Yosh manaviyatchilar



Download 0,67 Mb.
Sana01.01.2022
Hajmi0,67 Mb.
#280178
Bog'liq
Tarbiya to'garak hujjat









O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIM VAZIRLIGI



____- umumiy o’rta ta’lim maktabining

Tarbiya fani o’qituvchisi ________________nning

to’garak mashg’ulotlari ishlanmasi



,,YOSH MANAVIYATCHILAR”

NAMANGAN

2020­-2021-o’quv yili

Tasdiqlayman”


MMIBDO’­­__________________________________

Tarbiya fanidan 2020- 2021 o’quv yili uchun tuzgan

ISH REJASI







Soati

Muddat

Vaqti

1

Ona yurtim - oltin beshigim

2







2

Rostgo‘ylik ­­jamiyat ravnaqi!

2







3

Inson axloqi bilan go’zal

2







4

Harakat qilmagan baxtga yetolmaydi

2







5

Ilm va zakovat tushunchasi


2







6

Qadriyatlar beshigisan mahalla

2







7

Liderlikka hos husussiyatlar

2







8

Kelajak kasblari

2







9

Kelajak kasblari Amaliy mashg’ulot

2







10

Maqsadga qanday erishiladi?

2







11

Baxt oilada

2







12

Biznesni boshlash uchun zamonaviy g’oyalar

2







13

Do’stlik va mehr oqibat

2







14

“Befarqlik va loqaydlik”


2







15

Frilanserlik XXI asr kelajagi


2







16

Frilanserlik XXI asr kelajagi

2





17

Hayvonlarga g’amxo’rlik qilish


2







18

“Eng buyuk jasorat‘‘


2







19

Din va axborot iste’moli madaniyati

2







20

Inson umri bebaho nemat

2







21

Inson va huquqlari oliy qadriyat

2







22

Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.

2







23

Ishonchsiz xatti-harakatlar


2







24

Ogohlik davr talabi

2







25

Kiber makon va biz

2







26

Qiyin vaziyatda xissiyotlarni boshqarish


2







27

Sabr toqat oxirigacha borishni anglatadi

2







28

Suv-hayot manbai


2







29

Tabiatni asrash hayotni asrash


2







30

Tanqidiy fikirlash

2







31

Tejamkorlik yaxshi fazilat


2







32

Tushkunlik va bezovtalikni boshqarish


2







33

Til bilgan dunyo ko’radi

2







34

Men tanlagan kasb


2









Jami:


68









To’garaka’zolariningro’yxati



O’quvchilarning ismi va familiyasi




Sinfi




1

2







3







4







5







6







7







8







9







10







11







12







13







14







15







16







17







18







19







20







21







22







23







24







25







26







27







28







29







30








TO’GARAK A’ZOLARINING DAVOMATI




O`quvchilar ismi

va familiyasi











































1616161616







1























































2























































3























































4























































5























































6























































7























































8























































9























































10























































11























































12























































13























































14























































15























































16























































17























































18























































19























































20























































21























































22























































23























































24























































25























































26























































27























































28




























































O`quvchilar ismi

va familiyasi











































1616161616







1























































2























































3























































4























































5























































6























































7























































8























































9























































10























































11























































12























































13























































14























































15























































16























































17























































18























































19























































20























































21























































22























































23























































24























































25























































26























































27























































28

























































1-Mavzu: ― Ona yurtim - oltin beshigim

Mashg’ulotning maqsadi:`quvchilarga O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish..O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.

Tayanch kompetensiya elementlari:

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.

Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.

Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik

II.Asosiy qism:

1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling

2-savol. "Shu aziz Vatan - barchamizniki" deganda nimani tushunasiz?

3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o`ylab ko`rganmisiz?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi

Ona yurtim - oltin beshigim

Insonlarni, ularning nomi, yodini aziz etgan tabarruk Vatan undan-da zizroq. Dunyoning yarmidan ko‘p azizu avliyosini, shohu sultonini dunyoga keltirgan mo‘tabar zamindir bizning diyorimiz. Zarrasi ko‘zlarga to‘tiyo, g‘ubori oltindan qimmat, har maysasi – ibrat, har boshog‘idan hadis unib chiqquvchi purhikmat tuproq. Bunda qatlam-qatlam ma’rifatu tamaddun, qatlam-qatlam bo‘lib azizu avliyolar yotibdilar. Ko‘hna kitoblarning shahodat berishicha, birgina Samarqand tuprog‘ining o‘zida 400 mingga yaqin valiylaru azizlar xoki o‘z mujassamini topgan. 400 ming bedor, uyg‘oq ruh kechayu kunduz yurt uzra panoh bo‘lib turibdi. Shu sababli, bu manzillarga qadam bosganda qalb ilohiy hayajonlar ila mavjlanadi, tan va ruh beixtiyor jimirlay boshlaydi.

Insonning azizligiyu millatning buyukligini, or-nomus va g‘ururni, iftixor bilan sha’nu shavkatni o‘zida mujassam etgan manzilu makonlar, shaharlar va kentlar, binolaru ko‘chalar, yo‘llar va ko‘priklar… Bular bir kundayoq, o‘z-o‘zidan osmondan tushgani yo‘q, albatta. Bular – Istiqlolning, shu davru zamonning inshootlarga, maydonlar, ko‘cha va xiyobonlarga aylangan eskirmas hujjatlari, orzu-maqsadlarimizning Vatan kitobidan mangu maqom topgan sarg‘aymas sahifalari, farzandlarimiz baxti-kelajagining nurlanib turgan timsollari.

Milliy ozodlikka erishgan qadim obidalar, qadamjolar.

Bu shamollar ko‘ksiga tegmog‘ini zahmatkash xalqimiz roppa-rosa 130 yil kutdi. Abdulhamid Cho‘lpon “Ey, sovuq ellardan muz kiyib kelg‘onlar. Ey, manim bog‘imdan mevamni terg‘onlar” deya nadomatli satrlar bitgan istibdod va malomat, mutelik va qaramlik yillari kunlarga bo‘linganda – 47 ming 450 kundan iborat erksizlik va haqsizlik davri. Shu bois Shahrisabzda – muhtasham Oqsaroy poyida, Sohibqiron Amir Temur qoshida buyukligini anglagan, Buxoroyi sharifda Bahouddin Naqshband bobo ayvonida turib azizligini bilgan, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziylar ziyoratidan qayta tug‘ilganday bo‘lib kelayotgan, Andijonda Zahiriddin Muhammad Boburdan g‘ururlanib, Urganchda Jaloliddin Manguberdidan saboq olgan, Termizda Alpomish yonida ko‘kragida Boychiborlar depsinib uyg‘ongan avlodga – bugungi 19 yoshli vatandoshlarga necha zamonlaru asrlar havas qilsa arziydi.

Shu o‘rinda Istiqloldan bir yil avval, mustabid tuzum jon bergisi kelmay, zug‘um va zo‘ravonligi talvasaga aylangan qaltis bir davrda, yurtimizda davlatimiz Birinchi rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan bir ma’naviy-ma’rifiy jasoratni eslab o‘tmoq g‘oyat ibratlidir. Buyuk muhaddis Iso at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan xaroba choldivor holida, g‘arib va qarovsiz yotgan allomaning maqbarasi, yon-atrofi obod etilib, ko‘rkam va mahobatli ziyoratgoh majmuaga aylantirildi. Ilmiy anjumanga kelgan ko‘plab xorijiy mehmonlar, vatandoshlarimiz ushbu hodisani buyuk o‘zgarishlarga, bu yurtda ham hurriyat shamollari esajagiga timsol deb bilib, ko‘zda yoshu tilda duo bilan ketgan edilar.

Oradan bir yil o‘tib, xalqimiz tarixidagi eng buyuk olamshumul voqea – O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan keyin, Istiqlolning ilk sanasiga hazrat Alisher Navoiy yili deb ramziy-timsoliy nom berilishi bilan davlatimiz o‘z tanlagan yo‘li, insonparvarlik va tinchliksevarlik g‘oyasi, maqsad va muddaosini jahon ahliga ma’lum qildi.

O‘shanda, ya’ni, 1991 yilning 28 sentabr kuni Toshkent shahrida Alisher Navoiy haykali va O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimida Prezidentimiz so‘zlagan nutq, jumladan, ta’kidlab aytilgan quyidagi so‘zlar barchamizni hamisha ogohlik va hamjihatlikka undab turadi:

III.Mashg’ulotni yakunlash:

Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston g`alabasidir!Mashg’ulot davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.

Ushbu darslar oddiy ma'ruzavozlikdan iborat bo`lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko`proq amaliy tomonlariga e'tibor qaratilishi lozim.

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib mustaqil ish tayyorlab kelish.

MMIBDO’____________________

2-Mavzu: Rostgo‘ylik ­­jamiyat ravnaqi!

Mashg’ulotning maqsadi:`quvchilarga Rostgo’ylik yaxshi fazilat ekanligi o`zlikni anglash tuyq’ularini shakllantirish..O`quvchilarni mustaqil, rost so’zlash va dunyoqarashlarini o`stirish.

Tayanch kompetensiya elementlari:

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.

Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik

II.Asosiy qism:
Rostgo‘ylik ­­jamiyat ravnaqi!

Bilasizmi? A A A

Rostgo‘ylik ­­jamiyat ravnaqi!

Rostgo‘ylik jamiyat ravnaqi va shaxslar o‘rtasidagi ishonchning bardavom va barqaror bo‘lishiga kafil bo‘ladigan sifatlardan biri. Shuning uchun fazilatlarning asosi va millat taraqqiyotining belgisi, deb e’tibor qilinadi. Agar bu sifat yo‘qolsa, o‘rniga ishonchsizlik keladi va hamjihatlik yo‘qoladi. Rostgo‘ylik jamiyatdagi eng zarur omillardandir. Zero, undan ko‘p xayrli ishlar hosil bo‘ladi. U bilan haq-huquqlari qaytariladi. Rostgo‘ylik orqali odamlar o‘rtasida ishonch hosil bo‘ladi. Shuning uchun Qur’onda mo‘minlar bu sifatni xulq qilib olishga da’vat qilib aytiladi:

“ Ey iymon keltirganlar! Allohdan qo‘rqingiz va (iymonda) sodiq kishilar bilan birga bo‘lingiz!” (Tavba, 119).

“Ey, mo‘minlar! Allohdan qo‘rqingiz va to‘g‘ri so‘zlangiz!” (Ahzob, 70).

Hadisda shunday deyiladi: “To‘g‘rilik, rostgo‘ylik yaxshilikka olib keladi. Yaxshilik esa jannatga olib keladi”.

Junayd Bog‘dodiy rostgo‘ylik borasida shunday degan: “Rostgo‘y inson 40 yil bir holatda bo‘ladi. Riyokor esa bir kunda 40 marta o‘zgaradi”.

Tarixiy asarlarda yozishlaricha, xalifa Mustarshid o‘z o‘g‘liga yozgan vasiyatnomasida shunday degan: “Ey farzand, agar hamma xalq sendan qo‘rqishini xohlasang, zinhor yolg‘on so‘zlama, chunki yolg‘onchi kishi behaybat bo‘ladi. Agar ming qilich uni himoya qilsa, ya’ni ming kishi o‘tkir tig‘ va shonu shavkat va azamati uchun tutib tursalar va lekin uning zaboni shamshirida rostgo‘ylik javhari bo‘lmasa, xaloyiq nazarida hech haybati va salobati bo‘lmas”. Yuqoridagi gaplardan xulosa qilib, omma xalqimizni rostgo‘ylikka chaqiramiz va Allohdan bu borada tavfiq va ofiyat so‘raymiz!

To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.



Uyga vazifa: Mavzuni o`qib mustaqil ish tayyorlab kelish.

MMIBDO’____________________
3 Mavzu: Inson axloqi bilan go’zal

Mashg’ulotning maqsadi:`quvchilarga O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish..O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.

Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.

Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.

Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik

II.Asosiy qism:

Inson odobining eng muhim ko‘rinishlaridan biri bu ilmni hurmat qilishdir, ilmni hurmat qilgan kishi esa, albatta ustozini hurmat qiladi. Zero, ilmni va ilm ahlini hurmat qilish odobli kishilarning fazilatlaridandir. Shu bilan birga bir-biriga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lmoq, har qanday holatda ham o‘zini tuta bilmoq, o‘zgalarni ham o‘zidek hurmat qilmoq inson odobining asoslari hisoblanadi.

R izouddin ibn Faxruddin “Ahli ayol” kitobida yozadi: “Odam bolasining bahosi, qadru hurmati axloqiga qarab bilinur. Go‘zal axloqli kimsalar eng mo‘’tabar bo‘lib, axloqsizlar esa xalq qoshida qadrsiz bo‘lurlar. Odam bolasining yosh chog‘ida o‘rgangan odobi qabriga qadar birga yo‘ldosh bo‘lib boradur. Shuning uchun go‘zal axloqni yosh vaqtida o‘rgatish kerak. Go‘zal axloq har bir kishi uchun ham zarur, biroq qizlar uchun ko‘proq zarurdir. Ahloqsiz qizlar xalq orasida yaxshi ism chiqara olmaslar, e’tiborlari ham bo‘lmas. Go‘zal xulqlarning onasi hayo ila iffatdir. Bir qizda agar hayo ila iffat bo‘lsa, unda barcha yaxshi xulqlar jam bo‘ladi”.

Abdulloh Ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansoriy bir kishi oldidan o‘tayotgandilar, u ansoriy birodariga uyalishdan qaytarib nasihat qilib turgan edi. (ya’ni juda qattiq hayoli bo‘lma! O‘zingga qiyin bo‘ladi, deb). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam “Buni o‘z holiga qo‘ygin. Chunki hayo iymondandir”, dedilar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) (“Riyozus solihin”)

Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): "Avval odob, so‘ng ta’lim beringlar", dedilar.

Abu Abdulloh Balxiy: "Nafsning odobi ilmning odobidan ko‘proq, ilmning odobi ilmning o‘zidan kattaroq", deganlar.

Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Agar menga, bir kishida avvalgilaru oxirgilarning ilmi bor, deb sifatlashsa-yu, unda odob bo‘lmasa, u bilan uchrashmaganimga afsuslanmayman, agar bir kishi haqida nafs odobi bor deb eshitsam, unga yo‘liqishni orzu qilaman, uchrashmasam afsuslanaman". (“Bo‘stonul orifin”. Abu Lays Samarqandiy)

Ibn Sino inson hayoti to‘g‘risida shunday degan: "Insonda doim turadurg‘on husn ila latofat hayo ila ibodur. Hayosiz yuz jonsiz jasad kabidur".

Abu Nasr Farobiy esa inson o‘zining yaxshi odobi bilan baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. O‘tgan asrimizning yirik ma’rifatparvarlaridan bo‘lmish Abdulla Avloniy inson barkamolligi uning aqli, jismoniy sog‘lomligida hamda odobi va xushxulqida, deb biladi.

Abdulla Avloniy ahloq - bu xulqlar majmuasidir, ammo yaxshi xulq o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerakligini aytadi. Va tarbiyaning bola kamolotida tutgan o‘rni to‘g‘risida shunday deydi: Temirchining bolasi tarbiyat topsa bo‘lar olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa ham, bo‘lg‘usi zolim!

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, odob - millatimiz ko‘rki, hayotimizning mag‘zidir degan xulosaga kelish mumkin.

Shunday ekan, Biz yoshlar ajdodlarimiz bizlarga omonat qilib qoldirgan bu yuksak ma’naviy meros – odob-axloqni kelajak avlodga pokiza holda qoldirish uchun mas’ulligimizni unutmasligimiz kerak


To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib mustaqil ish tayyorlab kelish.

MMIBDO’____________________

4 Mavzu: Harakat qilmagan baxtga yetolmaydi



Mashg’ulotning maqsadi:`quvchilarga O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish..O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.

Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.

Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.

Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik

II.Asosiy qism:
Dunyoda har bir narsaning o’z qonuniyati, yozilgan-yozilmagan qoidalari bo’ladi. Baxt, ruhiy va jismoniy kuch muvaffaqiyatga erishishning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Omadli bo’lish qiyin, deb qo’l qovushtirib o’tirish aqlli kishilarning ishi emas.

Erta uyg’oning!

Barcha muvaffaqiyatli insonlar – erta uyg’onuvchi "qush”lardir. Erta uyg’onishda hikmat ko’p. Tong uyg’oq kishiga tetiklik va ilhom bag’ishlaydi. Yotog’ida tong ottirmaydigan, tong otib-otmay bugunga mo’ljallagan ishlarini rejalashtiradigan odamlarning ishi unumli bo’ladi. Ertadan boshlab siz ham barvaqt uyg’onishga harakat qiling. Oradan biroz vaqt o’tib har kuni erta uyg’onishga odatlanasiz. Albatta, bu ishlaringizga ham, ruhiy va jismoniy holatingizga ham ijobiy ta'sir etmay qolmaydi.

O’qish-o’rganishdan to’xtamang!

Kunda hech bo’lmaganda televizor yoki kompyuter oldida o’tkazadigan vaqtingizning bir soatini qiziqarli hamda foydali kitob o’qishga sarflasangiz, siz aqlli insonlar qatorida ekansiz. Bu mashg’ulot sizga ma'naviy ozuqa, miyangizga dam berish bilan birga tafakkuringizni o’tkir qiladi, dunyoqarashingiz kengayadi. Atrofingizda ro’y berayotgan voqealarga teran nigoh tashlaysiz. Do’st va yaqinlaringiz uchun siz bilan muloqotda bo’lish qiziqarli bo’ladi. Bu esa shubhasiz sizni hurmat qilishlariga sabab bo’ladi.

Ortiqcha narsalardan xalos bo’ling!

V aqt-vaqti bilan hayotingizda, tuyg’ularingiz va miyangizda "tozalash” ishlarini amalga oshiring. Deylik, qachondir kim bilandir tortishgansiz, ziddiyatga borgansiz. Buni yuragingizda ko’tarib yurishning keragi yo’q. Muvaffaqiyatga erishishingiz uchun xalaqit beradigan nimaiki bo’lsa hammasini miyangizdan va qalbingizdan o’chirib tashlang. O’tmishdagi xatolaringiz bilan yashamang. Hayotda omad va baxtga erishish uchun yoqimsiz xotiralar o’rnini yorqin orzular bilan to’ldiring!

Hayotingiz sokin bo’lsin!

Muttasil stress va tartibsizlik muvaffaqiyatsizlikka olib boradi. Hayotdan zavqlanib yashash, optimistik qarashlar omadga erishishga yordam beradi. Hayot shovqinlaridan bir zum tin oling. Ichki ovozingizni eshiting, nima xohlaysiz, nima qilsangiz xotirjam tortasiz? Bu savollarga javob topgan oningizdayoq ularni amalda bajaring. Shoshqaloqlik odamga pand beradi, ammo g’aflat ham yaxshilik alomati emas. Hayotda me'yorga amal qilishni unutmang.

Jismoniy faollik

Muntazam jismoniy faollik sog’lik garovidir. Albatta muvaffaqiyatga erishish uchun salomatlik muhim hisoblanadi. Sport mashg’ulotlariga qatnashish odatingizga aylansin. Xohlang, sport zallariga boring, xohlang, har kuni uyingizda bir soat mobaynida jismoniy mashqlar bilan shug’ullaning yoki raqsga tushing. Harakat – hayot degani. Jismoniy faollik o’z-o’zidan kayfiyatingizni yaxshilaydi. Yaxshi kayfiyatda bajarilgan ishlar esa albatta omad va muvaffaqiyat olib keladi.

Har kuni tajriba to’plang!

Inson qancha ko’p hayotiy tajribaga ega bo’lsa shuncha ko’p omadli bo’ladi. Har kun, har daqiqadan ibrat oling. Tajribangiz ortgani sari imkoniyatlaringizni baholay olasiz. Bu esa shaxsiy hayot va ishda muvaffaqiyat qozonishingizga yordam beradi.

Yoqimli muhit

Hayotda baxtli inson, muvaffaqiyatli ishbilarmon bo’lish uchun o’zingizga yoqimli muhit yaratib oling. Asabingizni buzadigan, tinmay noliydigan, pessimist, hayotdan norozi insonlar bilan muloqotda bo’lmaslikka harakat qiling. Atrofingizda o’zingizga nisbatan aqliy salohiyati yuksak, ko’pni ko’rgan, ko’proq muvaffaqiyatlarga erishgan kishilarni to’plang. Ularning hayot tajribalarini o’zlashtiring, maslahatlariga quloq tuting. Unutmang, inson ma'naviy darajasi o’zidan baland bo’lgan kishilar bilan muloqot qilgani sari yuksaladi, ko’proq narsalarni o’rganadi. O’rganish, izlanish esa shubhasiz omad kalitidir.

Unutilmas voqealarni qayd etib boring!

Agar siz o’zingiz bilan bog’liq unutilmas, qiziqarli va yaxshi holatlarni qayd qilib borish uchun daftar tutsangiz, keyinchalik bu sizning odatingizga aylanadi. Bu holat sizga o’zingizdan qoniqish hissini bag’ishlaydi. Sizga berilgan qobiliyat va imkoniyatlar uchun hamisha shukur qiling. O’zingizga yordami tekkan yaqinlaringiz, do’st, hamkasblaringizga tez-tez minnatdorchilik bildiring. Shukur qilganingiz sari holatingiz yaxshilanaveradi. Shukronalik, minnatdorchilik omad rekordlaringizni yangilanishi uchun qulay imkoniyatlar tuhfa etadi. Mo’jizalarni uzoqdan kutmang, o’zingiz yaratib qo’ya qoling! Axir ular shundoq yonginangizda-ku!

Izlanishdan to’xtamang!

Edison o’n mingta omadsiz tajribadan so’ng elektr lampochkani ixtiro qilishga muvaffaq bo’ldi. Uolt Disneyning loyihasi 303 ta bankdan o’tmagandi. Maqsadi yo’lida shahd bilan harakat qilgan Disney nomini bugun bilmaydigan odamning o’zi deyarli yo’q. Jek Kenfild va Mark Xansenlarning "Qalb uchun tovuq sho’rva” kitobi dunyo miqyosida bestseller asar hisoblanishini bilasizmi? Aynan shu kitob bir paytlar 134 noshir tomonidan rad etilganini-chi? Shunday ekan, muvaffaqiyat qozonishingizga ishoning! Orzularingiz amalga oshishini istasangiz izlanishdan to’xtamang va bir joyda o’tirib qolmang!

Aslida, yorug’ dunyoda yashayotganimiz, qo’l-oyog’imiz butun, sog’-salomatligimiz, oilamiz borligi, ota-ona, jigarlarimiz, farzandlarimiz omonligi, kasb-korimiz ortidan rizq-nasibamiz yetib turganining o’zi - katta omad. Ana shu ne'matlarga shukur qilsak, o’zimizda bor narsalarni qadrlasak, omad va muvaffaqiyat bizni hech qachon tark etmaydi!



To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib mustaqil ish tayyorlab kelish.

MMIBDO’____________________

Bu to’garak konspektini to’liq variantni siz 10 ming so’mga sotib olishingiz mumkin buning ucgun

97 5202053 raqamidagi telegramga murojat qilishingiz mumkin yoki @Karimov­­­­­_Ilhomjon01
Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish