Yoshlarning g'oyaviy mafkuraviy immunetetini mstahkamlashda ta'lim sohasidagi vazifalar Reja: Kirish I bob Yoshlarning g'oyaviy mafkuraviy immunetetini mstahkamlashda ta'lim sohasidagi vazifalar


I bob Yoshlarning g'oyaviy mafkuraviy immunetetini mstahkamlashda ta'lim sohasidagi vazifalar



Download 39,34 Kb.
bet2/5
Sana29.06.2022
Hajmi39,34 Kb.
#717581
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiy resurslar

I bob Yoshlarning g'oyaviy mafkuraviy immunetetini mstahkamlashda ta'lim sohasidagi vazifalar
1.1 Yoshlarning g'oyaviy mafkuraviy immunetetini shakllantirish.
Xalqimizni turli g'oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immuniet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog'lom, insonparvar g'oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. O'zligimizni, odob - axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g'oyalar va mafkuralar ta'siridan avaylab-asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni akllantirish orqaligina milatni mafkurasini asrash va yanada yuksaltirishimiz mumkin. Mafkuraviy immunitet yuksaltirishda ta'lim-tarbiyaning ahamiyati kattadir. Shu boisdan ham, ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri "Shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi"dir. Shunday ekan, bugun barcha davlatlar ta'limiga imkon qadar ko'p yangilik kiritishga intilmoqda. Yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun mazmuniga ijodkorlik ruhi va motivlari hukm surishi lozim[2]. Bunda innovatsion faoliyat subyektining talablarini qondirishdan innovatsion faoliyat subyekti ehtiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo'lgan amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi subyektning yangilikni yaratish va o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyoj va qiziqishlarni o'zida ifoda etuvchi kuch bo'lmog'i lozim. Uzluksiz ta'lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta'lim - tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko'tarishdan asosiy maqsad yoshlarimizning ma'naviy, huquq va manfaatlarini himoyalash ularning zamonaviy bilim va kasbga ega bo'lishini bugungi o'ta murakkab va tahlikali zamonda mavjud bo'lgan har qanday xatarga zararli ta'sir va oqimlarga nisbatan ogoh va hushyor bo'lib yashashini va jamiyatimiz hayotida munosib o'rin egallashini ta'minlashdan iborat hisoblanadi.
Uzluksiz ta'lim tizimining shakllanishi o'z-o'zidan kadrlar tayyorlash jarayonining yangicha mazmun kasb etishini ta'minlaydi. Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo'naltirilgan uzluksiz ta'lim tizimi (shu jumladan, tarbiya) jarayonining yangi mazmuni mazkur jarayonga ilm fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan g'oya, kashfiyot va yutuqlarning tatbiq etilishi. Ushbu jarayonda demokratik, insonparvarlik tamoyillarining ustuvor o'rin tutishi, ta'lim va tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish (ya'ni, ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy subyektlaridan biri bo'lgan o'quvchi - ta'lim oluvchi shaxsning hurmat qilinishi[3]. Uning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmati va huquqlari daxlsizligining ta'minlanishi), ta'lim oluvchi (o'quvchi)ning zamonaviy pedagogik jarayondagi faol ishtirokini yuzaga keltirish uchun muayyan shart sharoitlarni yaratish, ularning xohish-istaklari bilan o'rtoqlashish, shaxsiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, ularda mustaqil fikr yuritish layoqatini tarbiyalash, bu borada muayyan ko'nikma hosil qilish, hosil qilingan ko'nikmaning faoliyat malakasiga aylanishga rag'bat bildirish, o'quv (manbalari va ko'rsatmali vositalar) mazmunida yuqorida qayd etilgan g'oyalarning o'rin olishiga erishish, ta'lim oluvchilarda bilim olishga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish, rag'batni yuzaga keltirish, shuningdek, ongli munosabatni qaror toptirish va hokazolar asosida yaratiladi.
Hozirgi davrdagi siyosiy-ijtimoiy holatlar bizdan yod g‘oyalarga (xalqaro terrorchilik, “Ommaviy madaniyat”) qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish, uni tag – tomiri bilan bartaraf etish, buzg‘unchi g‘oyalar tahdidiga o‘ziga xos yondoshib, uning siyosiy, falsafiy, ma’naviy va psixologik asoslariga qarshi izchil mafkuraviy va g‘oyaviy kurashishni taqozo qiladi. Hozirda dunyoda g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari tobora kengaymoqda. Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan turli mafkuraviy markazlarning muttasil bosimini doimo sezib yashamoqda. Shunday sharoitda mafkuraviy tazyiqlarni chuqurroq anglash lozim.
Xavfsizlik va barqarorlik yo‘lidagi tahdidlarga qarshi kurash masalasi haqida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytgan: “Aftidan, bugungi kunda xavfsizlik va barqarorlik yo‘lida paydo bo‘layotgan tahdidlarga tegishli munosabatda bo‘la olishning o‘zigina yetarli emas. Mavjud xavf – xatarlarning tabiatini to‘g‘ri tushunib yetishimiz kerak. Ularning manbalari va aloqalarini vaqtida aniqlashimiz darkor... Xavfsizlik – uzluksiz holatdir, hadsiz hududdir”, degan fikrlarini yodga olamiz. Yuqoridagi fikrlar to‘liq xolda hozirgi kunimizda tobora xavfli tus olayotgan va keng ko‘lamda tarqalayotgan “Ommaviy madaniyat” qutquni, xalqaro terrorchilik, diniy ekstremizm va fundamentalizmga nisbatan aytilgan metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatma hisoblanadi.
Bugungi kunda internet manbalari va OAV (Ommaviy axborot vositalari) axborotlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora mustahkamlanib, jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilar onggi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasini shakllantiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. Endilikda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati haqidagi konsepsiyalarni axborot sohasidagi islohotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, o‘tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan internet tarmog‘i axborot sohasida tub burilish yasadi. Endilikda an’anaviy OAVning informatsion texnologiyalar asrida o‘z mavqeini saqlab qolishi ko‘p jihatdan global tarmoq imkoniyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi. Bu borada yurtboshimiz alohida ta’kidlab, “...bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi...”,- deya yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirganlar.
Albatta, yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish va bilimini oshirishda mazkur axborot manbalari muhim ahamiyatga molik. OAV va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlarini inkor etmagan holda, uning yoshlar orasida samarasiz, salbiy ta’sirga ega bo‘lgan imkoniyati mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Telekanallarda namoyish etilayotgan va ijaraga beriladigan hamda sotiladigan minglab video, kasseta, lazer disklari vositasida tarqalayotgan jangari filmlarda yashash uchun kurash g‘oyasi targ‘ib etiladi. Ularning yoshlar ongini zaharlash, milliy-an’anaviy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirish va manqurtlikka mubtalo qilishi o‘z-o‘zidan ayon va achchiq haqiqatdir.



Download 39,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish