Yosh geograflar



Download 1,46 Mb.
Sana28.02.2017
Hajmi1,46 Mb.
#3520


Samarqand shahar 64-umumiy o’rta ta`lim

maktabida tashkil etilgan

Yosh geograflar” to’garagi ish rejasi



T/r

O’tkaziladigan mashg`ulotlar mavzulari

Nazariy

Amaliy

Sana

1

Geografik qobiq va tabiat kompleksi

2







2

Geografik qobiq va tabiat kompleksi




2




3

Geografik zonallik

2







4

Geografik zonallik




2




5

Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi va

Uning oqibatlari



2







6

Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi va

Uning oqibatlari






2




7

Yerning quyosh atrofida aylanishi va

Uning oqibatlari



2







8

Yerning quyosh atrofida aylanishi va

Uning oqibatlari






2




9

Sayyoralar va okeanlarning paydo bo’lishi

2







10

Sayyoralar va okeanlarning paydo bo’lishi




2




11

Yer yuzasi relyefining hosil bo’lishi

2







12

Yer yuzasi relyefining hosil bo’lishi




2




13

Geografik xaritalar

2







14

Geografik xaritalar




2




15

Vaqt o’lchovi

2







16

Vaqt o’lchovi




2




17

Geoxronologik jadval

1

1







J a m i

17 soat

17 soat





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI SAMARQAND SHAHAR XALQ TA’LIMIMUASSASALARINI METODIK TAMINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMIGA QARASHLI 64-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA SHOXISTANING “YOSH GEOGRIFLAR” TO’GARAK MASHG’ULOTI

MAVZU:GEOGRAFIK ZONALLIK

Mavzu: GEOGRAFIK ZONALLIK
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilar bilan tabiat komplekslari haqidagi tushuncha va tasavvurlarni o’rganishda davom etish, ularda geografik mintaqalar bilan tabiat zonalari o’rtasidagi o’xshashlikni shakllantirish, geografik mintaqalar va tabiat zonalarining hosil bo’lishi haqida ma`lumotlar berish va olgan bilimlarini chuqurlashtirsh.

Ko’rgazmali qurollar: Globus, tabiiy xarita, Dunyo tabiat zonalari xaritasi, O’zbekistoning tabiiy va ekologik xaritalari, rasmlar, jadvallar, chizmalar.

Mashg’ulotni uyushtirish shakllari: (Mavzu yuzasidan hikoya va suhbat uyushtirish)

d:\karta\atlaslar\9.jpg

1.Geografik zonallik.

Geografik komponentlar va tabiat komplekslarining ekvatordan qutblarga tomon, tog’larda esa balandlik tomon qonuniy ravishda o’zgarib borishiga geografik zonallik deyiladi. Dunyoning har bir tabiat zonasi geografik qobiqning takrorlanmas xususiyatlarini namoyon qiladi.



2.Yerning sharsimonligi natijasida Quyosh nuri hamma joyga bir xilda tushmaganligi sababli geografik qobiqda kichikroq tabiat komplekslari hosil bo’ladi. Buning natijasida Yer yuzida bir nechta bir-biridan farq qiladigan geografik mintaqalar hosil bo’ladi.

Ular quyidagilar:



- ekvatorial mintaqa;

- subekvatorial mintaqa;

- tropik mintaqa;

- subtropik mintaqa;

- mo’tadil mintaqa;

- subarktika va subanarktika;

- Arktika va Antarktika mintaqalari.

Balandlik mintaqalari. Tog’larga ko’tarilgan sari harorat pasayib boradi. Shunga ko’ra tog’larda ham bir-biridan tabiat komponentlari orqali farq qiladigan balandlik mintaqalari hosil bo’ladi. Tog’lar qancha baland bo’lsa, tabiat mintaqalari soni shuncha ko’p bo’ladi.

d:\document\browser\html\images\8-1.jpg

Mavzu yuzasidan geografik o’yinlar tashkil qilish:

1.O’quvchilar doskadagi jadvaldan foydalanib Yer yuzidagi geografik mintaqalar va ulardagi tabiat zonalarini daftarlariga yozishlari kerak.

2. “Kim ko’p yozadi” o’yini. Bu topshiriqda har bir o’quvchi Yer yuzidagi eng yirik tog’ tizmalari va tekisliklarning nomlarini xaritadan topib, daftarlariga yozib oladilar.

3. O’quvchilarga tabiat mintaqalari va tabiat zonalari yozilgan tarqatmalar beriladi. Ular tabiat zonalari qaysi mintaqaga tegishli ekanligini aniqlab berishlari kerak.


d:\document\browser\html\images\8-2 .jpg
Mavzuga oid qo’shimcha ma`lumotlar

Yer yuzining tabiat zonalari

T/r

Tabiat zonalari

Qaysi geografik mintaqada joylashgan

1.

Arktika va Antarktika muz sahrolari

Arktika

2.

Tundra va o’rmon-tundra

Subarktika va subantarktika

3.

T a y g a

M o’ t a d i l

4.

Aralash va keng bargli o’rmonlar

M o’ t a d i l

5.

O’rmon-dasht va dashtlar

M o’ t a d i l

6.

Chala cho’l va cho’llar

M o’ t a d i l va t r o p i k

7.

Subtropik cho’llar

Subtropik va mo’tadil mintaqalar oralig’i

8.

Savanna va siyrak o’rmonlar

Subekvatorial, tropik

9.

Qattiq bargli va doimiy yashil o’rmonlar va butazorlar

Subtropik

10.

Fasliy nam o’rmonlar

Subekvatorial va tropik

11.

Nam ekvatorial o’rmonlar

Ekvatorial mintaqa

12.

Balandlik mintaqalari

T o g’ l i o’ l k a l a r


Mashg’ulotga yakun yasash.

Uyga vazifa: Yer yuzidagi har bir tabiat zonasiga xos bo’lgan iqlim ko’rsatkichlari va yog’in miqdori haqida ma`lumotlar to’plab kelish.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI SAMARQAND SHAHAR XALQ TA’LIMIMUASSASALARINI METODIK TAMINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMIGA QARASHLI 64-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA SHOXISTANING “YOSH GEOGRIFLAR” TO’GARAK MASHG’ULOTI

MAVZU:GEOGRAFIK ZONALLIK MAVZUSI YUZASIDAN AMALIY MASHGULOT

Mavzu: GEOGRAFIK ZONALLIK MAVZUSI YUZASIDAN

AMALIY MASHG’ULOT

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarning geografik zonallik mavzusi bo’yicha olgan bilim va tasavvurlarini shakllantirishda davom etish, jadval bilan ishlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish orqali o’quvchilarning tezkorlik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Ko’rgazmali qurollar: Globus, tabiiy xarita, jadvallar, chizmalar, amaliy ishlar kitobchasi.

Mashg’ulotni uyushtirish shakllari:

Mavzu yuzasidan geografik o’yinlar tashkil qilish:

Amaliy ishlar bajarish:

1.Arktika sahrolarida yanvarning o’rtacha harorati - 48°C, iyul oyidagi o’rtacha harorat esa - 10°C bo’lsa, bu yerdagi yillik havo haroratining amplitudasini aniqlang.
Yechish: Yillik amplitudani topish uchun havo haroratlari o’rtasidagi farqni aniqlash kerak.

- 10°C – ( - 48°C) = - 10°C + 48°C = 38°C.



Javob: Havo haroratining yillik amplitudasi 38°C ga teng ekan.
2.Agar tog’ etagida havo harorati + 32°C, 6000 m balandlikda harorat qanchaga teng bo’ladi? Hisoblab toping.
Yechish: Bizga ma`lumki, har 1000 m ga ko’tarilganda havo harorati 6°C ga pasayadi. Shuning uchun

  1. 6 x 6 = 36°C

Aniqlangan sonda tog’ etagidagi haroratni ayiramiz:

  1. 32°C - 36°C = - 4°C

Javob: 6000 m balandlikda havo harorati - 4°C ga teng ekan.

3.Jadval bilan ishlash. Dunyo tabiat zonalari xaritasidan foydalanib har bir tabiat zonasiga xos bo’lgan o’simlik va hayvonlarni aniqlash va daftarga yozib olish.




T/r

Tabiat zonalari

O’simliklari

Hayvonot dunyosi

1.

Arktika va Antarktika muz sahrolari

Mox va lishayniklar

Oq ayiq, morj, pingvinlar, tyulenlar va b.

2.

Tundra va o’rmon-tundra

Pakana qayin, butalar, qutb lolaqizg’aldog’i

Qutb tulkisi, rosomaxa, ko’k kit, dengiz sheri va mushugi

3.

Tayga

Qarag’ay, kedr, tilog’och

Bug’u, silovsin

4.

Aralash va keng bargli o’rmonlar

Eman, qora qayin, lipa, buta va o’simliklar, grab, jo’ka, buk




5.

O’rmon-dasht va cho’llar

Iloq, betaga, shuvoq

Sayg’oq, sug’ur, bo’ri, yumronqoziq, burgut

6.

Chala cho’l va cho’llar

Efemer o’simliklar

Ikki o’rkachli tuya, jayron, echkemar, ilonlar, toshbaqa

7.

Subtropik mintaqa

Makvis, zaytun, dub

Kemiruvchilar, chiyabo’ri, makaka, qoplon

8.

Savanna va siyrak o’rmonlar

Sershox akatsiya, qum palmasi, kameliya, kamforali dafna

Antilopa, zebra, jirafa, panda, gibbon, piton ilonlari

9.

Qattiq bargli va doimiy yashil o’rmonlar, butazorlar







10.

Fasliy nam o’rmonlar

Palma, paporotnik, akatsiya, mangra

Yovvoyi fillar, maymunlar

11.

Nam ekvatorial o’rmonlar

Seyba, palma, moyli palma, liana

Karlik begemot, o’rmon fili, gorilla, karkidon, orangutan, yovvoyi buta

Afrikada o’Suvchi noyob velvuchiya o’simligi. c:\documents and settings\администратор\рабочий стол\вельвичия.jpg



c:\documents and settings\администратор\рабочий стол\четкий слон.jpgc:\documents and settings\администратор\рабочий стол\какаду.jpg
Hindiston fillari Kakadu
manzara-resimleri-159
Savannalarda o’suvchi soyabonsimon akatsiya
Mashg’ulotga yakun yasash.

Uyga vazifa: Dunyo tabiat zonalari xaritasidan foydalanib balandlik mintaqalariga xos bo’lgan o’simlik va hayvonlarni aniqlash va daftarga yozib olish.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI SAMARQAND SHAHAR XALQ TA’LIMIMUASSASALARINI METODIK TAMINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMIGA QARASHLI 64-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA SHOXISTANING “YOSH GEOGRIFLAR” TO’GARAK MASHG’ULOTI


Mavzu: YERNING O’Z O’QI ATROFIDA AYLANISHI VA

UNING OQIBATLARI MAVZUSI YUZASIDAN AMALIY MASHG’ULOT

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda xaitadan ekvator, paralellar, geografik kenglik va uzunliklarni aniqlay olish ko’nikmalarini shakllantirishda davom etish, o’quvchilar bilab xaritada o’zlari yashaydigan shahar va yirik shaharlar koorinatalarini topish bo’yicha amaliy mashqlar bajarish.

Ko’rgazmali qurollar: Globus, tabiiy xarita, geografik atlas, rasmlar, jadvallar, chizmalar, amaliy ishlar kitobchasi.

Mashg’ulotni uyushtirish shakllari: Oldingi mashg’ulotda o’rganilgan mavzu yuzasidan test savollari uyushtirish:

  1. Yer o’z o’qi qtrofida qancha vaqtda bir marta to’liq aylanib chiqadi?

a)23 s 56 d 41 s; b) 23 s 56 d 4 s; c)23 s 44 d 56 s;

2. Qutblardan bir xil uzoqlikda yotgan chiziq?

a)meridianlar; b) parallellar; c) ekvator;

3. Soat mintaqasi boshlanadigan meridian?

a) Grinvich; b) London; c) Yaponiya;

4. Yerning qaysi nuqtasi tezroq aylanadi?

a) ekvatordagi nuqta; b) qutbdagi nuqta; c) o’rtacha kenglikdagi nuqta;

5. Yer sharining umumiy maydoni qancha?

a) 410 mln kv km; b) 510 mln kv km; c) 610 mln kv km;
http://t0.gstatic.com/images?q=tbn:and9gcteljzhogsw6dr0_st2ksqsg9bwifppihvpcdc10nj51r2tjznwz91rpha3

Amaliy ishlar bajarish.

I.Quyidagi shaharlar Toshkentga nisbatan qaysi yo’nalishda joylashgan?



  1. Tokio - sharqda

  2. Andijon – sharqda

  3. Urganch – g’arbda

  4. Qarshi – janubda

  5. Anqara – g’arbda

  6. Moskva – shimoliy g’arbda

Bu o’yin orqali o’quvchilar xaritadan berilgan shaharlarni mustaqil topadilar, xarita bilan ishlashni o’rganadilar va ufq tomonlarini yaxshi bilib oladilar.

II.Quyidagi shaharlarning geografik koordinatasini aniqlang:

1. Moskva –

2. Toshkent –

3. Samarqand -

4. London –

5. Vashington –

III. Xaritadan foydalanib geografik koordinatasi 20° j.k. va 46° shq.uz. dagi obyektning nomini aniqlang.

IV. Toshkent shahrining kenglik koordinatasini aniqlab, shimoliy qutb va ekvatorgacha bo’lgan masofani toping, hisoblash yo’lini ko’rsating.

Yechish: Toshkent shahri 41° sh.k.da joylashgan. 1° meridian yoyining uzunligi 111 km ga tengligini bilamiz.


  1. 90 ° - 41° = 49°

  2. 41° x 111 = 4551 km

  3. 49°x 111 = 5439 km

Javob: Toshkent shahridan ekvatorgacha 4551 km, shimoliy qutbgacha esa 5439 km ekan.

Mashg’ulotga yakun yasash.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI SAMARQAND SHAHAR XALQ TA’LIMIMUASSASALARINI METODIK TAMINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMIGA QARASHLI 64-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA SHOXISTANING “YOSH GEOGRIFLAR” TO’GARAK MASHG’ULOTI


Mavzu: GEOGRAFIK XARITALAR
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarni xaritalarning ahamiyati hamda ularni Yerning aniq modeli bo’lgan globus bilan tanishtirish, globusning yaratilish tarixini aniqlashtirish, Beruniy globusi haqida ma`lumotlar berish, o’quvchilarda globusda masofalar o’lchash usullarini o’rgatish, geografik xaritalar va ularning ayrim turlari hamda xaritalarning yutuq va kamchiliklarini ko’rib chiqish, Yer yuzasini xarita va planda tasvirlashning o’xshash va farqlarini aniqlash.

Ko’rgazmali qurollar: Yarimsharlar xaritasi, Dunyo va O’zbekistonning tabiiy xaritasi, globus, atlas, maket, rasmlar, masshtabni o’lchagich.

Mashg’ulotning borishi:

  • O’qituvchining Yer o’lchamlari haqidagi savol-javobi;

  • Yer o’lchamlarining takomillashuvi to’g’risidagi hikoyasi;

  • Suhbat yordamida “Geografik xarita” tushunchasini ochib berish;

  • O’quvchilar bilan birgalikda xarita, plan, globusning yutuq va kamchiliklarini ko’rib chiqish;

  • Yer yuzasi shakllarining xarita, globus va planda tasvirlanishining o’xshash va farqlari ni savol-javob orqali o’rgatish;

  • O’quvchilarni xarita va globuslarning ayrim turlari bilan tanishtirish;

  • Xarita va globusda masofalarni aniqlash ko’nikmalarini hosil qilish.

Atama va tushunchalar: xarita, relyef xaritasi, o’simliklar xariasi, iqlim xaritasi, geoid, globus, Yerning shakli, Yerning kattaligi, geografik xarita, tabiiy xarita, yozuvsiz xarita, qutbiy radius, ekvatorial radius, ekvator.

Nomlar: Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Aristotel, Eratosfen, Krates, Martin Bexaym, Ptolomey.

d:\document\browser\html\images\013-2.jpg
Darsga oid qo’shimcha ma`lumotlar:

Yerning o’lchamlari haqida ayrim ko’rsatkichlar:

- Yerning haqiqiy shakli – geoid;

- o’rtacha radius 6371,0 km;

- qutbiy radius – 6356,8 km;

- ekvatorial radiusi – 6378,2 km;

- qutbiy siqiqlik – ekvatorial radiusining qutb radiusiga nisbatan uzunligi – 21,4 km;
d:\document\browser\html\images\si\8-1.jpg
Geografik xaritalar mavzusi yuzasidan amaliy mashg’ulot.

I.Xaritalar yordamida masofani aniqlash.

1.Masshtabi 1: 40 000 000 sm bo’lgan xaritada Moskva va Toshkent shaharlari orasidagi masofa 7 sm ga teng bo’lsa, bu shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlang.



Yechish:

  1. Sonli masshtabni nomli masshtabga aylantiramiz:

1: 40 000 000 1 sm da 400 km, demak 1 sm ga 400 km to’g’ri kelar ekan.

  1. Agar 1 sm ga 400 km masofa to’g’ri kelsa, 7 sm ga qancha masofa to’g’ri kelishini topish uchun

7 x 400 km = 2 800 km

Javob: Moskva va Toshkent shaharlar orasidagi haqiqiy masofa 2 800 km ekan.

2.Agar 500 km masofa globusda 2 sm ga teng bo’lsa, bu globusning masshtabi necha sm ekanligini aniqlang.



Yechish: Proporsiya tuzamiz:

1 sm ----------- x km

2 sm ----------- 500 km

X = 500 x 1 : 2 = 250 km yoki 1 sm da 250 km bor ekan.

Endi nomli masshtabni sonlim masshtabga aylantiramiz:

1 sm da 250 km 1 : 250 00000



Javob: Globusning masshtabi 1: 25 000 000 ekan.

II.Xaritalar yordamida berilgan obyektlarning geografik koordinatasini aniqlash:

Quyidagi shaharlarning geografik koordinatasini aniqlang:

a)Toshkent; b) Samarqand; v) Buxoro; g) Moskva; e) Nyu-York; f) Qobul.

Yechimi:


  1. Toshkent - 41 ° sh. k., 69° shq. uz.

  2. Samarqand - 39° sh. k., 67° shq. uz.

  3. Buxoro - 39,5° sh. k, 64° shq uz.

g) Moskva - 56° sh k, 38 shq uz.

e) Nyu-York - 41° sh k, 74° g’ uz.

f) Qobul - 34° sh k, 69° shq uz.
Mashg’ulotni yakunlash.

Uyga vazifa: Yozuvsiz xarita bilan ishlash.


SAMARQAND VILOYAT

SAMARQAND SHAHAR XALQ TA’LIMI MUASSASALARINI METODIK TAMINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMIGA QARASHLI 64-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA SHOXISTANING “YOSH GEOGRIFLAR” TO’GARAK MASHG’ULOTI

VAQT O’LCHOVI
Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarni mavzuga oid atama va tushunchalar bilan tanishtirish, vaqt o’lchovi, yulduz, Quyosh, mahalliy vaqt, Dunyo vaqti, mintaqa vaqti, sutka haqida bilim va ko’nikmalarni shakllantish.

O’quv ko’rgazmalar: Geografik atlas, Soat mintaqalari xaritasi, globus, jadvallar, O’rta Osiyo va O’zbekiston xaritasi.

Mashg’ulotning borishi:


  • Vaqt o’lchovi haqida tushuncha berish;

  • Yulduz, Quyosh vaqtlari va boshqa vaqtlar mohiyatini ochib berish;

  • Mahalliy vaqt, uning mazmuni va mohiyati;

  • Mintaqa vaqti va uning ahamiyati;

  • Dunyo vaqti va uni qaysi hollarda qo’llanilishi;

  • Yangi sutka boshlanadigan meridian haqida;

  • O’rta Osiyo va O’zbekistondagi soat mintaqalari haqida tushuncha beriladi.

Yerning Quyosh atrofida aylanishi, kech va kunduzning almashinishi, yil, sutka va ularning mazmuni, mohiyati haqida gapiriladi. Shundan so’ng yulduz va Quyosh vaqti, yulduz vaqtidan foydalanishning noqulayligi, mahalliy va mintaqa vaqtlarining mazmuni va mohiyati haqida gapiriladi.

Yer o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqqa qarab bir kecha-kunduzda bir marta aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15° dan meridianlar o’tkazilsa, har bir meridian qo’shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh meridianda tush payti bo’lganda, 180 meridianda yarim kecha, bosh meridian sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g’arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo’ladi.



d:\toshkent\geografiya_foto\zvezdnoe-vremya.png

Yulduz vaqti

Shimoliy Qutbdan janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo’ladi, ya`ni bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deyiladi. Ammo turli uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti bir-biridan farq qiladi, bu esa xo’jalikni yuritishda noqulayliklar keltirib chiqaradi. Shuning uchun soat mitaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan.

Mintaqa vaqti xalqaro kelishuvga ko’ra, Yer yuzasi shartli ravishda 24 soat mintaqasiga ajratilgan. Mintaqa doirasida shu mintaqaning o’rta qismidan o’tgan meridianning mahalliy vaqti qabul qilingan.Bir soat mintaqasidagi vaqt mintaqa vaqti deb ataladi.

Vaqt o’lchovi mavzusi yuzasidan amaliy mashg’ulot

Mashg’ulotning borishi: Berilgan daraja, ya`ni meridian yoki uzunlik qiymati orqali soat mintaqasining tartib raqami aniqlanadi. Buning uchun berilgan uzunlik yoki meridian qiymatini 360° dan ayirib, so’ng 15° ga bo’linaveradi. Masalan, 30° g’. uz. Dagi nuqtani qaysi soat mintaqasida ekanligini aniqlash kerak. Buning uchun ushbu sonni 360° dan ayiramiz. 360° - 30° = 330°, hosil bo’lgan ayirmani 15° ga bo’lamiz. 330: 15 = 22, demak, berilgan nuqta 22-soat mintaqasida joylashgan ekan.

Amaliy ish bajarish.

1-topshiriq. 60° sharqiy uzunlikdagi nuqtaning qaysi soat mintaqasida ekanligini aniqlang.

Yechish: Berilgan nuqta sharqiy yarimsharda joylashgan ekan. Shuning uchun uni to’g’ridan-to’g’ri 15° ga bo’lamiz:

60 : 15 = 4-soat mintaqasi

Javob: Berilgan nuqta 4-soat mintaqasida joylashgan ekan.

Aniqlangan soat mintaqasining tartib raqami orqali berilgan nuqtadagi vaqqt aniqlanadi. Buning uchun mintaqalar tartib raqamlari bir-biridan ayriladi. Agar vaqtni aniqlashi kerak bo’lgan mintaqa tartib raqamidan katta bo’lsa, mintaqalar ayirmasi tartib raqami kichik bo’lgan mintaqa soatiga qo’shiladi, aksincha bo’lsa kattasidan ayriladi.

2-topshiriq. 5-soat mintaqasida soat 8. 00 bo’lsa, 2-soat mintaqasida soat necha bo’ladi?

Yechish: Mintaqalar raqami ayriladi:

5 – 2 = 3

Misolimizda vaqti aniqlanishi kerak bo’lgan mintaqa tartib raqami vaqti aniq bo’lgan mintaqa tartib raqamidan kichik. Demak, mintaqalar ayirmasining tartib raqami katta bo’lgan soat mintaqasi vaqtidan ayiramiz, ya`ni

8 – 3 = 5.00 bo’ladi.

Mustaqil ishlash uchun masalalar.

Toshkentda soat 12.00 bo’lganda, g’arbda joylashgan 15°, 30°, 45° li nuqtalarda soat necha bo’ladi?



Mashg’ulotni yakunlash.

Uyga vazifa: Vaqt o’lchovi haqida qo’shimcha ma`lumotlarto’plab kelish.
Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish