Yosh gandbolchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish metodikasi



Download 2,04 Mb.
bet4/20
Sana19.04.2022
Hajmi2,04 Mb.
#562634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yuqori sinflarda qо`l to`pi texnikasi

Darsning yakunlovchi qismi organizm ish faoligining pasayishini ta’minlaydi. Bu yerga quyidagilar kiradi: sport asbob–anjomlarini yig‘ishtirish, yurish, sekin yurish, alohida mushak guruxlari uchun mashqlar, raqs elementlari, imitatsiyali boshqa harakatlar. Darsga yakun yasash va ba’zan о‘y vazifasini tushuntirish bilan tugallanadi. Ba’zi о‘quvchilar qо‘shimcha vazifalar olishga muhtoj bо‘ladilar (ayniqsa, turli xil musobaqalarga ishtirok etayotgan paytlarida). Agar о‘qituvchi navbatdagi darslar, kо‘zda tutilayotgan mashqlar, musobaqa turidagi mashqlar, bellashuv elementlaridan iborat harakatli о‘yinlarning mazmunini yoritib bersa, mashg‘ulotlarga bо‘lgan qiziqish yanada ortadi. Kuch mashqlari: qо‘llarni bukib-yozish, burchak holatida turish, tо‘pni otish hamda muvozanatga doir murakkab mashqlarni bajarishga tayyorlanishga katta ahamiyat berish lozim. Uy vazifalarining bajarilishi qо‘l tо‘pi darslari samarasini ancha oshiradi, maktab о‘quvchilarini xar tomonlama jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi.[6]
О‘quvchining darsga puxta tayyorgarlik kо‘rishi dars vaqtidan tо‘laqonli foydalanish asosini tashkil qiladi. U quyidagilarni о‘z ichiga oladi: vazifalarni aniq taqsimlash, oldingi mashg‘ulotlar natijalarini hisobga olish, shug‘ullanuvchilarning о‘zlashtirishni tahlil qilish, dars rejasini tuzish, zarur sport asbob-anjomlarini tanlash.
Darsning umumiy va “motor” zichligi ajratiladi. Umumiy zichlik bu foydali sarflangan vaqtning butun dars vaqtiga nisbatidir; “motor” zichlik – bu mashqlarni bajarish vaqtining butun mashg‘ulot vaqtiga nisbatidir. Dars 100 foizlik umumiy zichlikka ega bо‘lishi kerak, motor zichlik aynan shu guruh shug‘ullanuvchilarining jismoniy rivojlanishi uchun optimal bо‘lishi zarur.
Guruhlar (bо‘linmalar, jamoalar) bо‘yicha ishlash materialini tabaqalash zarur bо‘lgan yoki katta guruhlar bilan ishlab bо‘lmaydigan (masalan tо‘pni darvozaga yо‘llash) paytlarida olib boriladi. Individual mashg‘ulotlar yaxshi о‘zlashtirayotgan о‘quvchilar bilan materialni chuqur egallash paytida yoki qoloq о‘quvchilar bilan xatolarni bartaraf etish ustida ishlash vaqtida о‘tkaziladi.
Oxirgi paytlarda darslarda, darsdan tashqari va trenirovkada shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil qilishning eng samarali shakllaridan biri – bu aylanma trenirovkadir. U mashg‘ulotning yuqori darajadagi umumiy motor zichligini ta’minlaydi. Bu mashqlarni olib borishning (kо‘proq jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun) о‘ziga xos alohida tashkiliy-uslubiy shakli hisoblanadi. Qо‘l tо‘pida aylanma trenirovkaga yaxshi о‘zlashtirilgan mashqlar kiritiladi. Ularning yordamida turli xil mushak guruhlarga tanlab ta’sir kо‘rsatiladi, texnik malakalar, jismoniy sifatlar takomillashtiriladi.
Aylanma trenirovkada odatda, 5-10 ta mashqdan iborat kompleks qо‘llaniladi. Bu mashqlar kompleksi hamma gavda qismlari hamda mushak guruhlarini ketma-ket ishga jalb qiladi. Avval umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari ma’lum bir miqdorda takrorlashlar bilan bajariladi, masalan, 1-2 ta mashq yelka mushagini rivojlantirish uchun, 2ta - gavdaning oldi mushaklarini rivojlantirish uchun; 2ta - oyoq mushaklari uchun; 2ta - organizmga umumiy ta’sir kо‘rsatishi uchun, shuningdek egiluvchanlik, chaqqonlik, harakat muvozanatini rivojlantirish.
Har bir mashq uchun oldindan joy tayyorlanadi. U “stansiya” deb ataladi. Shug‘ullauvchilar bir vaqtning о‘zida 3-6 kishidan iborat guruh bо‘lib mashq bajaradilar. Mashqni bajarib bо‘lib, umumiy signal bо‘yicha guruhlar aylana bо‘ylab joylari bilan almashadilar va boshqa “stansiya” mashqlarini bajarishga kirishadilar.
Mashqlarni meyorlash (har bir stansiyada va umuman) qat’iy ravishda nazorat qilinadi. Avval aylanma trenirovkaga kiritilgan mashqlarning о‘quvchilar tomonidan oxirigacha takrorlash imkoniyatlari (30 sek ichida) aniqlanadi, sо‘ngra har bir stansiya uchun meyorlash 30 sek ichida sо‘nggi sur’atgacha bajarilgan takrorlash sonining uchdan bir qismi yoki kо‘pi bilan yarmisi hisobidan keltirib chiqariladi. 1-2 oydan sо‘ng yangi nazorat testini о‘tkazish hamda yangi individual kо‘rsatkichlarga muvofiq holda aylanma trenirovka hajmini о‘zgartirish maqsadga muvofiqdir.
Qо‘l tо‘pi bо‘yicha ixtisoslashayotganlar uchun hisob varaqalarini (sportchi kundaligiga о‘xshash) yuritish foydalidir. Bu yerda о‘quvchilar о‘zlarining dastlabki natijalari, mashqlardan oldin va keyingi tomir urish kо‘rsatkichlari, trenirovka yuklamalari kattaliklari, о‘z yutuqlarining о‘sishini yozib boradilar. Bunday nazorat ularning say harakatlarini faollashtiradi va boshka sinf, maktab о‘quvchilarining mashg‘ulotlariga bо‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Bunday trenirovkaning bitta aylanasi 5 – 6 min.ni egallaydi. Darsda “aylana” 2 – 3 martacha ( tegishli tarzda mashqlanganlikka ega bо‘lganda) takrorlanishi mumkin. Mashqlarni bajarish xususiyatlarning (ularning shiddati, davomiyligi, har bir stansiyadagi va aylanadagi urinishlar soni) ikki xil bо‘lishi mumkin: uzoq va uzluksiz, stansiyalar orasida almashishlar yugurib, tez sur’atda bajarilsa, aylanalar orasida dam olish esa kо‘p bо‘lmasa, yoki oraliqli–har bir stansiya va aylanadan sо‘ng tegishli tiklanish davri keladi.
Aylanma trenirovkada qо‘l tо‘pi bо‘yicha material asta –sekin о‘zlashtirib borilgan sari, umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari maxsus mashqlar bilan almashtiriladi, о‘quvchilarning xar tomonlama jismoniy tayyorgarligi, balki о‘yinchining maxsus kо‘nikma va malakalarini rivojlantirish masalalari hal etiladi. Alohida stansiyalarda bunday mashqlar quyidagilar bо‘lishi mumkin: 10-25 m masofada turib chegaraga yaqin sur’atda tо‘p oshirishni kо‘p marta takrorlash, sherigiga tо‘p oshirish va ilib olish (yoki devor oldida bajarish), himoyachining kvadrat bо‘ylab harakatlanishlari, oldinga chiqib olib hujum qilishda tо‘pni kо‘p marta qabul qilib olish, uzoq masofaga tо‘p oshirish, darvozaga qiyin zarbalarni berish (yiqilib, blok ustidan oshirib) turli hildagi aldashlarni (fintlarni) bajarish, yengil tо‘ldirma tо‘plarni oshirish (0,8kg ), 2, 3, 4, 5 kg li tо‘ldirma tо‘plarni belgilangan usulda oshirish, tо‘siqlar orasidan ilon izi shaklida tо‘pni olib yurish va nishonga qarata otish, “yarim shpagatlar” siltanishlar hamda yiqilishlar akrobatika mashqlari (darvozabonlar uchun) va h.k.
Daslarni nafaqat zallarda, balki ochiq havoda –qо‘l tо‘pi uchun mо‘ljallangan maxsus yoki oddiy boshqa ochiq о‘yin maydonlarida stadionlarda yoki tabiiy sharoitda (о‘rmonlar, bog‘, daryo bо‘yida va boshqa) joylarda ham о‘tkazish mumkin.
Bunday sharoitlarda о‘tkaziladigan darslar о‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi va chiniqishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi hamda qо‘l tо‘pining asosiy texnika elementlarini tez egallashga yordam beradi.
Yosh gandbolchilarni tanlash va tayyorlashda umumta’lim maktablaridagi gandbol bо‘yicha kuni uzaytirilgan va о‘quv mashg‘ulotlari chuqur о‘zlashtirilgan maxsus sinflar katta rol’ о‘ynaydi. Bunda bolalar gandbolga mehr qо‘yadilar va gandbol о‘ynash sirlarini о‘rganadilar.
Har bir sport maktabida gandbol bо‘yicha maxsus sinflarning ochilishi о‘quv mashg‘ulotlari mazmunini yanada ham oshiradi. Bunda mashg‘ulotlar mazmunini kuniga ikki maxal о‘tkaziladi.
Bugungi kunda gandbolning kun sayin rivojlanishi jismonan eng baquvvat va istedodli о‘yinchilarni tanlab olish talab qiladi. Shuning uchun ham gandbolchilarni tayyorlashdagi eng asosiy masala –umidli yoshlarni tanlab olishdir.[7]
Bolalar va о‘smirlar sport maktablari hamda sport yо‘nalishidagi maktab –internatlar nizomida kо‘rsatib о‘tilganidek, istedodli va umidli sportchilarni tanlab olish butun о‘qish jarayonida olib boriladi.
Har yili о‘qishga qabul qilish vaqtida о‘quvchilarni tanlab olish yoki bir yosh guruhidan ikkinchisiga о‘tkazish masalasi ularni har tomonlama tekshirib kо‘rish yо‘li bilan hal etiladi.
Keyingi yillarda gandbolga doir kо‘pgina ilmiy maqolalar, uslubiy kо‘rsatmalar va qо‘llanmalarda yosh gandbolchilarni tanlab olish masalalari keng yoritilmoqda. Hususan, K.A.Shperlingning ilmiy asoslangan fikrlari ayniqsa, foydalidir. Muallifning fikricha, hozirgi davrda gandbolchi tayyorgarligini boshqaruvchi yagona jarayon deb qaramoq kerak.
Bolalarning yoshlariga hamda ular oldiga qо‘yiladigan mashg‘ulotlarning maqsadi va vazifalariga kо‘ra boshqaruvchi jarayonni 3-4 davrga bо‘lish mumkin.
Birinchi davr (7-9yosh) dastlabki tayyorgarlik davri deb qaraladi. Bu davrdagi asosiy vazifa bolalarda gandbolga bо‘lgan qiziqishni uyg‘otish va sport maxorati uchun umumiy zamin yaratishdir. Bu vazifalarni amalga oshirishda maxsus mashg‘ulotdan tashqari darsdan keyingi seksiya va tо‘garak ishlari vaqtidan foydalanish.
Ikkinchi davr (10-12 yosh) ham biologik ham pedagogik jihatidan tanlab ola boshlashning eng muxim davri hisoblanadi.
Uchinchi davr (13-16 yosh) ihtisoslikni chuqur о‘zlshtirish davri.
Tо‘rtinchi davr (16 yosh va undan katta) sportda takomillashish davridir. Bunda gandbolchi о‘smirlar katta yoshlilar jamoalariga tanlab olinadi. Bu davr guruh va jamolarni tashkil etish hamda mashg‘ulotlarni olib borishda о‘ziga hos hususiyatlarga ega.
Olimlarni fikricha yosh gandbolchilar tayyorgarlikni kompleks tekshirish dasturi о‘ziga hos qator hususiyatlarga ega bо‘ladi.
Birinchidan, uning mazmunini о‘yinchining barcha harakat va ruxiy sifatlarini imkon boricha tо‘la aks ettirishi kerak.
Ikkinchidan, tekshirish natijalari faqatgina yuklanmalarni rejalashtirish uchun emas, balki tanlab olish, kelajagi bor iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun ham hisobga olinadi.
Keyinroq о‘ziga xos malaka va maxoratga ega bо‘lgan bolalar aniqlanadi. Bu davrda ularning gandbol bо‘yicha о‘quv mashg‘ulotlari talablariga qobiliyati borligini aniqlovchi chuqur tekshirishlar о‘tkaziladi. Murabbiylar pedagogik kuzatishlar va maxsus nazorat mashqlari tizimidan foydalanib, bolalarning gandbol о‘yini uchun kerakli bо‘lgan kо‘nikma va mahoratlari haqida tо‘liq ma’lumot oladilar.
Gandbol mashg‘ulotlarida bolalarning (qobiliyatiga baxo berish) harakatlari uchun va ruxiy xusiyatlarini aniqlaydigan nazorat mashqlari tanlanadi.
Sinovlardan olingan natijalar maktabga yangi qabul qilingan о‘quvchining kelajakda qanday о‘qishi haqida murabbiyga ma’lumot beradi. Tanlab olingan murabbiy tanlash sinovlarini bir necha bosqichda о‘tkazadi.
Gandbol bо‘limi mashg‘ulotlariga sog‘ligi juda yaxshi bо‘lgan 9-10 yoshli bolalar qabul qilinadi. Avval murabbiy bolalar bilan tanishadi. Qobiliyatli bolalarni tanlab olgach, ular bilan nazorat sinovlari asosida gandbol bо‘yicha dastlabki mashg‘ulotlarni о‘tkazadi. Keyinchalik bolalar gandbolning yosh sportchilarga qо‘yadigan talablari asosida tanlanadi.
Bolada gandbol о‘yiniga layoqat mavjudligini tasdiqlovchi о‘ziga hos kо‘rsatkichlarga baho berish birinchi navbatda test о‘tkazish va kuzatish natijalariga bog‘liq bо‘ladi. Yosh gandbolchining о‘ziga xos qobiliyatini rivojlantirish usul va vositalarini tо‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Gandbol bо‘yicha о‘quv guruhlar tashkil etish va bolalarning sportdagi natijalarini oldindan aytib berishda testlar о‘tkazish usuli va о‘yinga tayyorgarlikni tahlil qilish asos qilib olinadi. Bunda pedagogik mahorat va shug‘ullanuvchilar sog‘lig‘i tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham e’tiborga olish lozim.
Bundan tashqari, bolaning ruxiy imkoniyatlariga tо‘g‘ri baho berish ham katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Bu yosh sportchining ruxiy sifatlarini ravojlanish darajasini aniqlashga, gandbolchining о‘yin usullarini yaxshi о‘rganib olishga imkon beradi.
Birinchi bosqichda gandbol о‘yiniga qobiliyatli bolalar tanlanadi va tanlangan sport mutaxassisligi bо‘yicha dastlabki mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida bolaning gandbol о‘yiniga yaroqliligi, tanlangan mutaxassislikka bola imkoniyatlarining javob bera olishi va taklif etiladigan ta’sir vositalari hamda dastlabki kо‘rsatkichlarining о‘zgarish darajasi aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda bolaning tanlangan mutaxassislikka qobilyati test kо‘rsatkichlari dinamikasining о‘sib borishi asosida chuqur taxlil qilinadi.
1,5-2 yil mobaynida tо‘g‘ri tashkil etilgan о‘quv –mashg‘ulotlari orqali gandbolchining о‘yin faoliyati uchun kerak bо‘lgan asosiy hususiyatlari bilib olinadi. Bolaning gandbolni tanlashi maqsadga qanchalik muvofiqligi 2 yil ichida bilinadi, shundan sо‘ng murabbiy bu haqda qat’iy qarorga kelishi mumkin. Binobarin bolalarni tanlab olish, guruhlarni tashkil etish 2 yil davom etadi. Buning natijasida shu sport turini tanlagan yoshlarning maktabdagi о‘qishlariga va boshqa shaxsiy xususiyatlari rivojlanishiga halaqit bermagan holda ularning yuqori sport natijalariga erisha olishlarini aniqlab, о‘quv guruhlarida qoldirish zarurligini oldindan aytib berish mushkul bо‘ladi.[7]
Gandbol mashg‘ulotlari bо‘yicha о‘quv guruhlarini tashkil etish uchun bolalarni tanlashda ularning bо‘yiga aynisa katta ahamiyat berish lozim.
Gandbol bо‘yicha sport maktablariga bolalarni tanlab olishda quyidagi testlar qо‘llaniladi:

  1. 30 metrga yugurish (sek.).

  2. Tо‘pni olib 30 metr yurish(sek.).

  3. Tennis koptogini uzoqqa otish (m.).

  4. Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm.).

  5. Turgan joydan uch hatlab sakrash (bolalar uchun sm.).

  6. Oltita ustunchani aylanib о‘tish (masofa 30 m/s).

  7. Murakkab kompleks mashqlarni bajarishda hamda harakatli о‘yinlarda qatnashish.

Tanlov sinovlari о‘tkazish uchun mо‘ljallangan nazorat mashqlarini tahlil qilish shuni kо‘rsatadiki, ular о‘z hajmi va kо‘rsatkichlari bо‘yicha gandbol о‘yini uchun zarur bо‘lgan hozirgi zamon talablariga bemalol javob beradi, chunki ular harakat malakalarini hosil qilish asosida bolaning jismoniy qobiliyatlarini aniqlashga xolisona yordam berishi mumkin.



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish