to‘qqizinchidan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
o‘ninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish;
o‘n birinchidan, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
o‘n ikkinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda g‘oyaviy-uslubiy jihatdan ko‘mak berish.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish.
2017-yil 30-iyun kuni ``Kamlolot`` ijtimoiy harakatining IV quriltoyida Prezidentimiz SH.Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashib ularga o`zining bu uchrashuvdan qanchalar shod ekanligini va bu uchrashuvni ko`pdan beri kutganligini mamnuniyat bilan e`lon qildi. ``Bugun sizlarning qalbingiz, yuragingizdagi o`y fikrlar, maqsad muddaolar, kerak bo`lsa ushalmay turgan niyatlar bilan yaqindan tanishish, bu asosda yoshlar siyosati bo`yicha olib borilayotgan ishlarimizni tanqidiy baholab, tegishli qarorlar qabul qilishni men o`z faoliyatim uchun g`oyat muhim deb bilaman`` deydi: Mirziyayev o`z qizg`in nutqida. Ma`lumki hozirgi dunyoda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratisya, ``ommaviy madaniyat`` kabi xavf-hatarlar kuchayib ommaviy qadryatlarga putur yetkazmoqda shunda dolzarb zamonda yoshlarning birlashishi vaqtlarini mazmunli ishlarga sarf qilishlari foydali ilmlarni egallashlari nafaqat o`zlari,oilalari uchun balki davlatimiz rivoji uchun uning dunyodagi buyuk davlatlar qatoridan joy olishi uchun ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu kunning muhim qarori esa ``Kamolot`` ijtimoiy harakati ``Yoshlar ittifoqiga`` aylantirilishi haqidagi taklif va uning ijrosiga kirishilishi bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionatida g`olib chiqqan O`zbekiston terma jamoasiga tabrik yo`llaydi. Tabrik matni quyidagicha: Barchangizni futbol bo`yicha yoshlar o`rtasida bo`lib o`tgan Osiyo chempionatining final bosqichida g`oyat og`ir va noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay matonat va jasorat ko`rsatib g`oliblikni qo`lga kiritganingiz bilan o`z nomimdan, ko`p millatli xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.
Sizlar qo`lga kiritgan mislsiz bu g`alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag`ishlab, O`zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodri ekanini yana bir bor ko`rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubxasiz mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo`shadi. El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoiy o`g`lonlari bilan yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi. Barchangizni bag`rimga bosib, sizlarga sihat-salomatlik, kuch-g`ayrat, jonajon O`zbekistonimizning shon shuhratini dunyoga taratishingizda yutuqlar va zafarlar tilab qolaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |