Yoshlarning o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasida belgilangan huquq va majburiyatlari



Download 248.12 Kb.
bet4/4
Sana18.01.2017
Hajmi248.12 Kb.
1   2   3   4

Muddatli harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida:

muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun – o‘n ikki oy (oliy ma'lumotli shaxslar uchun – to‘qqiz oy);

muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun – to‘qqiz oy qilib belgilangan.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibi tegishli qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan bajariladigan harbiy xizmat turidir.

Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘taydilar.

Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Ayni paytda dastlabki kontrakt xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tash bo‘yicha uch yil, ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tash bo‘yicha besh yil muddatga tuziladi.

Oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari bilan o‘qish davri uchun kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o‘tash sharti bilan kontrakt tuziladi.

Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.

Harbiy xizmatning quyidagi turlari mavjud:


  1. Muddatli harbiy xizmat;

  2. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;

  3. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;

  4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

O`zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to`g`risida”gi kodeksning 231-238- moddalari, Jinoyat kodeksining VII bo`limidagi normalar mudofaa yo`nalishida vujudga keladigan huquqbuzarliklar xarakteri va ularga qo`llaniladigan jazo choralarini belgilab beradi.



Xulosa

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilab berilgan huquq va erkinliklarining to‘liq amalga oshirilishi, burch va majburiyatlarni bajarilishiga erishishimiz oldimizga qo‘ygan inson huquq va erkinliklari – oliy qadriyat tamoyilining amaliy ifodasini ta'minlashning muhim sharti hisoblanadi.

Ma'lumki, huquq va burch xuddi tabiat va jamiyat kabi uzviy bog‘liqdir.O‘zbeksiton Respublikasi fuqarolarining o‘z burchlari va majburiyatlariga sodiqligi, ularning ona Vatanni himoya qilish, qadimiy tariximiz va ma'naviy madaniy ulug‘ ajdodlarimizning merosini, atrof tabiiy muhitni avaylab asrashdek ma'suliyatlarda namoyon bo‘ladi.

Shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy asoslari, mamlakatda o‘rnatilgan huquqiy tartibot, ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi ifoda etiladi. Shu sababli ularga har bir fuqaror qa'tiy rioya etishi shart. Bu qoidalarni har qanday ko‘rinishda buzish davlat, jamiyat va fuqarolarning manfaatlariga putur etkazadi. Odatda soliqlarni davlatning qon tomirlarga o‘hshatiladi. Insoniyatning yashashi uchun “qon tomirlari” naqadar muhim ekanligi, soliqlarni ham mustaqil davlatimiz iqtisodiy va ijtiomiy rivojlanishini barqarorligini ta'minlashdagi muhim vazifasi shunchalik muhim ekanligini mustaqil fikrlashni, har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishimiz va ularni avaylab asrash zaminida tarixiy adolatni qaror toptirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi,O‘zbekiston Qurolli kuchlarining maqsadi urush va qurolli majorolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini, hamda aholining tinch hayotini himoya qilishdan iborat ekanligi va ularni o‘z vaqtida vijdonan bajarish uchun har bir fuqarorning o‘ta ma'suliyatli majburiyatlari ekanligini unutmasligi lozim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, tom ma'noda, yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy poydevori hisoblanadi. Bu borada Konstitutsiyamizning o‘ziga xosligi undagi ayrim normalarning boshqa mamlakatlar konstitutsiyalarida uchramasligidagina emas, balki ularning chindan ham amaliy, real huquqiy normalar ekanligida, Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklar amalda ham kafolatlanganligida, oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishayotganimizda, deb hisoblashimiz uchun barcha asoslar mavjud.

Yoshlarning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo`yicha bilimlarini oshirish, birinchidan, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalashga va yuksaltirishga, kkinchidan, yoshlarda ota-onaga,Vatanga va qonunlarga bo`lgan hurmat ruhini shakllantirishga, uchinchidan, O`zbekiston davlati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini uyg`otishga va shu bilan birgalikda Respublikamiz Konstitutsiyasining jamiyatdagi o`rni va nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.



Yuqorida bildirib o‘tilgan fikr va mulohazalar mamlakatimizda yoshlarga keng sharoit yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan va hozirgi kunimizga qadar davomlanayotgan islohotlarning ayrimlaridan misol xolos.Maqsad esa bildirilayotgan ushbu ishonch va e'tiborga munosib bo‘lgan yosh avlodni shakllantirish, ularga Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hissini singdirishdir.Biz hech qachon hech kimdan kam bo‘lmaganmiz, kam emasmiz, kam bo‘lmaymiz ham! Yoshlar qaysi sohada bo‘lmasin, zamonaviy bilimlarni egallashga, ilm cho‘qqilarini zabt etishga, eng ilg‘or texnika va texnologiyalarni jilovlashga bel bog‘lar ekan, avvalo, mana shu da'vatga tayanib ish ko‘rishi ayni muddaodir. Biz shavkatli ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lmog‘imiz ham qarz, ham farzdir.

Nazorat savollari:


  1. Konstitutsiya” so`zi qanday ma’noni anglatadi va uning tarixiga oid nimalarni bilasiz?

  2. Dunyo konstitutsiyalarining taraqqqiyot bosqichlari nimalardan iborat?

  3. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi qabul qilinishi qanday xususiyatlarga ega?

  4. Hozirgi kunga qadar konstitutsiyamizga qanday o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan?

  5. Inson huquqlari nima va uning tarixiy rivojlanishi qanday davrlardan iborat?

  6. Inson huquqlarini himoya qilish borasida xalqaro hujjatlar qaysilar?

  7. O`zbekiston Respublikasi qo`shilgan qanday xalqaro hujjatlarni bilasiz?

  8. Inson va fuqaro huquqlarining konstitutsiyamizda himoya qilinishi qanday xususiyatlarga ega?

  9. Mamlakatimizda yoshlar siyosatining asosiy yo`nalishlari nimalardan iborat?

  10. Burch va majburiyat nima va bu tushunchalar o`trasidagi farqlarni tushuntiring?

  11. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiysida yoshlar huquqlari va burchlariga doir qanday normalar mustahkamlangan?

  12. Mamlakatimizda yoshlar siyosatiga doir qanday qonunosti hujjatlarni bilasiz?

  13. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xarbiy majburiyatlari nima va u qanday huquqiy me’yorlar orqali tartibga solinadi?

  14. Xarbiy xizmatni o`tagan fuqarolarga Respublikamiz qonunchiligida belgilangan imtiyozlar nimalardan iborat?


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

I. O’zbekiston Respublikasi Prezidemti Islom Abdug`aniyevich Karimov asarlari

  1. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: «O‘zbekiston», 1996.

  2. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida: Asarlar, 6-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 1998.

  3. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2002.

  4. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. –T.: O‘zbekiston, 2009.

  5. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma'naviyat”, 2009.

  6. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma'ruza. 2010 yil 12 noyabr. –T.: «O‘zbekiston», 2010.

  7. Karimov I.A. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining Ming yillik rivojlanish majlisidagi nutqi, (2010 yil 20 sent.); Xorijiy ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillarining munosabatlari va sharhlari/I.A.Karimov. – T.: “O‘zbekiston”, 2010.

  8. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 yilda mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2011.

  9. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O‘zbekiston, 2011.

  10. Karimov I.A. Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir. 20-jild. –T.: “O‘zbekiston”, 2012. –180-bet.

  11. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta'minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish — bizning bosh maqsadimizdir.// Xalq so‘zi. 10 dekabr 2012 yil


II.Qonun va qonunosti hujjatlari


  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T., “O‘zbekiston”, 2012.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003, №3-4, 27-modda.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008, №12, 637-modda.

  4. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№2, –50-modda.; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2009 –№39. – 423-modda.

  5. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni (1991yil 20 noyabr).

  6. O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№2. –48-modda.;

  7. O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonuni// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1998. –№5-6. –99-modda

  8. “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun 20.11.1991.

  9. O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. 29.08.1997

  10. O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni.29.08.1997

  11. O`zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga doir bolalar savdosi,bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taaluqli Fakultativ protokol”ga qo`shilish haqida Qonuni. 2008 yil 12 dekabr)

  12. O`zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taaluqli Fakultativ protokol”ga qo`shilish haqidagi Qonuni. (2008 yil 12 dekabr),

  13. O`zbekiston Respublikasining “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazishni tartibga solish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (2007),

  14. O`zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2008yil 7 yanvar),

  15. O`zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (2009),

  16. O`zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi (2010 yil 29 sentabr),

  17. O`zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun (2011)

  18. O`zbekiston Respublikasining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi Konvensiyalarni ratifikatsiya qilish to`g`risidagi qonunlari

  19. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)»gi Qonuni.// «Xalq so‘zi», 2011 yil 19 aprel, № 76 (5243).

  20. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi

  21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi “Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni


III.Asosiy adabiyotlar


  1. Abdumajidov G‘.A., Salomov B. O‘lim jazosini bekor qilishda ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishlar. O‘lim jazosini bekor qilishning tashkiliy-huquqiy jihatlari. Ilmiy-amaliy anjuman materiallari./Mas'ul muharrir: B.Ahrorov. –T.: TDYuI nashriyoti, 2006.

  2. Azizxo‘jaev A. Chin o‘zbek ishi. –T.: “O‘zbekiston”, 2011.

  3. Aliev B.A., Rahmonov A.N. O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning yuksak natijalari. — “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan” (ilmiy-ommabop risola). –T.: “O‘qituvchi”, 2011.

  4. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi va xalqaro sud statuti. –T., 2002.

  5. Ibrohimov A. Yorug‘lug‘. –T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

  6. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar: to‘plam / O‘zbekcha nashrning mas'ul muharriri A.X.Saidov. –T.: «Adolat», 2004.

  7. Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘at // Mualliflar: M.Abdullaev, M.Abdullaeva, F.Abdullaeva, G.Abdurazzoqova va boshq.; R.Ro‘ziev va Q.Xonazarov umumiy tahririda. To‘ldirilgan uchinchi nashri / - T.: «Sharq», 2006.

  8. Odilqoriev X.T. Ikki palatali parlament sharoitida qonunchilik jarayoni. – T.: “O‘zbekiston”, 2005.

  9. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 9-jild. To‘ychi Hofiz – Sharshara. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2005.

  10. « O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma'ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. –T.: “Iqtisodiyot”, 2010.

  11. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh/A.A.Azizxo‘jaev, F.Abdumajidov, M.A.Ahmadshaeva va boshq.; Mas'ul muharrir A.A.Azizxo‘jaev; O‘zR Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik in-ti. – T.: “O‘zbekiston”, 2008.

MUNDARIJA

  1. Kirish…………………………………………………....................................……3

  2. Konstitutsiya – hayotimizning, taraqqiyotimizning huquqiy asosi…................5

  3. Inson huquq va erkinliklari eng oily qadriyat…………………........................11

  4. Yoshlar huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy asoslari……………....…21

  5. Yoshlarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari…………………………...............…………...…..……………....34



  1. Xulosa ………………………………………....................................................43

  2. Nazorat savollari.............................................................................................45

  3. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.................................................................46

TO‘G‘RISIDAGI BILIMINI OSHIRISH 


1  Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: «O‘zbekiston», 1996, 125-bet.

2 2 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 2010, 7-bet.

3 Хalq so`zi, 1992, 10 sentabr.

4 Қаранг: Саидов А.Х. Проект Конституции Узбекистана глазами французского юриста // Народное слово, 1992, 28 ноября.

5 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003, №3-4, 27-modda

6 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008, №12, 637-modda.

7 O‘zbekiston Respublikasi va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar/ Mas'ul muharrir A.X.Saidov. –Toshkent: “Adolat”, 2002. –B.49.

8 O‘sha asar. –B.75.

9 Inson huquqlari: Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanmasi / H.B. Boboev, A.X.Saidov, Sh.Sh.Shoraxmetov va boshq. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 1997. –B.105.

6 Karimov I.A. Bizning yo‘limiz -demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir.T.20. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012. – B.27.

7 Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir.T.19. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011. – B.328.

10 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2012. – 40 b.

11 Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati // Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 1996. –B. 95.

13O‘zbekiston Respublikasi va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar/ Mas'ul muharrir A.X.Saidov. –Toshkent: “Adolat”, 2002. –B.49.

14O‘sha manba. –B.72.

15O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. –1995. –№2. –5-modda.

12


13


14 O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№2, –50-modda.; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2009 –№39. – 423-modda.

15 O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№2. –48-modda.;

16O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonuni// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1998. –№5-6. –99-modda

17 Tojiboeva D. Dinshunoslik / Mas`ul muharrir t.f.n. I.Haydarov. –Toshkent: TDYI, 2010. –B.86.

18 O‘sha manba. –B.79.

19 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2012.8-b

20 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2012 8-b.

21 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. Mas'ul muharrir A.X.Saidov TDYuI, –T.: “Moliya”, 2002 y 271-272- betlar.

22O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O‘zbekiston”, 2012. –B.10.

23Prezident I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir”mavzusidagi ma'ruzasi // Xalq so‘zi, 2011 yil, 8 dekabr.

24 Karimov I.A. Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir. T. 20. – T.: «O‘zbekiston”, 2012. – 180-bet.

25 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: Adolat, 2012. – 3-bet.

26 Sh. Fayziev. Yosh avlod huquq va manfaatlarining muhim kafolati. “Huquq va burch”., 2008 yil 8-9-son.

27 Karimov I.A. “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog‘lom ona - sog‘lom bola” mavzusidagi xalqaro simpozium ochilishidagi nutq. T.20/. –T.: O‘zbekiston, 2012. 26-36 betlar.

28 O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy tendensiya va ko‘rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari: statistik to‘plam. –T.: “O‘zbekiston”, 2011 yil. 101-108-betlar.

29 O‘sha asar, 134-135-betlar.

301 Karimov I. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsyepsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma'ruza.2010 yil 12 noyabr/ I.Karimov. –Toshkent : “O‘zbekiston”, 2010.-B-28


31 Karimov I.A. Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir. T. 20. – T.: «O‘zbekiston”, 2012. – 20-21-betlar.

32 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: Adolat, 2012. – 18-bet.

33 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.-T.:-Adolat.-Rasmiy nashr.-2011





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa