YOSHLAR ORASIDA SUITSIDAL XULQ-ATVORNING OLDINI OLISHDA
AFFILIATSIYA MOTIVATSIYASINING O‘RNI
Annotatsiya:
Maqolada bugungi kunning dolzarb muammolari qatorida
yoshlar orasida o„z joniga qasd qilish tendentsiyasining paydo bo„lish sabablari,
oqibatlari va bartaraf etish choralari ijtimoiy-psixologik jihatdan talqin etilgan.
Ushbu fenomenning jahon tajribasida hamda O„zbekiston hududidagi holati
psixologik jihatdan tahlil qilinishi natijasida muammoni samarali hal etishda
affiliatsiya motivini shaxsda shakllantirish muhimligi ochib berilgan. Shuningdek,
suitsidni amalga oshirga uringan yoshlar bilan ishlashning psixotrening usullari
hamda suitsidning oldini olishga xizmat qiluvchi tavsiyalar to„plami batafsil
keltirilgan.
“Umumiy psixologiya” kafedrasi o„qituvchilari Raximova I. hamda Baykunusova
G. Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litseyi bilan
hamkorlik kelishuviga muvofiq 22-yanvar kuni litsey o„qituvchilari va o„quvchilari
bilan “Suitsidual xulq atvor” mavzusida davra suhbati o„tkazdi. Davra suhbatida
litsey o„quvchilariga suitsid to„g„risida keng, atroflicha tushunchalar berildi.
Suitsidni keltirib chiqaruvchi omillar, uning namoyon bo„lish belgilari, suitsid va
suitsidual urinish o„rtasidagi farqlari, suitsidning ko„rinishlari to„g„risida slaydlar
orqali ma‟lumot berildi. O„quvchilar bilan birgalikda mavzu asosida erkin savol-
javoblar o„tkazilib, qizg„in bahs munozaralar olib borildi. Suitsidual holatlarning
oldini olish maqsadida o„quvchilarning o„z-o„ziga nisbatan bahosini oshiruvchi
hamda o„zini anglashga yordam beruvchi psixologik trening mashg„ulotlari
o„quvchilar va o„qituvchilar ishtirokida o„tkazildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan
ota-ona, o„qituvchilar va o„quvchilarga suitsidual hulq atvor profilaktikasi uchun
psixologik tavsiyalar berildi
.
Hammamiz ham deyarli har kuni ijtimoiy istalmagan
axloqning turli- tuman ko'rinishlari - tajovuzkorlik, zararli odatlar, qonunga zid
harakatlar bilan to'qnashamiz... Shu kabi muammolar bilan shug'ullanuvchi
mutaxassislar ko'p yillardan beri qator savollarga javob izlamoqdalar. Bunday
axloqning sababi nimada bo'lishi mumkin?! Nima insonni qaytaqayta o'ziga va
atrofdagilarga zarar keltirishga majburlaydi? Bundan qanday qutulish mumkin? Va
nihoyat, "og'ishgan xulq" atamasidan foydalanish qonuniymikin? Deviantlik,
og'ishgan xulq psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni himoyalovchi
organlar xodimlari, sosiologlar, faylasuflarda jonli qiziqish uyg'otib kelgan.
Og'ishgan xulq mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega. Atamaning
"ijtimoiy me'yor" tushunchasi bilan payvasta ekanligi muammoni ko'p marotaba
murakkablashtiradi, chunki me'yorning chegaralari o'ta shartli, insonda esa barcha
ko'rsatkichlar bo'yicha absolyut me'yorning o'zi mavjud emas. Yondoshuvlarning
turli-tumanligi shaxs xulqini og'ishganligini tashhis qilish, uni profilaktikalash va
ijtimoiy- psixologik yordam ko'rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy
vazifalarni yechishda ham ko'zga tashlanadi. Deviantologiya kursining asosiy
maqsadi o'quvchilarda shaxs og'ishgan xulqi muammolarining zamonaviy holati
haqida ilmiy asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishida yordamlashishda
ko'rinadi. Og'ishgan xulqni tushuntirish uchun turlicha psixologik konsepsiyalar
qimmatini tan olgan holda biz asosida kognitivaxloqiy yondoshuv yotuvchi
konsepsiyani ustuvor sifatida ajratamiz. Ushbu kursni o'qitish tajribasi shuni
ko'rsatdiki, materialni anglashda ba'zi bir qiyinchiliklar mavjud ekan. Birinchidan,
"og'ishgan xulq" tushunchasining ko'p ma'noliligi va bu bilan bog'liq bo'lgan
terminologik chalkashliklar. Ikkinchidan, har birimizning ichki dunyomizga xos
bo'lgan shaxsiy ozodlik ehtiyoji va jamiyatning cheklashlari orasidagi qarama-
qarshiliklar. Og'ishgan xulq fenomeni mavjudligining o'zi "ozodlik yoki zaruriyat"
dilemmasi faktini tasdiqlaydi, hatto jamiyatning umidlariga qarshi har bir
odamning shaxsiy tanlovchi predmeti hisoblanadi. Yana bir ma'lum murakkablik
shundaki, og'ishgan xulq muammosi bo'yicha ma'lumotlarni turli fanlar, masalan,
sosiologiya, tibbiyot, huquq, psixologiya, pedagogikadan izlash lozim bo'ladi.
Mavjud bo'lgan adabiyotlar, qoidadagidek, yoxud o'ta ixtisoslashtirilgan, yoki o'ta
ommaviy xarakterga ega. Og'ishgan xulq psixologiyasi bo'yicha adabiyotlar unga
ta'sir qilishning samarali texnologiyalari yetishmagani kabi, shubhasiz,
yetishmaydi. 4 O'quvchiga taqdim etilayotgan ish o'zida mavjud bo'lgan ilmiy
yondoshuvlarni ko'rib chiqishga intilishni va muallifning psixologik aspektda
ko'rib chiqiluvchi shaxs og'ishgan xulqini o'rganish hamda uni bartaraf etishdagi
amaliy tajribalarini umumlashtirishni aks ettiradi.