Yoshlarda korrupsiyaga qarshi fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish



Download 23,4 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi23,4 Kb.
#682029
  1   2
Bog'liq
TEZIS YULDUZ (2)



YOSHLARDA KORRUPSIYAGA QARSHI FUQAROLIK POZITSIYASINI SHAKLLANTIRISH

Abdullayeva Yulduz Bahodir qizi
UrDU Magistratura bo‘limi
Pedagogika nazariyasi va tarixi
(faoliyat turi bo‘yicha) yo‘nalishi
1-bosqich magistranti.

“Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz”


Shavkat Mirziyoyev

Annotatsiya: Ushbu maqolada korrupsiya jarayonlari va unga qarshi kurashishda insonlardagi huquqiy ong, huquqiy madaniyat, fuqarolik pozitsiyasi to‘g‘risida hamda UrDU da maxsus bo‘limning tashkil etilganligi va uning faoliyati, bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri korrupsiya jarayonida talabalarda korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning yangicha pedagogik texnologiyalari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Korrupsiya, davlat va jamiyat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, pozitsiya, fuqarolik pozitsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”[1]. Korrupsiya lotincha “Corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, “buzish”, “sotib olish”, degan ma’nolarni anglatadi.
Korrupsiya bu - jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
O‘zbekiston Respublikasida mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan islohotlarning tub mohiyatini aholi turmush tarzining farovonligini oshirish, fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati va saviyasini yuqori darajaga ko‘tarish, ularda aniq fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda o‘z ifodasini topadi. O‘zbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasbkori, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, fuqaro sifatida qonun oldida huquqan teng va birdek mas’uliyatlidirlar. Shuning uchun ham mavjud muammolarni bartaraf etishda fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini bilib olishlari va ular himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab yetishlari uchun ularni huquqiy jihatdan tarbiyalab borish dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Insonga yoshligidan singdirilgan madaniy-ma’naviy qarashlar - axloqiy qadriyatlar, an’analar, diniy-ruhiy tuyg‘ulardan iborat. Bu bo‘g‘inda u oilasi, qarindosh urug‘lari, mahallasi, yurti bilan birligini uning tarkibiy qismi ekanligini his etadi. Natijada, uning ongi va qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usi shakllanadi. Bu jarayonda shaxsda haqiqiy fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi. Fuqarolik tuyg‘usi esa shaxsning “Avloddan–avlodga o‘tib kelayotgan madaniy jarayonlar ahloqiy qadriyatlarning o‘tmish bilan kelajakni uzviy aloqadorligini ta’minlab, tarixiy merosning nodir ne’matlarini o‘zgartirish asosida shakllanadi. Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida ko‘plab chora-tadbirlar tashkil qilinmoqda. 2017-yil 3-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonuni ishlab chiqildi.

Download 23,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish