Paxtachi tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 16–maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish” 2021 yil iyun, iyul va avgust oylari davomida qilingan ishlar to‘g‘risida
H I S O B O T
Paxtachi tuman №16-maktabgacha ta’lim tashkilotining xamshira va tarbiyachilari tamonidan Yoz oylarida bolalarda tevarak atrofga bo‘lgan qiziqishlarini, o‘z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy saloxiyatlarini oshirishda faoliyat olib borishmoqda. Shu sababli farzandlarimizning vaqtlari maroqli o‘tkazish sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tarbiyachilar tomonidan olib borilmoqda. Bizning 16-МТТmizda reja asosida tashkil etilgan chiniqtirish, sog‘lomlashtirish, ko‘ngil ochar tadbirlar barcha pedagoglar shu jumladan: metodist, psixolog, tarbiyachi, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, musiqa raxbari xamda til o‘qituvchilari yordamida olib borilmoqda. Iyun oyining birinchi xaftasida tarbiyachilar “Yoz-keldi” mavzusida faoliyat olib bordilar. Xaftaning birinchi kuni 1-iyun –Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni munosabati bilan –Xar doim bo‘lsin oyim xar doim bo‘lay men! Mavzusida ochiq faoliyat olib bordilar. Bunda bolalar musaffo osmonimizdagi quyoshni rasmini chizishdi. Ikkinchi kuni barcha tarbiyachilar Tabiat qo‘ynida o‘zini tutish qoidalarini bolalarga yetkazdilar.
Xaftaning uchinchi kuni “Pufaklar kuni” mavzusida faoliyat olib borildi. Xaftaning to‘rtinchi kuni Tabiat kuni, “Yil fasllari” albomini kurish xamda San’at faoliyatidan Kungaboqarlar mavzularida faoliyat olib bordilar,onlayn tarzda bolalarga yetkazdilar. Xaftaning beshinchi kuni Kamalak va quyosh nuri kuni mavzusida faoliyat olib bordi. Tarbiyachi qurish, yasash va matematika faoliyatidan “Quyoshli shaxar quramiz” mavzusida onlay musobaqasini o‘tkazdi, bunda bolalar eng aktiv qatnashgan, chiroyli shaxarcha qurgan bolalar turli stikerlar bilan rag‘batlantirildi.
Iyun oyining ikinchi xaftasida “Bolalar do‘st bo‘laylik” mavzusida faoliyat olib bordilar. Xaftaning birinchi kuni Axil oila kuni bunda tarbiyachilar bolalarga oila muqaddas ekanligini, oila xaqida barcha yaxshi fikrlarini yetkazdilar. Tarbiyachilar bolalarga “Mening oilam” rasmini chizishlarini tavsiya etdilar. 12-iyun kuni Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan bolalar Qurish yasash va matematika faoliyatidan “Do‘stlik ko‘prigi” mavzusida kupirik yasadilar kimning kuprigi mustaxkam bo‘lsa shularning dustligi mustaxkam ekanligini tarbiyachilar bolalarga yetkazdilar. Qushlar va gullar bayrami mavzusida Til va nutq faoliyatidan “Gullar va qushlar” mavzusida suxbat olib borildi. Bunda bolalar gullar xamda qushlar xam bizning do‘stimiz ekanligi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ldilar. Ota-onalar o‘tilayotgan mashg‘ulotlardan qoniqishmokda. Ota-onalar tomonidan MTT boshqaruv ma’muriyati, tarbiyachilari va MT vazirligi mexnat faoliyatidan mamnunligi to‘g‘risida tashakkurnomalar kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Beshta tashabbusi”ni qo‘llab quvvatlash maqsadida barcha mashg‘ulotlar davomida tarbiyalanuvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar, uyinlar, turli onlayn ko‘ngil ochar o‘yinlar e’lon qilinmoqda. Ko‘ngil ochar o‘yinlarda O’rta guruh va Kichik guruh tarbiyalanuvchilari faol qatnashmoqda.
2020-2021 o‘quv yili yakunlanib, yozgi sog‘lomlashtirish oyligi boshlanishi xozirgi kunda koronavirus pandemiyasi dunyoda tarqalishi sababli karantin davrida tashkilotda jarayonlari masofaviy tizimga o‘tkazilganligi, shu sababli farzandlarimizning vaqtlari maroqli o‘tkazish sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini davom ettirish maqsadida Paxtachi tuman 16-МТТ da guruhlar kesimida yozgi sog‘lomlashtirish oylarini yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
MTT dagi barcha tarbiyachilar telegram aloqasida telegram guruhi tashkil etildi. Telegram guruhga guruh ota-onalari a’zo qilindi, ularga ta’lim tarbiyaga oid kerakli ko‘rsatmalar berilib borilmoqda.
Telegram guruhiga 2021 yil iyul oyi mavzusi “Quyosh, xavo va suv-bizning eng yaxshi do‘stlarimiz”,xafta mavzularidan 1-xafta “Sog‘lik -xaftaligi”, 2-xafta “Qum va suv” 3-hafta “Xayvonot olamida”, 4-hafta “O‘simlik olami” mavzulari yuborilib tanishtirildi..
1-xafta 5-ta faoliyat , “Vitaminlarni sevaman, sog‘lom bo‘lishni xoxlayman”. Til va nutq faoliyatidan “Mikroblar”. Fan va tabiatdan “Quyosh va suv bayrami”. Syujetli rolli o‘yindan “Tozalik kuni”. Erkin faoliyatdan, “Sog‘liginga nimalar xavf solishi mumkin” til va nutq faoliyatidan ko‘rsatmalar va faoliyatga doir mashg‘ulotlar borildi.
2-haftada 4ta faoliyat, bulardan “Suv qirolligiga sayoxat ” til va nutq faoliyatidan. “Kemacha origami ” qurish-yasash va matematikadan “Suv bilan tajribalar kuni ”, erkin faoliyatdan “Qum va loy xususiyatlari xaqida !” til va nutq faoliyatidan “Suvda oilaviy musobaqalar va o‘yinlar” , syujetli-rolli o‘yinlar bo‘yicha ko‘rsatmalar va faoliyatga doir mashg‘ulotlar olib borildi.
3-haftada 6ta faoliyat, bulardan Xayvonlar sayyorasi , “Qush origami” Qurish yasash va matematikadan “Atrofimizdagi xashoratlar”. Til va nutq faoliyatidan “Nimaga Qizil kitob paydo bo‘lgan?” Fan va tabiatdan, “Mening sevimli uy xayvonim”. Rasm faoliyatidan “Mening uyim va mening xayvonlarim”, syujetli rolli o‘yinlar va saxnalashtirish faoliyati bo‘yicha ko‘rsatmalar va faoliyatga doir faoliyatlar olib borildi.
4. 4- xaftada 5- ta faoliyat , bulardan “Bizning shaxar ” erkin faoliyatdan, “Traktor –Kombayn lego” Qurish yasash va matematikadan, “Oila” syujetli- rolli uyinlar va saxnalashtirish faoliyatidan, “Daraxt nima” til va nutq faoliyatidan, “Gullarni kuzatish” Fan va tabiat faoliyatidan, “Paxta gulli piyolani bezatamiz” San’at faoliyatidan ko‘rsatmalar va faoliyatga doir mashg‘ulotlar olib borildi.
Hamshira va tarbiyachilar tomonidan yoz oylarida bolalarda tevarak atrofga bo‘lgan qiziqishlarini, o‘z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy saloxiyatlarini oshirishda faoliyat olib borishmoqda.
MTTning reja asosida tashkil etilgan chiniqtirish, sog‘lomlashtirish, ko‘ngil ochar tadbirlar barcha pedagoglar shu jumladan: metodist, psixolog, tarbiyachilar, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, musiqa raxbarlari xamda til o‘qituvchisi yordamida olib borilmoqda.
Iyul oyida o‘tkazilgan turli tanlovlarda internet orqali jamoamiz va tarbiyalanuvchilar sertifikat, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
“Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi” iyul oyi uchun tuzilgan barcha ish rejalar to‘liq bajarildi va bajarilgan ishlar yuzasidan tarbiyachilar o‘z xisobatlarini vaqtida topshirdilar.
Paxtachi tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan berilgan barcha topshiriqlar o‘z vaqtida bajarildi va topshirildi.
Telegram guruhiga 2021 yil Avgust oyi mavzusi “Bilim va madaniyat”,xafta mavzularidan 1-xafta “Yaxshi kayfiyat”, 2-xafta “Tinchlik va yaxshilik” 3-hafta “Ertaklar olamida”, 4-hafta “O‘zbekiston mening Vatanim” mavzulari yuborilib tanishtirildi..
1-xafta 5-ta faoliyat , “Kamalak xaqida suxbat”. Til va nutq faoliyatidan “ “Favvoralar ,kamalaklar va yomg‘ir tasvirlarini tomosha qilish”. Fan va tabiatdan “Xolakasim”. Syujetli rolli o‘yindan “Kafe-muz qaymoq”. Erkin faoliyatdan, “Muz qaymoq paydo bo‘lishi tarixi” til va nutq faoliyatidan ko‘rsatmalar va faoliyatga doir video mashg‘ulotlari taqdim etildi. Ota onalar ko‘rsatmalarga asosan farzandi bilan birgalikda vazifani bajardi va tarbiyachiga javob qaytardi.
2-haftada 4 ta faoliyat, bulardan “Yaxshilik va yomonlik xaqida suxbat, Yaxshi- Yomon”, “Sexrli so‘zlar” til va nutq faoliyatidan. “Kitob o‘z qo‘limiz bilan” qurish-yasash va matematikadan “Go‘zallik olamida”, erkin faoliyatdan “Insonning yuzi, kiyimi, qalbi, odobi xam go‘zal bo‘lishi kerak!” til va nutq faoliyatidan “Sevimli asarlarni saxlanashtirish” , syujetli-rolli o‘yinlar bo‘yicha ko‘rsatmalar va faoliyatga doir video mashg‘ulotlari taqdim etildi.
3-haftada 5 ta faoliyat, bulardan Sexrli saroy, Qurish yasash va matematikadan “O‘zbek xalq ertaklari asosidagi rasmlarni kuzatish va suxbat qurish”. Til va nutq faoliyatidan “Oq qushlar” albomini tomosha qilish, Fan va tabiatdan , “Mening sevimli ertagim”. Rasm faoliyatidan “Zumrad va qimmat ertaligini saxnalashtirish”, “Uch cho‘chqacha” ertagini saxnalashtirish, syujetli rolli o‘yinlar va saxnalashtirish faoliyati bo‘yicha ko‘rsatmalar va faoliyatga doir video faoliyatlar taqdim etildi.
4. 4-xaftada 5-ta faoliyat , bulardan “Biz yashayotgan o‘lka erkin faoliyatdan, “Mening maxallam” Qurish yasash va matematikadan, “Mexmonda ”, “Oila” syujetli- rolli uyinlar va saxnalashtirish faoliyatidan, “Maxalla bu nima?, Biz yashayotgan o‘lka, Mening Vatanim O‘zbekiston” til va nutq faoliyatidan, “Gullarni kuzatish ”Fan va tabiat faoliyatidan, “Paxta gulli piyolani bezatamiz” San’at faoliyatidan ko‘rsatmalar va faoliyatga doir video mashg‘ulotlari taqdim etildi. Ota–onalar farzandi bilan birgalikda vazifani bajardi va tarbiyachiga javob qaytardi.
Bundan tashqari mavzularga mos rasmlar, she’rlar, topishmoq va qiziqarli matematik topshiriqlar berib borildi. Faol ishtirok etgan ota-onalar va bolajonlarni turli ko‘rinishda (smayliklar, baholar, tashakkurnomalar, ota-onasiga rahmat, barakalla va h.z) rag‘batlantirib borildi. Onlayn mashg‘ulotlar va tayyorlangan ko‘rgazmalar Paxtachi MTBning “Paxtachi MTB”, “Tarbiyachi” va Respublika ”MTT metodikasi”, “Maktabgacha ta’lim” “Ilm ziyo” kanallarida yoritilib borildi. “Yozgi sog‘lomlashtirish” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar barcha internet kanallarida yoritilib borildi. MTT direktori 30 dan ziyod diplom, tashakkurnoma va sertifikatlarni ko‘lga kiritdi va shu katorda tarbiyachilar va tarbiyayalanuvchilar xam 20 dan ziyod tashakkurnoma va diplomlarni ko‘lga kiritdilar.
Xamshira va tarbiyachilar tomonidan yoz oylarida bolalarda tevarak atrofga bo‘lgan qiziqishlarini, o‘z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy saloxiyatlarini oshirishda faoliyat olib borishmoqda.
MTTning reja asosida tashkil etilgan chiniqtirish, sog‘lomlashtirish, ko‘ngil ochar tadbirlar barcha pedagoglar shu jumladan: metodist, psixolog, tarbiyachilar, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, musiqa raxbarlari xamda til o‘qituvchisi yordamida olib borilmoqda.
Avgust oyida o‘tkazilgan turli tanlovlarda internet orqali jamoamiz va tarbiyalanuvchilar sertifikat, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
“Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi” Avgust oyi uchun tuzilgan barcha ish rejalar to‘liq bajarildi va bajarilgan ishlar yuzasidan tarbiyachilar o‘z xisobatlarini vaqtida topshirdilar.
Paxtachi tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan berilgan barcha topshiriqlar o‘z vaqtida bajarildi va topshirildi. “Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi” barcha guruhlarda berilgan vazifa va chora-tadbirlar rejasiga asosan to‘liq bajarildi.
Ota-onalarga bajarilgan vazifalarning video va surat namunalari farzandlarning “PORTFOLIO” siga joylashtirib qo‘yishlik ko‘rsatmalari berildi.
Izoh: Qilingan ishlar yuzasidan fotolavhalar taqdim etiladi.
Hisobot tuzuvchi: Saydullayeva Shoxsanam
Do'stlaringiz bilan baham: |