Uyga vazifa berish: Mavzuni o`rganib kelish. Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar topib kelish.
Mavzu: O`rganilgan bilimlar bo`yicha testlar yechish va ularning tahlili
Darsning maqsadi:O`rganilgan bilimlarni nazorat qilish va korreksiya qilish.
Darsning borishi. Test savollari.
1.Botanika so`zining ma’nosi nima? A)o`t, ko`kat B)yer shari C) tabiatni o`rganish D)Ava B
2.Mevasi o`n yillar davomida pishib yetiladigan , o`g`irligi 10 kg gacha yetadigan yong`oqlar qayerda o`sadi? A)Kanar orollari B) Seyshel oroli C)O`rta Osiyo D)Kanada
3.Yovvoyi yem-xashak o`simliklarini belgilang.
A)silen , iloq, keyreuk B)beda , g`umoy ,ajriq C)tugmachagul, sho`ra , sallagul D) A,B, C
4.O`zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan o`simliklarni belgilang.
A)ituzum, salamalaykum , yalpiz B)gultojixo`roz, xrizantema , shivit C)lola, shirach , sallagul D)A,C
5.O`rta Osiyoda gulli o`simliklarning qancha turi uchraydi?
A)1000 B)2000 C)3000 D)4000
6.O` zbekistonda gulli o`simliklarning qancha turi uchraydi?
A)10000 B)8000 C)6000 D)4000
7.Gulli o`simliklarning organlarini sanab bering. A)gul,urug`, meva B)ildiz, ildizmeva , tugunak
C)poya, novda, barg, kurtak D)ildiz, poya, barg, gul, meva
8.Baquvvat ildizli, bitta yo`g`on poyali, keng shox-shabbali ko`p yillik o`simliklar o`simliklarning qaysi hayotiy shaklidir. A)daraxt B)buta C)ko`pyillik o`t D)bir yillik o`t
9.Madaniy butalarni belgilang. 1.na’matak 2.irg`ay 3.do`lana 4.anor 5.qorAqat 6.malina 7.maymunjon
A)1,2,3, B)4, 5, 6 C)1, 3, 5, 7 D)2, 4, 6, 8
10.O`zbekistonda o`suvchi eng uzun daraxt. A)majnuntol B)chinor C)mirzaterak D) na’matak
11.Ikki yillik o`tlarni belgilang. 1.sholg`om, 2.o`sma 3.olma 4.pomidor 5.turp 6.jag`-jag` 7.rediska
A) 1, 3, 5, 7 B)1,2,3,4 C)2,4,6, 7 D)1, 2, 5, 7
12.Qishda o`simlikning yer ustki qismi qurib qoladigan,yerosti qismi o`sishda davom etadigan o`simliklarni belgilang.
A)Sholg`om, rediska B)jiyda, yulg`un C)yalpiz, g`umoy D)pomidor bodiring
13.Daraxtlarni belgilang . 1.olma 2. Anor 3.chinor 4.na’matak 5.terak 6.izen 7.tol 8.ligistrum
A)1, 3, 5, 7 B)2, 4, 6, 8 C)1, 2, 3, 4 D)5, 6, 7, 8
14.Yarim butalarni belgilang. 1.olma 2. Anor 3.chinor 4.na’matak 5.izen 6.keyreuk 7.sarsazan
A)1, 3, 5, B)2, 4, 6, C)1, 2, 3, 4 D)5, 6, 7,
15.pomidor, bodiring, kartoshka, qovoq kabi o`simliklar qanday hayotiy shaklga misol bo`ladi?
A)daraxt B) buta C)ikki yillik o`t D)bir yillik o`t
16.Shativli lupa biyumlarni necha martagacha kattalashtirib ko`rsatadi? A)3-5 B)10-25 C)1000 D)100000
17.Qishda qor tagida ham o`sishda davom etadigan o`simliklarni belgilang. 1.sho`ra 2.pomidor
3.bug`doy 4.ituzum 5.piyoz .6.g`o`za A)1.2 B)3,4 C)5,6 D)2,5
18.Kattalashtirib ko`rsatuvchi asboblarni belgilang.
A) teleskop, mikroskop B)lupa,mikroskop C)shtativli lupa, qo`l lupa D)B va C
19.Kech kuzda ham ochilib turadigan madaniy o`simliklarni belgilang.
A)Xrizantema , atirgul B)boychechak, binafsha C)lola.yorongul D)barchasi.
20. Yashil rangdagi plastida. A xromoplast) B) xloroplast C)leykoplast D) barchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |