Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Shartli reflekslarning tormozlanishi



Download 362,21 Kb.
bet9/60
Sana21.04.2022
Hajmi362,21 Kb.
#571382
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
Organizmdagi suyaklarning tuzilishi ularni yosh xususiyatlari va xillari

Shartli reflekslarning tormozlanishi. Tormozlanish ikki xil: tashqi, yani shartsiz tormozlanish va ichki, ya‘ni shartli tormozlanish bo’ladi.
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks hosil bo’layotgan davrda tashqi muhit sharoitining birdan o’zgarishi miya po’stlog’ida yangi qo’zg’alish o’chog’ini hosil qiladi va shartli refleks markazini tormozlaydi. Bunday tashqi tasirlovchilarga turli tovushlar, xonadagi yorug’lik, shamol va boshqalar kiradi. Tashqi tormozlanishni hosil qiladigan tasirlovchilar shartsiz tasirlovchi deb nomlanadi. Masalan dars vaqtida ko’chadan avtomobil ovozi eshitilganda o’quvchilarning diqqati chalg’idi. Miya po’stlog’ida ikkilamchi qo’zgalish markazi vujudga kelmasa ham tormozlanish paydo bo’lishi mumkin.
Shartli tormozlanish. Shartli yani ichki tormozlanish markaziy nerv sistemasining yuqori bo’limlariga xos bo’lib, shartli tasirlovchi shartsiz tasirlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita
qo’zg’alish o’chog’i vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo’ladi. Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo’ladi. Shartli tormozlanish so’nuvchi, qiyosiy va kechikuvchi turlarga bo’linadi.
So’nuvchi tormozlanish. Agar odam egallagan bilim, hunar, kasbini uzoq vaqt davomida takrorlab turmasa, uning esidan chiqadi, hosil bo’lgan shartli refleks so’nadi, yani bu refleksning miyadagi markazida ichki so’nuvchi tormozlanish xolati yuzaga keladi. Natijada odamning o’rgangan bilimi, xunari esidan chiqadi. Ammo bu boglanish yukolsa ham malum vaktgacha uning izi koladi. Shuning uchun odam unutgan narsalarini takrorlasa u tez esiga keladi. Odamning kundalik hayotida so’nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So’nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin. Bu nerv sistemasining tipiga, sinish darajasiga, bolaning yoshiga bog’liq bo’ladi.
Qiyosiy tormozlanish. Miya yarim sharlar pustlog’ida shartli refleks faqat shartli tasirga nisbatan hosil bo’lmasdan, balki shu tasirga yaqin tasirlovchilarga nisbatan ham bog’liq bo’ladi. Shartli tasirlovchining rangi, shakli, tovush balandligi bir oz o’zgartirilgudek bo’lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
Kechikuvchi shartli refleks. Agar shartsiz tasirlovchi kechiktirilib tasir qilinsa, shartli refleks tasir berilishi bilanok emas, balki bir oz kechrok hosil bo’ladi, Kechikuvchi shartli reflekslar bog’cha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik bilan hosil bo’ladi. Bu bolalar oliy nerv faoliyatining tipiga bog’liq.
Nazorat savollari:
1. Nerv sistemasining vazifasi nimadan iborat?
2. Nerv sistemasi necha turga bo’linadi?
3. Nerv markazlari qanday xususiyatlarga ega?
4. Bosh miya qanday bo’limlardan iborat?
5. Necha xil reflekslarni bilasiz?
6. Shartli reflekslar qanday turlarga bo’linadi?
7. Shartli tormozlanish necha xil bo’ladi?



Download 362,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish