126
tadan to‘q sariq rangli burilish ko‘rsatkichlari o‘rnatish shart deb belgilangan.
Hozirgi zamon qoidalariga ko‘ra qo‘shimcha burilish ko‘rsatkichlari avtomobiln-
ing yon tomoniga, qanotlarga, kabinaga yoki kuzovga o‘rnatiladi.
Burilish ko‘rsatkichlari dam yarqirash, dam miltillash rejimida ishlaydi.
Yarqirash-miltillash chastotasi
1Gs
dan (1 minutda 60 ta yarqirash-miltillash)
kam,
2Gs
dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Burilish ko‘rsatkichlarining yorug‘lik taqsimlash tafsifnomalari ham BMT
YEIK ning №6 va №7 qoidalari bilan me’yorlashtirilgan.
Burilish ko‘rsatgichlari avariya xabarchisi vazifasini ham bajaradi. Bu holda
avtomobilning hamma burilish ko‘rsatkichlari baravariga yarqirash-miltillash re-
jimida ishlaydi.
5.6.5. Yorug‘lik-xabarchi asboblarining tuzilishi
Avtomobillarga o‘rnatilgan yorug‘lik-xabarchi
fonarlar konstruksiyasining
xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bu yorug‘lik-xabarchi fonarlar avtomobillarning
(ayniqsa, yengil avtomobillarni) muayyan modeliga, uning tashqi shakli, kon-
struksiyasining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi bilan
bog‘liqdir.
Hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatiladigan yorug‘lik-xabarchi chiroqlari,
signal fonarlar blokiga birlashtirilgan alohida bo‘linmalar ko‘rinishda
yasalmoqda. Faqat ba’zi asboblar, masalan yon tomondagi burilish xabarchilari
alohida konstruksiyaga ega.
Avtomobilning old tomonidagi signal fonarlar bloki,
gabarit chiroqlari va
burilish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Oxirgi konstruksiyalarda oldingi gab-
arit chiroqlar bosh yoritish farani ichiga joylashtirilmoqda (5.13, 5.15-rasmlar).
Buning uchun qaytargichga qo‘shimcha yorug‘lik manbai o‘rnatiladi. Bu holda
burilish ko‘rsatkichlari bosh faraning yoniga alohida bo‘linma shaklida joy-
lashtiriladi.
Avtomobillarning old signal fonarlar bloki (5.16-rasm) ikki bo‘linmali korpus
1 dan iborat bo‘lib, ularning biriga burilish xabarchisi, ikkinchisiga gabarit chiroq
joylashtiriladi. Bo‘linmalar bir-biridan yorug‘lik o‘tkazmaydigan to‘siq 3 bilan
ajratilgan. Har bir bo‘linma lampa tutqich 5 va lampalar bilan ta’minlangan.
Yuqoridagi bo‘linmaga, odatda, burilish xabarchisi joylashtirilib, uning lampasi
qaytargich fokusiga o‘ratiladi. Burilish xabarchisini yarqirash-miltillash rejimida
ishlashi elektroimpuls-issiqlik, elektromagnit va elektron turdagi maxsus relelar
yordamida amalga oshiriladi. Pastki bo‘linmaga gabarit chiroq lampasi joy-
lashtirilib, ularda linza (ya’ni qaytargichsiz) sxemasi ishlatiladi. Signal fonarlar
blokidagi zarur yorug‘lik taqsimlanishi ikki rangli tarqatgich 2 yordamida ta’min-
lanadi.
127
Avtomobillarning orqa signal fonarlar bloki ham alohida bo‘limlardan iborat
bo‘lib, ularga gabarit chiroqlar, burilish va tormozlanish xabarchilari,
orqaga
yurish va davlat raqamini yoritish fonarlari, yorug‘lik qaytargichlar joylashtiri-
ladi. Yengil avtomobillar orqa signal fonarlarining konstruksiyasi va tashqi
ko‘rinishi, ularning dizayniga bevosita bog‘liq
bo‘lib, har bir yangi model uchun yakka tarti-
bda ishlab chiqiladi. Yuk avtomobillarining
orqa fonarlari unifikatsiya qilingan va tuzilishi
bo‘yicha bir-biriga juda o‘xshash.
MDH da
ishlab chiqilgan yuk avtomobillarida keng tat-
biq topgan ФП130 belgili orqa signal
fonarining tuzilishi 5.13-rasmda keltirilgan.
Signal fonari plastmassadan tayyorlangan kor-
pus 4 va tarqatgich 3, lampa tutqich 2 va lam-
palar 1 dan iborat. Signal fonari blokiga
burilish va tormozlanish xabarchilar, gabarit
chiroqlar va yorug‘lik
qaytargichlar joy-
lashtirilgan. Chap tomonga joylashtiriladigan
(avtomobilga orqa tomondan qaralganda) sig-
nal fonari bloki, avtomobilning davlat
raqamini yoritish lampasi o‘rnatiladigan
bo‘linmaga ega.
Burilish va tormozlanish xabarchilari joy-
lashtirilgan bo‘linmalar
nur qaytargich bilan
ta’minlangan, qolgan bo‘linmalar linzali optik
tizimga ega. Yoritish lampalarining ishlash
muddatiga vibratsiya yuklamalarning ta’sirini
kamaytirish maqsadida, lampa tutqichlar
maxsus rezinali yumshatuvchi yostiqchalar or-
qali mahkamlanadi. Orqa signal fonarlar bloki
gorizontal yoki vertikal holda o‘rnatilishi
mumkin.
Yorug‘lik-xabarchi asboblar konstruksiyasi
tako-millashtirishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
- zarur yorug‘lik
taqsimlanishini eng
ratsional usullar bilan ta’minlash;
- tashqi muhitning yoritilganligini hisobga
olib, signal lampalarning yorug‘lik kuchini
keng doirada o‘zgartirish imkoniyatlarini
ta’minlash;
-burilish va tormozlanish xabarchilaridagi
fantom-effektni (yorqin quyosh yorug‘ida, yoqilmagan chiroqni yoqilgan deb
qabul qilish) bartaraf qilish.
5.15-rasm.
Bosh yoritish farasini
ichiga joylashtirilan gabarit chiroq:
Do'stlaringiz bilan baham: