Yoshlar ongida Ma’naviy ma’rify ishlar va uni tashkil etish metodikasiga ishonch va e’tikodni shakllantirish


Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash



Download 22,51 Kb.
bet2/2
Sana14.07.2022
Hajmi22,51 Kb.
#796297
1   2
Bog'liq
Yoshlar ongida Ma’naviy ma’rify ishlar va uni tashkil etish metodikasiga ishonch va e’tikodni shakllantirish.

Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash.
Fan va texnika sohasidagi katta­katta kashfiyotlar va yutuqlar qo’lga kiritilib, hayotga tatbiq etilayotgan hozirgi davrda talaba yoshlarga ma’naviy va madaniy jihatdan tarbiya berish vazifasining mazmuni va shakllariga sezilarli ta’sir ko’rsatishi tabiiy. Bu omilni hamisha e’tiborda tutish lozim bo’ladi. SHuning uchun talaba­yoshlarga ma’naviy va madaniy tarbiya berishda milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlardan ham samarali foydalanish, ayni paytda, bularga umumtaraqqiyotning zamonaviy yutuqlarini ham payvand qilish talab qilinadi. Ma’naviy barkamol yosh avlod o’z xalqi, Vatani tarixini, ulug’ siymolarini, milliy va tarixiy qadriyatlarini, urf­odatlarini, rasm­rusmlarini, ularning mohiyatini chuqur bilgani holda jahon adabiyoti, san’ati, madaniyati durdonalari bilan yaxshi tanish bo’lmog’i, kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida qo’lga kiritilgan yutuqlar bilan oshno bo’lmog’i darkor. Bularning barchasini talaba­yoshlarga ma’naviy va madaniy tarbiya berishn uyushtirish va rejalashtirishda diqqat­e’tiborda tutmoq talab qilinadi.
Ma’naviy va madaniy jihatdan barkamol talaba buyuk Alisher Navoiy, Lutfiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Muqimiy asarlarini yetarli darajada bilmasa qusur hisoblanadi. Odatda, ulug’ bobokalonimiz Alisher Navoiy haqida so’z ketganda, ko’pchilik yoshlar to’lqinlanib, hayajon bilan buyuk mutafakkirning insoniyat madaniyati xazinasiga qo’shgan hissasi haqida gapiradilar. Bordig’yu, shunday to’lqinlanib so’zlayotgan talabadan “Alisher Navoiyning qancha g’azalini yoki ruboiysini yoddan bilasiz?”, “Alisher Navoiyning “Xamsa” siga kirgan dostonlarini to’la o’qib chiqqanmisiz?” ­ deb so’rasangiz, o’zingizni qoniqtiradigan javob ololmaysiz. Yoshlarimiz orasida Alisher Navoiyning bironta g’azalini yoddan bilmaydiganlar ham topiladi. Bunday paytda uyalib ketasan kishi. SHunday gap borki, Gruziyada bo’lajak kuyov SHota Rustavelining qanchadir misra she’rini yoki “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” dostonidan yod bilmasa, qiz berishmas ekan. Aslida, SHota Rustaveli asarlarini bilmasa ham, kun kechirish mumkin. Lekin atoqli adibning she’rlarini, xususan “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” dostonidan katta­katta parchalarni yod bilgan yigitga elning munosabati ham bo’lakcha bo’lishi tabiiy. SHota Rustavelidek ezgulikni, insonparvarlikni targ’ib etgan adibning asarlaridan yod bilgan gruzin yigitining qalbida yaxshilik urug’lari nish urmagan bo’lishi mumkin emas. Ayni paytda, SHota Rustavelining asarlarinigina bilgan gruzin yigit qizini ma’naviy jihatdan barkamol deb atash ham bo’lmaydi. Xuddi shu singari buyuk adib Alisher Navoiy asarlaridan yod bilgan o’zbek yigit­ qizini ham yetuk inson deyish qiyin.
Ma’naviy barkamollik qo’shni xalqlar, shuningdek jahon xalqlarining asrlar davomida yaratgan adabiy badiiy asarlaridan bahramand bo’lishida ham shubhasiz ko’rinadi. Firdavsiyning “SHohnoma” sini, qirg’iz xalqining dostoni va “Manas” ni, Abay va Muxtov Avezovning asarlarini. Maxtumquli she’rlarini, Mirzo G’olib, Rabindranat Tagor asarlarini, “Ming bir kecha”, “Qobusnoma” singari noyob durdonalarni o’qimagan talabaning ma’naviy va madaniy saviyasi qay darajada ekanligini anglasa bo’ladi. Bular ham, aslida, yetarli emas. Jahon adabiyotining shoh asarlari borki, bular haqida turli millat vakillari yig’ilganda, albatta gap ketadi. Xususan, Homer, SHekspir, Servantes, Bokachcho, Balzak, CHarlz Dikkens, L.Tolstoy, F.Dostoevskiy, N.Gogol, A.Pushkin, Volter, E.Zolya, G.Mopassan, E.Xeminguey, Jek London, Tomas. Mani, U.Folkier, G.Markes, CHingiz Aytmatov, Abo Kabe, Al­Maarriy, Husayn Jovid, Aziz Nesin... sanayversang, cheki yo’q sahifalar to’ladi. Bu ulug’ siymolarning asarlari bilan tanish bo’lmagan insonning ma’naviy barkamolligi, baribir, kemtik bo’ladi. Aslida, bular ham chegara emas. Rafael, Kamoliddin Behzod, Repin, Ayvazovskiy, Ivanov, O’rol Tansiqboev, A.Abdullaev, CHingiz Ahmarov singari musavvirlarning o’lmas asarlari bilan kinosan’atining, haykaltaroshlikning, me’morlikning, umuman barcha san’at turlarining, hech bo’lmaganda, minimum namunalari haqida o’rtacha tasavvurga ega bo’lmagan yoshlarni ma’naviy yetuk deb bo’ladimi? SHu bois san’atning, ma’naviyatning barcha sohalarida insoniyat yaratgan mumtoz asarlar bilan yoshlarning, xususan talabalarning tanish bo’lishlari maqsadga muvofiqdir.
Tabiiyki, shu o’rinda “Bularning barchasini o’rganish uchun vaqt ham, imkoniyat ham yetmasa kerak?”, “Audiovizual texnika taraqqiy etib ketgan bir zamonda bularni o’rganishga talabalarda xohish va moyillik bo’lishiga imoningiz komilmi?” tarzidagi savollar tug’ilishi tabiiy. Hamma gap ham ana shunda­da! Talaba­ yoshlar bilan ma’naviy va madaniy tarbiya olib borishni tashkil etishda bularning barchasini hisobga olish kerak. Talaba­yoshlar orasida ma’naviy va madaniy tarbiya masalasiga kompleks tarzda yondashish talab qilinadi. Bu, mazkur tarbiya rejalari bir qancha turkum (bloklar) dan tashkil topadi degani. Mazkur bloklarning turlari haqida gapirishdan oldin talabalarning yashash sharoiti, muhiti, madaniy saviyasiga ko’ra farqlanishlari mumkin bo’lgan jihatlar haqida ham to’xtalmoq joiz. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari talaba va o’quvchilari, eng avvalo, hududiy jihatdan mahalliy va uzoq joylardan kelganlarga bo’linadi. Mahalliy talabalar oila sharoitida yashab o’qiganlari uchun yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi yoshlardan muayyan xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Ayni paytda, yotoqxonada istiqomat qiluvchilarning o’zlari ham moddiy ta’minlanganlik darajasiga, umummadaniy saviyasiga ko’ra bir xil bo’lmaydi. Ularning bu boradagi imkoniyat va salohiyatlarini nazar­e’tibordan qochirib bo’lmaydi. Oilalarida yashab o’qiyotgan talab va o’quvchilar to’g’risida ham shuni aytish mumkin. Demak, yoshlar orasida ma’naviy va madaniy ishlarni tashkil etish bir qarashda jo’ndek tuyulsa­da, aslida emas. Bunda turli omil va xususiyatlarni hisobga olgan holda yondashish talab qilinadi. Talaba­yoshlar orasida olib boriladigan ma’naviy va madaniy ishlarning metodikasini yaxshi bilish mazkur sohadagi muvaffaqiyatli faoliyat olib borishning garovidir.
Bilim maskanlarida olib boriladigan ma’naviy­ma’rifiy ishlarning samarasi, eng avvalo, to’g’ri tuzilgan reja va tadbirlarga bog’liqdir. Biz Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy pedagogika institutiga malaka oshirishga kelgan kasb-hunar kollejlari direktorlarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha muovinlaridan referatlar o’rniga o’z jamoalarida ma’naviyat va ma’rifat ishlarini olib borish yuzasidan reja tuzishni iltimos qilindi. Taassufki, ular tuzgan rejalarning aksariyatida o’tkaziladigan tadbirlar eskidan nishonlanib kelinadigan bayramlar, sport musobaqalari, ota­onalar yig’ilishi va qisman suhbatlar o’tkazishdan iboratligining guvohi bo’ldik. Ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar nazar­e’tiborga olingan bo’lsa ham, ma’naviy tarbiya sohasidagi ishlar yetarli hisobga olinmagan. SHu bois biz bilim maskanlari o’quvchi va talabalari o’rtasida olib boriladigan ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning taxminiy reja va tadbirlari, rejadagi vazifalarni bajarishda nimalarga e’tibor berilishi katta ahamiyatga egadir.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2006 yil 25 avgustda imzolangan «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi qarori shunday jumla bilan boshlanadi: «Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda»1. Mazkur qarorning Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash to’g’risidagi jumla bilan boshlanishi yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashga naqadar katta e’tibor berishimiz zarurligini ko’rsatadi. SHu bilan birga, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati ham Prezident qarorida aniq belgilab berilgan. Qarorning Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifalariga bag’ishlangan qismida, jumladan, shunday deyiladi: «Aholining keng qatlamlari, avvalambor, yoshlar o’rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo’naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar o’tkazish»2 – zamonning dolzarb muammolaridan biridir. Prezident qarorida milliy g’oyani targ’ib qilishda madaniy-ma’rifiy tadbirlarga alohida o’rin ajratilishi mazkur tadbirlarning bir qator xususiyatlari bilan bog’liq. Bu tadbirlardan milliy g’oyani targ’ib qilishda samarali foydalanish uchun mana shu xususiyatlar haqida aniq tasavvurlarga ega bo’lish zarur.

11 Халқ сўзи газетаси, 2006 йил 26 август.

22 Ўша жойда.
3 Каримов И.А “Юксак маънавият-енгилмас куч”, Т.: “Маънавият” 2008 й 117-бет

Download 22,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish