Yosh fiziologiyasi va gigiyena


O‘quvchilarning taxminiy kun tartibi (1-smena)



Download 2,09 Mb.
bet44/80
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#191175
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80
Bog'liq
O'UM 2020 yosh fiziologiya va gigiyena (5)

O‘quvchilarning taxminiy kun tartibi (1-smena)




Kun tartibi

1-2 sinf

3-4 sinf

1.

Uyqudan turish

7.00

7.00

2.

Ertalabki gimnastika, chiniqtirish mashqlari (ho‘l sochiq bilan badanni artish, dush qabul qilish), o‘rinni yig‘ishtirish, yuvinish va b.

7.00 – 7.30

7.00 – 7.30

3.

Ertalabki nonushta

7.30 – 8.00

7.30 – 8.00

4.

Maktabga borish

8.00 – 8.30

8.00 – 8.30

5.

Maktabdagi o‘quv mashg‘ulotlari (darslar, katta tanaffusdagi nonushta)

8.30 – 12.30

8.30 – 13.30

6.

Maktabdan qaytish

12.30 – 13.00

13.30 – 14.00

7.

Tushlik

13.00 – 13.30

14.00 – 14.30

8.

Tushlikdan keyingi dam olish (7-8 yoshli bolalar uchun uxlash va b.)

13.30 – 14.30



9.

Sayr qilish, ochiq havoda o‘ynash

14.30 – 16.30

14.30 – 16.30

10.

Tushdan keyingi ovqat

16.30 – 16.45

16.30 – 16.45

11.

Uy vazifalarini bajarish

16.45 – 17.45

16.45 – 18.15

12.

Bo‘sh vaqt, ochiq havoda o‘ynash

17.45 – 18.45

18.15 – 19.00

13.

Kechki ovqat

18.45 – 19.00

19.00 – 19.20

14.

Osoyishtalik, o‘yinlar, radioeshittirish, teyeko‘rsatuvlarni ko‘rish, uy ishlariga yordamlashish, qo‘l mehnati va b.

19.00 – 19.15

19.20 – 20.20

15.

Uxlashga tayyorlanish

19.15 – 20.00

20.20 – 20.30

16.

Uxlash

20.00 – 7.00

20.30 – 7.00


O‘quvchilarning taxminiy kun tartibi (2-smena)




Kun tartibi

2 sinf

3-4 sinf

1.

Uyqudan turish

7.30

7.30

2.

Ertalabki gimnastika, chiniqtirish mashqlari (ho‘l sochiq bilan badanni artish, dush qabul qilish), o‘rinni yig‘ishtirish, yuvinish va b.

7.30 – 8.00

7.30 – 8.00

3.

Ertalabki nonushta

8.00 – 8.30

8.00 – 8.30

4.

Ro‘zg‘or ishlariga yordamlashish, ochiq havoda dam olish

8.30 – 9.30

8.30 – 9.30

5.

Uy vazifaarini bajarish

9.30 – 10.30

9.30 – 10.30

6.

Ochiq havoda sayr qilish, serharakat o‘yinlar

10.30 – 12.30

10.30 – 12.30

7.

Tushlik

12.30 – 13.00

12.30 – 13.00

8.

Tushlikdan keyingi dam olish

13.00 – 13.30

13.00 – 13.30

9.

Maktabga borish

13.30 – 14.00

13.30 – 14.00

10.

Maktabdagi o‘quv mashg‘ulotlari (darslar, tushdan keyingi nonushta)

14.00 – 18.00

14.00 – 18.45

11.

Maktabdan qaytish

18.00 – 18.30

18.45 – 19.00

12.

Kechki ovqatga tayyorlanish

18.30 – 18.45

19.00 – 19.15

13.

Kechki ovqat

18.45 – 19.00

19.15 – 19.30

14.

Osoyishtalik, o‘yinlar, radioeshittirish, teleko‘rsatuvlarni ko‘rish, badiiy kitoblar o‘qish, muzika bilan shug‘ullanish, uy ishlariga yordamlashish, qo‘l mehnati va b.

19.00 – 20.15

19.30 – 20.45

15.

Uxlashga tayyorlanish

20.15 – 20.30

20.45 – 21.00

16.

Uxlash

20.30 – 7.30

21.00 – 7.30


Nazorat savollari.



  1. Oliy nerv faoliyati nima?

  2. Bolalarda oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?

  3. Oliy nerv faoliyatining qanday tiplari mavjud?

  4. Melanxolik va xolerik tipga xarakteristika.

  5. Sangvinik va flegmatik tipga xarakteristika.

  6. Bolalarda oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq holatlar.

  7. Bolalarda charchash va uning yuzaga kelishi, oqibatlari.

  8. Bolalarda nevroz kasalligi va uning yuzaga kelishi.

  9. Bolalar va o‘quvchilarda charchashning oldini olish yo‘llari.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
L.S. Klemesheva, M.S.Ergasheva, “Yoshga oid fiziologiya”. Toshkent, “O’qituvchi” nashriyot, 1991.

  1. A.D. Nozdrachev, I.A.Barannikov, A.S.Batuyev. Общий курс физиологии человека и животных. М., Высшая школа, 1991. 1 кн . 511с. 2 кн. - 527 с.

  2. U.Z.Qodirov “Odam fiziologiyasi”, Toshkent, “Ibn Sino” nashriyoti, 1996 yil.

  3. В.М.Покровский, Г.Ф.Коротько. Физиология человека: Учебник в двух томах. –М: Медицина, 2001, - 467 с.

  4. K.T.Almatov, SH.I.Allamuratov, “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”. T., O’zMU, 2004. - 580 b.

  5. L.S. Klemesheva, K.T.Almatov, A.T.Matchanov .физиологии кровообращения. Физиологии сосудистой ситемы. Т,НУУз., 2004 г, 120 с.

  6. K.T.Almatov, L.S. Klemesheva, A.T.Matchanov, SH.I.Allamuratov. Ulg’ayish fiziologiya

Dars jadvallarini tuzish
Mavzuning ahamiyati:

Dars jadvalini gigiyenik qoidaga asosan to’g’ri tuzilishi, o’quvchilar ish qobiliyatini yuqori darajada bo’lishiga, dars materiallarini yaxshi o’zlashtirilishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari o’quvchilarni dars vaqtida charchab qolishini oldini oladi va ularning sog’lig’ini mustahkamlash omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.



Ishning maqsadi:

1.Talabalarga dars jadvalini gigiyenik nuqtai nazardan to’g’ri tuzilganligini analiz qilish va baholash usullarini o’rgatish.

Kerakli materiallar: Analiz qilish uchun maktab dars jadvali.

Ishni bajarish tartibi:


  1. Guruh talabalari 3 kishidan kichik guruhlarga bo’linadi.

  2. Har qaysi kichik guruh talabalari bitta sinfning bir haftalik dars jadvalini analiz qiladi va gigiyenik nuqtai-nazardan baholaydi.


Dars jadvalini analiz qilinuvchi masalalari:

Dars jadvalini analiz qilishda quyidagi masalalarga e’tibor beriladi.



  1. Sinflarning bir kunlik va xaftalik o’quv yuklamasi.

O’rta maktablarning o’quv rejasida turli sinflarni haftalik o’quv yuklamasi quyidagicha:
1-2 sinflarda - 24 soat

3 - sinfda - 26 soat

4 - sinfda - 29 soat

5-8 sinflarda - 30 soat

9-10 sinflarda - 32 soat

Dars jadvalida haftalik dars soatlari yuqoridagi miqdorlardan oshmasligi kerak.


2. Maktabda dars boshlanish vaqti. Agar maktab bir smenalik bo’lsa darslar ertalab soat 9 da boshlanishi kerak. Maktab 2 smenali bo’lsa darslar ertalab 8:30 da boshlanishi kerak. Darslarni yuqorida ko’rsatilgan vaqtlardan oldin boshlanishi o’quvchilarni ertalab shoshiltirib qo’yadi: ular ertalabki gimnastikani bajarishga ulgurmaydilar, bahurja nonushta qila olmaydilar. Natijada maktabda tez charchab qoladilar, asta-sekin bu holat ularning sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

3. Maktabda o’tiladigan fanlarni o’zlashtirilishi qiyin yoki osonligiga qarab taqsimlanishi. O’zlashtirilishining qiyinligi yoki osonligiga qarab fanlar 3 guruhga bo’linadi.

1.Qiyin fanlarga: matematika, chet tillari, rus tili va adabiyoti, fizika, ximiya.

2. O’rtacha qiyinlikdagi fanlar: jamiyatshunoslik, geografiya, ona tili va adabiyoti, tarix, chizmachilik, biologiya fanlari.

3. Yengil fanlar: jismoniy tarbiya, mehnat, rasm ashula.

Agar 10 ballik sistema bo’yicha taqqoslanadigan bo’lsa o’zlashtirilishi qiyinligi yoki osonligiga qarab turli fanlar taxminan quyidagi ballarga ega bo’lishi mumkin.



  1. Matematika - 10 ball;

  2. CHet tillari, rus tili - 9 ball;

  3. Fizika, ximiya - 8 ball;

  4. jamiyatshunoslik, geografiya, biologiya - 7 ball;

  5. Ona tili va adabiyoti, tarix - 6 ball;

  6. CHizmachilik - 5 ball

  7. jismoniy tarbiya - 4 ball;

  8. Mehnat - 3 ball;

  9. Rasm - 2 ball;

  10. Ashula - 1 ball.

4. Fiziologik va gigiyenik nuqtai nazardan turli fanlarni dars jadvaliga joylashtirish tartibi.

Ertalab, uyqudan so’ng, ayniqsa, kichik va o’rta sinf o’quvchilarining markaziy nerv sistеmаsini ish qobiliyati deyarli nisbatan pastroq bo’ladi. Ikkinchi va uchinchi dars sostlarida ish qobiliyati yuqori darajada bo’ladi. To’rtinchi dars soatida charchashning belgilari pastda bo’la boshlaydi.

Organizmning yuqoridagi fiziologik holatlarini hisobga olib birinchi smenani dars jadvaliga fanlar quyidagicha joylashtirilishi tavsiya etiladi: Birinchi soatga o’rtacha qiyinlikdagi fanlar, 2-3 soatlarga qiyin fanlar, 4-soatga engil fanlar, 5-6 soatlarga o’rtacha qiyinlikdagi fanlar.

Ikkinchi smenani dars jadvaliga fanlar quyidagicha joylashtirilishi mumkin: birinchi va ikkinchi soatlarga qiyin fanlar, 3-soatga o’rtacha qiyinlikdagi fanlar, 4-5 soatlarga engil fanlar, 6-soatga o’rtacha qiyinlikdagi fanlar.

IZOH: Agar analiz qilinadigan dars jadvalida yuqorida ko’rsatilgan gigiuenik qoidalarga amal qilinmagan bo’lsa, bunday dars jadvali gigiyenik nuqtai-nazardan noto’g’ri deb baholanadi.


6-Mavzu: O`quvchilar jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash. Antropometrik o`lchovlar o`tkazish orqali jismoniy rivojlanishga baho berish, o`quvchilarning maktabdagi shaxsiy tibbiyot varaqlarini tahlil qilishni o`rganish.
Bolalar va o’smirlarni jismoniy rivojlanishini asosiy ko’rsatkichlariga bo’y uzunligi, tana og’irligi, ko’krak qafasini aylanasi kiradi. Bularga samotometrik ko’rsatgichlar deyiladi.

Jismoniy rivojlanishning qo’shimcha ko’rsatgichlariga o’pkaning tiriklik sig’imi, qo’l va bel muskullarini ko’chini aniqlash kiradi. Bularga fiziometrik ko’rsatgichlar deyiladi.

Bulardan tashqari teri osti yog’ qatlamini taraqqiy qilganligi; ko’krak qafasi, orqa va elka, oyoqlar va tovon shakli, qomat kabilar ham jismoniy rivojlanishning qo’shimcha ko’rsatkishlari bo’lib, ularni samotoskopik ko’rsatkichlar deyiladi.
Ishdan maqsad:
1.Organizmni jismoniy rivojlanishi haqidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash.

2.Jismoniy rivojlanishni asosiy ko’rsatgichlarini aniqlash usullari (antropo-metriya) ni o’rgatish.

3.Olingan natijalar bo’yicha jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini baholash.
Kerakli asbob va materiallar:
1.Bo’y uzunligini o’lchash uchun rostometr.

2.Tana og’irligini o’lchash uchun meditsina tarozisi.

3.Ko’krak qafasi aylanasini o’lchash uchun santimetrli lenta.

4.O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlash uchun spirometr asbobi.

5.Qo’l va bel muskullari kuchini aniqlash uchun dinamometrlar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Guruh talabalari 4 kishidan kichik guruhlarga bo’linadi.

2.Har qaysi kichik guruh talabalari bir-birlarini jismoniy rivojlanish ko’rsat-kichlarini aniqlaydi.

3.Olingan natijalar Tajriba kartasiga yoziladi va baholanadi.
Jismoniy rivojlanishning normal ko’rsatkichlari.
Bo’y uzunligi. Bir yoshlik bolani bo’y uzunligi normada 75 sm. ikki yoshdan to o’n besh yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar har yili o’rtacha 5 sm o’sadi. 2 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’rtacha bo’y uzunligi normada qancha bo’lishi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bo’y uzunligi-75-(5 x P).

-75 sm - bir yoshlik bolaning bo’y uzunligi;

-5 sm - 2 dan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni bir yilda bo’yini o’sishini o’rtacha ko’rsatgichi;

-P - bolaning yoshi.


Masalan: 10 yoshlik bolaning bo’y uzunligi o’rtacha quyidagicha bo’lishi mumkin- 75- (5 x 10)- 125 sm.

Katta kishilarni o’rtacha bo’y o’zunligi 170 sm deb qabul qilingan. Bo’y uzunligi rostometr asbobi bilan o’lchanadi.


Tana og’irligi. Bir yoshlik bolani tana og’irligi o’rtacha 9 kg 250gr bo’ladi. Ikki yoshdan to o’n besh yoshgacha bo’lgan bolalarni tana og’irligi har yili o’rtacha 2 kg ko’payadi. 2 dan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni tana og’irligi o’rtacha qancha bo’lishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Tana og’irligi - 9 kg.250 gr –(2 kg x P).

-9 kg 250 gr- bir yoshli bolani o’rtacha tana og’irligi;

-2 kg - 2 dan 15 yoshgacha tana og’irligini har yili o’rtacha ko’payishi;

- P - bolaning yoshi.
Masalan: 10 yoshlik bolani o’rtacha tana og’irligi quyidagicha bo’ladi - 9 kg 250 gr- (2 x 10)- 29 kg 250 gr.

Katta kishilarni o’rtacha tana og’irligi 70 kg deb qabul qilingan. Tana og’irligi meditsina tarozi bilan o’lchanadi.


Ko’krak qafasining aylanasi. Bir yoshli bolaning ko’krak qafasini aylanasi normada o’rtacha 48 sm bo’ladi, 5 yoshda - 55 sm, 10 yoshda 63 sm, 15 yoshda - 75-78 sm bo’ladi. ko’krak qafasini aylanasi qancha ko’p bo’lsa jismoniy rivojlanish shuncha deb baholanadi. Ko’krak qafasini aylanasi santimetrli lenta bilan o’lchanadi. Lenta orqa tomondan ko’krakni pastki qirrasini ostidan, oldindan erkaklarda ko’krak bezini ustidan, ayollarda ko’krak bezini ostidan quylishi kerak.
O’pkaning tiriklik sig’imi (O’TS). O’pkaning tiriklik sig’imi spirometr asbobi bilan aniqlanadi. Spirometr suvli va havoli bo’ladi. Tekshiriluvchi oldin 2 marta nafas olib chiqaradi, so’ng chuqur nafas olib spirometr nayiga sekinlik bilan to nafasini oxirigacha puflaydi. Tiriklik sig’imi belgilab kartaga yozadi.

Sakkiz yoshli o’g’il bolada o’pkaning tiriklik sig’imi o’rtacha - 1680 ml, qiz bolada – 1480 ml, 10 yoshlik o’g’il bolada - 2000 ml, qiz bolada – 1900 ml, 15 yoshlik o’g’il bolada 3000-3500 ml, qiz bolada 2500-3000 ml, katta kishilar (erkaklar) da 3000-3500 ml, chiiqqan bo’lsa o’pkaning tiriklik sig’imi shunchalik ko’p bo’ladi. Sportchilarda o’pkaning tiriklik sig’imi 5000-8000 ml.gacha bo’ladi.


Qo’l muskullarining ko’chi. Bu dinamometr asbobi bilan o’lchanadi. Dinamometrni qo’l kaftiga qo’yib barmoqlar bilan qattiq qisiladi. O’ng va chap qo’l kuchi alohida o’lchanadi. Muskul kuchi kilogramm bilan ifodalanadi.

Sakkiz yoshli o’g’il bolaning o’ng qo’lini kuchi o’rtacha - 16.4 kg, chap qo’lini kuchi – 15.5 kg, qiz bolada – 13.8 va 12.9 kg, 10 yoshlik yigitni o’ng qo’lini kuchi – 47 kg, chap qo’lini kuchi – 40.6 kg, shu yoshdagi qizlarda – 29 kg va 26 kg.


Bel muskullarini kuchi. Bu ham dinamometr asbobi bilan o’lchanadi va kilagramm bilan ifodalanadi. Dinamometr pastki qismi ikki oyoq ostiga olinib, yuqori qismini ikki qo’l bilan ushlab bor kuch bilan yuqoriga tortiladi. Sport bilan shug’ullanuvchi talaba yigitlarda bel kuchi o’rtacha 170 kg, sport bilan shug’ullanuvchi talaba qizlarda – 110 kg bo’ladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish