Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish



Download 25,93 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2022
Hajmi25,93 Kb.
#550863
  1   2   3   4
Bog'liq
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish


Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish
6 dekabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universitetining Toshkent shahridagi Filialida huquqiy savodxonlik oyligi doirasida, UEE-17-01-02, UTP-18-01 akademik guruhlari 1-2 kurs talabalari o'rtasida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda yuridik fanlar doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Xamedov Isa Axlimanovich, Filial o'qituvchilari, ustoz-murabiylar ishtirok etdilar.
Xamedov I.A. o'z nutqida, yoshlar tarbiyasi sohasidagi olib borilayotgan davlat siyosatining ahamiyati zarur ko’lamdagi nazariy va amaliy bilimlarni olishga bo’lgan imkoniyatlar yaratish, yoshlarga mustaqil fikrlashi uchun kafolatlar berilish va umuman olganda, sog'lom va barkamol avlodni shakllantirishga qaratilganligini ta'kidlab o’tdi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, ularning ijodiy, ilmiy va boshqa iste'dodlarini rivojlantirish uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan ko'plab muhim hujjatlarning qabul qilinishi yuqoridagi maqsadlarni ta'minlashga xizmat qiladi. Yoshlar davlat dasturida o’sib kelayotgan avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshirish bilan bog'liq muhim vazifalar belgilab oldi.
Mutaxassis ta'kidlaganidek, Asosiy qonunda, hamda O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan huquq va erkinliklarning ro'yobga chiqarilishi, yoshlar tomonidan jamiyatda munosib o'ringa ega bo’lish va ularning huquqiy madaniyatini oshirish bilan uzviy bog'liq bo'lgan jarayondir. Shu bois, Adliya vazirligi tegishli vazirliklar, tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda hamkorlik rejalari asosida ko'plab namunali ishlar amalga oshirayotgani diqqatga sazovordir.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan amaldagi qonunchilik to'g'risidagi bilimlari va ushbu bilimlarni hayotda qo’llashi fuqarolik jamiyati tamoyillariga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishning muhim vositasi ekanligiga urg’u berildi.
Muhokama davomida talabalar va o’qituvchilar sud va huquqni muhofaza qilish organlarining mahalliy huquqiy targ'ibot ishlarini olib borishda tutgan o'rni, oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida, umumta'lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiya muammolari, shuningdek, yoshlar o’rtasida huquqiy targ'ibot ishlari samaradorligini oshirish masalalariga batafsil to'xtalib o'tdilar.
Yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan aksiya
Mamlakatimizda
17 Avgust 2021
1203
Matn: Шаҳзод Ғаффоров
Joriy yilning sentabr-oktabr oylari davomida “Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” aksiyasini oʻtkazish koʻzda tutilgandi.

Shu yilning 17-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan Yoshlar ijod saroyida oʻtkazilgan brifingda mazkur aksiyaning ahamiyati, oʻtkazish tartibi, yoʻnalishlari xususida maʼlumot berildi. Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi mutasaddilari, sportchilar, yosh saylovchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev soʻzga chiqib, mamlakatimiz aholisining aksariyat qismini yoshlar tashkil etishi, shu bois ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bu yil mamlakatimizda oʻtkaziladigan muhim siyosiy jarayon — Prezidentlik saylovida yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etishi, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan ushbu aksiya yoshlarning saylov bilan bogʻliq bilimlarini oshirish, ularning mazkur siyosiy jarayonga nisbatan masʼuliyatini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.


Tadbirda soʻz olgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi, mohir bokschi Bahodir Jalolov olimpiada taassurotlari haqida gapirib, bugun mamlakatimizda yoshlarga, sportga qaratilayotgan eʼtibor tufayli yosh avlod vakillari jahon sport maydonlarida yaxshi natijalarni qayd etayotganini taʼkidladi. Shuningdek, yoshlar ularga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikka javoban mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga intilishi, xususan, bu yilgi muhim siyosiy jarayon — Prezidentlik saylovida har bir yoshning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi.


Tadbirda mazkur aksiya doirasida Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan loyihalar haqida maʼlumot berildi.


Jumladan, mazkur aksiya doirasida yoshsaylovchi.uz veb-sayti elektron platformasi tashkil etiladi. Mazkur platforma yoshlarga internet tarmoqlari orqali siyosiy sohalar va tizimlarga oid soʻnggi maʼlumotlarni hamda axborotlarni doimiy ravishda asosli tarzda yetkazib berish maqsadida tashkil etiladi. Buning uchun platforma toʻgʻrisida yoʻriqnoma ishlab chiqiladi, dasturchi mutaxassislar loyihaga jalb qilinib, ular bilan doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Platformada taqdim etiladigan har bir axborot va yangiliklarning asosli va haqqoniyligi nazorat qilinadi. Mazkur platforma internet tarmogʻi foydalanuvchilari, asosan yoshlarni siyosiy va ijtimoiy sohadagi huquqiy bilim va koʻnikmalarini yana-da rivojlantirish imkonini beradi.


Shuningdek, mazkur aksiya doirasida quyidagi loyihalar ham amalga oshirilishi belgilangan:


— oylik doirasida targʻibot-tashviqot ishlarini namunali tarzda tashkil etish maqsadida “Yosh targʻibotchilar” guruhini shakllantirish;


— targʻibot guruhi aʼzolarining ijtimoiy-siyosiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan oʻquv-seminarlar tashkil etish;


— targʻibot guruhi aʼzolarining siyosiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan onlayn seminar (vebinar)lar tashkil etish;


— Prezidentlik saylovlarida birinchi marotaba ishtirok etuvchi 18 yoshga toʻlgan yoshlar oʻrtasida “Men ham saylovda ishtirok etaman” targʻibot tadbirlarini tashkil etish;


— ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan yutuqli viktorinalar tashkil etish;


— “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bogʻliq!” mavzusida maqolalar tanlovini oʻtkazish;


— turli kasb egalari ishtirokida #Kelajaging uchun ovoz ber, #Mening ovozim — mening kelajagim! heshteglari ostida ijtimoiy targʻibot aksiyasini oʻtkazish;


— yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi” teleoʻyinini oʻtkazish;


— birinchi marotaba saylovda ovoz beruvchilar uchun “Men saylovga tayyorman” nomli oʻquv-qoʻllanma nashr qilish hamda yoshlar oʻrtasida targʻib qilish;


— professional taʼlim muassasalaridagi yoshlar oʻrtasida “Oʻz kelajagimni oʻzim belgilayman – Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovini oʻtkazish;


— “Yangi Oʻzbekiston saylovlari yoshlar nigohida” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish.


Brifingda Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi tomonidan mazkur aksiyani oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrilayotgani, mazkur jarayonda yoshlarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.



Huquqiy madaniyat bolalikdan shakllanadi
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar”.
Konstitutsiyamizning 15-moddasida belgilangan ushbu qoidaning hayotiy ifodasini yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro o‘z turmush tarzi, ish faoliyatida ko‘rishi mumkin. Oilaviy hayotda bo‘ladimi, jamiyatdagi munosabatlardami, o‘qish va ish faoliyatidami – barchasi Konstitutsiya va u asosida yaratilgan qonunlar bilan tartibga solinadi. Bolalikdan har bir inson ongiga singdiriladigan qoidalardagi “mumkin” yoki “mumkin emas” degan so‘zlar ham shu qonunlardan kelib chiqadi. Aynan shu qoidalarni o‘zlashtirish bilan shaxsda huquqiy madaniyat shakllanadi, qonunchilik haqida tushuncha paydo bo‘ladi.
– Mamlakatimiz davlat ta’lim standartlariga muvofiq, ta’limning barcha bosqichlarida o‘quvchi va talaba yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘qitiladi, – deydi Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ijtimoiy fanlar uslubchisi Nurali Ibrohimov. – Bu, avvalo, maktabgacha ta’lim muassasasida boshlanib, tarbiyalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ilk tushunchalar o‘rgatiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida esa Birinchi Prezidentimizning 2001-yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida 1-4-sinflarda “Konstitutsiya alifbosi” kursi o‘qitiladi. Shuningdek, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat mashg‘ulotlarida Bosh qomusimizda belgilangan qoidalar haqida ma’lumot beriladi.
5-7-sinflarda 17 soatlik “Konstitutsiya olamiga sayohat” kursi davomida o‘quvchilarga Konstitutsiya moddalari “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda bir qator xalqaro konvensiyalar mazmun-mohiyati bilan birga tushuntiriladi.
O‘quvchilar yuqori sinflarga o‘tgach, ularga “Davlat va huquq asoslari”, “Konstitutsiyaviy huquq asoslari”, “Huquqshunoslik” bo‘yicha har yili 34 soatdan dars mashg‘ulotlari o‘tiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi bu darslar 1-4-sinflarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan, 5-10-sinflarda davlat va huquq asoslari, tarix, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.
Yuqori sinflar mashg‘ulotlarida o‘qituvchi mavzudan kelib chiqib, darslarni yoshlar hayoti, ularning huquq va manfaatlariga daxldor qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ochiq dars tarzida, sud va huquq-tartibot idoralari xodimlari, huquqshunoslar bilan uchrashuv shaklida, shuningdek, ma’muriy organlarga sayohat, o‘quvchilar o‘rtasida intellektual o‘yinlar, ko‘rik-tanlovlar uyushtirish orqali ham tashkil etishi mumkin.
Viloyatdagi maktablarda ana shu uslublardan samarali foydalanib, o‘quvchilarga Konstitutsiya va qonunlarni puxta o‘rgatayotgan o‘qituvchilar ko‘p. Jumladan, Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Shahodat Samiboyevaning “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning oldini olish profilaktikasi yuzasidan tavsiyalar” mavzusidagi ish tajribasi shahar miqyosida ommalashtirilgan.
O‘quvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlar haqidagi bilimini mustahkamlash, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishda har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” ko‘rik-tanlovi ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy o‘quv yilida mazkur tanlov Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangani bilan yanada keng ko‘lam kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida tanlovning quyi bosqichlari oktyabr-noyabr oylarida barcha umumta’lim maktablarida, tuman va shaharlarda o‘quvchilarning faol ishtirokida o‘tkazildi.
Yaqinda Samarqand shahrida tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichida tuman va shaharlardan kelgan 64 o‘quvchining Konstitutsiya va qonunlar haqidagi huquqiy bilimiga baho berildi.
Samarqand shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchisi M.Abdiyevaning inshosi, Samarqand tumanidagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Sh.Isrofilova yozgan bayon, Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchisi D.Sanaqulova, Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchisi D.Soliyeva chizgan rasm eng yaxshi deb topildi. G‘olib o‘quvchilar tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Bu sa’y-harakatlar o‘sib kelayotgan yosh avlodning mamlakatimiz qonunchiligi haqidagi bilimi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va majburiyatlarini anglagan jamiyatning faol a’zolari sifatida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.


Download 25,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish