“Asalari uyasi”
Agar mavzu dolzarb, ishtirokchilar uchun muhim bo‘lsa, ularga taklif etilayotgan axborot
qiziqarli va zarur bo‘lsa, odatda, ular shu zahoti, tanaffusni ham kutmasdan fikr almashishni
xohlaydilar. Xonada shovqin, pichir-pichir yuzaga keladi. Moderator ishtirokchilardan balandroq
ovozda gapirishi yoki ularni tartibga chaqirishiga to‘g‘ri keladi. Unisi ham, bunisi ham, odatda,
yetarlicha samara bermaydi.
Bu muammoni yechish yo‘llaridan biri “Asalari uyasi“ deb nomlanadi. Trener o‘z so‘zini
to‘xtatadi va ishtirokchilarga besh daqiqa davomida “asalari” bo‘lish (“g‘ing‘illab olish”ni, zarur
bo‘lsa, “uchib kelish”)ni taklif qiladi. Buning uchun oldindan qog‘ozdan asalari uyasi plakatini
tayyorlash mumkin.
Vaqt tugaganidan so‘ng, o‘z chiqishini davom ettirishdan oldin trener o‘z fikrlari,
muhokama davomida tug‘ilgan g‘oyalari bilan o‘rtoqlashishni xohlovchilar bor yoki yo‘qligini,
taklif etilgan mavzu yoki muammo yuzasidan e’tirozlar mavjudligini savollar orqali aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |