Ingichka ichakda ovqatning xazm bo’lishi. Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6- 7 m, diametri 2,5-3 sm. Ingichka ichak 12 barmoqli ichak - 20 sm, och ichak va yon bosh ichakka bo’linadi. Oshqozon qisman parchalangan ovqat bo’lagi 12 barmoqli ichakka tushadi. Bu yerda jigardagi o’t pufakda ishlab chiqilgan o’t suyuqligi va oshqozon osti bezida . ishlab chiqilgan oshqozon ost bezining shirasi yordamida va 12 barmoqli ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta‘sirida ovqat bo’tqasi parchalanadi. Ichak shirasi 99% suv, qolgan qismi organik modda, fermentlardan (eripsin, lipaza, amilaza) va tuzdan iborat bo’ladi. Bir sutkada 1 ,5-2 litr ichak shirasi ishlab chiqariladi. Ichak devori ishqoriy xususiyatga ega. Ichak devorlari juda ko’p so’rg’ichlardan iborat bo’lib, ular qon tomirlariga juda boy bo’ladi. Parchalangan ovqat shular yordamida qonga suriladi. Bolalarda ichakning uzunligi tanasiga nisbatan katta odamnikiga qaraganda uzun. Bola yoshi ortishi bilan ichak shirasini miqdori va fermentlarning kontsertratsiyasi ortib boradi. Oshqozon osti bezi ikki xil vazifani bajaradi. Uning og’irligi chaqaloqlarda - 2,63 g, 12 yoshda uning uzunligi kata odamnikiga teng bo’ladi. Me‘da osti bezining og’irligi 70-80 g. barg shaklida, uning boshi, tanasi, dum qismlari bo’ladi. Me‘da osti bezi bir sutkada 500800 sm3 shira ishlab chiqaradi. Uning 98% suv, qolgan qismi oqsil va tuzdan iborat. Shira tarkibidagi fermentlar, ya‘ni eripsin, peptonlarni aminokislotalargacha, lipaza yog’larni yog’ kislotasi va glitsiringacha parchalaydi.
Jigar. Jigar organizmdagi eng katta bez bo’lib, og’irligi 1,5 kg chap qovurg’alar ostida joylashgan. Jigar quyidagi vazifalarni bajaradi: darvoza venasini h osil qilgan vena qon tomiri ovqatdagi va qondagi zaxarli moddalarni zaxarsizlantiradi; qon deposi xisoblanadi. Bu yerda 10% qon zapasi saqlanadi; o’lgan eritrotsitlar jigarda to’planadi, bolalarda esa eritrotsitlar h osil bo’ladi; Kuper xujayralarida o’t, suyuqligi ishlab chiqariladi; Jigar ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi; Jigar tana temperaturasini turg’un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so’ng o’t ajralib chiqadi va 12 barmokli ichakka quyiladi. Ut yog’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishini tezlashtiradi, ovqat xazm qilish kanalini xarakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o’ldiradi. Bolaning yoshi ortishi bilan jigarniig h ajmi, og’irligi tuzilishi o’zgarib boradi. Yangi tug’ilgan bola jigarning og’irligi 130 g, 2-3 yoshda - 460 g, 6-7 yoshda - 675 g, 8-9 yoshda - 720 G, 12 yoshda - 1130 g, 16 yoshda - 1260 g. Bolalar o’t kislotasining kontsentratsiyasi va miqdori kam bo’ladi.
Xazm kanalining xarakatlari. Odam ovqatlangandan 15 minutdan so’ng ichak muskullari qisqarib, ichak xarakatlana boshlaydi. U uch xil peristaltik, segmentli, mayatniksimon xarakatlanadi. Ichak xarakatlanganda ovqat massasi qorishadi, to’g’ri ichak tomonga xarakatlanadi. Ichakning reflektor yo’lidan qisqarishi ichak devorini ximik va mexanik ta‘sirlanishi tufayli vujudga keladi. Ovqat butkasi bolalarda ingichka ichakda jami 12-30 soat atrofida utadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |