Yosh chegarachilar



Download 15,94 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi15,94 Kb.
#538179
Bog'liq
Yosh chegarachilar


“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib, 2021-yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlayotgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yigitlar qabul qilinadi. O‘quvchilar yotoqxona, harbiy kiyim bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Ta’lim yo‘nalishi: 50 foiz o‘quvchilar aniq fanlar, 50 foiz ijtimoiy-gumanitar fanlardan iborat.
Mazkur litsey bitiruvchilariga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyini imtiyozli diplom bilan tugatganlarga ta’lim yo‘nalishiga qarab, DXX akademiyasi yoki Qurolli Kuchlar akademiyasi Chegara fakultetiga test sinovlarisiz kirish huquqi beriladi;

  • Oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi;

  • Bundan tashqari, bitiruvchilar “B”, “C” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ladi.

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida o‘qishga kirish istagini bildirgan shaxslar ariza bilan o‘zlarining yashash joylaridagi Mudofaa ishlari bo‘limlariga 1-may kuniga qadar murojaat qilishlari mumkin. Arizada o‘zingiz tanlagan aniq yoki ijtimoiy-gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatilishi shart.
Nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlaridan so‘ng test sinovlariga qo‘yiladi. Test sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi. Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim fanlarining (5—9-sinflari kesimida) Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.
Nomzodlar test sinovlarini o‘z ixtiyorlariga ko‘ra uch tilning birida – o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida topshirishlari mumkin, shuningdek, o‘zlari tanlagan aniq yoki ijtimoiy-gumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishiga topshiradi.
Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi nomzodlar “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadi:

  • xalqaro va respublika fan olimpiadalarining g‘oliblari – belgilangan qabul kvotasi doirasida;

  • o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari – kvotadan tashqari;

  • yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan, 2021-yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda DXX rahbariyatining qarorlari asosida – kvotadan tashqari belgilangan kvotaning 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Ushbu toifadagi nomzodlar litseyning qabul komissiyasining tavsiyasiga asosan ruxsati bilan kvotadan tashqari o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘oliblariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan litseyga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida ular to‘plagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
Download 15,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish