“Yosh kimyogarlar”



Download 31,42 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi31,42 Kb.
#220176
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YOSH KIMYOGARLAR

O`qituvchi: Eshmatov javoblaring juda qiziqku. Sen reja asosida boshla: Suvning fizik xossalari, kimyoviy xossalari va ishlatilishi.

Eshmatov: Donolar – donosi domlajon! Xatolarimni kechiring. Bir qoshiq qonimdan keching. Xatolarimni tuzatishga harakat qilaman. XVII asrda yashagan Kirxer ismli din peshvosining fikricha, yer yuzasidagi suv katta kanal orqali butun yer sharida oqib o`tadi.

Shimoliy qutbda shu kanal orqali suv oqib, Janubiy qutbga keladi va quduqlarga quyiladi.



O`qituvchi: Demak, seningcha biz har kuni Shimoliy qutbdan oqayotgan sho`r dengiz suvi bilan yuvinar ekanmizda.

Eshmatov: O, donolar – donosi ustoz, nahotki siz har kuni yuvinasiz! Hatto Ispaniya qirolichasi va buyuk Fransiya qiroli Lyudovik ham har kuni yuvinmagan.

O`qituvchi: Suv haqidagi bunday eski tasavvurlar, ma’lumotlarni qayerdan olding?
Eshmatov: Chunki men qarib qolganmanda (keyin Ibn – Xattobga qarab) chalkashib ketdim chiqa qoling.

O`qituvchi: Ha gap bu yerda ekanda, suv haqidagi qadimgi qarashlarni siz yetkazayotgan ekansizda. Hurmatli Ibn – Xattob bizning mehmonimiz bo`ling. Hozir suv haqida bizning yosh kimyogarlarimizdan bilib olasiz.

Boshlovchi: Suvsiz hayot yo`q, buni hammamiz bilamiz. Suv bilan tabiat jonlanadi, hayot nish uradi, yashashga oshiqadi, kuch – quvvatga kiradi va hayot jilvalanadi. Suv

hamisha tabiatning asosiy unsur deb qaralgan. “Suvga suprindi tashlama”, “suvga tupurma”, “quduqqa tosh tashlama” degan gaplarga kishilar rioya etgan. Sahnaga navbat bilan o`quvchilar chiqa boshlaydi:



  1. - o`quvchi: Suv toza holda rangsiz, hidsiz va ta’msiz suyuqlik bo`lib, 100°C da (101,3 kP bosimda) qaynaydi. Xuddi shunday bosim sharoitida 0°C da muzlaydi. Suvning yuqori zichligi 4°C da 1g/sm3 ga teng.




  1. - o`quvchi: Suv juda katta issiqlik sig`imiga (4,19kJ/kg) ega bo`lgan modda. Shu sababli u sekin isiydi va sekin soviydi. Suv o`zining shu xossasi tufayli yer sayyorasida iqlimni tartibga solib turuvchi modda hisoblanadi.

Tajriba: “Yonmaydigan ro`molcha”.

Qo`l ro`molchasini suvga botirib oling. Uni siqib spirt yoki atsetonga botirib olib qisiladi. Ro`molcha bir chetidan qisqich bilan ushlab yondiriladi.



  1. - o`quvchi: Suvning muhim fizik xossalaridan biri uning kuchli erituvchi ekenligidir.

Shuni akidlash kerakki suvda mutlaqo eirmydigan modda deyarli bo`lmaydi.

Tajriba: Suvning “sut” va “qon” ga aylanishi. Bitta stakanning atrofi 5%li ammoniy rodanit eritmasi, ikkinchisi esa bariy xloridning eritmasi bilan artiladi. Har bir stakanga

20 – 25 – ml suv quyiladi. Har bir stakanga temir sulfatning 5%li eritmasidan qo`shiladi. Ko`rganlar hayratga tushadi, stakanlarning birida “sut”, ikkinchisida “qon” hosil bo`ladi.

  1. - o`quvchi: Tirik organizmlarda eng ko`p uchraydigan modda bu suvdir. U hujayralaning tarkibida turli xil miqdorda bo`ladi.

Tish emali hujayralarida 10 % gacha, rivojlanayotgan homilada 90 %, ko`p hujayrali organizmlar tanasining 80 % ini suv tashkil etadi. Odam tanasining 64 % ini, uy hayvonlarining 59 % ini, baliqlarning esa 75 % ini suv tashkil etadi.

Tajriba: “Oltin” ning olinishi.

Qo`rg`oshin nitrat va kaliy yodidning 10 % li eritmalari tayyorlanadi. Eritmalar qo`shiladi. Qo`rg`oshin yodid suvda yomon eriydi, shuning uchun u cho`kmaga tushadi. 100 ml qo`shilib to eriguncha qizdiriladi. Keyin eritma sovitiladi, stakan qorli idishga solib qo`yiladi. Soviganda qo`rg`oshin yodidning sarg`ish rangli kristallari – “oltin” hosil qiladi.



O`qituvchi: Hurmatli Ibn – Xattob! O`ylaymanki, bugungi darsimizdagi yosh kimyogarlarning chiqishlari sizda zo`r taasurot qoldirdi. Endi sen ham Eshmatov suvni oddiy modda deb hisoblamasang kerak.


Download 31,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish