Yoshlar ishlari agentligida davlat xarid larin I am alga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom


-§. Elektron tanlov o ‘tkazishda tanlov hujjatlarini ishlab chiqish



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana28.11.2022
Hajmi1,13 Mb.
#873951
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
xarid komissiyasi tarkibi

2-§. Elektron tanlov o ‘tkazishda tanlov hujjatlarini ishlab chiqish
va elektron tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berish
140. Agentlik direktori tomonidan elektron tanlov o‘tkazish to ‘g ‘risidagi buyruq 
qabul qilinganidan so‘ng Ishlar boshqarmasi tomonidan tanlov hujjatlarining, shartnoma 
va elektron tanlov o ‘tkazish haqidagi e ’lonning matni ishlab chiqiladi.


141. Elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e ’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovaming (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
elektron tanlov o ‘tkazadigan operatoming nomi va uning veb-saytiga havola;
elektron tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
Agentlikning ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar 
sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining 
F.I.SH., lavozimi va manzili;
tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan vaqt va sana;
tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Elektron tanlov o ‘tkazish to ‘g ‘risidagi e ’londa qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan 
boshqa axborot ham bo ‘lishi mumkin.
142. Tanlov hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
elektron tanlov o ‘tkazilishi to ‘g ‘risidagi e ’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun 
foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
elektron tanlovda ishtirok etish uchun tanlov taklifi qaysi tilda tayyorlanishi 
kerakligi bo‘yicha talab;
elektron tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlami 
taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
agar tovaming (ishning, xizmatning) muqobil variantlariga yo‘l qo‘yilsa, lotni 
almashtirish bo‘yicha muqobil takliflami baholash tartibining tavsifi;
texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq ishtirokchilaming takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib 
chiqish tartibi.
143. Tanlov taklifining texnik va narx qismi bo‘yicha Agentlikning tovarlarga 
(ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini 
baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.
Tanlov hujjatlarida ballaming boshlang‘ich qiymatlari belgilanishi mumkin va 
ulardan o ‘tmagan ishtirokchi elektron tanlovdan chetlatiladi.
Tanlov taklifining texnik qismi uchun miqdoriy ko‘rsatkichlardan (malakali 
mutaxassislar soni, yetkazib berish muddati, ish tajribasi va boshqalar) yoki ekspert 
bahosidan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.
Ball usulidan foydalanganda tanlov taklifining texnik qismining har bir baholash 
mezoni bo‘yicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan 
foydalanganda ishtirokchining tanlov taklifi tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga 
mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.
Tanlov hujjatlarida belgilangan mezonlar o‘ta muhim qiymatga ega bo‘lishi 
mumkin. Bunda tanlov taklifining belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini 
elektron tanlovning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi.
Shartnoma summasi (narhi) tanlov taklifi narx qismining yagona mezoni 
hisoblanadi.
144. Tanlov hujjatlariga ulaming ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova 
qilinadi.


145. Agentlik tanlov hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid 
komissiyasiga kiritadi.
146. Xarid komissiyasi tanlov hujjatlarini yuzma-yuz majlisda yoki masofadan 
turib Qonun talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va quyidagilami belgilaydi:
tanlov takliflari qabul qilinadigan muddatlar;
tanlov takliflarini baholash usullari va mezonlari;
tanlov takliflari qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash 
mezonlarining nisbiy qiymati;
tanlov taklifini ta’minlash hajmi va shakli.
147. Elektron tanlovni o ‘tkazish haqida qaror tanlov hujjatlari xarid komissiyasi 
tomonidan kelishilganidan so‘ng qabul qilinadi.
148. Tanlov 
hujjatlarida 
kamchiliklar 
aniqlangan 
taqdirda, 
aniqlangan 
kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, xarid komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlari 
qayta kelishilishi kerak.
149. Agentlik direktori xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlov hujjatlarini 
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
150. Tasdiqlangan tanlov hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek elektron 
tanlov o ‘tkazish haqidagi e ’lon elektron tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish 
muddati tugashidan kamida o ‘n kun a w al Ishlar boshqarmasi tomonidan portalga 
joylashtiriladi.
151. Elektron tanlov o ‘tkazish haqidagi e ’lon qo‘shimcha ravishda Agentlikning 
rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.
152. Zarur hollarda Agentlik tanlov hujjatlariga o‘zgartirish kiritish haqida qaror 
qabul qilishi mumkin.
153. Tanlov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to ‘g ‘risida qaror elektron tanlovda 
ishtirok etish uchun tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch 
kun oldin qabul qilinishi mumkin.
Bunda ushbu elektron tanlovda tanlov takliflarini berish tugaydigan muddat tanlov 
hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida o‘n kunga uzaytirilishi 
kerak. Shu bilan bir vaqtda, agar e ’londa ko‘rsatilgan axborot o ‘zgartirilgan bo‘lsa, 
elektron tanlov o‘tkazish to ‘g ‘risidagi e’longa o‘zgartirishlar kiritiladi.
Tanlov hujjatlariga o ‘zgartirishlar kiritish davomida tovami (ishni, xizmatni) yoki 
uning xususiyatlarini o ‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
154. Tanlov hujjatlarida Agentlik har bir tovar (ish, xizmat) alohida lot sifatida ko‘rib 
chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bunday holda Agentlik tovarlami (ishlami, xizmatlami) 
yetkazib berish uchun tanlovning har xil loti bo‘yicha bir nechta ishtirokchi bilan 
shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish