ОG‘ZAKI VA YOZMA NUTQQA XOS XUSUSIYATLAR HAMDA FARQLAR.
|
REJA:
Og’zaki nutq ma`lumki, nutq og’zaki va yozma ko’rinishga ega. Og’zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Og’zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi va tahrir imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Og’zaki nutqda fikrni aytganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’g’ri keladi.
Og’zaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalarnigina zikr etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchidan nutq kuchini tejash bilan bog’liq.
Og’zaki nutq Og’zaki nutq Og’zaki nutq Og’zaki nutq so’z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag’al bo’ladi. Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi, bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir Og’zaki so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang, urg’u, turli xil imo-ishoralar asosida tinglovchiga etib boradi.
OG’ZAKI NUTQQA QO’YILADIGAN TALABLAR
Mazmundorligi - Dalillar keltirilishi va muallifning umumlashtira olish qobiliyati bilan bog’liq. Keltirilayotgan ma’lumot dolzarb va hayotiy ahamiyatga ega bolishi lozim.
Tushunarliligi • Bir tomondan lisoniy xususiyatlar va nutqiy munosabatlarga bog’liq
Ifodaliligi • Fonetik va leksik vositalardan tog’ri foydalana olish.
Obrazliligi •Og’zaki nutqning obrazliligini maxsus uslubiy vositalar va ko’chimlar ta’minlaydi. Bularga qaytarish, ritorik savol, o’xshatish istiora kabilar kiradi.
Ta’sirchanligi •Og’zaki nutqning ta’sirchanligini to’xtam (pauza), ohang, urg’ular belgilaydi.
YOZMA NUTQ OG’ZAKI NUTQDAN QUYIDAGI XUSUSIYATLARI BILAN AJRALIB TURADI:
Nutqni yozayotgan muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutq qismlarini va butun nutqni qayta qayta tahlil qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini ko’paytirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og’zaki nutqdan ravondir. Adabiy tilda uning har ikkala shakli uchun xos bo‘lgan betaraf va uslublararo ifoda vositalari bilan bir qatorda, adabiy tilning faqat bir shakli og‘zaki yoki yozma shakli uchun xos til unsurlari, vositalari ham bo‘ladi. Umumuslubiy va uslublararo shakllarga birinchi navbatda tilning morfologik birliklari kiradi. Til vositalarini morfologik belgilariga qarab ikki guruhga - og‘zaki va yozmaga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. Shunga qaramay, bu shakllarning o‘ziga xos ayrim xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin.
XULOSA Adabiy tilning og‘zaki shakli ma’ruza va suhbatlarda, yozma shakli esa fan, texnika va adabiyot asarlarida, rasmiy ish hujjatlari, nashriyot va matbuot sohalarida ishlatiladi. Lekin bular o‘zaro uzviy ravishda bog‘langan bo‘ladi. Ma’ruzalar, har xil chiqishlar o‘z xususiyati bilan yozma adabiy tilga yaqin turadi. Shuningdek, yozma adabiy tilda, ayniqsa, badyiy asarlarda so‘zlashuv nutqiga xos so‘z va iboralar ham qo‘llanadi. Shuni qayd qylish keraki, «og‘zaki», «so‘zlashuv», atamalari adabiy tilning shakllaridan birini (adabiy tilning og‘zaki yoki yozma shakllarini) ifodalash uchun hamda milliy tilning funksional turlaridan birini (adabiy til yoki joyli so‘zlashuv tilini) ifodalashga xizmat qiladi.
Og'zaki muloqot ikki shaklda - og'zaki va yozma ravishda amalga oshiriladi. Ular murakkab birlikda va ijtimoiy nutq amaliyotida o'zlarining ahamiyati jihatidan muhim va taxminan bir xil joyni egallaydilar. Ham ishlab chiqarish sohasida, ham menejment, ta'lim, huquqshunoslik, san'at sohalarida, ommaviy axborot vositalarida nutqning og'zaki va yozma shakllari amalga oshiriladi. Haqiqiy aloqa sharoitida ularning doimiy o'zaro ta'siri va interpenetratsiyasi kuzatiladi. Har qanday yozma matnni ovoz chiqarib o'qish mumkin, ya'ni ovoz chiqarib o'qish va og'zaki matnni texnik vositalar yordamida yozib olish mumkin. Sifatida yozishning bunday janrlari mavjud. masalan, keyingi dublyaj uchun maxsus ishlab chiqilgan drama, oratorik asarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |