1.2. Futbolchilarni futbol bo’limiga qabul qilishda tanlash uslubiyoti
Zamonaviy futbol sportchilarning jismoniy sifatlariga, sog’lig’iga ruhiyatiga turli va yuqori talablar qo’yadi. Yosh futbolchilarni tanlashda ularning umumiy va mahsus qobilyatiga ahamiyat beriladi. Tahnik tayyorgarlik darajasiga, ya’ni “o’ynashni bilishiga” eng kam e’tibor qaratiladi. Bu mezon yosh futbolchining musobaqa tayyorgarligini hisobga olmaydi.
Tadqiqotlarnning ko’rsatishicha, shunday bolalar borki, futbol bo’limiga kirganda tehnik va o’yin ko’rsatkichlari unchalik baland darajada bo’lmaydi, lekin jismoniy va psihologik omillari yuqori darajada bo’lganligi sababli, ularning tehnik
taktik mahorati tez o’sadi.
Birinchi tanlovda qo’llash mumkin bo’lgan kompleks ko’rsatkichlar mavjud. Bunga oltita test ko’rsatkichlari kiradi.
Muhimi, ko’pincha tug’ma hisiblangan yugurish tezligi. Tezkorlik sifatlarini baholash uchun 30 metrga yugurish tavsiya qilinadi.
Qobilyatni rivojlantirishda tezkorlik-kuch imkoniyatlari katta ro’l o’ynaydi. Buni yugurib kelib, ikki oyoqda depsingan holda yuqoriga sakrashning balandligi orqali baholash mumkin.
Muhim sifatlardan biri bu epchillikdir. Uning 12-13 yoshdan keyin rivojlanishi qiyin bo’ladi. Tanlashda umumiy va mahsus epchillikni hisobga olish kerak.
mahsus koordinatsiya dribbling orqali baholanadi (5 ta doirani aldab o’tish)
eng muhim ruhuy sifatlardan biri o’yinni idrok eta bilish va mo’ljalga olishdir.
tanlashning ohirgi bosqich ko’rsatkichi bu – “o’yin shiddati va jangovorlik sifati”.
Shunday qilib, birinchi bosqichda 6 ta test va ko’rsatkichlar o’yin paytida baholanadi.
Bu tanlash dasturi 30-50 ta boladan kirish imtihonlarini qabul qilishga mo’ljallangan.Buning uchun tanlash jarayonini yahshi tashkil qilish kerak. Nazorat sinovlarini 4 ta stansiyaga bo’lib qabul qilish lozim. Birinchi stansiyada 30 metrga yugurish qabul qilinadi. Ikkinchisida – yuqoriga sakrash. Uchinchi stansiyada umumiy epchillik baholanadi. To’rtinchisida to’p olib o’tishda diqqatni taqsimlash qobilyati baholanadi. O’yinni idrok etish (yoki fikrlash) ikki taraflama mini futbol o’yinini jarayonida aniqlanadi.Yosh futbolchilarning yiqqan ballari soni aniqlanib, ularning bahosi quyidagi baholash meyorlari jadvali orqali keltiriladi.Qabul imtihonlari natijalari tahlil qilinganidan song baholar e’lon qilinadi. Ijobiy baholarga erishgan bolalardan guruh tanlab olinadi. Ko’rsatkichlari yuqoriroq bo’lib, ammo sinovdan o’ta olmagan futbolchilar nomzodlar guruhiga olinishi mumkin. Ularga uy vazifasi yarim yilga yoki bir yilga beriladi, so’ngra ular qayta ko’rikdan o’tishlari mumkin. Shuning bilan birinchi bosqich yakunlanadi.Ikkinchi bosqichda yosh futbolchilarni tanlab olish uslubiyati.Tanlashning ikkinchi bosqichida yosh futbolchilar ichidan iqtidorlilari tanlab olinadi. Bu maqsadni amalgam oshirish uchun birinchi bosqichdagi testlar ijobiy samara bermaydi. Tahlil shuni ko’rsatdiki, qobilyat rivojlanishini baholash uchun birmuncha boshqacharoq doira ko’rsatkichlaridan foydalanish lozim.
to’pga oyoq bilan uzoq masofaga zarba berish – 3 marta eng yahshi natija hisobga olinadi.
tahnika uchun test. Burchakdan jarima maydonining markazigacha to’pni olib yurib, bir-biridan 3 m uzoqlikda joylashgan to’siqlarni “aldab” o’tib, darvozaga zarba berish. Chap va o’ng burchakdan ikkitadan imkoniyat beriladi. To’p darvozaga kirishi lozim. Eng yahshi natija hisobga olinadi.
mahsus koordinatsiya uchun test. Top bilan doiralarni kam vaqt sarflab “aldab” o’tish. Ikki imkoniyatdan yahshiroq natija olinadi.hidamlilikni baholash 300 metrga yugurish bilan amalgam oshiriladi.o’yin faoliyatini baholashda psihologik va fiziologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan usullardan foydalaniladi. O’rtacha natija 10-12 urunishdan keyin aniqlanadi.
O’sish sur’atini qanday baholash mumkin?
Buning uchun birinchi bosqichdan so’ng, tanlab olingan bolalarni ko’rsatgan natijalarini qo’shimcha testlash lozim.
So’ng oltita test natijalari orqali bolalar yigindisi hisoblanadi. Keyinchalik bir, ikki yillik mashg’ulotlardan so’ng taqdim etilayotgan mashqlar kompleksi orqali testlash o’tkaziladi va yana ballar yig’indisi aniqlanadi.
Baholash meyorlari jadvalda ko’rsatilgan.
O’sish templari yig’ilgan bolalarning farqiga qarab mashg’ulotlardan oldin va mashg’ulotlardan bir ikki yil so’ng aniqlanadi. Sport takomillashtiruviqa qiyinchiliklarga duch kelayotgan bolalar ko’pincha ruhiy tomondan kuchliroq bo’ladi. Shuning uchun murabbiy tomonidan ularning mehnatsevarligi va tirishqoqligiga katta e’tibor berish talab etiladi.
Qobilyatli bolalarni tanlab olish – bu qilingan ishni yarmi, holos. Qobilyatni aniqlab, uni to’g’ri rivojlantirish va shakllantirish lozim.
Tadqiqot jarayonida amalga oshiriladigan ishlarning ilmiy va amaliy muammolari, tadqiqotning maqsadi, vazifalari hamda maktab o`quvchilarini jismoniy tayyorgarligini oshirishga bag’ishlangan ilmiy-uslubiy manbalar o`rganildi. Bundan tashqari tadqiqot o`tkazish hujjatlari tayyorlandi. Maktabda o`quvchilari bilan o`tkaziladigan jismoniy tayyorgarlik testlari hamda jismoniy rivojlanishning antropometrik ko`rsatkichlarini o`lchashga oid adabiyotlar tahlil qilinib tadqiqot modeli yaratildi.
Andijon shaxar Sho‘rbuloq futbol maktabi o`quvchilarini jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarliklarini o`rganish maqsadida o`qituvchilar tajribasi o`rganildi va pedagogik kuzatishlar olib borildi.
Maktab o`quvchilarini jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun antropometrik ko`rsatkichlar hamda me`yorlari tayyorlandi.
Tajriba ishlari o`tkazildi.. Bunda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilindi va natijalar taqqoslandi.
Olingan ma`lumotlar matematik-statistik usullar bilan ishlab chiqildi. Ish 60 betdan iborat bo`lib, kirish, uchta bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishida 4 ta jadval mavjud. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 25 ta nomda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |