alaqasi (munosabati) va o‘zaro hamkorligidir.

Zamonaviy muammoli dars strukturasida uning tipi va turidan qat’iy nazar har xil darajada hal qilinadigan uchta umumlashgan didaktik masalani ko‘ramiz:

1) o‘quvchilar oldingi bilimlari va harakat usullarini o‘zlashtirish.

2) yangi bilimlar va harakat usullarini o‘zlashtirish.

3) ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.

Didaktikada muammoli dasrlarni muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu o‘rinda G.V.Artyomova o‘z izlanishlari assoida muammli darslarni tashkil etishning bir necha variantlarini taklif etadi.

Bular:


1. Versiya xarakteridagi dasr.

2. Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars.

3. Ma'naviy-axloqiy muammoli dars.


  1. Tog‘ay Murod asarlarida ma’naviy-axloqiy muammolar talqini.

Milliy istiqlol davri yozuvchilarga ijod erkini in’om etgani bois istiqlol ta’siri natijasida mudrab yotgan ong uyg‘onayotganday va bu uyg‘onish ta’sirida shakllanayotgan tafakkur jamiyatning tarixiy-badiiy estetik komponenti vazifasini bajarar ekan, romanchiligimizda an’anaviy romanlar qatorida noan’naviy-romanlarning yuzaga kelishini adabiy zaruriyat deb e’tirof etmoq kerak. Milliy istiqlol davri romanchiligimizda ro‘y berayotgan badiiy evrilishlar, uslubiy izlanishlar yagona maqsad badiiy mukammal o‘zbek romanini yaratish maqsadida olib borilayotgan ijobiy holdir.

Odatda har qanday badiiy asar xalq uchun yoziladi va xalq qabul qilsagina mangulikka daxldor bo‘lib qoladi. Asarning uzoq umr ko‘rishi uchun, avvalo, unda har qanday davrda ham dolzarbligini yo‘qotmaydigan, inson ko‘nglini larzaga soladigan muammo bo‘lishi shart muamma qo‘ya bilish va uni hal etish asarning saviyasi qay darajada ekanligini belgilovchi mezondir.

Jamiyatimizda kechayotgan yangilanish jarayonini badiiy tadqiq etish so‘nggi yillar adabiyoti va san’atining asosiy mavzui hamda bosh muammosiga aylangani sir emas. Shuning uchun ham ko‘p yozuvchilarimiz o‘z asarlarida insonning o‘zligini anglash, o‘zini kashf etish, e’tiqod va inoklilik, nafs va yovuzlikka qarshi kurasha bilish qobiliyatini ko‘rsatishni asosiy mavzu qilib olyaptilar.

Iste’dodli adiblarimiz, xususan, Tog‘ay Murod bu, borada o‘ziga xos badiiy kashfiyotlar yaratdi. O‘z asarlarida turli xil ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy- axloqiy muammolarni ko‘tarib, bu narsalarni ko‘proq o‘z qahramonlarining ruhiy kechinmalari orqali ham ifoda etdi. T.Murod o‘zbek adabiyotining navqiron avlodiga mansub. U o‘z ijodining boshlang‘ich davrlaridanoq o‘quvchilarning diqqatini jalb qiluvchi asarlar yaratdi. Dastlab kichik-kichik hikoyalar, qissalar va hammaga ma’lum bo‘lgan romanlari bilan o‘zbek adabiyotini bir pog‘ana yuqori ko‘tardi.

Bizning Tog‘ay Murod ijodini boshidan kuzatib chiqib shunday xulosaga kelish mumkinki, adib ijodining ilk bosqichidagi hikoyalaridagi fikrlar embiron sifatida ko‘rinib, keyinchalik katta janr qissa va romanlari uchun asos bo‘lgan.

Ma’lumki, 90-yillar mustaqillik davri romanchiligi yangi-yangi muammolarni keltirib chiqardi. Tarix, falsafa va roman jiddiy muammo bo‘lib qoldi. Gap shundaki sho‘ro davrida xalq tarixi deyarli oshkor etilmadi. Milliy tariximiz boy va o‘ziga xosligi hech kimga sir emas. Lekin, haqiqiy san’at asarlari sandiqlarga tiqib tashlandi. Tarixiy roman ham tarix, ham badiiylik funktsiyasini o‘tay boshladi. Buning ham mustad ham manfiy tomoni bor. «O‘tgan kunlar», «Mehrobdon chayon», «Navoiy» singari romanlarda tarixiy asos ko‘zga tashlanib turadi. O‘zbek romanchiligi asoschilari boshlab bergan bu an’ana hozir ham davom ettirilayapti.

G‘oyaviy kikishiq betakror qissalari bilan 80-yillar o‘zbek nasriga katta hissa qo‘shgan T.Murod o‘z ijodida romanga xos bo‘lgan tafakkurni shakllantirdi va o‘ziga xos uslubda «Otamdan qolgan dalalar» romanini yaratdi.

Bo‘ri polvon, Ziyodulla chavandoz, Qoplon bobo, Oymomo singari ko‘p qirrali go‘zal obrazlarni yaratib qalami charxlangan Tog‘ay Murod «Otamdan qolgan dalalar» romanida o‘zbek dehqkoning tipik obrazini yaratdi. O‘zbek millatining taqdiri, o‘tmishi va kelajagi Dehqonqul obrazi misolida badiiy jonlantirilgan bo‘lib talqinda sodda, baxshiyona uslubning qo‘llanilishi romandagi obrazlilikni oshiradi va xalq tilining rango-rang nozik qirralarini ochib berishga xizmat qiladi.

Tog‘ay Murod avvalgi qissalarida davlat olib borgan mavkuraviy siyosatning ayrim salbiy oqibatlari, turg‘unlik davrida avj olgan buzuqlik va munofiqlikni qalamga olgan bo‘lsa, «Otamdan qolgan dalalar» romanida sobiq sho‘rolar tuzumi tomonidan olib borilgan mustamlanachilik siyosatining illatlari milliy ozodlik kurashining charokandalikka uchrash sabablari, paxta yakka hokimligining oqibatlari, millatning qatag‘an qilinishini o‘zbek xalqi taqdiri misolida ochib beradi.

«Otamdan qolgan dalalar» asari zamonaviy romanga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, yangi o‘zbek romani mezonlarini ham birmuncha oydinlashtirdi.

Tog‘ay Murod qahramonlari zaminni zilol suvlarni jannatmakon bog‘rog‘larni yaratgan egamning tuhfasi deb suyub ardoqlagan, qadrlagan oddiy odamlar bo‘lib, ular har bir qarich erga mehrini beradi, bolasiday avaylab asraydi. Padari buzurukvoriday, volidai muxtaramasiday e’zozlaydi. Romanda tasvirlangan Jamoliddin ketmon ham barcha o‘zbeklar qatori ana shunday xususiyatlarga ega. Nazarimizda yozuvchi ana shu erni, osmonni, suvni, oddiy odamlarni ham suyib, ham kuyib tilga oladi. Millat paranandaligiga sabab bo‘luvchi omillarni mantiqan to‘g‘ri ko‘rsatadi. «Ayrilganni ayiq er» degich xalqimizga suyanmagan jonu amirlar, oqposhshaga qarshi kurashda jipslashmay, o‘zaro nizolarga berilishadi va 130 yillik mustamlani tamg‘asini millat taqdiriga bostirishadi.

Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanida bir o‘zbek dehqon sulolasining uch valili-bobo, ota va o‘g‘il taqdiri timsolida o‘zbek xalqining istibdod ostida kechgan umri badiiy talqin etiladi. Jamoliddin, Aqrab, Dehqonqul obrazlaridagi umumiylik shundaki, ular shu ona-erni sevishadi, uni bo‘lanchi mehr bilan e’zozlashadi. Olloh bergan rizqni shu zaminda topishadi.

«Adabiyot xalq hayotini aks ettirar ekan, u, albatta, ijtimoiy turmushdagi milliy, umuminsoniy jihatlarni badiiy ifodalashi tabiiy bir holdir. Milliylik va umuminsoniylik adabiyotning ruhida chuqur iz qoldiradi. Shu sababli, milliylik va umuminsoniylikning estetik hodisa hamdir. Milliylik va umuminsoniylik estetik kategoriya sifatidagi mohiyatini to‘g‘ri anglamay turib, badiiy adabiyotning umumiy qonuniyatlarini, o‘ziga xosligini ijtimoiy- estetik vazifasini-hayot bilan adabiyot o‘rtasidagi dialektik munosabatni tushinish mushkul»3 degan edi adabiyotshunos T.Boboev.

Darhaqiqat milliylik nafasi ufurib turgan badiiy asarning o‘quvchilar qalbiga tez etib borishi aniq, ayniqsa u xalq tiliga yaqin bo‘lsa.

Tabiiyki, an’anaviy romanlar kabi noan’anaviy romanlar ham roman janri talablariga javob berar ekan, romanga xos tafakkur badiiylik komponentlari kabi janrni yuzaga keltiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Ko‘rsatib o‘tish joizki, roman janri dinamikasida ba’zan mustaqil yo‘nalishlar adabiy yangilanishga o‘tish jarayonida yangi yo‘nalishni yuzaga keltiruvchi tamoyillar aylanadilar. Roman tarixidan F.Dostoevskiy ijodida psixologik uslub polifonik janrni, XX asr boshida esa polifonik talqin moderinizmni yuzaga keltirgani ayon. Milliy istiqlol davrida yangilanayotgan o‘zbek roman janri tahlili shuni ko‘rsatadiki, jahonning nufuzli estetiklari ko‘rsatib utgan murakkab sintez uslubi o‘zbek romanlarida ham namoyon bo‘lmoqda. Bu holni roman kompozitsion qurilishda ham, stilistikasida ham ko‘rish mumkin. Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romani stilistikasi lirik proza saj’, erkin nasrning sintezlashgan uslubidir. Asarda roman tafakkuri orqali istilo sabablari, mohiyati, fojiasi falsafiy mantiq yordamida mushohada qilinadi.

Har bir yozuvchi o‘z badiiy uslubiga ega ekan, o‘zbek romanlarida bu komponent qanday amalga oshiriladi?

Yozuvchi Tog‘ay Murod ijodida hayotdagi oddiy hodisalardan ulkan badiiy umumlashmalar chiqarish, qah,ramonlar olamini hayot ha-qiqati mezonida tasvirlash, jozibali, betakror milliy obrazlar yaratish, milliy udumlar, ma’rosimlar, an’analarni milliy qadriyatlar darajasiga ko‘tarish avval qissalarida, so‘ng esa «Otamdan qolgan dalalar» romanida yozuvchining noyob iste’dodidan darak berdi. Oddiy o‘zbek xalqining bag‘rikengligi badiiy istiora darajasida talqin etildi. O‘zbekona ohang Tog‘ay Murod qahramonlarining xarakterini belgilovchi xususiyat bo‘ldi, sovet turmush tarzi, paxta monopoliyasining asl basharasi ochib tashlandi.

Ona-Vatanga muhabbat, ona-erga sadoqat Tog‘ay Murod qahramonlarining borlig‘iga jonu tan bo‘lib singib ketgan. Yozuvchi o‘zbek xalqining istiqlolga bo‘lgan tashnaligini tasvirlabgina qolmay, quvgin va qatagonlarda, yo‘qlik va xo‘rliklarda sinmagan o‘lmas ruhiyatini yaratdi. Bo‘ri polvondagi jo‘mardlik Vatan uchun fidoyilikka aylandi. Qoplon bobo va Oymomo buvidagi oqibat, mehr-muhabbat Dexqonboy va uning ayoli timsolidagi dard bo‘ldi.

Ulkan rus tanqidchisi N.G.Chernishevskiy san’atning vazifasi insonning, konkret shaxsning turmushini badiiy ifodalash orqali ijtimoiy hayotning muhim qirralarini yoritishdir, deb ko‘rsatgan edi. Darhaqiqat, har bir realist san’atkor ma’lum davr hodisalarini aniq bir nuqtai nazardan kuzatish orqali ular haqda ma’lum bir xulosaga keladi. Asarning to‘qimasiga singib ketuvchi ana shu fikr, qarash ijodkorning hayot to‘g‘risidagi konsepsiyasi sifatida xilma-xil badiiy vositalar orqali o‘z aksini topadi. Hayotni ifodalashda, uning ta’sirchanligini ta’minlashda inson xarakterini namoyon qila bilish yozuvchidan katta mahorat talab qiladi. Yozuvchi yaratgan insoniy xarakter barkamol, originalligiga qarab mazmundorlik yorqinlik, estetik ta’sirchanlik kasb etadi.

Shu ma’noda T.Murod yaratgan Ziyodulla kal xarakteri realistik san’at talablariga to‘liq javob beradi, deya olamiz. Ma’lumki, xalq og‘zaki ijodi asarlarida qahramonlar xarakteri individual xususiyatlari bilan hamisha ham namoyon bo‘lavermaydi. Ziyodulla kal esa, o‘zining belgilovchi xususiyatlari bilan xalq og‘zaki ijodi qahramonlariga o‘xshab ketsa-da, yozuvchi tomonidan individual qirralar bilan ta’minlanganligi tufayli o‘quvchida muayyan shaxs sifatida taassurot qoldiradi, kitobxonning doimiy hamrohi, do‘stiga aylanadi.

Ziyodullaning kalligi uni xalq og‘zaki ijodi an’analari bilan bir bahya yaqinlashtiradi. Ma’lumki, ertak va dostonlarda kallar obrazi juda ko‘p. Ular aksariyat holda kambag‘al, quyi tabaqa vakillaridan bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zlarining uddaburronligi, zakovati bilan, ayrim ertaklarda baxtli tasodif tufayli orzulariga erishadilar. O‘ziga qarshi turgan kuchlar ustidan ba’zan jiddiy kurashlar natijasida, ba’zida tasodifiy hodisalar natijasida g‘alabaga erishadilar, murod-maqsadlariga yetishadilar.

Ziyodulla kal mohiyat hech qanday sehru sinoatga, baxtli tasodifga tayanmaydigan, o‘z kuchi, mehnati va ifodasiga ishongan realistik xarakterdagi qahramon. Uni ham barcha oqil kishilar singari tabiat va jamiyatdagi salbiy voqea-hodisalar ranjitadi. Kishilar orasida urug‘ otib borayotgan aldamchilik, ijtimoiy hayotdagi salbiy holatlar larzaga soladi, uzun tunlar uyqusizlik chekib, xayol suradi. Odamlar orasidagi g‘iybat, bir- birlarini ko‘ra olmaslik, hukumat tomonidan go‘sht topshirish rejasini uddalash bahonasida otlarni yig‘ib olish, ot egalarini tuzumga qarshi kishilar deb bekorga ayblashga urinib, huquq-tartibot organlari xodimlarining nohaqligi kabi illatlar Ziyodulla kal obrazi orqali kitobxon qalbinixam larzaga soladi:

«- Biz sotsialistik jamiyatda yashayapmiz. To‘g‘rimi o‘rtoq rais?


  • To‘g‘ri, to‘g‘ri!

  • Yo, ot minib bosmachi bo‘lmoqchimisan? Kechirib qo‘yasan!

  • O‘zi ijodingda bosmachi o‘tganmi? Bir tekshirib ko‘rish kerak... - Katta unday demang, mening otam bechora sovet tuzumini deb qurbon bo‘lgan. Otga kelsak, ot yigitning yo‘ldoshi, katta. Qolabersa ko‘pkari chopamiz.

  • Il, sen o‘zi qaysi jamiyatda yashayapsan, miya? Shu paytgacha eshakning qulog‘iga tanbur chertayapmanmi? Ko‘pkaring eskilik sarqiti! Yovvoyining o‘yini.

  • Katta, o‘zi kal kalla-kalla emas ekan-da. Bir mening kallam shundaymikin, desam, siznikiyam menikidan qolishmaydi.

  • O‘chir-e....»

Parchadan ko‘rinib turibdiki, mahalliy xo‘jalik raisi, rayon militsiyasi va boshqa boshqaruv tashkilotlaridan kelgan kishilar davr jamiyatining oynasi sifatida vazifa bajarib kelmoqda. Shu o‘rin ta’kidlash kerakki, sobiq sho‘rolar davrida mahalliy xalqlarimizni milliy qadriyatlarimizdan, g‘ururimizdan ajratish niyati ko‘pkari, kurash, navruz singari ming yillardan beri xalq hayotiga singib ketgan urf-odatlar, sport o‘yinlarimiz ta’qiqlab qo‘yildi. Bu shunchaki bir siyosat emasdi. Buning zamirida mahalliy xalqlarni iskanjada tutish, o‘tmishini unutdirish kabi mudhish bir maqsad yashiringan edi. Darhaqiqat, chavondozlik, davralarda kurash tushib, o‘z kuchini oshirish, g‘alabalaridan g‘ururlanish mahalliy xalqlarda o‘ziga xos ishonch tuygusini uyg‘otishi va tarbiyalash mumkin edi. Yoki navro‘zlarda sayr qilishib, milliy ashulalar, sport o‘yinlar, xilma-xil taomlar, pishiriqlar va urf-odatlarni namoyish qilish millatda bizxam millat ekanmiz, kuch- qudratimiz bor ekan-ku, degan g‘urur uyg‘otishi mumkin edi. Bu esa mamlakatni boshqarayotgan «og‘a»larimizga mutlaqo yoqmas harakatlar edi. T.Murodning yozuvchi sifatidagi fazilatlaridan eng asosiysi mana shu masaladir, desak xato bo‘lmasa kerak.

Milliy ruh, o‘zbekona bag‘ri kenglik, mardlik, o‘zlikni anglash, millat istiqloli uchun kurash mustaqillik davri adabiyotining bosh mavzusidir. Milliy ongni, o‘zlikni anglatuvchi asarlar yaratgan ijodkorlar orasida Tog‘ay Murod o‘ziga xos ovoz bilan ajralib turadi.

Tog‘ay Murod jahon adabiyoti durdonalarini o‘qib-o‘rganib milliy adabiyotimiz an’analarida shakllanib ildiz etgan zabardast yozuvchidir. Yozuvchi ijodida umumbashariy adabiyotga xos bo‘lgan talqin o‘zbek milliy ruhi bilan uyg‘unlashtirib yuborilganining shohidi bo‘lar ekanmiz, nazarimizda bunday uslub guyo faqat o‘zbeklarga yoki faqat Tog‘ay Murod qalamigagina mansubdek tuyuladi. Yozuvchi qalamga olgan har bir voqea, obraz orqasida millat taqdiri, oddiy xalq qiyofasi jonlanadi.

Adib ijodida so‘z qo‘llash san’atini Qahhorona uslubda o‘zlashtirgan u har bir so‘ziga teran ma’no yuklaydi. Aytgan so‘zning tagiga yashiringan so‘zlar mavjuddek guyo Tog‘ay Murodning «Yosh qalamkashlarga tilaklarim» maqolasida yozuvchilarga qarata shunday so‘zlar aytiladi:

«Birodarlar, sizga aytajak uch og‘iz gapim bor.


  1. Birodar, faqat yolg‘iz odam asar izlaydi. Faqat yolg‘iz odam asar topadi. Faqat yolg‘iz odam asar yaratadi.

Ana shu yolg‘iz odam yozuvchilar uyushmasi ostonadan kirib keladi. U zot ham o‘ychan ham g‘amgin bo‘ladi. Mag‘rur ham dimog‘dor bo‘ladi. Salom nima, alik nima-bilmaydi.

Yolg‘iz odamni bir qo‘ltig‘ida Kafka bo‘ladi, bir qo‘ltig‘ida Kamyu bo‘ladi. U zot faqat qo‘ltig‘idagi qalamkashlarini va yolg‘iz o‘zini tan oladi!

Yolg‘iz odam Yozuvchilar uyushmasiga kirish uchun usta yo‘llanma olib keladi. Yo‘llanmalar mana bunday bo‘ladi: «o‘z dunyosi bor, o‘z yo‘li bor, o‘z tili bor...»

Go‘yo u zot bu sayyoradan emas, o‘zga sayyoradan. Go‘yo, u er farzand emas, samo farzandi. Xullas... buyuk!»4

Tog‘ay Murodning bu maqolasi yuzasidan yondashadigan bo‘lsa u bu ibratomuz so‘zlarni o‘z hayotidan, o‘z kechmishidan, o‘z tabiatidan kelib chiqib xulosa sifatida aytayotganligini anglash mumkin.

Yozuvchining «Gazetaga interv’yu» maqolasida esa o‘z savoliga o‘zi shunday javob beradi:

«Adabiyot qasrini qanday zabt etsa bo‘ladi?

Adabiyot darvozasidan qanday kirsa bo‘ladi? Asl ijodkor adabiyot qasrini o‘z asarlari bilan zabt etadi. Asl ijodkor el-yurtga «ura-ura» gaplari bilan emas, badiiy asarlari bilan xizmat qiladi»5.

Tog‘ay Murod adabiyot qasrining darvozasidan o‘z so‘zi bilan kirib keldi va adabiyot qasriga so‘z me’mori sifatida ajoyib va go‘zal naqshlar bita olgan adibdir. Bugungi kunda adibning asarlari adabiy kecha, davra suhbatlaridagi muhokamalarda ijobiy baholanib mustaqillik yillaridagi eng yaxshi asarlar sifatida tan olingan. Adib yangi davr adabiyot qanday bo‘lishi, milliy qahramon hayoti va uning talqinlari xususida barchaga ibrat bo‘ladigan darajadagi asarlar yaratdi.

To‘g‘ri ijodkor kimdandir o‘rganadi, kimgadir ergashadi, kimningdir ta’sirida asar yaratadi. Lekin u albatta kimgadir o‘rgatishni, kimnidir ergashtirmoqni va kimgadir ta’sir etmoqni ham bilishi lozim.

Tog‘ay Murod ijodi bu yo‘lda namunali estafeta vazifasini bajaradi desak hech qanday mubolag‘a bo‘lmasa kerak. U asar yaratganda hatto o‘z qahramonlarining ismini ham shunchaki taplamaydi. Masalan «Otamdan qolgan dalalar» romanidagi avlodning ismlariga nazar tashlang. Jamoliddin, Aqrab, Dehqonqul. Ma’na ma’no tushuvchi ismlar, bular orasiga qanday narsalar yashiringanini sezish, anglash zehnli kitobxon uchun qiyinchilik to‘g‘dirmasa kerak.

Professor O.Sharofiddinov «Adabiyot mangu yashaydi» maqolasida yangi davr adabiyoti haqida yangi davr adabiyot qanday bo‘lishi kerakligi haqida g‘oyat dolzarb fikrlarni o‘rtaga qo‘yib shunday degan edi: «Mustaqillik adabiyoti-mazmunan teran, shaklan rang-barang, inson qalbining hamma qirralarini chuqur tadqiq etuvchi, inson haqidagi haqiqatni butun murakkabligi va qarama-qarshiliklari bilan qadrlovchi, insonni ng ham nurli, yorqin jihatlarini, ham shaytoniy jihatlarini cho‘chimay ochib beradigan, xushomaddan tilyog‘lamalikdan, xalq madhiyabozlikdan, aravani quruq olib qochishlardan holi adabiyotdir. Bu adabiyot-mustaqillik yo‘lidan borayotgan xalqqa munosib bo‘lmog‘i, jahon maydoniga olib chiqadigan uning yuzini erga qaratmaydigan bo‘lmog‘i kerak. Bunday adabiyotni yaratishga imkon beradigan yagona omil-iste’doddir».

Shu o‘rinda Lev Tolstoyning ushbu o‘zlarini ham eslash maqsadga muvofiq bo‘ladi «Yozuvchi ijod texnikasini-san’at nazariyasini shu qadar yaxshi bilmog‘i kerakki, u to‘g‘ridan o‘ylash ehtiyojini sezmasin. Balki unga nazariya yangiliklar qo‘sha olsin».

Tog‘ay Murod o‘z asarlarida yuqoridagi fikrlarni va ma’suliyatni yuksak saviyada uddalab, o‘ziga xos badiiy kashfiyotlar yaratdi. Uning badiiy asarlari tahlili va estetik ma’naviy ahloqiy, falsafiy qarashlari adabiyotning asl mohiyatini to‘g‘ri tushinish, uning ezgu maqsadlarga xizmat qilishi zarurligi, yozuvchi mahorati va tasvir yo‘lining o‘ziga xosligi, so‘z san’atining sehri, ahamiyati singari masalalarni idrok etishga yo‘l ochadi. Bu o‘z navbatida o‘zbek adabiyotining ma’lum darvdagi rivojlanish yo‘llarini taraqqiyot qonunlarini aniqlashga va teran yoritishga asos bo‘lib xizmt qiladi.

T.Murodning shuhratiga shuhrat qo‘shgan omillardan yana biri uning qahramonlaridir. Ular g‘oyat oddiy, siz bilan bizning oramizdagi, har kuni ko‘rib, suhbatlashib yurgan odamlar. Lekin ularni ajratib turadigan xosiyatlari bor. Ular «chin gaplar ko‘ngilda bo‘ladi», deb fikrlovchi to‘g‘riso‘z, diyonatli, halol va pokiza, ma’naviy olami go‘zal, tanti kishilar. To‘g‘ri, bunday xususiyatlar siz bilan bizda ham uchrashi mumkin. Biroq T.Murod qahramonlari - Bo‘ri polvonda ham, Ziyodulla kalda ham, Qoplonda ham bu xislatlar ularning hayotiy tamoyillariga aylangan. Ular hech qachon xoh katta, xoh kichik ishda o‘z vijdonlari ovoziga qarshi bormaydilar, e’tiqodlaridan qaytmaydilar. Xuddi shu xususiyatlari bilan kitobxon mehrini qozondilar.

T.Murod dastlabki ikki qissasida negadir ayollar obraziga unchalik e’tibor bermaydi. «Oydinda yurgan odamlar» qissasida ijodidagi ushbu kemtikni to‘ldirdi. Asardagi Oymomo obrazi har tomonlama pishiq va puxta ishlanganligi bilan yozuvchi asaridagi boshqa qahramonlardan qolishmaydi.




  1. Tog‘ay Murod asarlarini muammoli ta’lim asosida o‘rganish.

Tog‘ay Murod asarlarini umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi yoki oily ta’lim muassasalarida o‘rganish va o‘rgatishda ko‘plab pedagogik, inovatsion, muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.

Tog‘ay Murodning “Momo Yer qo‘shig‘i” qissasini oily ta’lim muassalarining filologik ta’lim yo‘nalishlarida MUAMMOLI KEYS vositasida o‘rganish.

KEYS-1 : MOMO YER QO‘SHIG‘I QISSASI VA PAHLAVON DAHONING FOJEASI”
O’quv predmeti: Adabiyot o‘qitish metodikasi

Mavzu: “MOMO YER QO‘SHIG‘I” QISSASI VA PAHLAVON DAHONING FOJEASI”
Keysning asosiy maqsadi: “Momo Yer qo‘shiq” qissasi yordamida talaba yoshlarda odamiylik, insonparvarlik, vatanparvarlik hislarini yuksaltirish; Vatanga, ota-onaga mehr-oqibat tuyg‘usini tarbiyalash.

O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:

  • Tog‘ay Murod hayoti va ijodi o‘rganiladi.

  • “Momo Yer qo‘shig‘i” qissasi o‘qiladi va tahlili qilinadi.

  • Asar qahramonlarining chigal ruhiy evrilishlarini taftish qilinadi..

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:

Talaba bilishi kerak:

Adib ijodi va sarlaridan namunalar, adabiy-nazariy bilimlar;



Talaba amalga oshirishi kerak:

- mavzuni mustaqil o‘rganadi;

- muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;

- o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;

- ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:


  1. Karimov I. Istiqlol va ma’naviyat. Toshkent, «O‘zbekiston» 1994.

  2. Tog‘ay Murod. Yulduzlar mangu yonadi. Toshkent,SHARQ 2009


Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:

Keysning asosiy obyekti shaxs va tarbiyaga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institusional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi qisqa, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.

Ushbu keysdan adabiyot fanini o‘qitishda foydalanish mumkin.

K I R I SH

Adabiyot fani hayot bilan chambarchas bog‘langan gumanitar fanlar tukumiga kirib, u qamrab olgan barcha bo‘lim va mavzular hayotiy hodisalarga asoslanadi. Fanning qonuniyatlari va tushunchalari aksariyat hollarda hayotiy tajriba asosida asoslab beriladi. Shuningdek bu tajriba mavzularini hayotiy hamda qiziqarli tarzda tanlash maqsadning natijasiga tez yetishtiradi. Keys uchun tanlangan mavzu ham talabalar uchun juda qizirqarli bo‘lib, mavzu asosida ular yozuvchi, uning hayoti va ijodi, tanlangan asar mohiyati haqida tushunchalarga ega bo‘lib, ularni hayotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:


  • o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;

  • mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;

  • o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.



MOMO YER QO‘SHIG‘I” QISSASI VA PAHLAVON DAHONING FOJEASI”

(Muammoli vaziyat)

O‘ziga Pahlavon Daho nomini taxallus qilib olgan serjant Orziqulovning o‘g‘li Tursun o‘qish va to‘kin hayot ilinjida qishlog‘i va oilasini tashlab, poytaxtga ketadi. Ammo ishlari yurushmay, qishlog‘iga qaytib keladi, oddiy maktabda oddiy o‘qituvchi bo‘lib qoldi. Tabiatan chapani, dimog‘dor bo‘lgan Tursun – Pahlavon Daho qishlog‘idan, o‘z xalqining turmush tarzidan ijirg‘ana boshladi. Chidolmadi va yana poytaxtga bosh olib ketdi. O‘zini juda iste’dodli, zamonaviy shoir deya his qilib yurgan iymonsiz bu “chala shoir” jamiyatda ham, adabiyotda ham o‘z o‘rnini topa olmadi. O‘z xotinini yomonotliq qilib ajrashgan, ota-onasining hurmatini joyiga qo‘ymagan, ig‘vo va fitnalar qilish bilan yashagan Tursun – Pahlavon Dahoning qilmishlarini oqlash mumkinmi? Jamiyatimizda bunday odamlarni qanday qilib to‘g‘ri yo‘lga solish mumkin?
II. AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO’YICHA TALABALARGA

USLUBIY KO’RSATMALAR


    1. Talabalarga yo’riqnoma




Ish bosqichlari

Maslahatlar va tavsiyanomalar.

1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

Avvalo keys bilan tanishing. “Momo Yer qo‘shig‘i”haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish

Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o’qib chiqing. Pahlavon Daho xarakteridagi asosiy qusur nimada ekanligini aniqlang.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish

Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.

Asosiy muammo: Tursun – Pahlavon Dahoning tabiatidagi noqisliklarning kelib chiqish sabablari va ildizlarini aniqlash.

4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash

Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldirishga kirishing. Muammoni yechish uchun barcha vaziyatlarni ko’rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning yechimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq yechimini toping. Jadvalni to’ldiring.



2.2. “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldiring


Vaziyatdagi muammolar

Turi


Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib

ketish harakatlari












2.3. Keys bilan ishlash natijalari yozma shaklda ilova etiladi


Keys – stadi uchun yozma ish talablari
1. Ish A4 standartdagi varog’ning bir tomonida (2-varaqdan oshmagan holda) tezis shaklida yozilishi kerak.

2. Yozma ishni jihozlash tartibi:

- birinchi betda, o’ng tomonda talaba ismi, sharifi va guruhini yozishi kerak;

- varaqaning markazida keysning mavzusi yoziladi;

- keyin esa keys bilan ishlash natijalari tezis shaklida yoziladi


2.4. Keys bilan ishlash qoidalari



  • Keysda vaziyat tavsifi va axborot ta’minoti har xil hajmda bo’lishi (bir varog’dan bir necha yuz varog’gacha), tahlil etish uchun taklif etilayotgan vaziyatlar tavsifida detallashtirish darajasi ham turlicha bo’lishi, axborot ko’pligi darajasi ham o’zgarishi mumkin bo’lgan – tahlilga aloqasi bo’lmagan ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin. Amaliy vaziyatni tahlil qilish vaqtida:

    • taklif etilayotgan axborotlarni ko’rib chiqishda adashmang, ular orasida eng zarurini belgilang;

    • vaziyatni tor istiqbolda ko’rib chiqmang: muammo birdaniga kichiklashib yoki umuman g’oyib bo’lishi mumkin;

    • harakatlar rejasini vaziyatning tahlili tugallangan va muammo aniqlangandan so’ng shakllantiring



Kriterii osenki rabotы s keysom

2.5. Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari

(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)

Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun

baholash mezonlari va ko’rsatkichlari

Talabalar

ro‘yxati


Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot obyekti aniqlangan

mak. 6 b


Muammoli va-ziyatning kelib chiqish sa-bablari aniq ko‘rsatilgan

mak. 4 b


Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari

Aniq ko‘rsa-tilgan

mak. 10 b


Jami

mak.20 b
































































2.6. Auditoriyada bajarilgan ish uchun

baholash mezonlari va ko’rsatkichlari


Guruhlar

ro‘yxati


Guruh faol

mak. 1 b


Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi
mak. 4 b

Javoblar to‘liq va aniq berildi
mak. 5 b

Jami

mak. 10 b



1











2











3










8-10 ball – a’lo

6- 8 ball – yaxshi

4- 6 ball – qoniqarli

0 -4 ball – qoniqarsiz


2.7. Kichik guruhlarda ishlash qoidasi


  1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo‘lmog‘i lozim.

  2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog‘i lozim.

  3. Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi.

  4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.

  5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim.

  6. Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin namoyon eting.





III. OQITUVCHI TOMONIDAN KEYSNI YECHISH VA TAHLIL QILISH VARIANTI
Keysdagi asosiy muammo

Tursun – Pahlavon Dahoning qilmishlarini oqlash mumkinmi? Jamiyatimizda bunday odamlarni qanday qilib to‘g‘ri yo‘lga solish mumkin?



Muammoli vaziyatni yechish yollari

  1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishamiz.

Avvalo keys bilan tanishib chiqamiz. Unda yechilishi lozim bo‘lgan muammoni aniqlash uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqamiz. Muammoni yechish darajasini aniqlaymiz.

  1. Berilgan vaziyat bilan tanishamiz.

  • Vaziyat Tursun – Pahlavon Daho hayotining, uning ma’rifati va diyonatining tanazzulga uchrash sabablari bilan tanishib chiqamiz.

3. Muammoli vaziyatning tahlili.

Muammoli vaziyatni tahlil qilishga harakat qilamiz. Masalani yechish uchun zarur bo‘lgan insoniy qadriyatlar, milliy ta’lim-tarbiya mezonlari haqida gapirib o‘tamiz:



  1. Insoniylik;

  2. Odob-axloq tamoyillarining yuksakligi:

  3. Ota-onaga, qariyalarga, farzandlarga g‘amxo‘rlikning balandligi;

  4. Vatanga muhabbat tuyg‘usining yuqoriligi.

  5. Ikkiyuzlamachilik, riyokorlikning xalqimiz tomonidan qoralanishi va h.k.

Mazkur holatda qabul qilinishi mumkin bo’lgan muammoning barcha yechimlarini topamiz.




  1. O’tkazilgan tahlillar va natijalar qilinib Yakuniy xulosa beriladi.

Shuningdek, quyidagi nisbatan soddaroq ko‘rinishdagi ta’lim texnologiyalarini misol qilish keltirish mumkin.





  1. Venn diagrammasi” texnologiyasi

Masalan: T.Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasidagi timsollarni ”Venn diagrammasi” asosida o‘xshash va farqli tomonlarini yozing.

1-guruh: Ziyodulla chavandoz va Kal amaldor timsollari.

2-guruh: Nazir juvozkash va Rixsiyev timsollari.

3-guruh: Choyxonachi va baliqpaz timsollari.

Diagramma o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga, har bir bo‘lim yoki asar timsollarini atroflicha bilishga o‘rgatadi, shuningdek, ularning xotirasini, g‘oyalarini, fikrlari va dalillarini yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.


  1. BBB” texnologiyasi

Ta’rifi:

Ushbu jadval bilan ishlash ishi ma’lum o‘quv materialini o‘qish vaqtida amalga oshiriladi:




Bilaman

Bilishni hohlayman

Bilib oldim










Birinchi ustunga o‘quvchi mavzu yoki muammo bo‘yicha biladigan barcha narsalar yoziladi. Ikkinchi ustunga esa o‘quvchi javob olishni xohlaydigan savollar yoziladi. Savollar ketidan matnni o‘qib chiqqanlaridan so‘ng paydo bo‘lgan savollar ham yoziladi. Uchinchi ustunga esa ifodalangan savollar ro‘parasida javoblar yoziladi.

O‘quvchilar o‘qituvchi va sinfdoshlar bilan suhbat qurish hamda qo‘shimcha adabiyotlarni o’qish orqali ochiq qolgan savollarga javob topadilar va uchinchi ustunga javoblar davomiga yozib qo‘yadilar.



Afzalliklari:

Axborot bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, savollarni ifodalash qobiliyatini shakllantiradi, tadqiqotchilik ishlari bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni beradi.

Ushbu strategiya yangi materialni o‘rganishning faqat ma’lum bosqichida qo‘llanilishi mumkin.
”BBB” metodida o‘qituvchi o‘quvchining nima bilmoqchi ekanligini inobatga olib, uning bilmoqchi bo’lgan mavzusi yuzasidan ma’lumot beradi.

Dars so’nggida esa nimalarni bilib olganliklari aniqlanadi. Bu metoddan asosiy maqsad – o‘quvchi ehtiyoji va qiziqishlarini inobatga olgan holda darslarini tashkil etish.



B – bilaman.

B – bilmoqchiman.

B – bilib oldim.

Ushbu sxema orqali dars yakunlanadi. O‘quvchi ololmagan ma’lumotlar esa uyga vazifa qilib topshiriladi.





  1. Rezyume (Xulosalash) texnologiyasi

T. Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasidagi Ziyodulla chavandoz timsoli asosida amaliy ish.

– o‘qituvchi o‘quvchilarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi;

– o‘qituvchi o‘quvchilarni mashg‘ulotning maqsadi va o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog‘ozning yuqori qismida yozuvi bo‘lgan, ya’ni asosiy muammo, undan ajratilgan o‘quv muammolari va ularni echish yo‘llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarni tarqatadi:


Ot kishnagan oqshom” qissasi qahramonlariga tavsif

Ziyodulla chavandoz

Rixsiyev

Jo‘ra bobo

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligigi



















Xulosa












Muammoli ta’lim o‘quvchilarning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va bolani ob’ektiv ravishda izlanishga va mantiqiy to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishga da’vat qiladi.

Muammo ilmiy savol bo‘lib, bir necha asosli javoblarga egaligi bilan savoldan farqlanadi. Javoblarning har biri asosli bo‘ladi.

Muammoli darsda yangi o‘rganilayotgan qonu-qoidaga oid faktlar to‘plash, ularni taqqoslash, tahlil qilish bilimlarni o‘rganish va mustahkamlash parallel ravishda olib boriladi.

Ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir o‘qituvchi dars jarayonida muammoli ta’lim usulini qo‘llash uchun, avvalo quyidagi ketma-ketlikka rioya qilishlari lozim.

- muammo qo‘yish;

- muammoni harakterlovchi sharoitni o‘rganish;

- qo‘yilgan muammoni hal qilish;

- yechimning to‘g’riligini asoslash;

- muammoning yechimini izlash va hal qilish jarayonida paydo bo‘lgan bilimlarni aniqlash;

- muammoni tizimlash, motivlashtirish va umumlashtirish;

- muammoni yechimini o‘rganish, uni yanada ixcham va qulay yo‘llarini izlash.

Hozirgi kunda fidoiy o‘qituvchilarning ijodiy izlanishlari orqali muammoli ta’limning zamonaviy shakllarini o’zida mujassamlashtirgan bir qancha darslar yuzaga keldiki, bugungi kunda bunday dars ishlanmalaridan viloyatimiz ona tili va adabiyot o‘qituvchilari samarali foydalanib kelmoqda. Ta’lim tizimi yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda. “...xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag` va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko`zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”6.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi kishilar, ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan muallimlar notiqlik san’atini, ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bo‘lishlari zarur. Holbuki, o‘qituvchining butun siymosi - xatti-harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz, taqlidchan o‘quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “O‘z fikrini ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni awalambor, rahbar kursisida o‘tirganlami bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”7.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


  1. Karimov I. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent, «O‘zbekiston» 1992.

  1. Karimov I. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent, «O‘zbekiston» 1992.

  2. Karimov N, Nazarov B., Normatov U., Mamajonov S., Sharafiddinov O. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, «O‘qituvchi». 1999.

  3. Boboev T. «Adabiyotshunoslik asoslari» Toshkent, «O‘qituvchi». 2002.

  4. Tog‘ay Murod. «Otamdan qolgan dalalar». Toshkent. «Sharq», 1998.

  5. Yoldoshev Q. Adabiyot oqitishning ilmiy-nazariy asoslari. T. “Oqituvshi” 1996.

  6. http://pedagog.uz/

  7. www.//o’zbekadabiyoti.com


1 Karimov I. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: O‘zbekiston, 1999. - B. 17.

2 Qo‘shjonov M. Hayot va nafosat. -T.: Fan, 1970. -B. 16.

3 Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. -T.: 2002. -B. 85.

4 To‘gay Murod «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» -T.: 2001. -B.195.

5 O‘sha asar, 186-bet.

6 I.Karimov I. “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.T. “Sharq”. 1997 yil. 19 bet.

7.Karimov I. Barkamol avlod — O'zbekiston taraqqiyoti poydevori. — Toshkent: 1997.9-bet.

Download 81,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish