Yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigienasi fanining rivojlanish tarixi



Download 110,5 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi110,5 Kb.
#15908

Aim.uz

Yosh fiziologiyasi, antomiyasi va gigienasi fanining rivojlanish tarixi
Tayanch iboralar: antik davr, sharq allomalari, tib qonunlari, fiziologiya asoschilari, zamonaviy fiziologiya, barkamol avlod, fiziologik kashfiyotlar, fiziologik yo‘nalishlar.

Mashg‘ulot rejasi:

1. Fiziologiyaning asoschilari va Sharq tabobati rivoji.

2. Anatomiya va fiziologiya fanining o‘rta asrlarda rivojlanishi.

3. Akademik A.Yu.Yunusov va uning shorgirtlarining ilmiy izlanishlari.

4. Davlat dasturlarining fan rivojidagi ahamiyati.


Anatomiya va fiziologiya faniga Yunon faylasuflari Gippokrat, Galen, Aristotel, Dioskoridlar asos solgan.

Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigiena fanini o‘rganar ekanmiz, bu fanning, umuman tibbiyot fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan vatandoshlarimizni eslashimiz lozim. Bular: 9 asrda Xusayin ibn Ibodiy; Abu Xanifa,10 asrda: Abu Rayxon Beruniy; Abu Bakr ar Roziy, 11 asrda: Abu Ali ibn Sino; Abu Mansur, 13 asrda: Abu Xomid Muxammad ibn Ali Samarqandiy va 15 – 16 asrlarda: Yusuf ibn Muhammad al – Hanafiylardir.

X asrning ikkinchi yarmida Abu Bakr ibn Axavay Buxoriyning Hidoyat" (tibbiyotni o‘rganuvchilarga qo‘llanma) kitobida odam va bolada uchraydigan ko‘pgina kasalliklar va ularni davolashda qo‘llaniladigan dorilar asosida ma’lumotlar berilgan. O‘sha davrlarda Abu Mansur Buxoriyning "Oddiy dorilar haqida katta to‘plam", Abu Saxiy Masix Jurjoniyning yuz bobli "Al-kimyo" kitobida tibbiyotni o‘rganishda darslik sifatida keng qo‘llanilgan.

Entsiklopedist olim Abu Rayxon Beruniy ham tibbiyot faniga katta hissa qo‘shgan. Uning "Saydana" kitobida o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumot berilgan.

Jahon ilmiy tafakkuri rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o‘zidan oldin o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel’, Evklid, Ptolomey, Galen, Gippokrat, Pifagor kabilarning asarlarini qunt bilan o‘rgandi. Ibn Sinoning "Kitob al-konun fittibb" (Tib qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo‘lib, 1956 va 1962 yillarda rus va o‘zbek tillarida to‘liq nashr etilgan. Bu kitobdarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarroxlik, dorishunoslik, Yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan. Bu kitob 600 yil davomida butun jahondagi shifokorlar uchun asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi, undagi ko‘pgina ma’lumotlar xozir xam o‘z ahamiyatini saqlab kelmokda. U 36 marta qayta nashr etilgan. Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib yoki fil’trlab iste’mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli tabiiy narsalar havo, suv orqali kasallik tarqatuvchi ko‘zga ko‘rinmaydigan "mayda hayvonlar" ya’ni mikroblar haqida L. Pasterdan 800 yil ilgar o‘z fikrini bildirgan. U kasalliklarni oldini olishda tashqi muhitni muxofaza qilish, shaxsiy va ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi fikrlarni bundan 1000 yil ilgari aytgan edi.

19 asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy, Najibuddin Samarhandiy, 17 asrda yashagan Sulton Ali Tabib Xorosoniy tibbiyot fanini rivojiga katta hissalarini qo‘shganlar.

Fiziologiya juda qadim zamonlardayoq kasalliklarning oldini olish va davolash uchun, ularning organizmi va a’zolarini tuzilishini o‘rganishdagi tibbiy yehtiyojlar tufayli yuzaga keldi. Ana shu sababli qadimgi Yunon va Rim hakimlari anatomiya va fiziologiyani o‘rganganlar. Qadimgi olimlarning fiziologik bilimlari eng avvalo taxminlarga asoslangan edi, chunki ular tajribalarni juda kam bajarganlar, ana shu sababli ko‘plab olingan ma’lumotlar tana funksiyalar haqidagi fikr va mulohazalar noto‘g‘ri va kamchiliklardan xoli bo‘lmagan.

14-15 asrlargacha juda ko‘plab obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra fiziologiya bo‘yicha olingan ma’lumotlar sir saqlangan yoki ularni chop qilib ommalashtirish imkoni bo‘lmagan.

Anatomiya va fiziologiya fanining rivojlanishi feodalizmning halokati bilan boshlandi. A.Vezaliy (1514-1564) faqatgina hozirgi zamon odamlar anatomiyasining asoschisigina bo‘iib qolmay, balki fiziologiyani muhim faktlarga boyitgan, viviseksiya usulini itlarda birinchi bo‘lib qo‘llagan va shu usulning asoschisi hisoblanadi. M.Servet (1511-1553) kichik qon aylanish doirasini har tomonlama o‘rgandi, o‘pkada qoning o‘zgarishini va ularda kapillyarlar mavjudligini taxmin qildi. Anatom Fabnskiy (1537-1619) venalarda klapanlar borligini kashf etdi.

Ingliz hakimi Uilyam Garvey (1578-1657) hayvonlarda o‘tkir tajribalar va odamlardagi kuzatishlarga asosan katta qon aylanish doirasini o‘rgandi. U o‘zining xulosalarini hayvonlarda o‘tkazilgan viveseksiya tajribalarining natijalari asosida yozdi. Uning ilmiy ishlari fiziologik jarayonlami aks ettirganlaigi sababli, hozirgi eksperimental fiziologiyaning asoschilaridan biri deb yuritiladi.

17 asrning birinchi yarmida tabiatshunos va faylasuf Rene Dekart (1596-1650) hayvonlarda viviseksiya va odamlarda kuzatishlar o‘tkazib, yurakni roli va ovqat hazmini o‘rgandi. Uning fiziologiyada kashf etgan asosiy yangiligi Ko‘zning To‘r pardasiga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan yumish aktini o‘rganish asosida olgan shartsiz reflekslarni tushuntirib berganligidir. Dekartining refleks haqidagi ko‘rsatmalari chexiyalik olim I.proxaskianing (1749-1820) keyingi ishlarida rivojlantirildi.

Italiyalik fiziolog va fizik A.Galvani (1737-1798) - elektr nazariyasining asoschilaridan biri hisoblanadi. U baqaning nerv va mushaklarida elektr tokini hosil bo‘lish mexanizmini bir vaqtning o‘zida ikkita turli metal (temir va mis) yordamida muskullarning qisqarishini, so‘ngra nervlarda ham elektr toki mavjudligini ko‘rsatib berdi. Italiyalik fizik va fiziolog A.Volt (1745-1827) nervlar va muskullarga bir vaqtning o‘zida ikki xildagi metallar bilan ta’sir ko‘rsatilganda ularning opzlarini eiektr xususiyati emas, balki tashqi eiektr toki ta’sir etishini tushuntirib berdi. U elektr toki sezgi a’zolarini nervlar va mushaklarni qo‘zg‘atishini aniqladi. Shunday qilib Galvani va Voltlar elektrofiziologiyaning asoschilari bopiib qolishdi. Bu ishlar keyinchalik nemis fiziologlari yanada rivojlantirildi.

A.D.Daniliyevskiy (1838-1986) tomonidan hazm fermentlari va oqsillar sintezlanishida fermentlarning rolini o‘rganish Bo‘yicha olib borilgan biokimyoviy tadqiqotlar fiziologiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

19 asrdagi fiziologiyadagi yuksak rivojlanishlar viviseksiya usuli bilan birgalikda organizm funksiyalarini va uning kimyoviy tarkibini o‘rganish Bo‘yicha ximik va fizik tadqiqotlarning yutuqlariga asoslangan edi. Bu yo‘nalish juda yuqori darajada rivoj topdi.

Ch.Bell (1783-1855) o‘z tadqiqotlarida markazga intiluvchi (sezuvchi) va markazdan qochuvchi nervlar alohida-alohida bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Ch.Bell muskullar sezuvchanligini aniqlab, miya markazlari bilan skelet mushaklari orasida nerv-reflektor xalqa mavjudligini tasdiqladi.

F.Majandi asab tizimining trofik funksiyasini - organ va to‘qimalarda moddalar almashinuvining boshqarilishida asab tizimining ta’sirini o‘rganib chiqdi.

Majandining shogirdi Klod Bernar (1813-1878) juda ko‘plab muhim fiziologik kashfiyotlar qildi, u so‘lak va me’da osti bezi shiralarining hazmlovchi ahamiyatini, jigarda uglevodlar sintezini va qonda qand miqdorini tapmin etishdagi rolini, uglevodlar almashi-nuvida va qon-tomirlar devorlari faoliyatini boshqarilishida asab tizimining roli, nervlaming juda ko‘plab funksiyalarini ochdi, qon bosimi, qon tarkibidagi gazlar, muskullarning elektr toklari va boshqa ko‘pgina muammolami yechishda faollik ko‘rsatdi. K.Bemarning ko‘rsatishicha organizmning juda ko‘plab muhim funksiyalari asab tizimi bilan boshqariladi.

O‘tgan XX asrda I.L.Myuller (1801-1855) va uning shogirdlari ham fiziologiyaning rivojlanishiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shishdi. Ular juda ko‘plab anatomiya, qiyosiy anatomiya, gistologiya, embriologiya, sezgi a’zolari fiziologiyasi, tovush apparati va reflekslar Bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar ularga taalluqlidir. Uning shogirdi T.Gelmgols (1821-1894) fizika, koprish va eshitish, nerv va muskullar tizimi fiziologiyalari Bo‘yicha muhim kashfiyotlar qildi.

Hozirgi zamon fiziologiyasining rivojlanishiga: nerv jarayonlarining tabiatini o‘rganish Bo‘yicha (A. Xodjkin, A. Xaksli va boshqalar), asab tizimlarining faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari Bo‘yicha (Ch.Sherington, R.Magkus, D. Ekkls va boshq.) va sezgi a’zolari ( R. Granif) nerv moddalarining ishtiroki (G. Dcyl. D. Kaxmansek, M. Bakk va boshq.). miya sopining funksiyalari Bo‘yicha (G.Megun, G.Morushin va boshq.) bosh miya (Yu.Konorskiy) yurak-tomirlar (E. Starling, K. Ungters, K. Gaymans va boshq.) ovqat hazmi Bo‘yicha (V. M. Beyms, A. Ayvi va boshq.) buyraklar faoliyati Bo‘yicha (A. Keshki. A. Richards va boshq.) opzlarining hissalarini qo‘shdi.

Barcha hamdo‘stlik mamlakatlari va jumladan O‘zbekistondagi fiziologiya fanining rivojlanishida hamyurtimiz Abu Ali Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi kuzatishlari natijasida chop etilgan besh-jildli "Tib qonunlari" asari muhim ahamiyatga ega.



Bundan tashqari 18-19 asrlardan boshlab fiziologiyaning rivojlanishiga rus fiziologiya maktabining rivojlanishi asosiy turtki bo‘ldi desak xato qilmaymiz. Rossiyada dastlabki fiziologik kuzatishlar 18 asrdan boshlangan. Dastlabki fiziologik eksperimentlarni V.F.Zuyev (1754-1794) A.M.Filomafitskiy (1807-1849) va boshqalar bajardilar. Dastlab nafas, qon va qon aylanishi, Abu Ali Ibn Sino harakat fiziologiyalari, so‘ngra esa tadqiqotlar (980-1037)ning asosiy yo‘nalishi bo‘lib asab tizimining turli bo‘imlarining funksiyalarini o‘rganish hisoblanadi (A.N.Orlovskiy, 1821-1856, A.A.Sokolovskiy 1822-1891 va boshq.).

Rossiya fiziologiyasining asoschisi - I.M.Sechenov (1829-1905) hisoblanadi. U 1862 yilda nerv markazlarida tormozlanishni va 1868 yilda esa ularni qo‘zg‘alish larni (jamlanishni) summatsiyasini kashf etdi. Uning «Bosh miya refiekslari» asarida reflektor nazariyasining asosiy ko‘rsatmalari qayd qilingan.

L.M.Sechenovning reflektor nazariyasi I.P.Pavlovning (1844-1936) asarlarida va N.Ye.Vvedenskiy (1852-1922), A.F.Samoylovlarning (1867-1930) faol ishtiroki tufayli yanada rivojlandi.

Asab tizimi fiziologiyasidagi buyuk kashfiyotlarni I.P.Pavlovning ustozlari I.V.Sion (1842-1912) va F.I.Ovsyannikovlar (1827-1906) amalga oshirdilar.

I.F.Sion, K.Ayudvich bilan hamkorlikda yurak faoliyatini sekinlashtiruvchi va tomirlar tonusini kengaytiruvchi, markazga intiluvchi nerv tolalarini kashf etdilar. U yurak faoliyatini tezlashtiruvchi; uyat nervining tomirlarini toraytiruvchi xususiyatini; simpatik nerv tolalari orqa miyaning oldingi qismidan chiqishini tamomila aniq ko‘rsatdi va birinchi marta qo‘zg‘alish , tomiozlanish jarayonlari asab tizimida o‘zaro munosabatda bo‘lishini aniqlab berdi. U tormozlanish ikkita bir xil qo‘zg‘alishlar to‘lqinining uchrashidan kelib chiqishi to‘g‘risidagi gipotezani shakllantirdi.

P.V.Ovsyannikov qon aylanish tizimining markaziy asab tizimi bilan boshqarilishini o‘rgandi.

L.P.Pavlovning dastlabki ishlari ham yurak faoliyati va qon aylanish tizimining asab tizimi tomonidan boshqarilishi va uning trofik funksiyasi rauammolariga bag‘ishlangan edi. So‘ngra I.P.Pavlov va uning shogirdlari birinchi marta ovqat hazmi bezlari faoliyatida asab tizimining rolini har tomonlama o‘rgandilar. Keyinchalik I.A.pavlov M.I.Sechenovning bosh miya reflekslari haqidagi fikrlarini rivojlantirib shartli reflekslar tushunchasini fanga olib kirdi. L.P.Pavlovning maktabi birinchilardan bo‘lib organizm funksiyalarini tashqi muhit shart-sharoitlarining o‘zgarishiga qarab moslashishini tapminlovchi organ sifatida bosh miya ishining asosiy fiziologik qonuniyatlarini ochdi. N.Ye.Vvedenskiy qo‘zg‘alish va tormozlanishning birligi va ularning birinchisidan ikkinchisiga va aksincha bo‘lib, o‘tishi haqidagi nazariyani yaratdi, nerv va muskullar funksiyalarini o‘rganish Bo‘yicha muhim clektrofiziologik ishlarni bajardi. Uning shogirdi A.A.Uxtomskiy (1875-1942) nerv markazlarining ish tamoyillarini - dominantlik taplimotini asosladi, ya’ni keyinchalik I.p.pavlov va N.Ye.Vvedenskiylarning nerv markazlarining o‘zaro munosabatlari haqidagi konsepsiyasining keyingi rivojlanishi uchun xizmat qildi, hamda qo‘zg‘alish ritmlarini asab tizimi tomonidan opzlashtirilishi haqidagi fikrlarni tushuntirib berdi. A.F.Samoylov (1867-1930) elekrofiziologiyaning rivpjlanishiga o‘zining katta hissasini qopshdi va nerv jarayonlarini kimyoviy yo‘l bilan uzatilish nazariyasini juda ajoyib tarzda rivojlantirdi.

M.I.Sechenov va I.P.Pavlovlar, ularning shogirdlari hayvonlar organizmi funksiyalarini o‘rganish Bo‘yicha tadqiqot ishlarini bajarishda Ch.Darvin g‘oyalaridan unumli foydalandilar.

Hamdo‘stlik mamlakatlari fiziologiyasi uchun funksiyalarning evolyusiyasi va ularning filo- va ontogenctik rivojlanishini o‘rganish xarakterlidir.

V.M.Bexterev (1857-1927) odamlar asab tizimi patologiyasida shartli reflekslar nazariyasini rivojlantirdi va asab tizimlarini tuzilish va funksiyalarini chuqur o‘rgandi. Odamlar va hayvonlarda shartli reflekslar usulidan foydalanib va hayvonlarda operatsiya yordamida ichki a’zolarining bosh miya faoliyatiga ta’sirini va ichki a’zolar faoliyatining bosh miya bilan boshqarilishini o‘rgandi.

Ichki a’zolar faoliyatiga bosh miyaning ta’sirini o‘rganish Bo‘yicha dastlabki muhim tadqiqot VYa.Daniliyevskiyga (1852-1939) taalluqlidir. Uning o‘zi bosh miyadagi elektr hodisalarini birinchilar qatorida o‘rgandi.

Sechenov, Vvedenskiy va Pavlov maktabi davomchilari, ya’ni hamdo‘stlik mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonlik fiziologlar F.Y.Yunusov, T.I.Isphoqov, K.R.Rahimov, G.I.Alekseyeva, M.Sh.Shamsiyev, R.H.Hayitov va boshqalar tadqiqotlarining hozirgi zamon usullarini qo‘llash natijasida odamlar va hayvonlar fiziologiyasini rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Ayniqsa mehnat, aviatsion, kosmik va yoshga oid fiziologiyaning rivojlanishida yuksalish juda yuqori, chunki funksiyalarni o‘rganishning hozirgi zamon usullari odamlar organizmidagi fiziologik jarayonlarni. ularni sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan o‘rganish imkonini beradi.

Hozirgi zamon fiziologiyasining yutuqlari biofizika va biokimyo usullaridan foydalanishga asoslangan. Nozik va juda aniq elektron asboblar ayrim hujayralar funksiyasini va hatto ayrim hujayra tuzilmalarini o‘rganish imkonini beradi. Masalan, mikroelektrodli usullar bilan bevosita ayrim nerv hujayralarni, muskul tolalarini, To‘r parda retseptorlarining faoliyatini o‘rganish mumkin. Bunga esa ayrim hujayralar va ularning tarkibiy qismlarida moddalar almashinuvi natijasida yuzaga kelgan bioelektrik hodisalarni (biologik potensiallar) qayd qilish hisobiga crishiladi.

Biopotensiallarni uzatish uchun ikki turdagi mikroelektrodlar ishlatiladi: suyuqli (kapillyarli) va metall. Suyuqli mikroelektrodlar metalldan yaxshi, ya’ni qutblanish imkoniyatini yo‘qga chiqaradi. Hujayradan iashqari biopotensiallarni qayd qilish uchun tashqi diametri 1-4 mikronga teng bo‘lgan elektrodlardan foydalaniladi, ichki biopotensiallar uchun esa diametri 0,5 mkm dan kam bo‘lgan elektrodlardan foydalaniladi. Mikroelektrodlar to‘qimaga uning funksiyasi buzilmay ma’lum chuqurlikka kiritiladi va tezlashtiruvchi hamda qayd qiluvchi apparatga ulanadi.

Mikroelektrodlarning bosh miyaning organ va hujayralariga kiritilish chuqurligi steriotopsin apparat yordamida aniqlanadi. Bu apparat ham o‘tkir, ham surunkali tajribalarda ishlatiladi. Mikroelektrodlar miya qopqogpidagi teshiklarga oprnatilgan tiqin yoki qopqoqni o‘tkazuvchi yo‘llari orqali kiritiladi. Bosh yoki kalla mustahkam fiksasiya qilinadi, maxsus moslama esa uni osoyishta aylantirish imkonini beradi. Mikrovintlar mikroelektrodlarni miya iqrtiga qarab bit qismigacha bo‘lgan aniqlik bilan kirijish plastinkalarga bosh miyaning turli qismlariga kiritilgan mikromanipul-yatorlar yordamida bir necha mikroelektrodlar biriktiriladi.

Mikrofiziologik tadqiqotlar uchun masalan, bir nerv hujayrasidan ikkinchisiga yoki muskul to‘qimaga qo‘zg‘alishning o‘tkazilishida yuz ming martagacha kattalashtiruvchi elektron mikroskoplardan foydalaniladi.

Hozirgi zamon fiziologiyasining yangi muhim kashfiyotlari elektron asboblarni qo‘llashning natijasidir. Bosh miyani turli tuzilmalarining funksiyalari haqidagi aniq ma’lumotlar, ularni alohida-alohida hamda o‘zaro munosabatlari haqida yangi ma’lumotlar bilan boyidi. Bu tuzilmalarning shartli rcflekslar hosil bo‘lishida hamda hayajonlanish jarayonlarida ishtiroki o‘rganilgan. Markaziy va periferik asab tizilmala-rining turli bo‘limlarida, nerv-muskul preparati va boshqa tizimlar faoliyatidagi nerv jarayonlarini kimyoviy o‘tkazgichlari (mediatorlar) va garmonlaming roli juda chuqur o‘rganilgan. Shartli reflekslarning hosil bo‘lishida, qo‘zg‘alish va tormozlanishlarning shakllanishida, nerv jara-yonlarining tarqalishida, asab tizimining tiklanishidagi ularning ahamiyati aniqlangan.

Nozik bioximik usullarning rivojlanishi natijasida tabiiy sharoitda hosil bo‘luvchi ilgari ma’lum bo‘lmagan asab tizimining mediatorial ochildi. Bu kashfiyotlar natijasida ruhiyatga maqsadii ta’sir ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

Hozirgi matematika va kibernctikaning rivojlanishi tufayli miya faoliyatining barcha faolligininig muskullar qisqarishida namoyon bo‘lislii haqidagi I.M.Sechenovning gpoyalari amalga osha boshladi. Ya’ni jarayonlar matematik jihatdan tahlil qilinadi va formula bilan ko‘rsatiladi.

Shunday qilib, fiziologiyaning biokimyo, matematika, fizika va kimyo fanlari bilan hamkorligi va o‘zaro aloqasi uning hozirgi zamon rivojlanishining asosiy yo‘nalishidir.

Hozirgi davrda ham tibbiyot sohasida ko‘pgina taniqli olimlar yetishib chiqdi. Jumladan, akademik A. Yu. Yunusov fiziologiya fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan. Ayniqsa, akademik A.Yu.Yunusovning yosh fiziologiyasini o‘rganish sohasida olib borgan ilmiy tekshirish ishlari, alohida o‘rin tutadi. Yosh fiziologiyasi masalalari Toshkent tibbiyot institutida, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida va Pedagogika ilmiy tekshirish institutida ishlab chiqilmoqda. Professor D.D.Sharipova, E.S.Maxmudov, Z.T.Tursunov, R.D.Axmedov, V. D. Xodjimatov va M. G. Xodjimatov va M.G.Mirzakarimova va ularning shogirdlari yosh fiziologiyasi fanini rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan:

1. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi tasdiqlansin. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilansin:

• bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

• “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturini izchil amalga oshirish asosida sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini kuchaytirish;

•yoshlarda sog‘lom va ahil oila qurishga intilish ishtiyoqini shakllantirish;

• o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish va tarbiyalash sohasida yaratilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida real iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida talab etilayotgan ta’lim va mutaxassisliklarning yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish, davlat ta’lim standartlarini, o‘quv das-turlari va o‘quvuslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;

• tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;

• ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, mul’timedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o‘quv va laboratoriya uskunalari, komp’yuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;

• zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o‘zlashtirish;

• yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq qizlarini sport bilan

muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish;

• iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishning muhim yo‘nalishi, aholi va o‘rta sinf mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo‘lgan kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, bu sohadagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlar, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun sharoit yaratish;

• ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

• yosh oilalarga g‘amxo‘rlik qilish ishlarini kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

• yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirish.

• o‘quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogika

texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda mul’timediya vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, komp’yuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish;

• nafaqat maktablarda, litseylarda, kollej va oliy ta’lim muassasalarida, balki har bir oilaning hayotida zamonaviy axborot va komp’yuter texnologiyalari, raqamli hamda keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari, Internet tizimini tatbiq etish, o‘zlashtirish va yanada rivojlantirish;

• yosh avlodning jismoniy tarbiyasi va bolalar sporti sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq joylarda qizlarni muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni bosqichma- bosqich kuchaytirish, yangi sport kompleksklari, stadionlar, inshootlar qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan mustahkamlash;

• tarkibiy (texnik hamda texnologik) o‘zgartirishlarning eng muhim

yo‘nalishi, aholi daromadlari va mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirish asosi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish va bu sohadagi mavjud muammolarni hal etishning kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ayniqsa, qishloq joylarda yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliya-tiga keng jalb etish uchun shart-sharoit yaratish;

• ilm-fanni yanada rivojlantirish, talantli, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish uchun sharoit yaratish, ular tomonidan o‘zlarining ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish, jumladan, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish maxsus jamg‘armasini tashkil etish, Fanlar akademiyasi va mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari tizimida ilg‘or, istiqbolli ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish uchun yangi laboratoriyalar yaratish, xorijiy ilmiy markazlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

• yosh oilalarga g‘amxo‘rlik qilishni kuchaytirish, ularning huquqiy va

ijtimoiy himoyasini ta’minlash, jismonan sog‘lom va uyg‘un kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash ishida jamiyatning muhim, hal qiluvchi bo‘g‘ini bo‘lgan, farzandlar shaxs sifatida shakllanib, Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalanib, o‘z xalqining munosib vakillari bo‘lib yetishadigan, sog‘lom hamda mustahkam oilani qurish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

• yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, tashqaridan kirib kelayotgan tuban "ommaviy madaniyat"ning turli illatlari xavfi va zararli ta’sirlaridan himoya qilish kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Ilk yosh davridagi bilimlar keyingi hayotning farovonligi va uzoq hayot kechirishiga asos bo‘ladi. Tadqiqiotlar shuni ko‘rsatadiki, qulay sharoitda o‘sgan bolalar (Newille 2011). Erta maktab tadqiqotlari qaysiki quyi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda o‘sgan bolalarga nisbatan muammoli bo‘lib maktab davridagina aqliy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi bo‘yicha rivojlanib borganlar. Masalan 3 yoshli bola iqtisodiy tomondan og‘ir sharoitda ota-onasining ish haqqi kam va ilmiy jihatdan bilimlari kam lekin bu bola maktab yoshidagi bolalarga hos xusuiyatga ega. Bu holat o‘sib bormoqda kambag‘al oilalarning bolalari 7 yoshdaham maktabga bora olmayaptilar. Ular sharoitlari tufayli ancha orqadalar. 14 yosh yoshdaham bu holatlar bor ular tengdoshlaridan 2 yilga orqadalar (Hirsch 2007).

Bunday tizimlar bolalar bilan ularning kelajagi bilan bevosita bog‘liq 1,292 ta b britan bolaalri orasidagi tekshiruv natijasida yuqoridagi holat 22,42, 60, 120 oyda bolaning aqliy rivojlanishga ta’sir etishi isbotlandi. (Feinstein 2000). Faynshtein takidlashicha 22 oydan keying natijalar oilaviy ahvolga bog‘liqdir. Boy oilalar farzandlari esa ota-onalar bilan munosabatnign etibornig kamligi tufayli ularning aqliy rivojlanishiga ta’siri kuzatiladi. 120 oylik tekshiruvlar ashuni ko‘rsatdiki boy oilalar farzandlariga qaraganda kambag‘al oilalar farzandlari kuchli hissiy natija ko‘rsatdilar



Aim.uz

Download 110,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish