Kuchni oshirish hususiyatlari
Dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport iqtisoslashuvi bosqichlarida
kuchni oshirishda asosiy etibor butun harakat apparatidagi mushaklarni
mustahkamlashga qaratilishi kerak. Shuni hisobga olish lozim, tabiiy o’sish
jarayonida bolalarda qorinmushaklari, tananing qiyshiq mushaklari, qo’lning
uzoqlashtiruvchi mushakllari, sonning serbar mushagi, oyoqning yaqinlashtiruvchi
mushaklari, odatda, ancha yahshi rivijlanmagan bo’ladi. Bolalarning kuch
imkoniyatlari oz bo’lganligi uchun ularda kuchlilikni tarbiyalashni juda
ehtiyotkorlik bilan, asosan, dinamik harakterdagi qisqa vaqtli zo’r berishdan
foydalanob olib boorish kerak. Kuchni oshirishga oid mashqlar minimal zo’riqish
bilan bajarilishi lozimki, bunda bor kuchni yig’ish, shuningdek, uzoq davom
etadigan anchagina zo’riqish istesno qilinadi.
46
Futbolchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda, asosan, kamroq yuk
bilan katta tezlikda bajariladigan mashqlar qo’llanadi. 9-11 yoshli bolalar shahsiy
og’irligining 30% iga, 12-13 yoshli o’smirlarda esa gavda og’irligining 50% iga
teng bo’lgan ogirlik bilan bajariladigan mashqlarni qo’llaslari mumkin.
Boshlang’ich sport tayyorgarligi bosqichida kuchni oshirish uchun
mashqlarning tayyorlik komplekslarini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Jiddiy mashg’ulot qilish bosqichida butun harakat apparatining mushak
guruhlarini rivojlantirishga qaratilgan kuch mashqlaridan keng foydalaniladi. Shu
bilan birga ayrim mushaklar guruhiga (rivojlanib boruvchi kuchning quvvati,
asosan, shularga bog’liq bo’ladi) alohida ta’sir ko’rsatishga imkon beruvchi
mashqlar ham qo’llaniladi. Jumlada, nerv – mushak kuchlanishlarining tuzulishi va
harakteriga ko’ra futbolning butunlay ta’siriga o’hshash mashqlar (tutash uslub),
shuningdek, asosiy yuklama tushadigan muskullar guruhini rivojlantirishga
qaratilgan mashqlar alohida ta’sir ko’rsatishga imkon beruvchi mashqlar
hisoblanadi.
Barcha harakat apparatining mashqlar guruhini, shuningdek, ayrim
mushaklar guruhini (futbolchilar tomonidan ko’rsatiladigan kuchning samaraliligi
asosan, shularga bog’liq bo’ladi) rivojlantirish uchun ko’proq dinamik kuch
mashqlaridan foydalaniladi, bular ikki guruhga: shahsiy kuch guruhiga bo’linadi.
Yosh futbolchilarning kuch imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish uchun
ko’proq zo’r berish uslubi qo’llanadi. Bu uslubda mushakning ko’p ishlashi modda
almashinuvini anchagina yahshilaydi. Trofik jarayonlarning faollashuvi o’smirlar
kuchining o’sishiga ijobiy ta’sir etadi. Bundan tashqari, takroriy zo’riqish
uslubidan foydalanganda, haddan tashqari kuch sarflash ehtimoli kamayadi.
13-16 yoshda og’irliklar bilan ishlashda maksimal darajada zo’riqishga yo’l
qo’yilmaydi. Shuning uchun og’ir jisimning optimal vaznini aniqlashda yosh
futbolchining maksimal imloniyatlarini emas, balki uning shahsiy og’irligini
e’tiborga olish kerak.
Ogirliklar bilan bajariladigan mashqlardan tashqari, mashg’ulotlarda juft-juft
bo’lib va guruhli ravishda qarshilik ko’rsatib bajariladigan mashqlardan, snaryadda
47
ijro etiladigan mashqlardan, harakatli o’yinlar va boshqalardan foydalaniladi.
Kuchni oshirishga oid u yoki bu mashqning murakkabligi har bir alohida holda
shug’ullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligiga qarab belgilanadi.
Sport tayyorgarligi bosqichida 17-18 yoshli futbolchilar bilan olib
boriladigan mashg’ulotlarda asosiy yuklama tushadigan mushaklar guruhini
rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Turgan gapki, bunda sportchining butun
gavda mushaklarini mustahkamlash borasidagi ishlar to’htatilmaydi.
Katta yoshdagi o’smirlarda asosiy mushak guruhlarining kuchini tarbiyalash
ba’zi bir hususiyatlarga ega. Bu maqsadda turli hil dinalik kuch mashqlari
qo’llanadi. Samarali tezlik-kuch mashqlaridan biri orqa bilan sakrash deb
ataladigan sakrash (75-100 sm balandlikdan) bo’lib, bu mashqni dastlab
chuqurlikka sakrab ko’rilgandan keyin bajariladi. Shuningdek, shahsiy kuch
mashqlari: gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari,
sherigi bilan birga cho’qqayish, anchagina ogir shtanga bilan nisbatan sekin
bajariladigan mashqlardan ham foydalanish mumkin. Shtanga bilan bajariladigan
mashqlarni shunday talash kerakki, ular mushak kuchini hamda qisqarish tezligini
mushaklarning futbol o’yinida nomoyon qilinadigan kuchlanish strukturasi,
harakteri va muqdoriga muvofiq ravishda rivojlantirishga yordam beradigan
bo’lsin.
Kuchni rivojlantirish mashqlaridan og’irliklar muqdorini yahshisi gavda
og’irligiga va mashqni bir marta bajarganda necha marta takrorlashga nisbatan friz
hisobida belgilash kerak. Bunda V.M.Zasioriskiy tomonidan tavsiya qilingan
quyidagi shartli belgilarga amal qilish mumkin:
48
4-jadval
Ogirlik qarshilikning belgilanishi
Bir marta bajarganda mumkin bo’lgan
takrorlashlar soni
Imkon chegarasidagi
Imkon chegarasiga yaqin
Katta
O’rtacha katta
O’rtacha
Kichik
Juda kichik
2
2-3
4-7
8-12
13-18
19-25
25 dan ko’p
Takroriy zo’riqish uslubid katta va o’rtacha katta qarshiliklar bilan
bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Agar yosh futbolchining kuchi
mashg’ulotlar jarayonida harakatlarni 8-12 mrtadan ko’proq bajara oladigan
darajada ortsa, mashqlarni 4-7 marta bajarishga imkon beradigan darajaga qadar
murakkablashtirish lozim. Kuchni tabialashda mashqni bir urunishda 50 tagacha
takrorlash tavsiya etilmaydi. Bunchalik o’p takrorlashlar faqat chidamlilikni
tarbiyalashda maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |