Yosh huquqshunoslar



Download 428,11 Kb.
bet15/130
Sana21.01.2022
Hajmi428,11 Kb.
#397802
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Bog'liq
huquq fanidan to‘garak

MMIBDO’____________________

4- Mavzu : Shaxsiy huquq va erkinliklar

Darsning maqsadi:

1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.

2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish

1. O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi tug'risidagi ishlarni yurituvchi O'zbekiston

Respublikasining davlat organlari qaysilar?

2. Fuqarolar huquq va erkinliklarining asosiy turlari qaysilar?

3. «O'zbekiston Respublika¬sining fuqaroligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respub¬likasining

qonuni qachon qabul qilingan?

Yangi mavzuning bayoni :

Shaxsiy huquq va erkinliklar –insonning ajralmas huquqi

Shaxsiy huquq va erkinliklar insonning tabiiy, asosiy ajralmas huquqlaridir. Ular tabiiy

yashash huquqidan va erkinliklardan kelib chiqqan, har bir kishi tug'ilgandayoq shunday huquqlarga

ega bo'ladi. Ular kishining shaxsiy erkinligiga kafolat beradi, davlatning va boshqa

kishilarning uzboshimchaligidan himoya qilinadi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining

Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari tizimining asosini tashkil qiluvchi fuqarolarning

shax¬siy huquq va erkinliklari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7 bobida

mustahkamlangan bulib, ular xalqaro huquqning barcha hujjatlari talablariga mos keladi.

Shaxsni himoya qilish, shuningdek uning hayotini ijtimoiy xavfli tajovuzdan muhofaza qilish har

bir demokratik davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shaxsiy huquq va erkinliklarning

boshqa turdagi huquqlardan muhim farqi shundaki, ular kishining individhal hayotiy extiyojlarini

ta'minlashga qaratilgan bulib, ularning uzlari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Ular uz

mohiyati bilan inson, ya'ni har bir shaxsning huquqlari hisoblanib, ular qaysi davlatning

fuqaroligiga mansub ekanligiga bog'liq bulmaydi. Shaxsning mazkur huquqlari daxlsiz va har

bir shaxs ularga tug'ilishi bilan ega buladi. Inson huquqlari ichida eng ulug'i va muqaddasi

uning yashash huquqidir. Konstitutsiyamizning 24-moddasida kursatilganidek, «Yashash huquqi har bir

insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir». Inson huquqlari

umumjauon Deklaratsiyasining 3-moddasida: «Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik

huquqiga egadir» deb, Fuqaro huquqlari va siyosiy huquqlari tug'risidagi Paktning 6-moddasida

esa, «Har bir insonning yashash huquqi uning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonunlar bilan

muhofaza etiladi. Hech kim uzboshimchalik bilan insonni yashash huquqidan mahrum qila olmaydi»

deb belgilangan. Xalqaro huquqning insonparvarlik qoidalaridan kelib chiqib, O'zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi insonning yashash huquqini uzviy va ajralmas deb e'lon qiladi hamda

kafolatlaydi. Bizda insonning yashash huquqi qonunlardagina e'lon qilinib qolmasdan, balki

juda kup vositalar bilan ta'minlanadi.

Birinchidan. O'zbekiston va uning hukumati tomonidan olib borilayotgan barqarorlik va

tinchlikni saqlash siyosati, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik insonning yashash

huquqini ta'minlovchi eng muhim garovdir.

Ikkinchidan. O'zbekistonda yashash huquqining muhim kafolatlaridan yana biri inson umrini

uzaytirish, ulimni kamaytirish, qulay va munosib turmush sharoitini vujudga keltirish kabi

maqsadlarni nazarda tutuvchi kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish hisoblanadi.

Uchinchidan. O'zbekistonda insonning yashash huquqi turli qonunlar bilan muhofaza qilinadi. Bular

ichida, ayniqsa O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi muhim urin tutadi. Unda inson hayotiga

suiqast qilish, hayotga qarshi jinoyatlar eng og'ir jinoyat sifatida qaralib, buning uchun qattiq

jazo choralari belgilangan. JKning 97-moddasiga kura, qasddan odam uldirganlik uchun 15

yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki ulim jazosi bilan jazolanadi. Tinchlik va

xavfsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar, ya'ni urushni targ'ib qilish (JKning 150-moddasi),

agressiya (JKning 151-moddasi), ya'ni bosqinchilik urushini rejalashtirish, boshlash hamda olib

bo¬rish 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan maurum qilish yoki ulim jazosi qullaniladi. Chunki

bunday jinoyatlarning barchasi insonning yashash huquqiga tajovuz qiladi. Insonning yashash

huquqini kafolatlaridan yana biri, Jinoyat Kodeksining 51-moddasiga muvofiq ulim jazosi ayolga

va 18 yoshga tulmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan tayinlanishi mumkin emas. Bundan

tashqari O'zbekistonda ulim jazosiga mahkum qilinganlar Respublika Prezidentiga avf etilishini

surab murojaat etish huquqiga egadir. Shunday qilib, har qanday demokratik va adolatli

davlatda jumladan O'zbekiston Respublikasida ham insonlarning yashash huquqi kafolatlangan

tabiiy va muqaddas huquq bulib, unga nisbatan har qanday tajovuz eng og'ir jinoyat

hisoblanadi. Insonga qarshi jinoyatlar deb, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan

ta'qiqlangan, ijtimoiy xavfli qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) ya'ni inson hayotiga,

sog'lig'iga, shaxsning ozodligi, sha'ni, qadr qimmatiga, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va

erkinliklariga qarshi qaratilgan jinoyatlarga aytiladi. Shaxsga qarshi jinoyatlar Jinoyat

Kodeksi bo'yicha quyidagi turlarga ajratilgan:

- hayotga qarshi jinoyatlar;

- sog'liqqa qarshi jinoyatlar;

- hayot yoki sog'liq uchun xavfli jinoyatlar;

- nomusga qarshi qaratilgan jinoyatlar;

- oilaga, yoshlarga va ahloqqa qarshi jinoyatlar;

- shaxsning ozodligi, sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar;

- fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida:

«Hech kim qiynoqqa solinishi, zuravonlikka, shavqatsizlik yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi

boshqa tarzdagi taziyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki

ilmiy tajribalar utkazilishi mumkin emas»ligi mustahkamlab quyilgan. O'zbekiston Respublikasi

Konstitusiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining eng muhim vazifalardan biri

fuqarolarning sog'ligi va jismoniy daxlsizligini jinoyatkorona tajovuzlardan muhofaza

qilishdir. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 101-111-moddalarida sog'liqqa qarshi

jinoyatlar va ularga qarshi jazo belgilab quyilgan. Har qanday kishining hayoti qonunchilik

bilan himoya qilinadi va qo'riqlanadi. Shaxs huquq va erkinliklarini turli tajovuz soladigan

xavfdan himoya qilish davlat organlari tizimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yangi mavzuni o'zaro savol-javoblar asosida mustahkamlash :

1. Shaxsiy huquqlar qanday huquqlar?

2. Konstitutsiyamizda qaysi bobida shaxsiy huquqlar sanalgan?

3. Uzviy ajralmas huquqimiz qaysi?

4. O'lim jazosi O'zbekistonda bormi?



Darsni yakunlash va o'quvchilarni rag'batlantirish.


Download 428,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish