“Yoshlar OITSga qarshi” tarbiyaviy tadbir ssenariysi
Tadbir zali “Yoshlar OITSga qarshi” shiori ostidagi turli xil plakatlar bilan bezatilgan.
Sahnaga boshlovchi chiqib keladi.
Sog‘lom oilaning sog‘lom bolasi,
Yurtning iftixori, gul-u lolasi.
Sensan Vatanimning suyangan tog‘i,
Ey zakiy dilbandim, elim ardog‘i!
Boshlovchi: Assalomu alikum qalbi qo‘riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan
aziz ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar. “Yoshlar OITSga qarshi” nomli tadbirimizga
hush kelibsiz! Bugun 1-dekabr jahon hamjamiyati Xalqaro OITSga qarshi kurashish
kunini nishonlaydi.
Salomatlik-kishilar turmush darajasi va sifatining ko‘rsatkichidir va shu jihatdan
inson salohiyatini rivojlantirish maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir
fuqaroning salomatligi ham davlatning strategik maqsadi, milliy xavfsizlgining garovi
sanaladi.
Ham jismonan, ham ma’naviy sog‘lom avlodning turmush tarzini yaratish davr
taqozosidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimovning “Buyuk maqsad
yo‘lidan og‘ishmaylik” nomli asarida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun
kurashamiz. Har taraflama sog‘lom avlodga ega bo‘lgan xalqni hech qachon yengib
bo‘lmaydi” deb ta’kidlaganlar. Darhaqiqat, sog‘lom avlodni shakllantirish masalasi
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun O‘zbekiston
OITSga qarshi kurashishga qaratilgan say-harakatlarni har tomonlama qo‘llab –quvvatlayotgan mamlakatlardan biridir. Biz avval OITS haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsak. OITS qanday kasallik va qanday yo‘llar orqali yuqadi? Bu haqida “Sog‘lom hayot”
hamda “Sog‘lom jism” guruhlarini taklif etsakda ularni tinglasak. (Sahnaga uchta o‘quvchidan iborat guruh ishtirokchilari chiqib kelishadi).
I-“Sog‘lom jism” guruhi.
1-o‘quvchi:
OIV- Odamning immunitet tanqisligi virusi OITSni qo‘zg‘atuvchisi
hisoblanib, bu infeksiya inson tanasining kasalliklarga qarshi himoya qobiliyatini ishdan
chiqaradi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi virusni 1983-yil OITS bilan kasallangan
insonlardan Amerikalik olim Robert Gallo va Fransiyalik Lyuk Montan’elar mustaqil
ravishda aniqlaganlar. Hozir OITS deyarli barcha davlatlarda tarqalganligi uchun u “XXI
asr vabosi” deb ataladi.
2-o‘quvchi:
Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 3-4 haftadan 5-6 oy, hatto 5-7 yilgacha davom etadi, so‘ng OIV infeksiyasining klinik belgilari namoyon bo‘ladi. Bunda
kamquvvatlik, ishtaxaning pasayishi, kechalari terlash, uzoq vaqt sababsiz tana
haroratining ko‘tarilishi, limfa bezlari, jigar, taloqning kattalashuvi kuzatiladi, terida
toshmalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ich ketishi, sababsiz o‘pka shamollashlari holatlari,
odamning keskin ozib ketishi, xavfli o‘smalarning rivojlanishi yuzaga keladi. Ba’zan
OITS bilan kasallangan insonlar sog‘lom ko‘rinishlari va o‘zlarini bardam-baquvvat his
etishlari mumkin. Biroq ular shunday kasallikni boshqalarga yuqtirishlari mumkin.
Kasallikning avj olish davrida bemor gepatit, sil, nafas yo‘llari va oshqozon ichak tizimini
zararlovchi turli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
OIV infeksiyasining so‘nggi bosqichi OITS hisoblanadi. OITSga chalingan
shaxslar zaiflashib qoladilar, chunki ularning tanasi kasallikka qarshi qobiliyatini
yo‘qotgan bo‘ladi va buning natijasida inson hayotdan ko‘z yumadi.
3-o‘quvchi:
Kasallik uch xil yo‘l bilan yuqadi.
Birinchi - tabiiy jinsiy yo‘l bilan.
Ikkinchi - sun’iy yo‘l ya’ni teri va shilliq qavat butunligining buzilishi bilan
kechadigan muolajalarda nostril tibbiy va notibbiy asboblardan foydalanganda, soqol
olish uskunalari va tish yuvish vositalari umumiy ishlatilganda, teriga tatuaj qilib rasm
solganda, kosmetika muolajalarida, tekshirilmagan qon va qon mahsulotlari quyilganda,
a’zo va to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilganda.
Uchinchisi- OIVni yuqtirib olgan homilador ayoldan homilaga yoki chaqaloqqa
yuqishi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, u so‘lak, ko‘z yoshi ter, siydik tarkibida ham
aniqlangan, lekin ularda virus konsentrasiyasi juda kam miqdorda bo‘lgani sababli
kasallik chaqirish qobiliyatiga ega emas. OITS organizmning infeksiyaga va saraton
kasalliklariga qarshi kurashiga to‘sqinlik qiluvchi yuqumli kasallikdir. OITS
qurbonlarining o‘limiga virus emas aynan shu kasallik sabab bo‘ladi. OITS kasalligida
ko‘pincha markaziy asab tizimi jarohatlanadi, bu esa turli ruhiy va nevrologik
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasallik yosh bolalarda ancha tez zo‘rayadi. OIV
yuqtirganlik to‘g‘risidagi tashxis faqat laboratoriya yo‘li bilan amalga oshirilishi
mumkin.
OITS bedavo dard, bu kasallikning to‘la davosi aniqlanmagan, biroq immunitet
tizimini shikastlashda davom etishiga chek qo‘yuvchi antiretrovirus ARV preparatlari
mavjud. ARV vositalari OITSga chalingan kimsalarga ancha uzoq davr hayot kechirish
imkonini beradi.
II-“Sog‘lom hayot” guruhi.
1-o‘quvchi:
Butun jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan OITS bo‘yicha
butun dunyoda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi kunda jahon bo‘yicha 42
millon kishi OIV infeksiyasiga chalingan bo‘lsa, har yili ularning safiga yana 2 millon
700 ming nafar kishi qo‘shiladi. O‘tgan davr mobaynida qariyb 2 millonga yaqin odam
bu kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
2-o‘quvchi:
Dunyo bo‘yicha kasallikni o‘ziga yuqtirgan insonlarning asosiy qismini
15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi, shu jumladan, kasallikni o‘ziga
yuqtirganlarning yarmi 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ularning ko‘pchiligi onasi
homiladorlik paytida tug‘ilish va ko‘krak suti bilan boqish paytida virusni yuqtirganlar.
3-o‘quvchi:
Dunyoning ko‘pgina davlatlarida OITS infeksiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun javobgarlik berilgan, ayrim davlatlarda buning uchun og‘ir jazo tayinlangan.Mamlakatimiz
Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko‘ra, bila turib boshqa shaxsga
OIV kasalligini yuqtirgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
Boshlovchi: Barakalla o‘quvchilar! Endi ishtirokchilarimizdan “Ha” yoki “Yo‘q”
o‘yini orqali OITSni qanday yo‘llar orqali yuqishi hamda qanday yo‘llar orqali
yuqmasligini yanada to‘liqroq ma’lumotlar orqali bilib olsak.(Har bir guruh
ishtirokchilariga bittadan savol berib boriladi).
1. OITS virus orqali tarqaladi.
2. OITSni davolash mumkin.
3. OITS shunday holatki, unda inson a’zolarining boshqa kasalliklarga qarshilik
ko‘rsata olish qobiliyati susayadi.
4. OITS qon quyish orqali yuqadi.
5. OITS boshqalar foydalangan ignalarni ishlatish orqali yuqishi mumkin.
6. OITS umumiy idishdan foydalanish va yo‘tal orqali yuqishi mumkin.
7. OITS quchoqlashish, qo‘l berib ko‘rishish,aksirish,oshxona jihozlari,
sochiqlar,suzish havzalaridan foydalanish orqali yuqishi mumkin.
8. OITS onadan homilaga o‘tadi.
9. OITS yuqqach,faqat bir necha yildan so‘nggina o‘z belgisini namoyon etadi.
10. Kontraseptiv tabletkalar OITS yuqishi xavfini pasaytiradi.
11. Kishini tashqi ko‘rinishiga qarab ushbu kasallikni yuqtirgan yoki yuqtirmaganini
aniqlash mumkin.
12. Insonlar o‘zaro suhbatlashganda yuqishi mumkin.
Boshlovchi: Barakalla aziz o‘quvchilar! Endi ishtirokchilarimiz quyidagi shartlarni
bajaradilar:
I-guruh ishtirokchilari sog‘lom hayot tarzini yartishimiz uchun nimalarga e’tibor
berishimiz kerak?
Agar siz ustunchadagi yashirin so‘zlarni topsangiz sog‘lom hayot tazriga yo‘l
topasiz.(O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga yashirin so‘zlarni yozadilar)
1. Sog‘lom turmush tarzi
2. Sport bilan shug‘ullanish
3. Ozodalik
4. Mehr
5. Tabiatni asrash
6. Parxez
7. Hurmat
8. Teran aql
9. Yaxshilik
10. 10.Ezgulik
11. To‘g‘rilik
12. Axloqlilik
13. Mehnatsevarlik
14. Shirinsuxanlik
Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa “O‘z yo‘lingni o‘zing tanla” plakatiga mavzuni aks ettiruvchi rasm chizadilar va matn yozadilar.(O‘quvchilar ma’lum vaqt davomida o‘z
tasavvurlaridan kelib chiqib plakatga rasm chizadilar. Guruhlar taqdimoti izohlar,
guruhlarni olqishlash bilan o‘tadi).
……………….. tarzi
…… bilan shug‘ullanish
………….lik
Me…..
………….. asrash
…….xez
Teran…………
Yax………….
Ez…………..
To‘g‘………….
Ax……………..
Meh……………
(Tadbirda qo‘shimcha tazrda OITS bilan kasallangan insonga salbiy munosabatda
bo‘lish natijasida bemor tushkunlikka tushib qolishi,shuning uchun ularga samimiy
munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi videorolikni namoyish etiladi).
Boshlovchi: Azizlar! Bugungi tadbirdan asosiy maqsadimiz shuki bunday bedavo
kasallikka chalinmaslik uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilaylik, o‘zimizni va
yaqinlarimizni turli xastaliklardan extiyot qilaylik. Salomatligimizga bee’tibor
bo‘lmaylik.
OIV degan vaboga xech kim duchor bo‘lmasin,
Quvonch to‘la ko‘zlar xech g‘am-anduhni ko‘rmasin,
Bo‘ling doim salomat, bizga erur shu eng oliy baxt
Hayotingiz nurlarga to‘lsin,hamroh bo‘lsin baxtu-saodat!
Do'stlaringiz bilan baham: |