Savollarga javob
O‘g‘il bolalarga kichkina varaqlarga quyidagi savollarga javob yozishlarini taklif qiling.
Trener yigitlarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:
-
Balog‘at yoshi deganda nimani tushunasiz?
-
Balog‘at yoshi qachon to‘liq shakllanib bo‘ladi?
-
Polyutsiya deb nimani tushunasiz?
-
Qanday gigiyenik vositalardan foydalanish mumkin?
-
Qanday holatlarda shifokorga murojaat qilish zarur.
Varaqlarni yig‘ib olganingizdan so‘ng javoblarni o‘qib, har bir savol bo‘yicha aniqlik kiritish
uchun mini-ma’ruza qiling. Ayniqsa, qanday holatlarda shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida
alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Bunday holatlarda o‘g‘il bola hududidagi tuman ko‘p tarmoqli
poliklinikaga yoki Viloyat reproduktiv aholi salomatlik markazidagi shifokorga murojaat qilishni
tavsiya bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |