Yosh huquqshunoslar



Download 428,11 Kb.
bet88/130
Sana21.01.2022
Hajmi428,11 Kb.
#397802
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130
Bog'liq
huquq fanidan to‘garak

MMIBDO’____________________


25-Mavzu: VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQLARI, BURCHLARI
Reja:

Darsning maqsadi:

1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.

2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish


  1. O’zbekiston Respublikasidagi barcha shaxslar (jismoniy va yuridik) mulkka oid va oid bo‘lmagan munosabatlarini hamda tovar-pul munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy normalarini o‘zida jamlagan soha bu — fuqarolik huquqi sohasidir.

  2. Fuqarolik qonunchiligiga binoan, fuqaro egalik qilishi mumkin bo‘lgan huquq va majburiyatlar majmui fuqaroning huquqiy layoqatini tashkil qiladi.

Fuqarolik huquqi dastlab qadimgi Rimda vujudga kelgan va bu huquq fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solgan. Bugungi kunga kelib ko‘pgina mamlakatlarda fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan milliy huquq tizimlari yaratilgan. Mamlakatimizda fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi orqali tartibga solinadi.

Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.

Fuqaroning muomala layoqati esa fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati bo‘lib, bu layoqat fuqaro voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.

Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:

  1. qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin unga zid bo‘lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;

  2. qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlaridan;

  3. sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;

  4. qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;

  5. fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar vaboshqa intellektual faoliyat natijasida;

  6. boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;

  7. asossiz boyib ketish natijasida;

  8. fuqarolar vayuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;

  9. qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘laydigan hodisalar natijasida.

Voyaga yetmaganlarning muomala layoqatini belgilashda yosh insonning tanasi, bo‘yi, muskullari va aqliy qobilyatlarining rivojlanish darajasi e’tiborga olingan.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan insonning to‘la hajmdagi muomala layoqati 18 yoshga kirganda vujudga keladi.

Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi”.

  1. modda.

  1. yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar:

  1. o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;

  2. har xil mualliflik huquqlarini amalga oshirish;

  3. qonunga muvofiq banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf etish;

  4. har xil maishiy bitimlarni tuzish huquqiga ega.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar:

  1. mayda maishiy bitimlarni;

  2. tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan bitimlarni;

  3. qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o‘zi xohlagan tartibda erkin foydalanish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlarni tuzishga haqlidir.

16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonunda ko‘rsatilgan shartlar asosida ishlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u sud qarori bilan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Buni fuqaroviy huquqda emansipatsiya deb yuritiladi. Bu xolatda ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.

Emansipatsiya lotincha “emancipatio ” so’zidan olingan bo’lib, huquqlarda tenglashish degan ma'noni anglatadi.

Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi.

Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimliklari huzurida Voyagayetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar tuzilgan. Bu komissiyalarning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklarining oldini olish;

  • voyagayetmaganlarning noqonuniy xatti-harakatlari vahuquqbuzarliklariga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish;

  • voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarining himoya qilinishi;

  • ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ish olib borishni tashkil qilish.

Komissiyalar tomonidan qabul qilingan, ularning vakolatlari doirasidagi qarorlar davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.

  1. yoshli Nozim yozgi ta’til vaqtida ota-onasining roziligi bilan qahvaxonaga mineral suv sotuvchisi bo‘lib ishga yollandi. Qahvaxona xo‘jayini uni haftasiga 48 soat ishlatib kattalar bilan bir xil maosh to‘ladi.

  1. Qahvaxona xo’jayini Nozimning huquqini buzgan bo’lishi mumkinmi?

  2. Ushbu harakat ishtirokchilaridan qaysi biri qonunni buzdi deb o’ylaysiz?

  3. Ularni huquqiy savodxon deyish mumkinmi?

Voyaga yetmagan shaxslar yetkazgan zarar uchun ularning ota-onalari yoki homiylari yohud ularni nazorat qiluvchi o‘quv, tarbiya yoki davolash muassasalari javobgar bo‘ladilar.


Download 428,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish