Yosh fiziologiyasi va gigienasi



Download 4,48 Mb.
bet14/23
Sana01.04.2017
Hajmi4,48 Mb.
#5865
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23

8.9. Jinsiy bezlar

Jinsiy gormonlar aralash bezlar qatoriga kiruvchi jinsiy bezlar bilan ishlab chiqiladi.Androgenlar deb ataluvchi erkaklik jinsiy gormonlari urug’donlarning maxsus hujayralari bilan ishlab chiqiladi. Ular urug’donlar ekstraktidan hamda erkaklar siydigidan ajratib olingan.

Haqiqiy erkaklik jinsiy gormoni bo’lib testosteron va uning hosilasi – androsteron hisoblanadi. Ular jinsiy apparatlarni rivojlanishini va jinsiy organlarni o’sishi, ikkilamchi jinsiy bezlarni rivojlanishini, tovushni rivojlanishini, halqum, skelet muskulaturasini, yuz va tanada junlarni o’sishini ta’minlaydi.

Gipofizning follikulalarni stimullovchi gormoni bilan birgalikda testosteron spermatogenezni (spermatozoidlarni yetilishi) faollashtiradi.

Urug’donlarning erta (yoshlikdan) yoshda giperfunksiyasida barvaqt jinsiy yetilish qayd qilinadi, tana juda tez o’sadi va ikkilamchi jinsiy belgilari rivojlanadi. Yoshlik paytidanoq urug’donlarning jarohatlanishi yoki ularning olib tashlanishi (axtalash) jinsiy organlarning o’sishini va rivojlanishini to’xtatadi, ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanmaydi, suyaklarning uzunlikga o’sish davri uzayib ketadi, jinsiy intilish yo’qoladi, jinsiy organlarni jun bilan qoplanishi juda siyrak bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi. Yuzda junlar o’smaydi, tovush umr davomida jarangdor, baland bo’lib qoladi. Gavda kalta va uzun qo’l va oyoqlar yevnuxlarga xarakterli ko’rinishni beradi.

Tuxumdonlarda ayollik jinsiy gormonlari (estrogenlar) ishlab chiqiladi. Estrogenlar jinsiy organlarni rivojlanishiga, tuxum hujayrasini hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatib, tuxum hujayrasining otalanish jarayoniga tayyorlanishini ta’minlaydi, bachadonni esa – homiladorlikga, sut bezlarini bolani oziqlantirishga tayyorlaydi.

ayollarning asosiy jinsiy gormoni bo’lib estradiol hisoblanadi. Moddalar almashinuvi natijasida jinsiy gormonlar turli-tuman mahsulotlarga aylanadi va siydik bilan ajraladi, undan ularni sun’iy ravishda ajratib olinadi. Ayollik jinsiy gormonlariga – homiladorlik gormoni – progesteron (sariq tana gormoni) ham kiradi.

Tuxumdonlarning giperfunksiyasi aniq namoyon bo’luvchi ikkilamchi jinsiy belgilar va menstruasiya bilan kechadigan juda erta jinsiy yetilishni chaqiradi. Qiz bolalarning 4-5 yoshida ham jinsiy yetilish holati haqida yozilgan maqolalar mavjud.

Butun umr davomida jinsiy gormonlar gavdaning shakllanishiga, moddalar almashinuviga va jinsiy axloqga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi.
8.10. Gormonlar va jinsiy yetilish
Jinsiy yetilish davri. Jinsiy yetilish davri davomida odam organizmida biologik jihatdan voyaga yetish amalga oshadi. Bolalar rivojlangan jinsiy instinkt bilan dunyoga kelmaydi. Uning uyg’onishi jinsiy yetilish yillarida yuz beradi.

Jinsiy yetilishning boshlanish muddati va uning jadalligi turlicha hamda juda ko’plab omillarga bog’liq: sog’liqni holati, oziqlanish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy –iqtisodiy sharoitlar, irsiy xususiyatlar ham muhim rol o’ynaydi.

Noqulay maishiy sharoitlar, to’la qimmatli bo’lmagan oziqa, unda vitaminlarni yetishmasligi og’ir yoki infeksion kasalliklarni qaytalanishi, jinsiy yetilishni kechikishiga sabab bo’ladi. Katta shaharlarda o’smirlarning jinsiy yetilishi odatda qishloqdagidan ko’ra erta boshlanadi.

O’tish davrida butun organizmni chuqur qayta qurilishi yuz beradi, ya’ni buning bajarilishida bosh rolni asab tizimi o’ynaydi. Bu davrda ichki sekretsiya bezlarining faoliyati jadallashadi. Gipofizning gormonlari ta’sirida tana uzunligiga o’sadi. Bundan tashqari gipofiz qolqonsimon bez faoliyatini stimullaydi, ayniqsa qiz bolalarning jinsiy yetilish davrida qalqonsimon bez sezilarli darajada kattalashadi. Gipofizning faolligini ortishi buyrakusti bezlarining faoliyatini tezlashishiga olib keladi, jinsiy bezlarning jadal faoliyati boshlanadi, jinsiy gormonlar ishlab chiqiladi. Vegetativ asab tizimining qo’zg’aluvchanligi ortadi.

Jinsiy va boshqa endokrin bezlar gormonlari ta’siri ostida jinsiy organlarning va jinsiy bezlarning to’lig’icha shakllanishi yuz beradi, Ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi boshlanadi va shu belgilar bilan bir jins ikkinchisidan farq qiladi (jinsiy bezlar birlamchi jinsiy belgilarga kiradi).

Qiz bolalarda tana konturlari aylana shaklini oladi, teriosti kletchatkasida yog’larning o’tirishi tezlashadi, ko’krak bezlari kattalashadi va rivojlanadi, tana suyaklari eniga kengayadi.

O’g’il bolalarda yuz va tananing boshqa qismlarida junlar o’sa boshlaydi, tovush buziladi, urug’don suyuqligining yig’ilishi va kechalari uning xohishiga bog’liq bo’lmagan holda o’z-o’zidan qo’yilishi (kollyusiya) boshlanadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarning to’liq rivojlanishi jinsiy yetilish davrigacha borib qadaladi.

Qiz bolalarda jinsiy yetilish o’g’il bolalardan oldin boshlanadi. 7-8 yoshdan keyin ularda yog’ kletchatkasi ayollar tipiga xos holda rivojlanadi: yog’lar sut bezlarida, sonda, qo’ymichlarda o’tiradi, shundan tana shakli ayniqsa son va gavda so’ngra yelka oblasti va qo’l aylana ko’rinishni oladi.

Qizlarda 13-15 yoshdan boshlab qovuq ustida va qo’ltiqosti chuqurchalarida junlar chiqadi va tana uzunligiga juda tez o’sadi.

Jinsiy organlarda o’ziga xos o’zgarishlar uchraydi: bachadonning o’lchami kattalashadi, tuxumdonlarda follikulalar yetiladi, menstruasiya boshlanadi. 16-17 yoshda ayollar tipidagi skeletning shakllanishi asosan tugaydi. 19-20 yoshli qizlar uchun menstrual funksiyaning tiklanishining oxirgi muddatidir va butun organizmning anatomik va fiziologik yetilishining boshlanishidir.

O’g’il bolalarda jinsiy yetilish 10-11 yoshdan boshlanadi, bu vaqtgacha jinsiy a’zoning va moyaklarning o’sishi tezlashadi. 12-13 yoshlarda halqumni shakli o’zgaradi va tovush dag’allashadi. 13-14 yoshda skelet erkaklar tipiga o’xshab shakllanadi: 15-16 yoshdan boshlab qo’ltiq tagida va qovuq ustida junlar o’sadi, ular yana yuzda ham (soqol, mo’ylov) ko’rinadi, moyaklar kattalashadi, o’z-o’zidan spermaning chiqarilishi boshlanadi. Antropologlarning oxirgi ma’lumotlariga ko’ra erkaklarda to’lik suyaklanish 24 –yoshga kelib tugallanadi – bu esa ularning jismoniy jihatdan yetilganlik tamoyilidir.

Yosh bolalar organizmida kechayotgan o’tish davrining murakkab jarayonlarini faqat jinsiy organlarda yuz beradigan o’zgarishlar bilan tushuntirib bo’lmaydi. Butun organizm qayta tashkil bo’ladi, u juda tez rivojlanadi, ichki organlar kuchli ishlay boshlaydi, o’smirning ruhiy holati o’zgaradi.

Jinsiy yetilish davri bola organizmining sifati jihatdan rivojlanadigan, nisbatan uzoq muddat davom etuvchi davridir. Bu rivojlanish bir tekis kechmaydi. Bu davrda bir jarayon ikkinchisidan oldin-keyin kelishi kuzatilib, bolani tashqi ko’rinishidagi garmoniyalar vaqtincha buziladi, uning kayfiyati, xulqi va ichki organlar faoliyatida ham o’zgarishlar yuz beradi. Qo’l va oyoqlarning o’sishi gavdani o’sishidan yuqori bo’ladi, harakatlar burchaksimon o’quvsiz bo’lib qoladi. Bu ko’rinishlar markaziy asab tizimining harakatlarni koordinasiyalovchi funksiyasida yuz beradigan o’zgarishlar hisobiga kelib chiqadi. O’smir o’zining o’quvsizligini tushunib diqqatini shunga qaratishi tufayli, o’zini yanada noqulay ahvolda sezadi. Shu bilan bir qatorda muskullarning kuchi ortadi, ayniqsa bu holat bolani jinsiy yetilish davrining oxirida yaqqol ko’zga tashlanadi: bola tug’ilganidan 8 yoshgacha muskullarning kuchi bor-yo’g’i 4 % ga ortsa, 15 dan 18 yoshgacha muskullarning massasi 12 % ga ortadi.

O’g’il bolalarda muskullar kuchining ortishi tufayli uni mashqlar bajarishga majbur etadi. Bu energiyani foydali ishga yo’naltirish foydadan xoli bo’lmaydi.

Skelet suyaklari va mushaklar tizimining o’sish jadalligi ortidan o’smirlarning ichki organlari –yurak, o’pka, me’da-ichaklar tizimi doimo ham o’sib ulgura olmaydi.

Tomirlarni o’sishidan yurakni o’sishi ilgarilab ketadi, natijada qon bosim ko’tariladi va eng avvalo yurakni o’zini ishini og’irlashtiradi. Bundan tashqari jinsiy yetilish davridagi butun organizmning jo’shqin qayta qurilishi, yurakni yuqori darajada ishlashga majbur etadi. Yurakni yetarli darajada ishlamasligi (o’smirlar yuragi) ko’pchilik holatlarda bosh aylanishiga, qo’l va oyoqlarning ko’karishi va sovushiga olib keladi. Ana shundan o’g’il va qiz bolalarda bosh og’rig’i, juda tez charchash, va vaqti – vaqti bilan holsizlanish davrlari kuzatiladi, nihoyat miya qon tomirlarini spazmasi tufayli hushdan ketish holatlari ham ko’zga tashlanadi. Jinsiy yetilish davri tugashi bilan bunday buzilishlar odatda izsiz yo’qoladi.

Jadal o’sish, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin tezlashishi organizmdagi strukturaviy va fiziologik o’zgarishlar markaziy asab tizimining qo’zg’aluvchanligi juda kuchli ortadi.

O’smirlarning his-hayajoni, harakatchan, o’zgaruvchan, qarama-qarshidir, yuqori darajadagi sezuvchanlik, qaysarlik, qo’rslik bilan birga kechish hollari ham kuzatiladi, uyaluvchanlik esa o’ta o’zbilarmonchilik bilan gapga quloq solmaslik va ota-ona yordamini inkor etish, bo’ysunmaslik sifatida namoyon bo’ladi.

Bu davrda ayrim hollarda ish qobiliyatini pasayishi, nevrotik reaksiyalar, juda tez achchiqlanish, yig’loqilik (ayniqsa qizlarda mensturatsiya davrida) kabi holatlar kuzatiladi.

Jinslar orasidagi munosabatlarning yangi-yangi mezonlari yuzaga keladi. Qiz bolalarda o’zining tashqi ko’rinishiga qiziqish uyg’onadi. O’g’il bolalar esa o’z kuchlarini qiz bolalar oldida ko’rsatishga harakat qiladi. Dastlabki «muhabbat iztiroblari» ayrim vaqtlarda o’smirlarni tinch hayotini buzib qo’yishi mumkin, ular odamlarga aralashmay, darslarni o’zlashtirmay qo’yadi.

O’tish davrida bolalarga ota-onalar va pedagoglar tomonidan ayniqsa sezilarli e’tibor bo’lishi zarur. O’smirlarni organizmida yuz berayotgan bunday murakkab o’zgarishlarni deb ularni diqqatini atayin tortmaslik kerak, lekin bu o’zgarishlar biologik qonuniyatlar asosida yuz berayotganligini tushuntirish zarur.

Ota-onalar, pedagoglarni o’smirlar o’zlarini-do’stlari holida ko’rishlari va ularga yuz berayotgan o’zgarishlar haqida so’rab surishtirish imkoniga ega bo’lishlari kerak. Bunday holatlarda tarbiyachining san’ati yoki tajribasi bolalarni seksualli iztiroblarga bo’lgan ishtiyoqini so’ndirish uchun turli-tuman shakldagi faoliyat turlarini o’ylab topishga qaratilishi kerak. Bularning hammasi asosan o’qishga, mehnatga va talabaning xulqiga qaratilishi kerak.

Shu bilan birga voyaga yetgan odamlarning fikri o’smirlarning harakatlariga va faoliyatiga nisbatan hurmat va qo’llab-quvvatlash ruhida bo’lib, ularni to’g’ri axloqiy yo’lga solishdan iborat bo’lishi kerak. Chunki o’zining qobiliyatini va o’zbilarmonligini doimiy ravishda yuqori darajada baholash o’smirlarga xos xususiyatdir. Bu ham o’tish davrining asosiy xususiyatlaridan biridir.

Jinsiy yetilish davrida yosh bola organizmining jismoniy jihatdan mo’tadil rivojlangan bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun turli-tuman, katta miqdorda dormon dorilar saqlovchi oziq-ovqatlar zarur, hamda uzoq muddatli sayr, sport bilan shug’ullanish talab etiladi.



Mensturatsiya. O’tish davrida qizlarda menstruatsiya yuz beradi. Bu esa ularning tuxumdonlari otalanish xususiyatiga ega bo’lgan yetilgan tuxum hujayrasini ishlab chiqara boshlaganidan dalolat beradi.

Menstruasiya 11-12 yoshdan oldin va 17-18 yoshdan keyin boshlanmagan bo’lsa mo’tadil hisoblanadi. Menstruatsiya 45-54 yoshgacha ya’ni klimakterik yoshgacha davom etadi.

Kuchli asabiy buzilishlar, kuchli jismoniy og’riq, shimoldan janubga o’tish, tekislikdan baland tog’ sharoitiga almashinishlar menstrual siklni buzilishini chaqirishi mumkin. Bularning hammasi mensturatsiya ma’lum mahalliy jarayon emasligi va aksincha, markaziy asab tizimi bilan kordinatsiyalanuvchi jinsiy sikllardan birining ko’rinishi ekanligidan dalolat beradi.

Birinchi marta menstruatsiyaning yuzaga kelishi faqatgina jinsiy yetilishning boshlanganligi haqidagi ma’lumotdir. Qiz bolalar homilador bo’lish imkoniyatiga ega bo’lsada, uning jinsiy organlari butun organizmi mo’tadil jinsiy aloqada bo’lish uchun yetilmagan bo’ladi. Biz yuqorida qayd qilganimizdek, qizlarning organizmining rivojlanishi 20 yoshgacha va ayrim holatlarda biroz kechroq ham davom etadi. Faqat mana shu yoshdan boshlab, jinsiy aloqalarni boshlash mumkin.

Menstruatsiya odatda 2 kundan 5 kungacha davom etadi va bu davr davomida qiz bola 50 ml dan 150 ml gacha qon yo’qotadi. Agarda menstruatsiya doimiy ravishda takrorlanadigan bo’lsa, u qariyib har 24-28 kunda takrorlanib turadi. Agar menstruatsiya har doim ma’lum vaqtda, ma’lum oraliq muddatda davom etadigan kunlar soni bir xil va jadalligi bir xil bo’lsa mo’tadil sikl deb hisoblanadi. Dastlabki mensturatsiya 7-8 kun davom etishi, so’ngra bir necha oyga va hatto yillab yo’qolish mumkin. Ko’pchilik hollarda u yoki bu darajadagi menstrual siklning davriyligining o’rnatilishiga yil davomidagi bir necha o’zgarishlardan keyin erishiladi.

Birinchi menstruatsiya ayrim hollarda umuman organizm uchun yomon holatlar, holsizlanish, og’riqlar yoki jiddiy darajadagi qon yo’qotishlar bilan birga kechadi. Ayrim paytlarda biroz haroratning ko’tarilishi, qusish, ich ketish yoki ich qotish, bosh aylanish holatlari bilan birgalikda kechishi mumkin.

Menstruatsiya paytida albatta yotish shart emas. Qiz bola o’zini yaxshi sezgan paytda doimiy hayot faoliyatini davom ettirishi mumkin. Uncha murakkab bo’lmagan jismoniy mashqlar bilan ertalabki gimnastika bilan shug’ullansa ham bo’ladi. Bu vaqtda sakrash, velosipedda sayr qilish va og’ir yuk ko’tarish man etiladi.

Konkida uchish, uzoq muddat piyoda yurish, chang’ida yurish, vanna qabul qilish, cho’milish va quyosh nurida toblanish tavsiya qilinmaydi.

Agar menstruatsiyaning kechishi og’riqli va suyuqliklarning ajralishi me’yoridan ortiq bo’lsa, albatta shifokorga murojaat qilish zarur. Menstruatsiya davomida qizlarning umumiy holati yomonlashganida ular o’qishdan, ishdan ozod qilinadi. Mensturatsiya paytida qizlar o’zlarini ehtiyot qilishlari, ayniqsa oyoqlarini va qorin bo’shlig’ining pastki qismini sovuqqa qotishdan ehtiyot qilish kerak. Buning uchun qish oylarida uzun issiq reytuzalar yozda esa qalin to’qilgan triko kiyib yurish zarur. Sovuq tosh va boshqa sovutilgan predmetlarga o’tirish mumkin emas.

Oziqlanish rasionidan sirka, achchiqliklar, qalampir, xren kabi kuchli qo’zg’atuvchi moddalarni chiqarish kerak bo’ladi. Pivo, vino va boshqa alkogolli ichimliklar ichish qat’iyan man etiladi, chunki qon oqimini oqish tezligi oshishi tufayli menstrualli qon ketishiga olib kelishi mumkin.

Ayniqsa ichaklarni va siydik pufagini o’z vaqtida bo’shatib turishga e’tibor berish zarur, aks holda ularning to’lishi bachadonning joyini o’zgarishiga olib keladi va og’riqlarni va ajraladigan suyuqliklarni ushlanib qolishiga sabab bo’ladi.

Qizlar mensturasiya paytida o’zlarining tanasini tozaligiga e’tibor berishlari kerak, chunki bu paytda bachadonning ichki yuzasidan qon chiqib turadi va u o’z navbatida o’ziga xos jarohat yuzasi bo’lib qoladi, hamda turli mikroblarni rivojlanishi va ko’payishi uchun qulay to’yimli muhit bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Pollyusiya (lot.polliasia – maraniye, bulg’anish) jinsiy yetilish davrining boshlanishi bilan yuzaga keluvchi o’z-o’zidan spermaning to’kilishi. Bunday spermaning o’z-o’zidan oqib ketishi doimiy ravishda uyqu paytida yuz beradi.

Birinchi pollyusiyaning ko’rinishi o’g’il bolalarda spermatazoidlarni ishlab chiqara boshlangani haqida ma’lumot beradi. Moyaklar pufakchalari va prostota bezlari ishlab chiqaruvchi suyuqliklar bilan aralashib urug’ shaklida jinsiy yo’llarda yig’iladi va tabiiy yo’l bilan jinsiy a’zoning taranglashishi natijasida tungi o’z-o’zidan chiqib ketuvchi suyuqlik shaklida chiqariladi.

Birinchi pollyusiya 15-16 yoshlarga yaqin yuz beradi. Shu vaqtdan boshlab pollyusiya, hattoki voyaga yetgan odamlarda ham uzoq muddat jinsiy aloqada bo’lmagan paytlarda yuz berishi mumkin.

Urug’ning tungi ajralishi to’lig’icha mo’tadil hodisa, fiziologik holatdir. U har bir jinsiy aloqa qilmayotgan yigit va erkaklarda kuzatiladi. Shu sababli, pollyusiyadan qo’rqmaslik va uyalmaslik kerak, pollyusiyada hech qanday buzilishlar yuz bermaydi.

Pollyusiya odatda har oyda 1-3 marta yuzaga keladi. Ular kamroq ham ya’ni 1,5-2 oyda bir marta bo’lishi mumkin. Pollyusiya o’rtacha har 10 kundan 60-kungacha bo’lgan muddatda yuz berishi mumkin. Agar pollyusiya har kecha bir yoki bir necha marta yuz beradigan bo’lsa bunday holatlarda albatta shifokorga murojaat qilish zarur.

Pollyusiyaning kuzatilishi o’smir to’liq jinsiy yetilgan, haqiqiy erkak bo’ldi degani emas. O’smirning moyaklari suyukliklarida ayollar tuxum hujayrasini urug’lantirish qobiliyatiga ega bo’lgan yetilgan spermatazoidlar mavjud bo’lsada bu o’smirning organizmini jinsiy hayotga tayyorligini ko’rsatuvchi ko’rsatkich emas.

Pollyusiya ishtirokida organizm moyak suyuqliklaridan va jinsiy ehtiyojni kuchlanishidan ozod bo’ladi. Bu esa organizmni tabiiy va maqsadga muvofiq reaksiyasi bo’lib, jinsiy hayotni biroz ushlab turish uchun fiziologik sharoit yaratadi.

Pollyusiya tez-tez takrorlanib turmasligi uchun o’smirlar kechasi o’tkir ovqatlar yemasligi, ko’p suyuqlik ichmasligi, issiq odeyal bilan burkanib uxlamasligi yoki tor trusi kiymasligi kerak bo’ladi. To’shalgan ko’rpalar juda ham yumshoq bo’lmasligi zarur. Bundan tashqari, tanani doimiy ravishda ozoda tutish kerak.



IX BOB. QON VA QON AYLANISHINING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI
9.1. Qon organizmni ichki muhitining komponentlaridan biri ekanligi
Organizmning ichki muhiti. Har qanday organizm ma’lum darajadagi yashash sharoitiga muhtojlik sezadi. Bu sharoitlar organizmning evolyusion rivojlanish davridagi o’zlari moslashgan muhitga moslashishini ta’minlaydi.

Odamlar organizmining hujayralari va to’qimalari uchun ichki muhit bo’lib qon, limfa, to’qimalararo suyuqliklar va likvor (orqa miya suyuqligi)hisoblanadi.

Odamlar organizmining ayrim hujayralari va to’qimalar guruhi o’zlarini o’rab turuvchi muhitga juda sezuvchan bo’ladi. Butun organizm to’lig’icha chiday oladigan muhitning o’zgarish chegarasi ayrim hujayralarnikiga nisbatan ancha keng.

Organizmda ularning hujayralarining faoliyatini ta’minlovchi muhitning doimiyligini ta’minlovchi maxsus moslanishlar mavjud. Ichki muhitda hayot sharoitlarini doimiyligini saqlanishi – gomeostaz deb ataladi. Organizmda qon bosimi, tana harorati, qonning osmotik bosimi va to’qimalararo suyuqliklar, ularda saqlanuvchi oqsillar va qand, kaliy, natriy, kalsiy va xlor ionlari va boshqalar nisbatan o’zgarmas darajada ushlab turiladi.

Gomeostazni ta’minlanishida muhim rolni asab tizimi o’ynaydi. Ta’minlash reaksiyasida vegetativ asab tizimining gipofiz tizimi – buyrakusti bezlari, gipotalamus va asab hamda endokrin tizimlarning boshqa hosilalarini ishtirok etishi ko’rsatib berilgan. Ichki muhitning doimiyligi nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazmi, ajratish organlarining tinimsiz ishi bilan ta’minlanadi.

Buni misollar bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Yuqori darajada rivojlangan hayvonlar va odamlar qonining faol reaksiyasining (pH) o’lchami organizmda pH ko’lamini o’zgartirishi mumkin bo’lgan sut, fosfor, pirouzum va boshqa kislotalar hosil bo’lishiga qaramasdan 7,32-7,35 chegarasidan chiqmaydi. Qonning faol reaksiyasining o’lchami qanday boshqariladi?

Almashinuvning kislotali mahsulotlari katta miqdorda qonga tushganida eng avvalo qonning bufer tizimlari (karbonatli tizim, qon oqsillari, gemoglobin) qo’shiladi. pH ning ko’rsatkichlarini doimiyligini ta’minlovchi moddalar aralashmasi bufer tizimlar deb ataladi. Bular orasida eng muhimi ko’mir kislotasi va gidrokarbonatdan iborat karbonatli tizim hisoblanadi.

Odam jismoniy ish bajarganida hujayralardan qonga jiddiy darajada hosil bo’luvchi sut kislotasi tushadi va gidrokarbonatdagi natriy va kaliy ionlarini siqib chiqaradi: natijada sut kislotasining tuzlari va erkin ko’mir kislotasi hosil bo’ladi, uning ortiqcha qismi esa o’pka orqali tashqariga chiqariladi.

Xemoretseptorlardan olingan impulslar hisobiga nafas tizimi, ayiruv organlari faoliyatini o’zgartiradi, qonning oqish tezligi o’zgaradi va h.z. Natijada almashinuvning kislotali mahsulotlari organizmdan chiqariladi va amalda pH ning o’lchami doimiy holda qoladi.

Kuchli jismoniy ish bajarganda, ishlayotgan organlar tomirlarining kengayishi yuz beradi, qon oqimiga qon depolaridan qo’shimcha miqdordagi qon tushadi, ishlayotgan organlar uchun zarur bo’lgan glyukozani jigardan chiqarilishi ortadi.

Lekin, gomeostatik reaksiyalar ma’lum chegaraga ega. Bu chegaradan jiddiy darajada og’ish turli og’ir kasalliklarga olib keladi, ayrim vaqtlarda esa organizmni o’limiga ham olib kelishi mumkin.

Qonning ahamiyati. Hujayralar uchun haqiqiy ichki muhit bo’lib to’qimalararo suyuqlik hisoblanadi; ular barcha hujayralarni oqib o’tadi. Qon, qon tomirlarida bo’lib organizmning ko’p hujayralari bilan to’g’ridan-to’g’ri tutashmaydi. Lekin, tinimsiz ravishda qon tomirlari bo’ylab harakat qilish bilan to’qimalararo suyuqliklarning tarkibini doimiyligini ta’minlaydi.

Qon, hujayralarga kislorod yetkazib beradi va ulardan karbonat angidrid gazini olib ketadi. Qonning kislorod bilan boyishi epitelial hujayralar kapillyarlarini nozik devorlari orqali bajariladi; o’sha joyning o’zida karbonat angidrid qondan ajraladi, so’ngra chiqarilayotgan havo bilan tashqi muhitga chiqariladi. Qon turli to’qimalar va organlarning kapillyarlari orqali oqib o’tib, ularga kislorodni beradi va karbonat angidrid gazini singdirib oladi.

Ovqat hazmi jarayonlarida, oziq moddalarining parchalanishi yuz beradi va ulardan hosil bo’lgan moddalardan organizm tomonidan o’zlashtiriladi. Bu moddalar qonga tushadi va u bilan butun organizm bo’ylab tarqaladi.

Qon organizmdan parchalanish mahsulotlarini chiqarishda faol ishtirok etadi. Moddalar almashinuvi jarayonida hujayralarda doimiy ravishda odam organizmi ehtiyoji uchun foydalanilmaydigan moddalar hosil bo’ladi, ulardan ayrimlari esa organizm uchun zararli ham bo’lishi mumkin. Bu moddalar hujayralardan to’qimalararo suyuqliklarga undan esa qonga tushadi. Qon orqali bu mahsulotlar buyraklarga, ter bezlariga, o’pkaga yetkazib beriladi va ular orqali organizmdan chiqariladi.

Qon himoya funksiyasini ham bajaradi. Organizmga turli zaharli moddalar yoki mikroblar tushishi mumkin. Ular qonning ayrim hujayralari tomonidan parchalanadi va yo’q qilinadi yoki maxsus himoya moddalari bilan yopishtiriladi va zararsizlantiriladi.

Qon organizmni faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Organizmda ishlab chiqiladigan kimyoviy faol moddalar qonga tushadi. Bu moddalar qon bilan tashilib boshqa organlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Qon asab tizimi bilan birga ayrim organlar orasidagi aloqani o’rnatadi, ana shu tufayli organizm yaxlit holda faoliyat ko’rsatadi.



Qonning miqdori. Voyaga yetgan odamlarda qonning miqdori uning tana massasining 7-8 % ni tashkil etadi. Bolalarda qonning miqdori tana massasiga nisbatan voyaga yetgan odamlarnikiga qaraganda ko’p (jadvalga qarang). Yangi tug’ilgan bolalarda qon tana massasining 14,7 % tashkil etsa, 1 yoshli bolalarda –10,9 %, 14 yoshli bolalarda –7 % ni tashkil etadi. Bu yosh bolalar organizmida moddalar almashinuvining jadal kechishi bilan bog’liqdir. Tana massasi 60-70 kg bo’lgan voyaga yetgan odamlarda umumiy qonning miqdori 5-5,5 l.ni tashkil etadi.

Odatda organizmdagi barcha qon, qon tomirlari bo’ylab harakat qilmaydi. Uning anchagina qismi qon depolarida saqlanadi.

Jadval

Bolalar, o’smirlar va voyaga yetgan odamlarda qon miqdori.

Qonning miqdori

Yoshi

Yangi tug’ilgan bola

1 yosh

6-11 yosh

12-16 yosh

Voyaga yetgan odam

Tana massasiga % hisobida

14,7

10,9

7

7

5-55

1 kg tana massasiga (ml.da)

150

110

70

70

50

Taloq, jigar, teri va o’pkaning kapillyarlari, qon deposi rolini bajaradi. Kuchli jismoniy ish bajarganda, jarohatlanganda va jarrohlik operasiyalari paytida ko’plab qon yo’qotganida ayrim kasalliklar paytida zahiralardagi qon umumiy qon oqimiga tushadi. Qon depolari aylanib yuruvchi qon miqdorini doimiyligini ta’minlashda ishtirok etadi.



Qonning tarkibi. Yangi olingan qon qizil rangli, loyqa suyuqlikdir. Agar uning ivib qolish xavfini oldi, olinib tindirilganida, sentrifugalansa, yanada yaxshiroq bo’lib u ikki qatlamga bo’linadi. Yuqorigi qatlam –sarg’ichroq rangda bo’lib –plazma va pastki qatlam – qoramtir- qizil rangdagi cho’kma – shaklli elementlar deyiladi. Cho’kma plazma bilan birga shaklli elementlardan –eritrositlar, leykositlar, trombositlardan hosil bo’ladi. Qonning barcha hujayralari ma’lum muddat yashaydi va so’ngra parchalanadi. Qon hosil qiluvchi organlarda (qizil ilik, limfa tuguni va taloq) qonning yangi hujayralari tinimsiz ravishda hosil bo’ladi.

Sog’lom odamlarda plazma va shaklli elementlar orasidagi nisbat uncha katta bo’lmagan chegarada (55 % -plazma va 45 %-shaklli elementlar) bo’ladi. Yangi tug’ilgan va yosh bolalarda shaklli elementlarning foyizli miqdori bir muncha yuqori bo’ladi.



Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish