Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va o'rganish
MMIBDO’____________________
7-MAVZU: KONUSTITUSIYA–DAVLATNING ASOSIY QONUNI
Darsning maqsadi:
1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish
Dars natijasida:
-iste'molchining huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlarni sanay oladi;
-o'zingizning iste'molchilik huquqlaringizni aniq vaziyatda himoya qila oladi;
-shikoyat xati yoza oladi.
Dars turi: Ana`naviy
Dars tipi: O`quvchilarda yangi bilim tushunchalar hosil qilish
Dars uslubi: Og`zaki
Dars usuli: savol-javob
Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi.
Ana shu qonunlar majmui orqali jahon davlatni davlat, millatni esa millat sifatida tan oladi.
Konstitutsiya – xalq tafakkuri va ijodining mahsulidir.
ISLOM KARIMOV
Konstitutsiya va konstitutsiyaviy huquq
Konstitutsiyaviy huquq – huquqning yetakchi tarmog‘i
«Konstitutsiyaviy huquq» tushunchasi haqida;
Uning huquqning boshqa tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘liqligi haqida;
Uning «Huquqshunoslik» kursi tizimida tutgan o‘rni haqida bilib olasiz.
KONSTITUSYA VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
Siz, endilikda konstitutsiya har qanday mamlakatning asosiy qonuni ekanligini yaxshi bilasiz. Shu munosabat bilan sizda: «Konstitutsiya» va «konstitutsiyaviy huquq» tushunchalari qanday farqlanadi? – degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Har qaysi davlat huquq tizimida ko‘pgina qonunlar mavjud. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e’tirof etiladigan birdan-bir qonun konstitutsiyadir. Lotincha “constitutio” so‘zining tarjimasi, “nizom, qoidalari” degan ma’nolarni anglatadi. Xo‘sh konstitutsiya nimani belgilab beradi? Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda faoliyatining asosiy prinsplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi. Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qaror va farmonlar konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir normativ hujjati konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi.
Konstitutsiyaviy huquq nima va u konstitutsiyaga qay tarzda bog‘liq? Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o‘rtasidagi farq esa, konstitutsiya, garchi asosiysi bo‘lsa-da, ko‘plab qonunlardan biri ekanligida, konstitutsiyaviy huquq esa huquqning ko‘plab huquqiy manbalar, shu jumladan, konstitutsiyadan tarkib topuvchi butun boshli bir tarmog‘i ekanligida namoyon bo‘ladi.
E’tibor bering!
Huquq tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq mamalakatdagi jamiyat tuzilishini, davlat hokimyati va boshqaruv tuzilishini, davlat organlari vakolatlarini, ayni davlat hududida yashab turgan fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini belgilovchi yuridik normalardan iborat.
Siz, endilikda huquq to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ldingiz hamda u o‘zida umummajburiy normalar tizimini mujassamlashtirishini ham bilasiz. Bu normalar kishilar o‘rtasidagi nihoyatda turfa xil munosabatlarni tartibga solib turadi. Xullas, bir xil normalar oilaviy turmush sohasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solsa, boshqalari mehnat yoki mulkiy munosabatlarga ta’sir o‘tkazadi.
Xo‘sh, huquqiy tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq o‘zida nimalarni mujassamlashtiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |