Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida tarbiya berish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi



Download 1,02 Mb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi1,02 Mb.
#310826
1   2   3   4
Bog'liq
referat Zilola

Musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi.

1.Umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarda milliy kuy-qo’shiqlarga ixlos uyg’otadi. Ularni musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o’stirib, musiqiy o’quvi va didini o’stiradi.

2. O’quvchilarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo’shiqlarga, xalq aytimlariga va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.

3. Alla, lapar, terma qo’shiqlar vositasida o’quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatlari o’sib boradi.

Musiqa ohanglari lad va ritm tiyg’usi usullari asosida o’rgatiladi. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib toptirishda pianino cholg’u asbob bilan birgalikda o’zbek milliy cholg’u asboblaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ayniqsa doira chertib, qo’shiq kuylash, milliy raqs elementlarini ijro etish, ijodkorlik bilan shug’ullanish o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga oshufta etadi. O’quvchilar bu jarayonda o’zbek xalq musiqa madaniyatini ijobiy an’analarini bevosita idrok etadilar. Maktabda o’quvchilar musiqiy estetik tarbiyani xalq musiqasi na’munalari orqali o’rganadilar.

Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida bolalarni xalq musiqasi bilan tanishtirish DTS musiqa dasturi asosida olib borilmoqda.

Ta’limni milliy ruhda rivojlantirish maqsadida birinchi sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasi bilan tanishtirib boriladi. Bunga misol qilib, I dasturida tinglash uchun birinchi “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, “Farg’onacha”, “Olmacha anor”, “Allama yorim” kabi kuy-qo’shiqlarni keltirishimiz mumkin.

Xalq musiqasi bolalar ongiga tez yetib boradi, ularni zavqlantiradi. Ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Chunki xalq musiqasi o’ziga xos badiiy tilga egdir. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin na’munalari o’z aksini topgan.


Xalq musiqasi eng soda eng ixcham ravon yorqin ohangda ijro etiladi. Shuning ushun ham beshikda yotgan go’dak alla qo’shig’ini eshitishi bilan orom olib uxlab qoladi.Chunki, bu ohangda so’z, kuy, mutanosibligi og’zaki ijro etiladi. Shuning UCHUN ham ohanglar bir-biriga payvastdir.Asrlar davomida o’zbek kuy-qo’shiqlari xalqimiz orasida mehnat, to’y-marosim, kurash bayramlarida insonlar uchun ilhom manbai bo’lib kelgan.Biz musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlarini bolalarga tushunarli, tez va ifodali qilib yetkazish uchun turli metodlardan va innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz zarur.

Musiqa san’ati boshqa san’at turlariga qaraganda insonlarga yaqin bo’lgan muhim san’at turidir. Xalqimiz azal-azaldan boy musiqa merosiga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjud. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat,milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.

Ta’lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma’naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko’tarishni taqozo etadi.

Bugungi kunda musiqa, ta’lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.

Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi va yosh avlodni musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqaga bo’lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish maktab musiqa darslariga bevosita bog’liq.

Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog’liq.

Musiqa ta’lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limini sifatli bosqichga ko’tarish uchun maktabda teng xuquqli fan hisoblanadi.

Qo’shiqchilik san’ati o’zbek xalqining barcha qatlamlariga singib ketgan . Xalqimizning qayg’u hasratlariga, xursandchiligiga, kelajakka bo’lgan go’zal intilishlari kabi hissiyotlariga hamroh bo’lib kelgan.

O’zbek xalq kuy va qo’shiqlari shunchalar xilma-xilki, ular orqali bolalarni ma’naviy va axloqiy dunyosini har tomonlama o’stirish, oliyjanob fazilatlarini kamol toptirish mumkin. Bunday asarlarga misol qilib, “Alla”, lapar,lirik termalar, bolalar qo’shiqlari, “Yomg’ir yog’oloq”, “Lolacha”, “Boychechak”, “Laylak keldi”, “Sust xotin”, “Lola I”, “Lola II”,mehnat qo’shiqlari, katta ashula, lirik, epic qo’shiqlar, mumtoz asarlarni aytib o’tish mumkin.



O”zbek xalq qo’shiqlari mehnatkash xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib, og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o’tib kelgan va hozirgi kunda o’z qadri va muxlislarini yo’qotmagan.

XULOSA


Bugungi kunda o’zbek xalqining asrlar davomida shakllangan umuminsoniy ma’naviyati va milliy qadriyatlarini singdirish yoshlarni vatanparvar, barkamol inson qilib, tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash nafosat tarbiyasining asosiy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U o’quvchilarni musiqa san’ati asarlarini tushunishga va ijro etishga o’rgatadi. Musiqa jamiyat hayotining muhim qismidir. U inson hayotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, uning his-tuyg’ularini badiiy tilda ifoda etadi.

O’quvchilarning hayot tajribasi axalqining aql idrokining o’sib borishida vatan tuyg’usi kundalik odatdan iymon-e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikning e’tiqodaga aylanishi har bir inson qalbida ichki ma’naviyatning ifodasini belgilab beradi. Milliy vatanparvarlik bu o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon va insof, mehr- muhabbat, oqibat, vijdon, ona yurtiga, o’z eliga sadoqat, axloqiy ma’naviy qarashlar yig’indisi tushuniladi. Umumta’lim maktablarida vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash musiqa ta’limining asosini tashkil etadi.

Xalq musiqa ohanglari o’zbek kompozitorlari ijod ijod etgan, Ona-Vatanimiz jonajon O’zbekistonimiz go’zalligini ularda mehr-muhabbatni madh etishga bag’ishlangan xilma-xil musiqiy asarlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Vatanparvarlik eng avvalo kindik qoni to’kilgan joyga, qarindosh- urug’, el-yurt, ona zaminga bo’lgan hurmat e’tibor, mehr muhabbatdan boshlanadi. Vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda O’zbekistonning davlat ramzlari o’quvchilarni o’z mamlakatlariga bo’lgan ishonchlarini mustahkamlaydi.

Dasturga kiritilgan turli vokal va musiqiy xususiyatga ega bo’lgan qo’shiqlarni ahamiyati kattadir. O’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning negizi qo’shiq kuylashdir. Vatanparvarlik jamiyatdagi barcha kishilarni millat va elatlarni ijtimoiy-siyosiy kuch va guruhlarini birlashtiruvchi muhim omildir. Bu tuyg’u ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash, vatan ravnaqi yo’lida g’amxo’rlik qilish kabi tushunchalarni qamrab oladi. Tavallud topgan yerga hurmat tariqasida ulug’ ajdodlarimiz o’z nomlari oxiriga tug’ilib o’sgan joyi nomini qo’shib aytganlar. Masalan; Xorazmiy, Buxoriy, Termiziy, Farg’oniy, Marg’uloniy, Yassaviy, va boshqalar bu o’z Vataniga kindik qoni to’kilgan yerga bo’lgan hurmatni, sadoqatni belgisi sifatida xurmat qilgan. Biz umumta’lim maktablarida ma’naviyati yuksak, madaniyatli, xalqparvar insonlarni tarbiyalashimiz, ularni kelajakka ishonch ruhida qo’llab quvvatlashimiz darkor. Zero, o’quvchilar Ona Vatanga sodiq iymonli, vatanparvar shaxs bo’lib yetishsinlar.

Qo’shiqchilik san’atining kuchi va tinglovchilarga ta’sirining harakteri mazkur elementlar bilan pirovard natijalarda ularning birligi bilan belgilanadi va yangrayotgan qo’shiqning idrok etayotgan kishiga yaxlit ta’sirini vujudga keltiradi. Bunda esa har bir elementni ko’rib chiqish va qo’shiq insonga ta’sir etishining asosiy jihatlarini aniqlash zarurligini anglash mumkin.Qo’shiqning kuyi qo’shiqchilik san’atining eng muhim elementi, uning emotsional o’zagi hisoblanadi.

Kuyda o’ziga xos yo’sindagi ohangdor tovushlar shaklida qo’shiqning emotsional va g’oyaviy mazmuni aks etadi.Kuydan ana shu mazmunga moslik ta’lab qilish mumkin xolos. Ammo kuyni qandaydir muayyan doimiy bir xil talablar doirasiga kiritib qo’yish to’g’ri emas. Binobarin kuy takrorlanmas bo’lishi lozim. Unda uyg’unlik, uslub, ta’sirchanglik, ifodalash vositalarining har xil turlari bo’lishi mumkin.

Kuy faqat quvonchli, lirik, ko’tarinki xissiyotlarni uyg’otmaydi. U g’amginlik g’azablanish holatlarini ham vujudga keltiradi. Boshqacha aytganda, kuy faqat ijobiy kayfiyatlarni ham paydo qiladi. Bularning hammasi hayotning turli tomonlari – quvonch, tashvish, orzu-umid, ayriliq va hakazolarni aks ettiradigan qo’shiqning mazmuniga bog’liq.


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish