Yozma matnda fikrlar izchilligi va ketma -ketligi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana09.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#647104
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yozma matnda fikrlar izchilligi va ketma -ketligi

LUG`AT USTIDA ISHLASH. 
Lug`at ustida ishlash yozma nutqni o`stirishning boshlang`ich nuqtasidir. 
Lug`at sostavidagi so`zlar grammatik qonuniyatlar asosida o`zaro birikib, ma`lum 
kommunikativ funktsiyani bajaradi. Lug`at boyligi qanchalik yaxshi o`zlashtirilsa, 
kishining og`zaki va yozma nutqi shunchalik boy bo`ladi. Turli ko`chirib yozuvlar 
yozma nutq malakasini hosil qilishning bir vositasi bo`lib, yozuv texnikasini puxta 
egallashga va yozma ishlarning mazmunli bo`lishiga, badiiy uslubni aniqlashga 
muhim yordam beradi. Ko`chirib yozuvlar, asosan, tubandagilar: 
1.
Badiiy asarlardai peyzaj va portret tasvirini ko`chirib yozish. 
2.
Asar 
qatnashchilari 
nutqidan 
monologlar 
tayyorlash 
maqsadida ko`chirish. 


3. Yodlash, deklamatsiya kilish uchun she’rlar yoki undan parchalar 
ko`chirish. 
Dialoglarni o`zlashtirma gaplarga aylantirib yozish, badiiy asarlardagi 
dialoglarni ko`chirish va ularni o`zlashtirma gaplarga aylantirib yozish,
bog`lanishli yozma nutqni o`stirishga katta yordam beradi. Bunday mashq ijodiy 
fikrlashga, savodli va ixcham jumlalar tuzishga yordam beradi. 
Syujetli she`riy asarlarning mazmunini hikoyaga aylantirib yozish. 
Ko`pgina syujetli she`riy asarlar mazmunini xotirada saqlab qolish uchun 
ularning mazmunini nasrga aylantirib yozish ham muhim ahamiyatga egadir. Bu 
yozma nutq sohasida o`ziga xos ijodiy mashq hisoblanadi. Masalan, A.Navoiyning 
«Yolg`onchi» she`riy masali mazmunini nasriy yo`l bilan yozish mumkin. 
Savollarga javob yozish o`quvchini bayon va insho yozishga tayyorlaydi, 
badiiy asar mazmunini chuqur o`zlashtirishga, ularni analiz qila olish qobiliyatining 
takomillashishiga yordam beradi. Savollarga mumkin qadar sitatalar bilan javob 
yozish, savolning talabidan kelib chiqib, g`oyat muhim bo`lgan masalalarga diqqat 
qilish lozim. 
Matn mazmunini qisqartirib, yozish kishidan ancha chuqur o’ikrlashni, 
ma`lum darajada malaka va tajribani talab qiladi qisqartirib yozish uchun katta 
hajmli badiiy asarlar tanlanadi va tubandagilarga e`tibor berish talab qilinadi: 
1.Avvalo, asar to`liq o`qib chiqiladi. 
2.G`oyat ahamiyatli o`rinlari belgilab olinadi va homaki reja tuziladi. 
3. 
Reja 
asosida 
asar 
mazmuni 
qisqartirib 
yoziladi: 
Matn mazmunini kengaytirib yozish ham ijodiy yozma ish turlaridan biridir. Shu 
bilan bir qatorda, xalq maqollari mazmunini kengaytirib yoki uni biror matnga 
bog`lab yozish eng yaxshi usullardandir. 
Diktant o`quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o`stirishda muhim 
ahamiyatga egadir. Diktant yozish og`zaki nutqini yozma nutqqa ko`chirishning 
o`ziga xos turidir. 
Bayon- yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo`lib, o`quvchining nutq 
malakasini takomillashtirishga yordam beradi. Bayon yozishda yozma nutqni 
o`stirish bilan birga, matnning g`oyaviy, ta`lim-tarbiyaviy, ma`rifiy tomoniga jiddiy 
ahamiyat beriladi. 
Insho mustaqil yoritilgan o`ziga xos ijodiy asar bo`lib, yozma nutqni 
rivojlantirishning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi. 
Inshoning barcha turlari ta`limiy maqsadni ko`zda tutgani holda, talabalarning 
nutqini o`stirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yozma nutq og`zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega 
bo`ladi. U o`z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi. O’ikr uchun 
eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning 
uchun ham yozma nutq og`zaki nutqdan ravondir.

Har qanday nutq ma`lum bir so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi 
yoki o`quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko`rinishidir. Albatta 
bu yo`llangan nutq tinglovchiga yetib borib ma`lum bir ta`sir ko`rsatsagina unga 
nisbatan yaxshi nutq deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo`lishi 


uchun o`z oldiga ma`lum talablarni qo`yadi. Bu talablar nutqning asosiy 
sifetlarn, 
xususiyatlari 
deb 
yuritiladi. 
Ular 
nutqning 
to`g`riligi, 
mantiqiyligi, 
ta`sirchanligi, 
tozaligi, 
tushunarliligi, 
va 
maqsadga muvofiqligidir. 
1. Nutqning to`g`riligi. «To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - 
nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda 
qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz
imloviy lug’at va fammatik normalarini egallashni tushunishimiz lozim bo`ladi». 
Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. 
Nutq to`g`ri bo`lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo`ladi. 
Nutqning tuzilishi to`g’ri bo`lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga 
muvofiqligiga ham putur yetadi. 
Nutq to`g`ri bo`lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg`u va grammatik 
normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So`zlardagi urg’uning ko`chishi bilan 
ma`nosi ham ba`zan o`zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. 
Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi: Olma-olma; hozir-hozir, yigitcha-yigitcha; 
o`quvchimiz-o`quvchimiz, yangi-yangi va hokazo 
Gap tarkibidagi bir so`zga tushadigan mantiqiy (logik) urg’uni ham ma`noni 
farqlashdagi xizmati katta. 
Grammatik 
normaga 
rioya 
qilish 
deganda 
gap 
tuzish 
qoidalaridan 
to`g`ri foydalanish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l
qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo’llash, ega va 
kesimning 
mosligi, 
ikkinchi 
darajali 
bo`laklarni 
ularga 
bog’lanish 
qonuniyatlari tushuniladi.
2. Nutqning 
aniqligi 

bu 
so`zning 
o`zi 
ifodalayotgan 
voqelikka 
mutlaqo 
mos 
va 
muvofiq 
kelishidir. 
Aniqlik 
nutqning 
muhim 
fazilatlaridan 
biri 
sifatida 
qadimdan 
ma`lum. 
G’arb 
mutafakkirlari 
ham, 
Sharq 
olimlari 
ham 
aniqlikni 
nutq 
sifatlarining 
birinchi 
sharti 
deb 
hisoblanganlar. 
Aristotel: 
Agar 
nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi»,- degan bo`lsa, Kaykovuz 
«Ey farzand so`zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya
qilgil, so`zlag’anda ma`noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar 
gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini 
bilmasang qushga o`xshaysan...» deydi. 
Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq 
predmetining ma`nosi bilan, nutqda ishlatilayotgai so`z ma`nolarini bilish bilan 
bog`liq bo`ladi. 
Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos 
so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa 
nutq aniq bo`lishi tayin. Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha 
aniqligi. 
3. Nutqning 
mantiqiyligi 
uning 
asosiy 
sifatlari 
to`g`rilik 
va
 
aniqlik 
bilan 
chambarchas 
bog’langandir. 
Chunki 
grammatik 
jihatdan 
to`g`ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz 
tanlangan 
lug`aviy 
birlik 
ham 
matiqning 
buzilishiga 
olib 
kelishi 


tabiiydir. 
Mantiqiy 
izchillikning 
buzilishi 
tinglovchi 
va 
o`quvchiga 
ifodalanayotgan 
fikrning 
to`liq 
borib 
yetmasligiga, 
ba`zan 
umuman, 
anglashilmasligiga 
olib 
keladi. 
Nutqni 
tuzishdagi 
e`tiborsizlik 
natijasida ba`zan, hatto, mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi 
misolga 
e`tibor 
qiling 
«Ferma 
jonkuyarlari 
olti 
oylik 
davlatga
sut sotish planlarini muddatidan oldin bajaradilar (gazetadadan)» 
Gapda so`zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, «olti oylik» 
birikmasining «sotish» so`zidan keyin kelmaganligi tufayli 
mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanyapti.
Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy 
izchillik bo`lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqiy jarayonning hamma 
ko`rinishlarida ham o`rtaga qo`yib bo`lmaydi. Masalan: vazifaviylik uslublarda
xususan, ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib 
ko`raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir tuzilishga ega. Unda kirish, asosiy 
qism va xulosa mavjud bo`lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda bayon 
qilinayotgan fikrlar qat`iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq tuzilishi esa, bir 
oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelindi-yu birdaniga uzilish 
yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya qilinib ketiladi. Bu narsa go`yo mantiqiy 
izchillikka putur yetkazganday ko`rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, 
xususan, 
qissa, 
roman 
kabi 
janrlardagi 
keng 
planlilik 
tasvir 
qurilishini 
ana 
shunday 
tuzishni 
taqozo qiladi. Mantiqan 
putur 
yetmaganlik, 
bunday 
asarlarning oxirida ma`lum bo`ladi. 
Xulosa qilganimizda, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida 
tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora aniq maqsadga mo`vofiq 
ravishda ishlatiladigan nutqni tushunamiz. 
4. Nutqning tozaligi. Nutqning tozalish degaida, eng avvalo, uning adabiy 
tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat
yaxshi, ideal nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo`lishi, 
turli til, g`ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lishi kerak. Bu masalaning lisoniy 
tomoni bo`lib, nutqiy tozalikning nolingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan 
ahamiyatga ega. 
Nutqimizning toza bo`lishiga halaqit berayotgan lisoniy unsurlar, asosan, 
dialektizmlar va varvarizmlardir. To`g`ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz 
bo`lmaydi. Chunki, badiiy adabiyot tilimizda dialektizm va varvarizmlar bilan 
ma`lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, mualliflik ma`lum g`oyasini, niyatini amalga 
oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy kaloritni bermoqchi 
yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda dialektizm va 
varvarizmlarga murojaat qilishi, hatto, zarurdir. Masalan: «Yoshulli, saning qizing 
bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara batkirdor, na sababda 
mundoq yomon so`zlarni elga tarqatding» (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar 
hududiy kaloritni berishga xizmat qilgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar - chet 
so`zlar xarakter yaratishda yozuvchiga ko`maklashgan. «Dubora» yana bordi bir 
ishga shul, (so`kib -net, - dedi, kelma durrak, poshul!) (Mirmuhsin). 
Parazit so`zlar deb ataluvchi lug`aviy birliklar ham til madanyati uchun 


yotdir. Ular, asosan, so`zlashuv nutqida ko`p ishlatilib, notiqning o`z nutqini 
kuzatib bormasligi, e`tiborsizligi natijasida paydo bo`ladi va bora-bora odatga 
aylanib qoladi. Masalan: ayrim kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi 
so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatli 
nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov -«o`rtoqlar» so`zi 101 marta, «ya`ni» so`zi 73 
marta, «demak» so`zi 60 marta takrorlanganligining guvohi bo`lamiz. Qarang, 
bir soatlik nutqda 234-ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan» (Ahmedov A. Til 
boyligi - Toshkent, 1968, 27-bet) 
5. Nutqning ta`sirchanligi. Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki 
nutq jarayoni nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul 
qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhimdir. Ya`ni, notiq 
tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim darajasidan tortib, hatto 
yoshigacha, o`z nugqining tinglovchilar eshitayotgan paytdagi kayfiyatigacha 
kuzatib turishi, o`z nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul qilayotganini 
nazorat qilishi lozim bo`ladi. Professional bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo’n, 
sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi, oddiy, yetarli darajadagi 
ma`lumotga ega bo`lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga 
harakat qilish kerak emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab 
qilinadi va ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazishga 
harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Xo`sh, ta`sirchan nutq deganda qanday nutqni 
tushunmoq kerak? Unga B.L. Golovin shunday ta`rif beradi: «Ta`sirchan nutq deb 
nutq qurilishining tinglovchi va o`quvchi e`tibori va qiziqishini qozonadigan 
xususiyatlariga aytiladi, o`z pavbatida shu xususiyatlarga ega bo`lgan nutq 
ta`sirchan sanaladi». 
Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiqlar oldiga 
qo`yiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida 
aytilganidek, mavzuni yaxshi bilshdlan tashqari, uni bayon etishning aniq 
belgilangan rejasi bo`lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali 
tarzda tugashi, ularni o`zaro bog`lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini taklif qilib, 
gapni, bog`lash lozim. Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridandir. Chunki so’zlash 
muddati oldin e`lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo’lsa, sal oldinroq 
tug’atilsa, tinglovchilar zerikmaydi. 
So`zlovchining 
o`z 
nutqiga 
munosabati 
ham 
muhimdir, 
chunki, 
shunday 
bo`lgandagina 
quruq 
rasmiyatchilikdan 
qochish 
bo`ladi.
So`zlovchi 
va 
tinglovchilar 
o`rtasida 
aloqa 
yaxshi 
bo`ladi. 
Notiq 
fikrlarni 
o`zi 
yoki 
tinglovchilar 
hayotidan 
olingan 
misollar 
asosida 
isbotlashga 
harakat 
qilsa, 
mavzuga 
doir 
sub`yektiv 
fikr
mulohazalarini 
bildirsa, 
nutq 
yana 
ham 
ishonarli 
va 
ta`sirli 
bo`ladi. 
Kishilar yoshlikda o`zi mansub bo`lgan sheva normalari asosida til 
o`rganadilar. Dialektal normalar juda qat`iy va qattiq amal qilgani uchun ularni 
buzish, ulardan qutulish oson ish emas. Nutq shaxsiy hodisa. Nutqni har bir 
shaxsning o`zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shaxs tomonidan 
bajariladi. Norma bir variantni tanlaganiga qaramasdan, uning yonida boshqa 
(shaxsiy) variantlar ham turadi. Agar so`zlovchi adabiy normalarni yaxshi 


egallamagan bo`lsa yoki o`z shevasi bergan "shaxsiy" variantni afzal deb qarasa, 
uning nutqi adabiy normadan chetlashuvi mumkin. 
Adabiy normani buzish nutq so`zlayotgan jarayonda to`siq hosil qilmagan 
hollarda ham tinglovchiga malol keladigan nimanidir paydo qiladi. Qiyoslang: Rais 
boradigon bo`pti. 
Talaffuz deganda tilning tovush sistemasi - fonemalar, ularning sifatlari,
ma`lum fonetik sharoitlarda o`zgarishlari ko`zda tutiladi. 
O`zbek tili xususiyat jihatidan qariyb mustaqil qardosh tillarga teng bo`lgan 
uch lahjadan tarkib topgan. Bu lahjalar adabiy tilda so`zlayotgan kishilar nutqida har 
qadamda o`zining borligini sezdirib turadi. 
Adabiy talaffuz ba`zi bir uslubiy xususiyatlariga ham egadir. Ba`zan so`z, so`z 
birikmalarining oddiy talaffuzidan nazmiy yoki kitobiy talaffuzi farq qilib turadi. 
Bunday talaffuzda so`zlar uslubiy buyokka ega buladi. So`zlashuv nutqida esa ular 
uslubiy buyoksiz aytila beradi. So`zlarning talaffuzi turli shaxslarda turli nutq 
sharoitlariga ko`ra qandaydir darajada o`ziga xoslik kasb etishi mumkin.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish