Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Ish uchun kerakli asbob va materiallar: santimetrli lenta, lyuksmetr



Download 2,09 Mb.
bet38/80
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#191175
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
O'UM 2020 yosh fiziologiya va gigiyena (5)

Ish uchun kerakli asbob va materiallar: santimetrli lenta, lyuksmetr.

2. O’quvchilarni bo’yiga, ko’z o’tkirligiga, eshitish o’tkirligiga va sog’lig’iga qarab o’quv xonasida gigiyenik talabga asosan joylashtirish qoidasini tushuntirish.



Ishni bajarish tartibi:

Guruh talabalari 3 kishidan kichik guruhlarga bo’linadi va har qaysi kichik guruh quyidagi ishlarni bajaradi:

1. O’quv xonasini umumiy pol satxini aniqlash. Buning uchun santimetrli lenta bilan xonani uzunligi va eni o’lchanib, olingan raqamlar bir-biriga ko’paytiriladi. Normada o’quv xonasining pol satxi 50 m2 bo’lishi kerak. Buni uchun xonani uzunligi 8.2 metr, eni 6.1 metr bo’lmog’i lozim (8.2 x 6.1 – 50 m2).

2. Gigiyena talabiga binoan 1-7 sinflarda o’quvchilarni soni 40 kishidan, 8-10 sinf o’quvchilari 36 kishidan oshmasligi kerak. Har bir o’quvchi uchun 1-7 sinflarda 1.25 m2, 8-10 sinfda 1.40 m2 pol satxi to’g’ri kelishi kerak.

Buni aniqlash uchun xonani umumiy pol sathi o’quvchilar soniga taqsimlanadi: 50 m2 : 40 – 1.25 m2 yoki 50 m2 : 36 – 1.40 m2.


  1. O’quv xonasini tabiiy yorug’ligini aniqlash.

Gigiyena talabiga asosan sinfxonasini tabiiy yorug’lik koeffisiyenti 1:4 yoki 1:5 qismiga teng bo’lishi kerak yoki xona derazalarini umumiy sathi, xonani pol sathining 1:4 yoki 1:5 qismiga teng bo’lishi kerak.

Sinf xonasini pol sathi 50 m2 bo’lsa, uni 4 ga yoki 5 ga taqsimlanadi.

50 m2 : 4 = 12.5 m2 yoki 50 m2 : 5 = 10 m2

Demak derazalarning umumiy sathi 12.5 yoki kamida 10 m2 bo’lmog’i kerak. Buni aniqlash uchun har qaysi derazani bo’yini va enini o’lchab bir-biriga ko’paytiriladi. So’ngra hamma derazalarni sathi bir-biriga qo’shiladi. Olingan natija honani derazalarini umumiy sathini va sinf xonasini tabiiy yorug’lik koeffisiyentini ko’rsatadi.

4.O’quv xonasini sun’iy yorug’ligini aniqlash va baholash.

Ma’lumki maktabni 2-smenasini oxirgi darslari, ayniqsa qish faslida, sun’iy yorug’lantirish yordamida o’tkaziladi. Sinf xonasi oddiy elektr lampalari bilan yoritilganda 1 m2 pol sathiga kamida 18 vt elektr quvvati to’g’ri kelishi kerak. Buning uchun 50 m2 pol sathiga ega bo’lgan sinf xonasiga har biri 100 vt quvvatga ega bo’lgan 9-10 ta lampa sinf shipiga 2 qator qilib ilinadi, ularni orasi bir xil bo’lmog’I lozim.

Agar lyuminessint lampalari qo’llanilsa, LC002 svitelniklari o’rnatilib ularga 40; 65; 80 vt-lik lampalar ilinadi. Lyuminessint lampalari qo’llanilganda 1 m2 pol sathiga 36 vt elektr quvvati to’g’ri kelishi lozim. Lampalar soni shu hisob bilan aniqlanadi. Masalan: 50 m2 x 36 vt – 1800 vt. Demak sinf xonasiga jami 1800 vt elektr quvvati kerak.

Agar 80 vt-lik lampalar ishlatilsa: 1800:80 = 22 lampa kerak bo’ladi. O’quv xonasini yorug’ligi lyuksmetr asbobi yordamida aniqlanadi. Yorug’lik 150 lyuks bo’lishi kerak. Bu asbob bo’lmaganida, yuqorida ko’rsatiganidek, elektr lampalari umumiy quvvati aniqlanib, pol sathiga bo’linadi va 1 m2 pol sathiga oddiy lampalar ishlatilganida 18 vt lyuminessint lampalari ishlatilganida 36 vt to’g’ri kelishi zarur.

5. Sinf xonasida o’quv partalari, stol-stullarni joylashtirishda o’quvchilar derazaga nisbatan chap tomonlari bilan o’tirishlarini hisobga olinishi kerak. Chunki, yorug’lik o’ng tomondan tushsa, yozuv vaqtida o’ng qo’l daftarga soya qilib, yorug’likni kamaytiradi.

Parta va o’quv stollari 3 qator qilib joylashtiriladi. Partalar bilan derazalar o’rtasidagi masofa 80-100 sm, parta qatorlari o’rtasidagi masofa 50-75 sm bo’lishi kerak.

Hozirgi vaqtda maktab o’quv xonalarini jihozlashda 1-4 sinflarda partalar yoki stol-stullar, 5-10 sinflarda asosan stol-stullar qo’llanilmoqda.

O’quv partalari doimiy razmerda va o’zgartiriluvchi, ya’ni universal tiplarda chiqariladi. Doimiy razmerdagi partalar 3 guruhda chiqariladi: A,B,V guruhlar.

- A guruh partalar – bo’y uzunligi 130 sm gacha bo’lgan o’quvchilar uchun;

- B guruh partalar – bo’y uzunligi 131-145 sm gacha;

- V guruh partalar – bo’y uzunligi 146-160 sm gacha bo’lgan o’quvchilar uchun;

O’quv stol va stullari 5 guruhda chiqariladi:

- A guruh stol-stullar – bo’y uzunligi 130 sm gacha bo’lgan o’quvchilar uchun;

- B guruh r – bo’y uzunligi 131-145 sm gacha;

- V guruh – bo’y uzunligi 146-160 sm gacha;

- G guruh – bo’y uzunligi 161-175 sm gacha;

- D guruh – bo’y uzunligi 176 va undan baland o’quvchilar uchun.

O’quv partalari, stol va stullar o’quv yilini boshida markirovka qilinadi: parta va stolning qopg’og’ini pastki yuzasiga, stulni o’tiradigan qismini pastki yuzasiga suratiga guruh harfi, maxrajiga shu parta va stol stulda o’tirishi lozim bo’lgan o’quvchini bo’y uzunligi yoziladi. Masalan:



Parta, stol, stulning yon tomoniga esa rangli markirovka qilinadi: A guruh parta, stol-stulga sariq rang bilan 2 sm-lik chiziq chiziladi, B-guruhga qizil, V-guruhga havo rang, G-guruhga yashil, D- guruhga oq rang bilan.

6. Sinf doskasining uzunligi 3 metr, kengligi 1.2 metr bo’ladi. Doskani pastki qirrasini poldan balandligi 1-sinflarda 85 sm, 5-10 chi sinflarda 95 sm bo’lishi kerak. Doska bilan 1-qator partalari o’rtasidagi masofa 2 metr bo’ladi.

7. O’quvchilarni sinf xonasida joylashtirish. O’quv yili boshida hamma o’quvchilarni bo’yi, ko’z va eshitish o’tkirligi, sog’lig’i aniqlanib sinf jurnalining mahsus betiga yozib quyiladi.

Bo’yi past o’quvchilar oldingi, bo’yi baland o’quvchilar orqadagi partalarga o’tirishlari kerak. Ko’rish o’tkirligi past o’quvchilar bo’yidan qat’iy nazar oldingi va derazaga yaqin partaga; eshitish o’tkirligi past o’quvchilar oldingi va o’qituvchi stoliga yaqin partalarga o’tirishi kerak. Revmatizm, angina, buyrak kasalliklari bor o’quvchilar qish faslida isitish mabalariga yaqin partalarda o’tirishlari lozim.

8. Maktab ustaxonasi quyidagi gigiyenik talablarga javob bermog’i lozim: har bir o’quvchi uchun pol sathi 3-4 m2 dan kam bo’lmasin, verstaklar, ish stollarining balandligi o’quvchilarni bo’yiga moslashgan bo’lsin; elektr asboblari mahsus sim to’rlar bilan to’silgan (izolyatsiya qilingan) bo’lsa; o’quvchilar maxsus ish kiyimi, fartuk, yengicha, ayrin mashg’ulotlarda esa ximoya ko’z oynakdan foydalanishlari kerak. Ustaxonada ishlash texnika xavsizligi qoidalari o’qituvchi tomonidan tayyorlanib devorga ilib qo’yilishi lozim.

9. O’quv xonasini yorug’ bo’lishi deraza va elektr lampalari bilan birgalikda bo’yoqlarni rangiga ham bog’liq. Ko’k, yashil, qora, kul rang, jigarrang bo’yoqlar yorug’likni kamaytiradi. Aksincha och sariq, och pushti, och yashil, oq ranglar xonani yorug’ligini yaxshilaydi, dilni ravshan qiladi, o’quvchilarni ish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun o’quv xonasini shipi, deraza, eshik oq rangli bo’yoq bilan, devori och sariq yoki och pushti, parta va stolni ustki qismi och yashil, yon tomonlari va o’tiradigan qismlari oq rangli bo’yoq bilan bo’yalishi kerak. Sinf doskasi qora, jigarrang, yashil rangli bo’yoqlar bilan bo’yaladi.

10. O’quv xonasini deraza oynaklarini bo’yash, ularga parda tutish mumkin emas. Tuvaklarda o’stirilgan gullar derazaga emas, balki derazaga qarama-qarshi tomonga mahsus stolcha yoki tumbochkalarga o’rnatilishi kerak.

11. O’quv xonasini havosi almashtirilib turilishi uchun derazalar fortochkalar bilan ta’minlangan bo’lmog’i lozim.

O’quv xonasini gigiyenik baholash natijalari.



  1. O’quv xonasini pol sathi qancha (m2) –

  2. Sinfda o’quvchilar soni –

  3. Har bir o’quvchiga xonada pol sathi (m2) –

  4. Xonaning tabiiy yorug’lik koeffitsiyenti qancha –

  5. Xonaning sun’iy yorug’ligi – 1m2 pol sathiga qancha vatt.ga to’g’ri keladi -

  6. O’quv partalari, stol-stullarni joylashtirilishi gigiyenik talabga javob beradimi

  7. Download 2,09 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish