Ilmiy xarakterdagi yozma ish ona tili, matematika, tabiatshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’atdan olgan bilimlarni mustahkamlashga, o‘quvchilarning savodxonligi, fikrlarni aniq va izchil bayon qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Ilmiy insho o‘tkazishni rejalashtirishda integrallashgan dars turi (ya’ni ona tili darsini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda olib borish)dan foydalanish maqsadga muvofiq.
2. Yozma ish – yozma shaklda bajarilgan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‘nikmasini aniqlashga qaratilgan (bayon), so‘zma-so‘z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga mo‘ljallangan (diktant) matnlar.
Ilmiy xarakterdagi ishlar uchun yozma ish, ijodiy ishlar uchun insho termini xoslangan.
Yozma tarzda bajariladigan intervyu, reportaj, maqola, xabar, annotatsiya, konspekt, rasmiy ish qog‘ozlari, taqriz kabilar maqsadi, ta’lim jarayoni baholash tizimida foydalanilmasligi hamda topshiriq sifatida berilmasligi bilan yozma ish turlaridan farqlanib turadi.
Kishilarning o‘z fikrlarini bayon qilish, o‘zaro fikr almashish, hissiyotlarini, ma’lumotlarni ifodalash jarayoni nutqdir. Nutq og‘zaki va yozma shakllarda ifoda etiladi.
II.BOB.Yozma ishlarni tashkil etish tamoyillari
2.1. Yozma ishlar tahlili va uni o'tkazishda qo'llanadigan innovatsion texnologiyalar
Matnning qayta yoritilish hajmiga ko‘ra bayonlar batafsil, ixchamlashtirilgan yoki tanlama ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Batafsil bayonlar xotira mashqida yordam beradi, bayon matni detallariga va matn izchilligiga rioya qilishni talab etadi. Ixchamlashtirilgan bayon matndagi muhim o‘rinlarni konspektlashtirishga o‘rgatadi.
Matnda qo‘llangan nutq tiplariga ko‘ra bayon quyidagilarga ajratiladi: Ma’lumot xarakteridagi bayon – bayonning bu turida o‘quvchilardan, eng avvalo, matnning asosiy voqealari yoki voqea-hodisalar ketma-ketligini to‘g‘ri bayon qilish talab qilinadi.
Tavsif xarakteridagi bayon – yozma ishning nisbatan murakkab bo‘lgan ko‘rinishi. Bunday matnlar qiyin o‘zlashtiriladi va matnni qayta tiklashda obrazli tasvir vositalaridan unumli foydalanishni taqozo qiladi.
Muhokama bayon – bu o‘rinda matnning asosiy tezislarini ilg‘ab olish va qayta hikoya qilishda mantiqiy jihatdan asoslash va fikrlar o‘rtasidagi oraliq ifodani yetkazib berish talab etiladi.
Batafsil bayon – yozuvchi uslubiga xos xususiyatlarni: xarakterli tasviriy vositalar, detallar, uslubiy-sintaktik xususiyatlarni, iboralarni saqlagan holda to‘liq bayon etishni nazarda tutadi.
Odatda matnlarda bir necha tiplarning qorishiq holati ko‘zga tashlanadi. Ma’lumotnoma xarakteridagi bayonlarda tavsifiy xususiyatlar, tavsifiy matnlarda muhokama, muhokama bayonlarda esa o‘z navbatida tavsif va ma’lumot, xabar uchraydi.
Matnlar orasidan har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan bayonning u yoki bu tipini ajratib olish muhimdir.
Xabar, ma’lumot mazmunidagi yoki syujetli bayon – yozma ishning oddiy ko‘rinishidir. Unda sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, xalq hayoti yoki mamlakatlar, shaharlar, qaysidir faoliyat turi haqida so‘z borishi mumkin. Xabar odatda badiiy shaklda bo‘ladi, sof informatsion xarakterda bo‘lishi ham mumkin. Xabar mazmunidagi bayonlarda asosiysi voqea-hodisalarning galma-gal o‘rin almashishidir.
Xabarning tipik xususiyati – bir xil tipdagi voqelikni aks ettirgan matnning ifoda etilishidir. Voqea-hodisani bayon qilishda va shaxsni tavsiflashda so‘zlar takroriga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Fe’l shakllarining qo‘llanishidagi aniq qonuniyatga amal qilish lozim. Voqea-hodisalarni berishda ketma-ketlikka, izchillikka amal qilish, zamon tasvirlarini muvofiq ravishda berish talab etiladi. Darak gap mazmunidagi matnlarni to‘liq bayon qilish uchun uning mavzusi va asosiy mazmunini aniqlash zarurdir (ba’zan mavzu va mazmun, g‘oya matn sarlavhasida ko‘zga tashlanadi). So‘ng kichik mikromavzularni ajratish va ularni nomlash talab qilinadi.
O‘quvchi quyidagilarga e’tibor qaratsa, bayon ustida ishlash tizimli holatda namoyon bo‘ladi:
Har bir ma’lumot bo‘lagidagi asosiy jihatlarni esda olib qolish kerak.
2.Voqea-hodisa rivojida, asosiy mazmunni yoritishda muhim o‘rin tutadigan detallarga ahamiyat berish lozim.
3.Har bir lavhada keltirilgan fikrni ifodalashga harakat qilish kerak.
4.Muallifning qahramonlarga bo‘lgan munosabatini aniqlay bilish talab etiladi.
5.Asar qahramonlaridan hal qiluvchi obrazni ajratib tahlil qilish lozim.
6.Bosh qahramonning matn syujetidagi o‘rnini yoritish maqsadga muvofiq.
Syujet bayoni o‘quvchi fikrini tartibga soladi, faktlarning berilishiga e’tiborini qaratadi, yuz berayotgan voqea-hodisaning sababini aniqlashga, asosiy fikrni ikkinchi darajalidan farqlashga, badiiy asar kompozitsiyasi va g‘oyasini yoritishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |