Shaxvoniy his-tuyg‘ular targ‘iboti- bunda asosan erkin muhabbatni targ‘ib etuvchi parnografiya orqali haqiqiy, sof tuyg‘ular obro‘sizlantirilib, uning o‘rniga seks deviatsiyani: Fast Love (oniy qo‘shilish), parafiliya (buzuqlik), gomeseksualizm kabi ko‘ngil xushlikka mukkasidan berilish va shu sohaga yengil yelpi qarashni da’vat qiladi;
Yoshlar modasi- turli submadaniyatlar elementlari ham bo‘lgan, uyatga qo‘yuvchi, xijolatga soluvchi modani, umum qabul qilingan libosni buzuvchi “diskoteka uchun modda”ni, uniseks (jinslar o‘rtasidagi farqni aks ettirmaydigan uslubdagi kiyimlar), tungi kiyimlar deb behayo ochiq-sochiq kiyimlarni zamonaviy “modaga”yoyib ommalashtirishni ko‘zlash;
Diviantlik (xulqiy ozish, to‘g‘ri yo‘ldan ozish, aksentuatsiyalanish jarayoni ) va jinoyat - ta’qiqni va umum qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini buzish, ijtimoiy normalarga nisbatan hurmatsiz kayfiyatda bo‘lish (o‘z joniga qasd, qastdan shikast yetkazish, zo‘ravonlik, agressiv xulqqa ega bo‘lish, ochiqdan ochiq jinsiy aloqalarni uyushtirish, jins vakillarini xo‘rlash yoki qarama qarshi jins vakillarini inobatga olmasdan bir xil jins vakillari o‘rtasidagi intim munosabatlarni avj oldirish) kabi salbiy illatlarni targ‘ib qilish;
Virtual olamni kuchaytirish tamoyili - real hayot bilan virtual hayot o‘rtasidagi kurashlar insonlar psixikasida juda kuchli emotsional zo‘riqishni yuzaga keltirib psixologik muvozanatning buzilishiga erishiladi.
E’tiqodsizlikni avj oldirish tamoyili - Bu tamoyilda insonlarda ishonchsizlik, maqsadsizlik, xudbinlik, axloqsizlik, zo‘ravonlik, hukumronlik kabi jihatlar madh qilinib insonlar shu illatlarga undaladi.
Avlodlar o‘rtasidagi aloqani uzish tamoyili: - Barcha davrlarda barcha mamlakatlardagi ijtimoiy siyosat doimo bolalarning ota-onalardan ajratib qo‘yilishga qarshi kurashgan edi, chunki bu aloqa davlat bilan fuqarolik jamiyati barqarorligini asosidir. “Ommaviy madaniyat” esa ko‘pincha o‘smir bilan uning ota-onasining bir-biriga qarshi qo‘yadi, bu bilan o‘smirlikda muqarrar yuz beradigan psixologik xususiyatlardan foydalanib ularni qo‘llab quvvatlaydi va kattalar qadrlaydigan qadriyatlar eskilik sarqitiga yoyilib o‘smirlarga yot buzg‘unchi g‘oyalarga to‘la qadriyatlar madh qilinadi.
Xulosa shuki, biz tadqiq qilayotgan ommaviy madaniyatning salbiy illatlari har doim ham yaqqol namoyon bo‘lavermaydi. Ammo mayda-chuyda ikir-chikirlar bo‘lib ko‘ringan masalalar kelajak avlod tarbiyasida chuqur salbiy iz qoldirishi mumkin. Bu borada asosiy e’tibor milliy qadriyatlarni avaylab asrash hamda yosh avlodni ajdodlar namunasi asosida tarbiyalash ekanligi bugungi kun haqiqatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |